en
Feedback
MSR Aka - uka matematiklar

MSR Aka - uka matematiklar

Open in Telegram

📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻‍♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27

Show more
562
Subscribers
+224 hours
+57 days
-1230 days
Posts Archive
O’zbekistonda qaysi davlat talabalari ko’p?
Anonymous voting

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi 🇺🇿 Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:
🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi; 🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi. 📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra: 🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi; 🔸 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi; 🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
🌐 @MatematikaMSR

❗️“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma Talabalar kontrakti uchun qilingan toʻlovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas. Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin: — kontrakt; — nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari; — ipoteka kreditlari. ❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi. Saqlab qoʻying va yaqinlaringizga ham yuboring! 🌐 @MatematikaMSR

#диққат ❗️Мактаб имтиҳонлари 26-майдан бошланади 🗓 Имтиҳонлар санаси: 🔹 9- ва 11-синфлар учун — 26-майдан 15-июнгача 🔹 9-с
#диққат ❗️Мактаб имтиҳонлари 26-майдан бошланади 🗓 Имтиҳонлар санаси: 🔹 9- ва 11-синфлар учун — 26-майдан 15-июнгача 🔹 9-синфлар учун Жисмоний тарбия имтиҳони — 1-6-май 🔹 11-синфларда Касбий таълим фани имтиҳони — 17-20-июн (амалий шаклда (https://uzedu.uz/uz/news/1944)) 📝 Имтиҳон фанлари: 📚 9-синф: ▪️ Она тили ва адабиёти / Давлат тили (ёзма) ▪️ Математика (ёзма) ▪️ Ўзбекистон тарихи (ёзма/оғзаки) ▪️ Жисмоний тарбия (амалий) 📚 11-синф: ▪️ Она тили ва адабиёти / Давлат тили (ёзма) ▪️ Математика (асосий ёки чуқурлаштирилган) (ёзма) ▪️ Тарих (ёзма) ▪️ Танлов фанлари (ёзма) ▪️ Чет тили (ёзма/оғзаки) Эслатма: Миллий сертификати бор ва чет тили сертификати бор ўқувчилар имтиҳондан озод қилинади. 🌐 @MatematikaMSR

To’lagan kontraktingizdan 12% daromad solig’ini qaytarib olganmisiz?
Anonymous voting

⚡️Rasman: Imtihon savollari e'lon qilindi! 💡 Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunc
⚡️Rasman: Imtihon savollari e'lon qilindi! 💡 Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇 ⚡️ 9-sinf Matematika ⚡️ 9-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️ 9-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️ 9-sinf Jismoniy tarbiya ⚡️ 11-sinf Fizika ⚡️ 11-sinf Biologiya ⚡️ 11-sinf Davlat va huquq asoslari ⚡️ 11-sinf Geografiya ⚡️ 11-sinf Ingliz tili ⚡️ 11-sinf Kimyo ⚡️ 11-sinf Matematika ⚡️ 11-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️ 11-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️ 11-sinf Fransuz tili ⚡️ 11-sinf Nemis tili Yaqinlarga yuborib qo'ying! Imtihon javoblarini izlab yurganlarga! 🌐 @MatematikaMSR

⚡️2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari IV chorak yakuni bo‘yicha cho
⚡️2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari sanalari IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 may kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi. Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart. 📅 Onlayn sinov jadvali: ✅ 5-sinf – 12-may (dushanba) ✅ 6-sinf – 13-may (seshanba) ✅ 7-sinf – 14-may (chorshanba) ✅ 8-sinf – 15-may (payshanba) ✅ 9-sinf – 16-may (juma) ✅ 10-sinf – 17-may (shanba) ✅ 11-sinf – 19-may (dushanba) 20-may kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi. ✅ Muhim eslatmalar: 🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak. 🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim. 🌐 @MatematikaMSR

Sirtqi ta'lim yopilgan bo'lsa, o'qishni ko'chirish tartibi qanday bo'ladi? Xabaringiz bor, 2025/2026 o'quv yilidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim shakli butkul yopildi. Bu o'z navbatida o'qishni ko'chirishga oid savolni o'rtaga tashlaydi. Xo'sh endi sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish mumkinmi? Ha albatta mumkin. Sirtqi ta'lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo'lib, o'qishni ko'chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya'ni quyidagilar mumkin:
✅ Xorijdan sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish; ✅ Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga sirtqiga o'qishni ko'chirish; ✅ Davlat oliygohining biridan boshqasiga sirtqiga o'qishni ko'chirish; ✅ Nodavlat oliygohlarning biridan boshqadiga sirtqiga o'qishni ko'chirish; ✅ Bir oliygoh ichida sirtqi ta'limga o'qishni ko'chirish; ✅ Bir oliygoh ichida kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'lim shakliga ko'chirish.
Agarda, o'qishni ko'chirish jarayonida fanlar farqi ko'p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa, ana unda sirtqi ta'lim shakliga ko'chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta'lim shakliga ko'chiriladi. Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o'qishni ko'chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta'limga "perevod" qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina. Izoh: Agarda bu bo'yicha alohida cheklovchi huquqiy hujjat qabul qilinmasa, yuqoridagi tartibda bemalol o'qishni ko'chirishingiz mumkin.
Ta’limga oid yangiliklarni bizni kanalda kuzatib boring!
🌐 @MatematikaMSR

Sirtqi ta'limPart-time education Sirtqi ta'lim uchun qabul endi bo'lmaydi. Uning o'rniga yangi Part-time education shakli joriy etilishi kutilmoqda. Xo'sh, Part-time education nima?Part-time education — bu darslar haftaning ma’lum kunlarida yoki kechki vaqtlarda o‘tkaziladigan o‘qish shakli. Ayniqsa, ishlayotgan yoki boshqa majburiyatlari bo‘lgan talabalar uchun juda qulay! Kimlar uchun? ✔️ Ishlayotgan yoshlar ✔️ Oilaviy majburiyatlari borlar ✔️ Moslashuvchan o‘qish jadvalini istovchilar Xususiyatlari: ▫️ Darslar haftasiga bir necha kun yoki kechki payt bo‘ladi ▫️ O‘qish muddati to‘liq shakldagidan biroz uzoqroq bo‘lishi mumkin ▫️ Mustaqil o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratiladi Afzalliklari: ✅ Ish va o‘qishni birga olib borish ✅ Tajriba orttirish imkoniyati ✅ O‘qish xarajatlarini o‘zingiz qoplash imkoniyati ✅ Moslashuvchan vaqt va sharoit
Ta’limga oid yangiliklarni bizni kanalda kuzatib boring!
😊 Bu xabarni abituriyent do’stingizga yuborib qo’ying 🌐 @MatematikaMSR

🤔 Siz qaysi ta’lim shaklida o’qiysiz?
Anonymous voting

❗️2025-yildan sirtqi ta’lim butunlay yopildi. Hozirgi sirtqi talabalar o’qishini davom ettiraveradi. Magistraturada esa masofaviy ta'lim joriy etiladi! 🇺🇿 Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni joriy yilda sirtqiga hech kim olinmaydi. Boshqacha aytganda, 1 yarim oydan keyin boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi;
• mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi; • bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yo’nalishlarda tugatiladi. Ya’ni falon yo’nalishda sirtqi bor, piston yo’nalishda sirtqi yopildi, degan gap yo’q. Endi hech qaysi yo’nalishga sirtqi uchun talaba qabul qilib bo’lmaydi; • hozir o’qiyotgan yuqori bosqich talabalari o’qishini sirtqida davom ettiraveradi. Ya’ni sirtqi uchun qabul to’xtatildi, sirtqiga boshqa yangi talaba olinmaydi, ammo sirtqilarning o’zi yopilgani yo’q; • sirtqining o’rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo’yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko’proq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo’yicha o’qitishga ruxsat beriladi; • oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo’yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo’l qo’yilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan ko’p qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan o’lchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin bo’ladi; • magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o’qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o’qitsa bo’ladi.
@MatematikaMSR

🧐 Eshitishimcha va xabarlarga ko’ra sirtqi ta’lim yo’q bo’libdi mish Bu rostmi? ❗️Va bunday bo’lsa ta’lim qay holatda bo’lad
🧐 Eshitishimcha va xabarlarga ko’ra sirtqi ta’lim yo’q bo’libdi mish Bu rostmi?
❗️Va bunday bo’lsa ta’lim qay holatda bo’ladi? Sizni fikringiz qanday? ⚡️Fikringiz muhim ✍️ Izohlarda yozib qoldiring
Fikringizni kutaman, ta’limga befarq emasdirsiz-a?

#tezkor ⚡️Rasman: Shu yildan boshlab pedagog yo‘nalishlarga sirtqi taʼlim shakli yopiladi
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra: 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab: ➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi. 🌐 @MatematikaMSR

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2025-yil 3–4–5-may (shanba-yakshanba-dushanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 💻 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin. 📌Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ❗️Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish: 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi). 2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi). IZOH: Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda fizika, tarix, matematika va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni may oyi davomida o‘tkaziladi. Aniq imtihon sanalari imtihondan bir hafta oldin e'lon qilinadi. 🌐 @MatematikaMSR

Zo’r qaror! Ta’lim o’zbek tilida bo‘lmagan maktab bitiruvchilari endi davlat tili fanidan majburiy imtihon topshiradi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning 9-aprel kungi buyrug‘iga ko‘ra, barcha maktab bitiruvchilari uchun davlat tili (o‘zbek tili) imtihoni majburiy bo‘ldi. Bu yangilik ta’limi o‘zbek tili bo‘lmagan (masalan, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz tillaridagi) sinflarga ham taalluqlidir. Boshqacha aytganda, o’zbek tilida o’qiyotganlar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topshiradi, boshqa tilda o’qiyotgan bitiruvchilar davlat tili fanidan imtihon topshiradi. Attestatsiya fanlari va shakllari: 9-sinf bitiruvchilari: ➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma; ➖ davlat tili (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) fanidan — yozma; ➖ matematika fanidan — yozma; ➖ O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki; ➖ jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi. 11-sinf bitiruvchilari: ➖ ona tili va adabiyoti (taʼlim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan — yozma; ➖ davlat tili (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma; ➖ matematika (asosiy) / matematika (chuqurlashtirilgan) fanidan — yozma; ➖ tarix fanidan — yozma. Xorijiy tillar yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar, ushbu fandan imtihon topshirishdan ozod etiladi. Sertifikatlar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon jarayonida kuzatuv kengashi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin. 🌐 @MatematikaMSR

Yakuniy davlat attestatsiyasi buyrug'i.pdf1.44 MB

Repost from N/a
❗️Bu yil aynan shu botni ishlatib ko’rmasdan oliy ta’limga topshirmang!
🔵Qaysi unversitetni tanlashni bilmayotganlar yoki qaysi unversitetda grantlar borligini bilmayotganlar uchun ushbu bot aynan siz uchun
🤖Bot havolasi: @abituriyent_2025_bot ✅Bu xabarni abituriyentlar tanishlarizga yuborib qo’ying

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️ ⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi 🆔 2025-yil 14-20-aprel
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️ ⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi 🆔 2025-yil 14-20-apreldan 🧑‍🔬 kimyo, 🌓 fizika, 🏛 tarix, 🌱 biologiya, matematika va 🌎 geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. ✍️ Ro‘yxatga olish 20-aprel 23:59 ga qadar davom etadi. ❗️21-aprel – to‘lov qilishning so‘nggi muddati. 🗓 Test sinovlarini 3-4-, 24-25-may kunlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Test sinovining aniq sanasi, joyi va vaqti ruxsatnoma orqali ma’lum qilinadi ❗️ DIQQAT! Test sinovining aniq sanalari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 🔗 @MatematikaMSR

⚡️IMTIHON 2025 11-SINF MATEMATIKA Imtihon biletlari@MatematikaMSR

Matematika fanidan majburiy blok na'munasidagi 400 ta testlar to'plami Ushbu faylda majburiy matematika namunasida 400 ta test savollari javoblari bilan birga keltirilgan. O'qib tayyorgarlik ko'ring. 📌 Kirish imtihonlarida shu kabi na'munadagi testlar tushadi. 🔗@MatematikaMSR