MSR Aka - uka matematiklar
Open in Telegram
📌 Kuchli ustoz | 2020-yildan boshlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli o‘quvchilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy oʻquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
Show more557
Subscribers
No data24 hours
-137 days
-1430 days
Posts Archive
Repost from N/a
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️Milliy sertifikat uchun maksimal ball berish masalasi qayta ko’rib chiqilmoqda
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda milliy sertifikat uchun maksimal ball berish tizimi qanchalik to’g’ri ekani ko’rib chiqilmoqda.
Vazir o’rinbosarining so’zlariga ko’ra, bir necha yildan so’ng milliy sertifikat bilan o’qishga topshiradigan abituriyentlar soni test sinovlari bilan topshiradiganlardan ortib ketishi, ko’pgina abituriyentlarning bitta joyga “tiqilib qolishi” holatlari kuzatilishi mumkin.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
✅ 2026-yilgi oʻtish ballari eʼlon qilindi
Ballar koʻtarilgan
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?
Hozirgi kunda xususiy oliygohlar soni ham ularga boʻlgan talab ham yuqori darajada, keling xususiy universitet tanlashdagi muhim jihatlarni gaplashamiz.
1. Litsenziya: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlishi lozim. 2. HEMIS tizimi: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan xususiy universitet HEMIS tizimiga ulangan boʻlishi kerak. Bu esa sizning davlat oliygohlari kabi bir xil diplom olishingizni ta'minlaydi. 3. Bino va sharoitlar: Universitetning oʻz binosiga ega yoki yoʻqligini aniqlashingiz kerak. Shuningdek, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish lozim. 4. Professor va oʻqituvchilar: Universitetda dars beruvchi ustozlarning salohiyatidan xabardor boʻlishingiz kerak chunki bu sizning sifatli taʼlim olishingizni belgilaydi.Universitet va oʻzingiz xohlagan yoʻnalish tanlashda adashmang chunki bu sizning kelajagingizni belgilaydi. Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.
18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p berilayotgan 8 ta savolga javoblar:
#abituriyent
1-qism:
1️⃣ Magistratura javobi qachon chiqadi?
2️⃣ O‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishga super-kontrakt qila oladimi?
3️⃣ Tibbiyot yo‘nalishlariga super-kontrakt yopildimi?
4️⃣ Nega imtiyozim qo‘shilmadi?
2-qism:
5️⃣ Oltinchi yo‘nalishga onlayn ariza topshiriladimi?
6️⃣ Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun bu yil ham qo‘shimcha kvota bormi?
7️⃣ 56,7 balldan kam ball olganlar super-kontrakt qila oladimi?
8️⃣ Nega talabalar turar joyiga 1-kurslar ariza topshira olmayapti?
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
Toshkentga oʻqishga kirganlar uchun )
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi
#abituriyent
O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.
💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan boshlanadi.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️📄DАVLАT OTMLАRINING 1-KURS TАLАBАLАRI UChUN KERАKLI HUJJАTLАR ROʼYXАTI
Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqiishga qabul qilingan 1-kurs talabalari quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
1️⃣Rektor nomiga ariza; 2️⃣Pasport nusxasi (5 ta); 3️⃣Аttestat yoki diplom (asli); 4️⃣IELTS sertifikati (agar mavjud boʼlsa); 5️⃣3,5×4,5 hajmdagi rasm (12 dona); 6️⃣Qogʼoz papka (Skorosshivatelь); 7️⃣А5 formatdagi konvert; 8️⃣Imtiyozli asosda oʼqiishga kirganni tasdiqlovchi hujjat (agar boʼlsa).Talabalarga tarqating! 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Oltinchi yoʻnalish tanlash qachon boshlanadi?
Oʻtgan yili avgust oyi oxirida 6-yoʻnalish tanlash imkoni berilgan edi. Bu yil ham agar toʻlmay qolgan kvotalar boʻlsa bunday imkon beriladi.
Vakant oʻrin (6-yoʻnalish) oʻzi nima?
Masalan deylik, Andijon davlat universitetining Tarix yoʻnalishiga bu yil 40 ta kvota ajratilgan. Lekin shu kvota doirasida 30 ta abituriyent oʻqishga kirgan, qolgan 10 ta oʻrin esa 56,7 ball ham toʻplay olmagan abituriyentlar hisobiga boʻsh qolgan. Natijada mana shu 10 ta oʻrin uchun 6-yoʻnalish sifatida tanlash imkoni beriladi.
❓Xoʻsh 6-yoʻnalishni tanlash tartibi qanday?
1 haftadan keyin yuqorida ta'kidlaganimdek, qaysi oliygohlarda qaysi yoʻnalishlar toʻlmay qolgani haqida ma'lumotlar chiqadi. Shunda 56,7 balldan koʻp toʻplab, 5 ta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar 6-yoʻnalishni tanlashlari uchun my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn jarayon boshlanadi.
❗️Xoxlagan oltinchi yoʻnalishni tanlay olmaysiz!
Beshta yoʻnalishga ham oʻqishga kirolmagan abituriyentlar topshirgan fanlar majmuasiga mos 6-yoʻnalish mavjud boʻlsagina topshira oladilar. Ya'ni Tarix yoʻnalishiga xos fanlardan test topshirgan abituriyent Iqtisodiyot yoʻnalishidagi vakant oʻrinni tanlay olmaydi.
Agarda siz topshirgan fanlarga mos 6-yoʻnalish qaysidir OTMda mavjud boʻlsa uni tanlaysiz hamda mavjud balingiz bilan taqdiringiz aniq boʻladi. Ya'ni boʻsh qolgan 5 ta oʻrin uchun siz kabi 6-yoʻnalish tanlaganlardan kimning bali yuqori boʻlsa shu 5 kishi qabul qilinadi. Qolganlar qabul qilinmaydi.
📌 Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin:
👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmb1bot
👉 @mandat_uzbmb2bot
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
❗️http://uzbmb.uz sayt ishlamayapti
✅ @bmba_natija_1bot ushbu botdan natijalaringizni bilib olishingiz mumkin!
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
Kutilganidek, yuklamalar soni keskin oshib ketgani hisobiga uzbmb.uz sayti qotib ishlayapti. Lekin, asosiysi, sayt sekin bo‘lsa ham ishlab turibdi, butunlay ochmay qolgani yo‘q.
Maslahatim, biroz sabr qilasiz, tushunaman, bu hozir siz uchun juda qiyin ish...
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
📌Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin:
👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmb1bot
👉 @mandat_uzbmb2bot
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi
🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
#tezkor
❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri
Ertaga degani bugun 00:00 dan keyingi istalgan vaqt bo’lishi ham mumkin. Sayt qotib qolganda telegram botlar sizga yordamga keladi!
Abituriyentlar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida mandat natijalariga oldindan buyurtma xizmati ishga tushirilgan.
Buyurtma berish uchun qilish kerak?
1️⃣. @DTMSTAT_BOT da ro'yxatdan o'ting;
2️⃣. "MANDATGA BUYURTMA" ni bosing;
3️⃣. Abituriyent ID raqamini kiriting;
4️⃣. Buyurtma tayyor!Ushbu @DTMSTAT_BOT natijalar chiqishni boshlashi bilan buyurtma bergan abituriyent natijalarini birinchilardan bo'lib sizga yuboradi. ❌ Foydalanish mutlaqo bepul! Quyidagi botga ID raqamni yuboring: 👉 @DTMSTAT_BOT 👉 @DTMSTAT_BOT 🔗 @tali_eduuz
Repost from N/a
#Qabul2025 #Natija
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
🔗 @talim_eduuz
❗️Diqqat eʼlon
📄 15-avgust kuni matematika fanidan offlayn mock testi boʻlib oʻtadi.📍Manzil: Asaka shahar 55-maktab 3-qavatida. Maps:
MSR_math education deb qidiring
💵 Ishtirok etish narxi: 20 ming soʻm
🔗 @msr_math