MSR Aka - uka matematiklar
Open in Telegram
📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
Show more554
Subscribers
+124 hours
-17 days
-1630 days
Posts Archive
1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni 📚
Inson hayotida yöl körsatuvçi, bilim beruvchi va öz izini qoldiruvchi ustozning örni beqiyos. Barça ustoz va murabbiylarni uşbu qutluğ bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 💐 Sizlarga mustahkam soğlik, oilaviy xotirjamlik, çeksiz sabr va şogirdlaringiz yutuqlaridan quvonib yurişingizni tilaymiz.Bayramingiz muborak, aziz ustozlar ❤️ @msr_math
Repost from N/a
🔥Pedagoglar uchun zo’r yangiliklar
☑️ Milliy sertifikatga ega o'qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to'lanadi;
💰Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o'qituvchiga 30 million so'mdan mukofot beriladi;
✈️ Yana 1 ming o'qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
🎓 Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
📋 Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplanadi.
🆙 Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri oliy toifaga ega bo'ladi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
+2
⚡️3-4 kurs talabalari qaysi yo‘nalishlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin?
Yuqorida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxati keltirildi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:
— 26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan;
— 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan;
— 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan;
— 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.
Har bir talabgor ushbu ma’lumotlarni o‘z ruxsatnomasidan ham ko‘rishi mumkin.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
#Rasmiy_munosabat
❗️RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi. Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan. Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil sentyabr-dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan). Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
#rasmiy_xabar
Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu muddat:
• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladi
Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.
🔰 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:
➡️ bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir oʻquv modulining akademik koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, oʻrta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
➖ qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari boʻyicha (qoʻshimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi;
➖ birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️Endi Yagona portalda ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari va davomati haqida ma’lumot olishi mumkin
Buning uchun: my.gov.uz portalida shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻtish va yon tomonidagi “Maktab maʼlumotlari” tugmasini tanlash talab etiladi.
Tez orada my.gov.uz da farzandlarning maktabdagi davomati toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot berish ham ishga tushiriladi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Test ishlanishga tayyor
🗒Test nomi: Online mock
🔢Testlar soni: 45 (jami 55) ta
‼️Test kodi: 2
👤Test yaratuvchisi: Muslima Zaynidinova
Test javoblaringizni quyidagi botga jo'nating:
👉 @MSRtestlarbot
👉 @MSRtestlarbot
👉 @MSRtestlarbot
📌 Testda qatnashish uchun botga kirib test kodini jo'nating (ortiqcha belgilarsiz)
Natijalar RASH modelida e'lon qilinadi.
♻️Test ishlanishga tayyor!!!
Repost from N/a
⚡️Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
📆 2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tish belgilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️“Barcha ommaviy axborot vositalari yangilangan alifboda ish yuritishi qat’iy belgilanadi” — Nodir Jonuzoq
Hukumat vakili ikki alifbodan foydalanish jarayoniga nuqta qo‘yilishini aytdi. Qonun kuchga kirgach, barcha rasmiy idoralar yagona alifbo asosida ish yuritishini ma’lum qildiBundan keyingi postlar ham yangi alifboda boʻladi! Ta'limga oid va dolzarb yangiliklar 👇 🔗 @talim_eduuz
