cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qalb bitiklari...🍃

🍃بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم 🍃 🍃رَبَّ زِدْنِي عِلْمًا Robbim ilmimni ziyoda qilgin. (Toha surasi 114-oyat)

Show more
Advertising posts
189
Subscribers
-324 hours
-147 days
-3830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Гуноҳнинг оқибатини билишлик, унга қадам қўйишликдан қайтаради.
Show all...
2
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Hasad tuyg'usini yengishga harakat qiling, chunki hasad yaxshi ishlarni olov o'tinni yutgani kabi tez yutib yuboradi" Abu Hurayrdan hadis Abu Dovud
Show all...
1🔥 1
Ey, chin muslima va taqvoli mo'mina singlim! Siz yomonlikdan uzoq, aziyatlardan yuqorida turadigan, unga tosh otilsa, ularga xurmo berib yaxshilik qiladigan, doimo yashil bo'lib va manfaatlari ko'p arab xurmosi kabi bo'ling. Siz ahmoqona mayda ishlar va hayotingizni tortib olishga olib boradigan amallardan balandda turadigan maqomi oliy ayol bo'ling. Kalomingiz zikr, nazaringiz ibrat va sukutingiz tafakkur bo'lsin. ✍ Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan ayollarga 50 nasihat.
Show all...
2❤‍🔥 1🔥 1
Repost from N/a
Photo unavailable
Eng qiyin kuningda yoningda bo‘lganlarga eng yaxshi kunlaringni tuhfa qil.. Chunki vafodorlik insoniylikning ilk shartidir...!
Show all...
2🔥 1💯 1
Kitob o'qishni salbiy jihatlari. Biz har doim ko'p Kitob o'qishga chorlovchi postlar, videolar tayyorlaymiz, ammo shuni anglab yetdimki har bir narsada bo'lganidek kitob o'qishda ham salbiy jihatlari bor ekan. 1. Ko'p kitob o'qish sizni insonlardan uzoqlashtiradi, va muloqot ko'nikmangizni tushuradi. 2. Ko'p kitob o'qish sizni g'amgin va zerikarli qilib qo'yadi. ( Hayotga nisbatan) 3. To'g'ri tanlanmagan kitoblar sizni yashash hissidan uzoqlashtiradi, vaqtingizni oladi. 4. Kitoblar sizni badiiy fikrlaydigan qilib qo'yadi (hayot esa undan ancha uzoq) 5. Kitobni qoronĝida öqisa köz nuriga zarar böladi 6. Hazillashdim, bahona qilmay kitob o'qing va bunday postlarga e'tibor bermang!
Show all...
🤣 3🔥 2😁 1
Шундай замон келадики, мўмин киши одамлар орасида ўлик каби (арзимас) бўлиб қолади. Мунофиқ эса қўл билан ишора қилинадиган (машҳур ва ҳурматли) бўлади…
Show all...
🍓 2🔥 1💯 1
#ilm Ilm o‘rganish va o‘rgatish haqida Muoz ibn Jabal ilm o‘rganish va o‘rgatish haqida aytadilar: «Ilm o‘rganinglar, zero, uni o‘rganish – Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi – tasbih, uni izlash – jihod, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, uni o‘z ahliga bildirish – Allohga qurbatdir. Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida ko‘makchi, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yo‘lining minorasidir. Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi.  Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlaru hasharotlar, yovvoyi va barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi». Zero, ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo qilish ilm bilan bo‘ladi. Ilm bilan qarindoshlik aloqalari bog‘lanadi, harom bilan halol ajratiladi. Ilm peshvo-imomdir, amal unga ergashadi. Ilmdan bahramand insonlar baxtli, mahrumlar esa, baxtsizdir. 📖 Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din" kitobidan
Show all...
1❤‍🔥 1👍 1 1
Agar nasib bo’lmasa, inson duo qilishga ham erinadi. Duo qila olish ham nasibdir..🫀
Show all...
1👍 1❤‍🔥 1 1🔥 1🍓 1
00:33
Video unavailable
Qur'on eshitib qalblar orom olsin...
Show all...
322669458_789701029539504_1550716540820864079_n.mp47.51 MB
❤‍🔥 1 1🔥 1👏 1😇 1
Photo unavailable
-Boʻladimi yo boʻlmaydimi, keladimi yo kelmaydimi, lutf etiladimi yoki yoʻqmi, beriladimi yo olinadimi gʻam chekma. Koʻngil ham Allohning mulkidir, omonatidir. Charchatma, pok saqla, ezma, sindirma, ogʻir gʻamlaringni yuklayverma. Omonatga koʻz qorachigʻingdek qara, mulkni Allohga qoʻyib ber. Koʻngil goʻzal boʻlsin..
Show all...
❤‍🔥 1 1🔥 1😢 1