cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

꯭꯭꯭꯭꯭꯭꯭💜꯭꯭꯭꯭꯭𝐐꯭̅̄ᷭ𝐀꯭̅̄ᷧ𝐋꯭̅̄ᷞ𝐁̅̄ᷩ𝐈꯭̅̄ᷝ𝐌꯭̅̄ᷟ𝄠꯭𝗢꯭̅̄ͦ𝗛꯭̅̄ⷩ𝗔꯭̅̄ᷧ𝗡꯭̅̄ᷡ𝗚꯭̅̄ᷛ𝗟꯭̅̄ᷞ𝗔꯭̅̄ᷧ𝗥꯭̅̄ᷢ 𝗜꯭̅̄ᷝ ꯭꯭꯭꯭꯭💜꯭꯭꯭꯭

Oxiratni oʻylab jim boʻlganimizda... Ular oʻzini gʻolib bildilar!!!

Show more
Advertising posts
1 257
Subscribers
-524 hours
-47 days
-9730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yigʻlamang, bu dunyo shunday yaralgan, Ashku, jolangizga arzimaydi u. Besh kunlik mehmonga koʻzi qadalgan, Goʻyoki hukmini suradi mangu! Yigʻlamang, bu dunyo shunday yaralgan, Yarmi qorongʻiyu,  qolgani siyoh! Oʻylamang, zulmga jazo yoʻq demang, Hammamizni koʻrib turibdi Alloh! Yigʻlamang, oʻksimang, dunyo shu azal, Kimga koʻngil bersang, javobi qaxr. Biron oʻksik yurak boʻlarmidi yo, Mehr evaziga qaytganda mehr! Yigʻlamang, bu dunyo shunday yaralgan, Yanchilgan dillarning jangohidir u. Hamma koʻchasining soʻngi qabriston, Chiroyli fitna u, chiroyli qutqu! Yigʻlamang, bu dunyo shunday yaralgan, Xudodadan muttasil tilaylik toʻzim. Yana oz muddatga nishon boʻlingu, Oʻqlarga ozgina chidang, azizim! Yigʻlamang, bu dunyo shunday yaralgan.... ✍🏻Malika Tavfiq
Show all...
Qizini Bermaganlar. Oydayin to‘lmaganlar, Qadrimiz bilmaganlar. Bizni yerga urdingiz, Qizini bermaganlar. Qoldimda yolg‘iz o‘zim, Aytayin yigit so‘zim. Qo‘l yetmagan yulduzim, Qizini bermaganlar. Buncha burro so‘zingiz, Pul istarkan ko‘nglingiz. Ko‘r ekanda ko‘zingiz, Qizini bermaganlar. Ko‘zdan ozroq yiroqmiz, Nayni chalar mashshoqmiz. Siz boysiz biz qashshoqmiz, Qizini bermaganlar. Siz yaxshi biz yomonda, Rangi ro‘yim somonda. Tumshug‘ingiz osmonda, Qizini bermaganlar. Bahtin rosa tilabsiz, Hudoyimdan so'rabsiz. Tuproqdan zar elabsiz, Qizini bermaganlar. Yuzdan ketdi kulgular, Dardim eshitar kimlar. Teng-tengi bilan derlar, Qizini bermaganlar. Mayli ustimdan kulgin, Boy kiyovni qidirgin. Boshinga yostiq qilgin, Qizini bermaganlar. Qadrimni bir pul qilgan, O'zlarin zo'r deb bilgan. Sulaymonni yer qilgan, Qizini bermaganlar. Muallif: Sulaymon Sulton
Show all...
# ХАЛҚАРО МАЙДОНГА МАРҲАМАТ # ТАНЛОВ Марказий Осиё халқларининг адабиёти ва маданияти академияси янги истеъдодлар билан ҳамкорликни бошлайди. 8- июнь Наманган вилояти Поп туманида халқаро анжуман бўлиб ўтади. Анжуманда танлов ғолиблари тақдирланади. Танловга халқлар ўртасидаги дўстликни мустаҳкамловчи, ўз тили, ўз халқининг бой тарихини тараннум этувчи битта назмий ижод намунаси қабул қилинади. Ижодий ишлари қабул қилинган, муносиб баҳоланган инсонга "Тинчлик элчиси","  Академик " кўкрак  кўкрак нишони тақдим этилади. Ижодий ишлар 6 июнь 18/00гача қабул қилинади Мурожаат учун @fond_direktor телеграм манзили
Show all...
💥💥💥 Ишқ ўлдирсин . Ўлдирса ҳам ишқ ўлдирсин , Ошиқ кўнглин висол тўйдирсин . Муҳаббатни мангу оташи , Юракларни ишққа тўлдирсин . Ўлдирса ҳам ишқ ўлдирсин , Дил торлари тортилди таранг . Келгин гулим, етмайди қўлим , Сенсизликка чидадим аранг. Ўлдирса ҳам ишқ ўлдирсин , Эй , маҳбубам висолни келтир . Мендек бир ошиқ девона , Мажнунингни севгига тўлдир . Ўлдирса ҳам ишқ ўлдирсин , Кел бағримга севги малаги . Бугун висол оқшоми бўлсин , Ошиғингни эзгу тилаги. Ўлдирса ҳам ишқ ўлдирсин , Ором олсин ошиқ юраги . Ўлсам агар қабртошимга , Ёзарсизлар ишқим эртаги . Ўлдирса ҳам ишқ ўлдирсин... ✍️✍️✍️✍️Муҳайё Бегалиева
Show all...