ANDIJON AVTOMOBIL YOʼLLARI BOSH BOSHQARMASI
Open in Telegram
Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi rasmiy kanali 🌐https://www.facebook.com/profile.php?id=100087258916434&mibextid=ZbWKwL 🌐https://instagram.com/andijonavtoyol?igshid=NzZlODBkYWE4Ng==
Show more1 058
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-3430 days
Posts Archive
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar.
—
Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич подписали Совместную декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. В присутствии лидеров состоялась церемония обмена двусторонними документами.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+1
#Huquqiy_targʼibot
Korrupsiyaga qarshi kurash – huquqiy madaniyat asosi
Andijon tumani yo‘llaridan foydalanish davlat muassasa yuristkonsulti Sh.Turdiyev tomonidan 2026 yil 3 sentyabir kuniga Andijon shaxrida joylashgan "Medhalad" maxsulotlari ishlab chiqarish sexi raxbari yakka tartibdagi tadbirkor Matkarimov Maxmudjon xoji aka xamda ishchi xodimlariga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvar kuni imzolangan PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida xamda Korrupsiyaga qarshi kurash masalasida adolat va qonun ustivorligiga putur yetkazadigan eng xavfli illatlardan biri xisoblanishi to‘g‘risida tushuntirish va huquqiy maslaxatlar berilda va qiziqtirgan savolariga javob berildi. Korrupsiya xolati yuzaga kelganda yoki sezilganda qisqa raqamlar va nimalarga etiborli bo‘lishlari kerakligi haqida tushunchalar berildi.
+1
#Huquqiy_targʼibot
Qonun hujjatlarining mohiyati tushuntirilmoqda
Inson yashar ekan, u doimo yaxshilikka va ezgulikka intiladi. Ammo ba’zida hayotimizda kutilmagan hodisalar ro‘y beradiki, insonlar ma’nan og‘ir ahvolga tushishi bilan birga moddiy qiyinchiliklarga ham yuz tutadi. Baxtsiz xodisa yoki kutilmagan nohush holatlardan esa hech birimiz himoyalangan emasmiz. Aynan mana shu mavzuda huquqshunoslar tomonidan ham targʼibot ishlari olib borilib fuqarolarga oʼz oʼzini sugʼurtalashda huquqiy tushunchalar berildi.
Ulug'nor TYFDM huquqshunosi B. Soliyev tomonidan muassasa hodimlariga Oʼzbekiston Respublikasining 2008 yil 11-noyabrda "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʼurta qilish toʼgrisida" qonuni doirasida huquqiy ta'rg'ibot ishlari olib borildi.
+1
#Huquqiy_targʼibot
Hududlarda huquqiy targʼibot tadbirlari davom etmoqda
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi davlat muassasalarida huquqiy maslahatchilari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini muntazam ravishda xodimlarga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Ayni bugunda ham Bo'ston tumani yo'llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunos-maslahatchisi N. Karimov tomonidan “Quruvchi” MCHJ hodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9 yanvar kungi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan qo'shimcha va o'zgarishlar yuzasidan suhbat tashkil etilib, huquqiy savodxonligini oshirish ishlari olib borildi.
+1
HUQUQIY MADANIYAT — JAMIYATDA QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish — qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat bilan jamiyat o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda joylarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlari izchil olib borilmoqda.
Shu doirada, Buloqboshi tumani yo‘llaridan foydalanish davlat muassasasining yuriskonsulti X.Sobirov tomonidan muassasa hodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF–5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, uning amaldagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan bir qator huquqiy masalalar yuzasidan aniq va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
+1
#Huquqiy_targʼibot
🔺Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
🔺Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.
🔹Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida Baliqchi va Oltinko‘l tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yuristkonsulti Q. Vahobov tomonidan Baliqchi tumani "Ko‘l" mahalla faollari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.
Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi.
Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.
Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.
Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.
Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.
Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.
Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.
Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.
Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.
Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Facebook|Instagram|X
