en
Feedback
muslimanur🪻

muslimanur🪻

Open in Telegram

men bir ojiz tomchiman, ammo yuragimda ummon sogʻinchi yashaydi. – Mavlono Rumiy

Show more
Buy Ad
140
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-1830 days
Posts Archive
Inson sevilishdan ko'ra ko'proq tushunilishga ehtiyoj sezadi.

inson sevilishdan ko'ra ko'proq tushunilishga ehtiyoj sezadi, ishonavering.

gunohkorman yolgʻiz men oʻzim yana meni oqlaysan, ona.

va albatta ilm olish har bir erkak va ayol uchun farzdir.
+1
va albatta ilm olish har bir erkak va ayol uchun farzdir.

Kimki vaqtning haqini tanigan boʻlsa, u hayotni idrok etibdi. Vaqt hayotdir. Hasan rahmatullohi alayh
Vaqtni g‘animat bilishga yordam beradigan eng muhim narsalar sifatida quyidagilarni aytish mumkin: • ishlarni tartiblash • bekorchi va behuda o‘tirishlardan uzoqlashish • barcha ishlarda ortiqchalaridan voz kechish • vaqt va daqiqalarni qadrlaydigan aqlli, zukko va tirishqoq kishilar bilan do‘st bo‘lish • tarjimai hollari kishini rag‘batlantiradigan buyuk ulamolar haqidagi xabarlarni o‘qish • ilmiy yutuqlarga erishishda vaqtga e’tibor berish lozimligini tushunish • mutolaadan lazzatlanish • ma’rifat va izlanishda bardavom bo‘lish • ma’lumotlarni tahqiq qilishda tirishqoq bo‘lish va hokazolaridir. Bularning bari sizga vaqt qadrini hamda uni muhofaza qilishni anglatadi. Sizni vaqtni uyqu qiluvchi emas, uni kasb qiluvchi qilib, vaqtni zoye qiluvchi emas, uni muhofaza etuvchi qilib tarbiyalaydi. – bintu ummat

Repost from N/a

shaxsiy rivojlanish uchun asosiy omil bu sogʻlom muhit yarata olish, bu loyiha esa aynan maqsading yoʻlida koʻprik boʻla oladi. sizlarga xolis tavsiyam bu, albatta qoʻshililar. loyiha haqida batafsil bu yerda!

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men ibodat halovatini toʻrt narsada topdim: 1. Alloh farz qilgan amallarni bajarish. 2. Alloh harom qilgan narsalardan tiyilish. 3. Allohdan savob umid qilgan holda yaxshilikka chaqirish. 4. Allohning gʻazabidan qoʻrqib yomonlikdan qaytarish". bintu ummat

Eid al-Adha mubarak✨

shirin boshlangan harom yo‘lning oxiri achchiq yakun topadi.
shirin boshlangan harom yo‘lning oxiri achchiq yakun topadi.

kimki oʻzi tanbal ham zehni oʻtmas, ayon haqiqatdan bir qadam oʻtmas. boʻlmagach yangilik izlashga toqat, oʻzgalar fikrini ta
+1
kimki oʻzi tanbal ham zehni oʻtmas, ayon haqiqatdan bir qadam oʻtmas. boʻlmagach yangilik izlashga toqat, oʻzgalar fikrini takrorlar faqat. – bintu ummat

"Ahli ilm" oilasining kunlik odatlaridan ba'zilari #kuzatuv 🔢Kun bomdodda(n oldin) boshlanadi va ibodat-u zikr bilan band bo'linadi. 🔢Uyda Qur'on ovozi tinmaydi, har burchakdan eshitilib turadi. Ahl uni tilovat va takror qilish, tinglash va tushunish bilan band. 🔢Ovqat markaziy narsa emas, asosiy dard emas. Ovqat yeyilmaydigan kunlar ham bo'ladi. Lekin halol va sog'lom bo'ladi. 🔢Ishlarning o'z vaqti va rejasi bo'ladi. Vaqtida yotib, vaqtida turiladi. Hatto dam ham reja asosida bo'ladi. 🔢Barcha bir-birini ibodatga chaqiradi, shijoatlantiradi. Ilm va holidan xabardor bo'ladi. Ilm va uning ahli seviladi. 🔢Har qanaqa yig'in, gap, marosim va aylanishlarga chiqilavermaydi. Ustuvorliklarga ko'ra, saralanadi. 🔢Sirlar saqlanadi. Oila qo'rg'ondek qo'riqlanadi va masalalar pardadan tashqariga chiqarilmaydi. 🔢Kattalar hurmatda, kichiklar izzatda. Fikrlar o'rtoqlashiladi, oilaviy suhbatlar qilinadi. Mazah qilish, qo'pol so'zlash, ruhiy va jismoniy zo'ravonlikdan xoli muhit. 🔢Mojarolar mojaro egasi bilan hal qilinadi. Uydagi sakiynat buzilmasligiga harakat qilinadi. 🔢🔢 Ovoz Allohning kalomi va Rasululloh sollallohu alayhi wasallam ovozlaridan baland ko'tarilavermaydi. *Bu odatiy holatlar. Insoniy kamchilik va istisnolar bo'lib turishi mumkin/tabiiy. Ko'pchilik ilm ahllari va ularning farzandlariga havas qiladi. Lekin kamchilik haqiqatda o'rnidan turib, ular qilgan ishlarni qiladi. Tomonlar Alloh roziligi uchun shunday muhitga birga tirishsalar, naqadar go'zal. © ULUL ALBAB yozdi

fikrsiz koʻngil vayronadir.

— Endi uxla, toychog‘im, - ona shunday deb chiroqni o‘chirdi. — Oyi! O‘chirmang, iltimos. Qorong‘ilikdan juda qo‘rqaman! — dedi ko‘zlari ojiz bolakay. Nodirabegim Ibrohimova

bir yonib, bir qonib, bir tonib Senga boryapman, Yo Rab... bir toʻlib, bir oʻlib — ming oʻlib... Senga boryapman, Yo Rab... d
bir yonib, bir qonib, bir tonib Senga boryapman, Yo Rab... bir toʻlib, bir oʻlib — ming oʻlib... Senga boryapman, Yo Rab... dengizday nigohim, osmonday gunohim, Oʻzing deb guvohim Senga boryapman, Yo Rab... izladim, qani man? Olovday yonaman, bir Seni taniyman — Senga boryapman, Ey Rab... ...Senga ketyapman, Ey Rab!
© Zebo Nur
– bintu ummat

eng asosiy narsani koʻz bilan koʻrolmaysan.

bahor tarovati ☘
+5
bahor tarovati ☘

mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo'shilib yig'lasharmidik. biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa Xudo xohlamasa, uchrasharmidik...
Onam tomonidan yodlatilgan bu she'r adabiyot va she'riyatga qiziqishim poydevori bo'lgan. Yuqoridagi she'r muallifi barchamiz uchun qadrdon Muhammad Yusuf o'zining qisqagina umri davomida o'zbek she'riyati uchun umrboqiy satrlar meros qoldirgan. Bilasizmi, nima uchun Muhammad yusufning ijodi 7 yoshli bolaga ham 70 yoshli kishiga ham birdek manzur? Negaki, u qalamni qo'lga olarkan u shunchaki yozmadi, u kashf etdi: inson qalbidagi yashirilgan tuygʻularni, aytilmagan jumlalarni, his etilajak onlarni, o'zbek xalqining muhtasham qadriyatini satrlari orqali badiiylashtirdi. Vodiylik bo'lishimga qaramay haligacha sevimli shoirim Muhammad Yusuf uy muzeyiga bormaganimga hayronman, nasib bo'lsa yaqinlari bilan rahmatli shoir haqida suhbat qilgim, ijodkor haqida yana ham yaxshiroq bilgim bor. Bugun 26-aprel ularning tavallud ayyomi, Alloh rahmatiga olsin! – bintu ummat

shoshib yashadim men, shiddat-la yonib, birgina umrimda yuzlab qismat bor. hech biridan ammo ketmasman tonib, birida - nur, boshqasida garchi zulmat bor. ©Ulugʻbek Hamdam