cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

AYITI (yo‘l ilmi) | Rasmiy kanal

"Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti" DM rasmiy Telegram kanali 🌐 www.uzdornii.uz Aloqa: 📩 [email protected] ☎️ 71 268 92 98

Show more
Uzbekistan48 352Uzbek28 185The category is not specified
Advertising posts
339
Subscribers
-124 hours
No data7 days
+2630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, uni yanada faollashtirish imkoniyatlari, shuningdek, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, temir yo‘l va avtomobil transporti, transport infratuzilmasini qurish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2024-2025-yillarda transport va logistika sohasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzoladilar.
Batafsil
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib,barchangizga o‘zimizning chuqur hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni bildiramiz. Shu ulug‘ kunda Ikkinchi jahon urushining ayovsiz maydonlarida jang qilib, og‘ir mashaqqatlarni boshdan kechirgan qahramonlarimizning tarixiy jasoratini yuksak qadrlaymiz. Ularning sharofati bilan erishilgan osoyishta va farovon hayotimiz uchun hamisha shukrona bildiramiz. Qolaversa, hozirda Vatanimiz himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan jasur askarlarimiz va xarbiylarimizga samimiy minnatdorlik izhor etamiz. Ularga kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoat tilab qolamiz. Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Hurmat bilan AYITI DM jamoasi!
Show all...
✅📚AYITI DM tomonidan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK mutaxassislariga o‘quv dasturiga muvofiq “Buyurtmachi xizmati texnik nazorati” mutaxassislari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish darslari tashkil etilgan. Malaka oshirish o‘quv darslari malakali professor-o‘qituvchilar hamda sohada ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar tomonidan online va offline formatda o‘tilmoqda. Laboratoriya mashg‘ulotlari esa AYITI DM sinov tadqiqot laboratoriyasida o‘tkazilmoqda.📚
Show all...
Jizzax viloyati qurilish materiallari bo‘yicha xalqaro forumga mezbonlik qildi. Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifida “Basalt Uzbekistan” klasteri tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar afzalliklarini keng targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish hamda tashqi bozorga chiqishni yanada faollashtirish bo‘yicha berilgan vazifalar asosida tashkil etildi. Forumda Avtomobil qo’mitasi tizim tashkilotlari, AYITI DM mutaxassislari, yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdi.
Show all...
✅📚ПФ-64. Йўл хўжалиги соҳасини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари белгиланганлиги муносатати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартиришлар киритиш, шунингдек, баъзиларини ўз кучини йўқотган деб ҳисоблаш тўғрисида.
Show all...
Умумий фойдаланишдаги автомобиль йўлларини эксплуатация қилиш ишларини аутсорсинг асосида хусусий сектор томонидан амалга оширишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида
Show all...
Дунёдаги энг мураккаб муҳандислик лойиҳаларидан бири Хитойдаги Яши экспресс йўлидир. У тоғлар ва бир нечта сейсмик зоналардан ўтади ва унинг баъзи участкалари шунчалик баландки, йўл "самовий" деб аталади. AXBOROT | Расмий Канали👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFiROx19SPTsDUsEQA
Show all...
Joriy yilning 22-24 aprel kunlari to‘rtinchi bor Xalqaro sanoat koʻrgazmasi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” o‘tkazildi. Poytaxtda 22−24-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida 27 ta davlatdan 10 mingdan ortiq ishtirokchi va biznes delegatsiyalar qatnashib, 230 ta xorijiy kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Bundan tashqari, panel sessiyalari, muhokamalar, davra suhbatlari va biznes uchrashuvlari tashkil etildi. Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan “Shaharlar va tarmoqlar uchun zamonaviy transport infratuzilmasini boshqarish tizimlari” va “Yashil chiroq: ekologik toza transportning rivojlanishi transport va turizm sanoatini qanday o‘zgartirmoqda” mavzularidagi panel sessiyalari ishida Transport vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi. Mazkur ko‘rgazmada AYITI DM mutaxassislari ham qatnashishdi. Batafsil👉https://uzdornii.uz/2024/04/26/innoprom/
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektor jalb etiladi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (233-son, 24.04.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlarni davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiradi. Batafsil
Show all...
👎 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun “UneedUs Group” MChJ tomonidan Sankt-Peterburg ABZ-1 zavodi mutaxassislari ishtirokida “Rangsiz bog’lovchi, rangli asfalt” mavzusida seminar tashkil etildi.
Show all...
👍 2