en
Feedback
Novda Project

Novda Project

Open in Telegram

Today, building the leaders of tomorrow! Murojaat uchun: @novda_aloqa

Show more
329
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
TOP 60 🚀 🔗 Quyida Novda loyihasi, saralashning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar va intervyu vaqtlari ro'yxati yuborilmoqda. 📥 Agarda siz ushbu ro'yxatda bo'lsangiz, ammo hali e-mail qabul qilmagan bo'lsangiz, ism familiya va ushbu fayldan skrinshot bilan birgalikda @novda_aloqa akkountiga murojaat qilishingizni so'raymiz. Qiziqish bildirgan barchaga rahmat! Suhbatda ko'rishguncha! *Ayni damda Toshkent shaxrida bo'lmagan, ammo qabul qilingach loyiha davomida Toshkent shaxrida bo'lishi aniq bo'lgan va boshqa sababli ishtirokchilar uchun onlayn intervyu ham tashkil qilinadi. 🌱 “Novda” - today, building the leaders of tomorrow!🚀 Telegram | Instagram

Novda loyihasi saralash javoblari e’lon qilindi! E-mailingizni tekshiring! 📊 Novda loyihasi, saralashning 1-bosqichdan muvaf
Novda loyihasi saralash javoblari e’lon qilindi! E-mailingizni tekshiring! 📊 Novda loyihasi, saralashning 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 60 nafar nomzodlar aniqlandi. 📩 2-bosqich suhbat sanasi, vaqti va manzili haqidagi xabar barcha TOP 60 nafar nomzodlarning elektron pochtalariga yuborilganini ma'lum qilamiz. 📆 Suhbat sanasi: 17-sentabr, 10:00-18:00 orasida bo'lib o'tadi. Har bir ishtirokchi bilan suhbat 10 daqiqa davom etadi. Barchaning vaqtini hurmat qilgan holda ishtirokchilardan 10 daqiqa oldin belgilangan manzilga kelib, tayyorgarlik ko'rib turishlari so'raladi. Tez orada 1-bosqichdan muvaffaqiyatli nomzodlar ro’yxati ushbu kanalda ham e’lon qilinadi. Loyihamizga qiziqish bildirgan barchaga rahmat. Unutmang, hali sizda keyingi mavsumlar uchun imkoniyat bor. 🌱 “Novda” - today, building the leaders of tomorrow!🚀 Telegram | Instagram

Arizalarni qabul qilish rasman yakunlandi! 🌱 Novda loyihasining 1-mavsumi uchun arizalarni qabul qilish jarayoni 10-sentyabr
Arizalarni qabul qilish rasman yakunlandi! 🌱 Novda loyihasining 1-mavsumi uchun arizalarni qabul qilish jarayoni 10-sentyabr, soat 23:59 da yakunlanganini ma’lum qilamiz. 🌱Ma’lumot o’rnida, belgilangan muddat davomida loyihaga qiziqish bildirgan faol yoshlar soni 200 nafardan ortdi. Tez orada arizalar saralash guruhi tomonidan ko’rib chiqilib, 2-bosqich (intervyu) ga o'tgan muvaffaqiyatli 60 nafar ishtirokchilar ro'yxati e'lon qilinadi. Suhbat natijalariga ko’ra ulardan top 30 nafari loyihamizda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 2-bosqichda ko’rishguncha! 🌱 “Novda” - today, building the leaders of tomorrow!🚀 Telegram | Instagram

🎗️"Novda" loyihasiga ariza topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi! Shoshiling va shaxsiy rivojlanishingizni biz bilan rivojlantiring! Eslatib o’tamiz, birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan talabgorlar suhbatga chaqiriladilar. 📌Ariza topshirish muddati: 10 sentabr, 23:59 🔗Ushbu HAVOLA orqali ro’yxatdan o’ting! 🌱 “Novda” - today, building the leaders of tomorrow!🚀 Telegram   |   Instagram

🎗️"Novda" loyihasi - FAQs 1. “Novda” loyihasi nima? "Novda" loyihasi 16 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar uchun mo'ljallangan dastur bo'lib, shaxsiy rivojlanish, yoshlardagi liderlik qobiliyatini oshirish, va ishtirokchilarni kelajakdagi faoliyati uchun muhim ko'nikma va tajribalar bilan ta'minlashga qaratilgan. ❓2. “Novda” loyihasining asosiy maqsadlari nimalardan iborat? "Novda" loyihasining asosiy maqsadlari: - shaxsiy rivojlarnishni rag'batlantirish, - yosh liderlarga ko'nikma va bilimlar berish, - qo'llab-quvvatlovchi atmosfera yaratish, - o'z-o'zini kashf qilish va o'rganish uchun imkoniyat yaratish va jarayonni osonlashtirishdan iborat. ❓3. "Novda" loyihasida ishtirok etish muddati qancha? Dastur 1 oy davom etadi. Darslar haftasiga 2 marta, 4 soatdan olib boriladi. ❓4. “Novda” loyihasida kimlar ishtirok etishi mumkin? Dastur talablari: - 16-20 yosh oralig'ida bo'lgan; - O'zbek/rus/ingliz tillarida fikrni ifodalay oladigan (ingliz va rus tilini bilish majburiy emas, ammo saralashda ustunlik berilishi mumkin);  - Loyiha davomida Toshkent hududida bo'ladigan;  - Ilmga chanqoq, yangi g'oyalarga boy va faol yoshlar ishtirok eta oladilar. ❓5. Ishtirokchilar “Novda” loyihasidan nimani kutishlari mumkin? Ishtirokchilar yetakchilik seminarlari, malaka oshirish sessiyalari, networking imkoniyatlari, interaktiv munozaralar va shaxsiy va professional o'sishga yordam beradigan qiziqarli tadbirlarni kutishlari mumkin. ❓6. “Novda" loyihasiga qanday qilib ariza topshirish mumkin? "Novda" loyihasida qatnashish uchun ushbu HAVOLA orqali ariza topshiriladi. Ariza shaxsiy ma’lumotlar, motivatsion xat, CV (rezyume) topshirishdan iborat. ❓7. “Novda" loyihasida ishtirok etish bilan bog'liq xarajatlar bormi? Dasturda qatnashish mutlaqo bepul. ❓8. “Novda" loyihasi haqidagi malumotlardan qanday xabardor bo'lishim mumkin? "Novda" loyihasi haqida xabardor bo'lish uchun siz loyihaning rasmiy ijtimoiy tarmoq akkauntlarini kuzatib borishingiz, yangiliklar va e'lonlarni muntazam tekshirib turishingiz mumkin. Rasmiy ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarimiz: Telegram   |   Instagram9. Loyihaga ariza topshirish muddati qanday? Ariza topshirish 10-sentyabr soat 23:59gacha davom etadi. ❓10. Loyihaga qabul qilish jarayonidagi saralash mezonlari qanday? Saralash 2 ta boshqichdan iborat. Birinchi bosqich ariza to'ldirish bo'lib, unda talabgorlar quyidagi mezonlar bo'yicha saralanadi: - talablarga mos kelishi, - motivatsion xat, - akademik va ijtimoiy faoliyati, - loyihadan kutayotgan va loyihaga bera oladigan qiymati. 1chi bosqichda saralangan ishtirokchilar offlayn suhbatga taklif qilinadilar. ❓11. Loyihaga necha kishi qabul qilinadi? Loyihaga saralash va suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan 30 kishi qabul qilinadi. 📌 Agarda loyiha haqida sizni qiziqtirgan boshqa savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring! 🌱 Novda - today, building the leaders of tomorrow!🚀 Telegram   |   Instagram

🌱''Novda'' loyihasiga arizalar qabuli boshlandi!🔥🏁 🎗️Shaxsiy rivojlanishga qaratilgan va yoshlardagi liderlik qobiliyatin
🌱''Novda'' loyihasiga arizalar qabuli boshlandi!🔥🏁 🎗️Shaxsiy rivojlanishga qaratilgan va yoshlardagi liderlik qobiliyatini yanada oshiruvchi ushbu loyiha nihoyat arizalar qabulini boshlamoqda... Ro’yxatdan o’tishning 1-chi bosqichi - ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali: 📌 shaxsiy ma’lumotlaringiz; 📌 CV (rezyume); 📌 motivatsion xatni yuboring. 🌱Saralovning 1-chi bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan top 60ta ishtirokchilar, offline suhbatga taklif etiladilar. 🌱Suhbatdan sóng eng kuchli 30 nafar ishtirokchi loyihada qatnashish uchun saralab olinadi. ‼️Ro’yxatdan o’tishning oxirgi muddati: 10.09.2023, 23:59 🔗ARIZA topshirish 🌱Novda - today, building the leaders of tomorrow!🚀 Telegram   |   Instagram

🎗Loyihaga qabul qilish talablari haqida! Loyihada qatnashish istagida bo’lgan nomzodlar uchun quyidagi talablar mavjud: ✔️ T
🎗Loyihaga qabul qilish talablari haqida! Loyihada qatnashish istagida bo’lgan nomzodlar uchun quyidagi talablar mavjud: ✔️ Talabgorlar 16-20 yosh oralig’ida bo’lishi; ✔️ O’zbek/rus/ingliz tillarini tushunish va fikrni ifodalay olishi;  ✔️ Loyiha davomida Toshkent hududida bo’lishi; ✔️ Ilmga chanqoq, yangi g'oyalarga boy va faol bo’lishi kerak. 🔔 Agarda siz yuqorida ko’rsatilgan talablarga javob bersangiz, “Novda” loyihasida ishtirok eting va o’zingizni shaxsiy rivojlanishingizni, liderlik qobilyatlaringizni biz bilan oshiring! 🌱Novda - Today, building the leaders of tomorrow! Telegram | Instagram

🎗️Loyihaga qabul va keyingi jarayonlar haqida! 🔺Saralash — 2 bosqichli 1- bosqich → ariza topshirish 2- bosqich → suhbat 🔻Saralangan 30 talabgorlar bilan 1 oy davom etuvchi ✓ Shaxsiy rivojlanish ✓ Nutq madaniyati ✓ Vaqtni to'g'ri boshqarish ✓ Shaxsiy brend ✓ Muloqot ko'nikmalari ✓ Volontyorlik ✓ Xalqaro grantlar va shu kabi yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan Masterklass darslari bo'ladi. 🔔Darslar haftasiga 2 marotaba, 4 soatdan olib boriladi ♦️Loyihaning ilk mavsumi sentyabr oyida START oladi *Loyiha davomida bo'lib o'tuvchi mashg'ulotlar haqidagi batafsil ma'lumot keyingi postlarda... Telegram | Instagram

🌱Novda... ❗️Ilmga chanqoq yoshlar diqqatiga! - Agarda siz... • 16-20 yosh oralig'ida bo'lsangiz; • bilim va salohiyatingizni sayqallab borishni istasangiz; • shaxsiy rivojlanish orqali liderlikka qadam qo’ymoqchi bo’lsangiz; • nomdor davlat stipendiyanti yoki chet el granti sovrindori bo'lishni istasangiz NOVDA loyihasi aynan siz uchun. 📍Novda - bu yoshlarni shaxsiy rivojlanishiga va mukammal liderlikka intilishida ilhomlantiruvchi kelajakli loyihadir. ⚡️ Siz bu loyiha orqali quyidagilarga ega bo’lasiz: 🗣Siz havas qilgan tajribali spikerlardan bepul mahorat darslari; 👥Jamoaviy ilmiy musobaqalar; 📚Workshop; 🤵‍♂Liderlik yo’lida amaliy yordam. 📣 Siz ushbu xabarni do'stlaringizga ulashgunga qadar biz ham tez orada loyihamiz haqida batafsil ma’lumot hamda ro’yxatdan o’tish sanalarini e’lon qilamiz. 🌱Novda - Today, building the leaders of tomorrow! Telegram | Instagram

Tez kunda... Yangi loyiha... 🌱Novda Shaxsiy rivojlanishga qaratilgan, yoshlardagi liderlik qobiliyatini yanada oshiruvchi, i
Tez kunda... Yangi loyiha... 🌱Novda Shaxsiy rivojlanishga qaratilgan, yoshlardagi liderlik qobiliyatini yanada oshiruvchi, ijtimoiy va ma'naviy savodxonlikni boyitishda ko'mak beruvchi ushbu loyiha yaqin kunlarda START oladi. Loyiha haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni unutmang 👇 Telegram | Instagram