en
Feedback
IHMA Farg‘ona viloyati

IHMA Farg‘ona viloyati

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel IHMA Farg‘ona viloyati

Channel IHMA Farg‘ona viloyati (@ihma_fargona) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 20 143 subscribers, ranking 581 in the Social Networks category and 3 972 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 20 143 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -336 over the last 30 days and by -16 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 5.54%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 3.72% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 117 views. Within the first day, a publication typically gains 751 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.

📝 Description and content policy

Channel description not provided.

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Social Networks category.

20 143
Subscribers
-1624 hours
-727 days
-33630 days
Posts Archive
#jarayon 🎬 Ayni paytda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Saidfarrux Islomov “Farg
+4
#jarayon 🎬 Ayni paytda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Saidfarrux Islomov “Fargʻona” telekanalining “Muhokama markazida” teleradiodasturida qatnashmoqda. 😮 Dastur “Fargʻona” telekanali va “Fargʻona” radiosi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilmoqda. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

#trening ☺️ Qo‘shtepa tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Muharramxon Uzoqova tomonidan ishtirokchilarga o‘z ichki dunyosini anglash, shaxsiy qadr-qimmatini qayta his qilish, ichki resurslarini aniqlash, o‘zini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom psixologik chegaralarni shakllantirishga ko‘maklashishga qaratilgan "Anglash orqali taskin" trening moduli muvaffaqiyatli tashkillandi ________________ 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

🌍🌍
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash borasidagi tashabbuslar ko‘lami ortmoqda
🎬 Ushbu lavha "Farg'ona" telekanalining "Farg'ona 24" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Ассалому алайкум. Ҳурматли ижтимоий ходимлар! Ушбу роликни маҳалла гуруҳларида кенг тарқатишимиз керак🙏

#Ijtimoiy_axborot Oziq-ovqat, kiyim-kechak va o’quv qurollari uchun moddiy yordam olishni bilasizmi? 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

“Faol hayotga qadam”: 13-yillik qiyinchilikdan keyingi amaliy natija I guruh nogironligi bo‘lgan Go‘zalxon Mannopova 13 yil avval chap qo‘li va oyog‘idan ayrilgan. Ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida yashagani bois uning tashqariga chiqishi va zarur xizmatlardan foydalanishi qiyin edi. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida unga hamshira biriktirildi. Endi mutaxassis haftasiga ikki marta uning uyiga kelib, reabilitatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda va salomatligini muntazam nazorat qilib bormoqda. Shuningdek, Go‘zalxonga elektr yuritmali aravacha, qo‘l va oyoq protezlari berildi, uy zinapoyalariga esa maxsus tutqichlar o‘rnatildi. Bugun u protezlardan foydalanishni o‘rganib, mustaqil va faol hayot sari qadam tashlamoqda. Bu — “Inson” markazi orqali ko‘rsatilayotgan manzilli ijtimoiy xizmatlarning amaliy natijasidir. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

#infografika 2026-yilda Fargʻona viloyatida ehtiyojmand oilalar xonadonlarida olib borilgan ta’mirlash ishlari haqida ma’lumo
#infografika 2026-yilda Fargʻona viloyatida ehtiyojmand oilalar xonadonlarida olib borilgan ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot (1-sentabr holatiga)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori asosida:
339 ta uy “yashil” ta’mirlanib, energo tejamkor holga keltirilishi belgilangan. Buning uchun 18,9 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Hozirda 320 ta uy ta’mirlandi - 94 foiz;
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan:
761 ta uy ta’mirlandi va buning uchun 9.098 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli fikrla
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oilani Ijtimoiy reyestrdan chiqarishning o‘zi kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi. Ijtimoiy reyestrning asosiy maqsadi — ehtiyojmand aholini aniqlash, ularni ijtimoiy himoya bilan qamrab olish va zarur yordam hamda xizmatlarni ko‘rsatishdir. Ehtiyojmand oilalar qancha ko‘p aniqlanib, zarur yordam va xizmatlar bilan qamrab olinsa, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash imkoniyati shuncha ortadi. Bu esa kambag‘allik darajasini aniqlash bo‘yicha keyingi o‘lchovlarda ijobiy natijalar qayd etilishiga xizmat qilishi mumkin. Shu sababli reyestrdan chiqarish belgilangan reja yoki ko‘rsatkichni bajarish maqsadida emas, balki oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati amalda yaxshilangani va belgilangan mezonlarga javob bergani asosida amalga oshirilishi lozim. Ma’lum bir hududdagi kambag‘allik darajasi esa Jahon banki metodologiyasi asosida belgilangan standartlar bo‘yicha o‘tkaziladigan so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi. Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya inspeksiyasi tomonidan reyestrdan chiqarilgan oilalar bo‘yicha nazorat ishlari olib borilib, qarorlarning belgilangan mezon va tartiblarga muvofiqligi o‘rganilmoqda. Agentlikning pozitsiyasi: asosiy maqsad fuqaroni reyestrdan chiqarish emas, balki oilani haqiqatan ham kambag‘allikdan chiqarish va ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashdir. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

🌍🌍
Toshloqlik Muhammadali Yoqubov mahalla ko’magi bilan dekorativ baliqlar yetishtirish va ko’paytirishni yo’lga qo’ydi
🎙 Ushbu audioxabar "Farg'ona" radiosining "Yangiliklar" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

🌍🌍
SINOVGA DUCH KELGANDA...
🏃 Bag'dodlik Barnoxon Meliqo'ziyeva og'ir sinovlar qarshisida mardonavor turdi: hayotga intildi, atrofdagilardan kuch oldi, maqsad sari dadil borishni o'rgandi. Bunda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi uning eng yaqin ko'makchisi bo'ldi. 🎬 Ushbu lavha "Zo'r TV" telekanalining "Milliar" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

#statistika 2026 yilning sentyabr oyida ijtimoiy nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to’liq moliyalashtirild
#statistika 2026 yilning sentyabr oyida ijtimoiy nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to’liq moliyalashtirildi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026-yil sentabr oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 64 402 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan 68,4 mlrd. so‘m mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
Ma’lumot uchun: amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, nafaqa oluvchi fuqarolarning to‘lov ro‘yxati har oyning 4-sanasigacha shakllantiriladi va 5-sanasiga qadar to‘lovlar tegishli tashkilotga moliyalashtiriladi.
Shuningdek, nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari AT "Xalq banki"ning sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini ma’lum qilamiz. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

#teleloyiha #insondan_insongacha
Ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar inson qadri uchun
🎬 "Farg'ona" telekanali bilan hamkorlikda tayyorlanib, efirga uzatilayotgan "Insondan insongacha" teleloyihasining navbatdagi sonini tomosha qiling. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

+2
#Ijtimoiy_dayjest 🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing. ⸻ 🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń. 🇬🇧 Social Digest Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

#statistika 2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Farg'ona viloyatida ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 64 944 nafarni tashkil etd
#statistika 2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Farg'ona viloyatida ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 64 944 nafarni tashkil etdi. Jumladan: ✅ 14 682 nafar fuqaroga – nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar nafaqasi;28 199 nafar fuqaroga – nogironlik nafaqasi;6 815 nafar fuqaroga – parvarishlash nafaqasi;7 386 nafar fuqaroga – yoshga doir nafaqa;6 535 nafar fuqaroga – boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;629 nafar fuqaroga – o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar hamda yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam; 541 nafar fuqaroga - uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya tayinlandi. ✅ 157 nafar fuqaroga - oilaviy bolalar uyi va patronatga olingan bolalar uchun to‘lov amalga oshirildi. Ma’lumot uchun: 2026-yil avgust oyida yangi tayinlangan nafaqa oluvchilar soni 398 nafarni tashkil etdi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

🌍🌍 👮‍♂️ Farg'ona viloyati hokimligi nashri - "Yangi Farg'ona" gazetasining navbatdagi sonida Ijtimoiy himoya milliy agentl
+2
🌍🌍 👮‍♂️ Farg'ona viloyati hokimligi nashri - "Yangi Farg'ona" gazetasining navbatdagi sonida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi Katta yoshdagilar va og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash shu'basi mudiri Farruhbek Saydaliyevning "Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam tizimi o'zgardi" sarlavhali maqolasi chop etildi. ✅ Maqolada, Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-avgustda qabul qilingan “Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-146-son Farmoni inson manfaatlarini ta’minlash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy muammolarni erta aniqlash va ularni bartaraf etishning samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega ekani ta'kidlanadi.
Farg‘ona viloyatida so‘nggi uch yil ichida 42 nafar, joriy yil boshidan esa 12 nafar fuqaroning odam savdosidan jabr ko‘rgani qayd etilgan. Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tgan 2025-yilda odam savdosiga oid jami 15 ta ariza va shikoyatlar ko‘rib chiqilgan va ularning 11 tasi yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, - deyiladi maqolada.
🖋 Maqola gazetaning 4-sahifasidan o‘rin olgan. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Ijtimoiy ish sohasida yangi malaka va professional rivojlanish tizimi joriy etiladi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yu
Ijtimoiy ish sohasida yangi malaka va professional rivojlanish tizimi joriy etiladi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ixtisoslashgan va samarali ishlashni taʼminlovchi shaffof tizimni joriy etishga qaratilgan muhim qaror imzolandi. Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodimlar uchun toifalash va malaka sertifikatsiyasi tizimi joriy etiladi. Ijtimoiy xodimlar toifasiz, III, II va I toifalarga ajratiladi. ✅ Malaka sertifikati nazorat sinovi natijalaridan kelib chiqib quyidagi tartibda beriladi: ✅ bir yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — III toifa; ✅ ikki yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — II toifa; ✅ uch yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — I toifa malaka sertifikati. Malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi. ✅ Shuningdek: ✅ malaka sertifikati amal qilish muddati tugagandan so‘ng olti oy ichida qayta sertifikat olmagan ijtimoiy xodimning lavozimi saqlangan holda bir pog‘ona quyi toifaga tushiriladi; ✅ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan ijtimoiy xodim lavozimlari joriy etiladi; ✅ mazkur ixtisoslashgan lavozimlarda, shuningdek, «Inson» markazlari bo‘lim mudiri (bosh ijtimoiy xodim) va supervayzer lavozimlarida II va undan yuqori toifaga ega ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritadi; ✅ davlat organlari va tashkilotlarida ijtimoiy xodim lavozimining shtat meʼyori bir shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda kiritiladi; ✅ ijtimoiy xodimlar yiliga bir marotaba Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi; ✅ Agentlik tizimiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,2 baravaridan kam bo‘lmasligi belgilanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy xodimlarning malakasini baholash va oshirish jarayonlari xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. 2026-yil yakuniga qadar xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2026-yil 1-oktyabrdan Xorazm va Toshkent viloyatlarida boshlanib, 2027-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi “Inson” markazlari va Agentlik tizimidagi muassasalarni qamrab oladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

🌍🌍
Toshloqlik Muhammadali Yoqubovning II guruh nogironligi mavjud. U mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi ko‘magi bilan dekorativ baliqlar yetishtirish va ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ydi
🎬 Ushbu lavha "Farg'ona" telekanalining "Farg'ona 24" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

#xabaringiz_bormi
Ishlaydigan onalarga bir yil davomida bolaparvarishlash nafaqasi to‘lanadi
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Dilshodxon Muhiddinova ma’lum qildi.
"Bunda xuddi homiladorlik va tug‘ish nafaqasi kabi ushbu nafaqa ham proaktiv tarzda, ya’ni hujjat taqdim qilish talab etilmagan holda, ayollarning ijtimoiy kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamg‘arma tomonidan o‘tkazib beriladi, - deydi mutaxassis.
🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Korreksion sinflar tashkil etadigan nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentin
Korreksion sinflar tashkil etadigan nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–292-son qarori bilan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi. Unga ko‘ra, korreksion sinflar tashkil etib, o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi.
Subsidiya miqdori:
- Toshkent shahrida BHMning 11 baravari;
- viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari;
- boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari.
🖋 Qanday ariza beriladi? Korreksion sinf tashkil etish istagida bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari my.ihma.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan bitim tuzish uchun ariza topshirishlari mumkin. ✅ Nodavlat ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 🤝 Nodavlat ta’lim tashkilotlarini yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, sifatli ta’lim qamrovini kengaytirishga taklif etamiz. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

🌍🌍
Qo'qon shahrida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida
🎬 Ushbu lavha "Muloqot" telekanalining "Davr" axborot dasturi orqali efirga uzatildi. 🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.