Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Open in Telegram
Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy telegram sahifasi
Show more605
Subscribers
-824 hours
-167 days
-4430 days
Posts Archive
+4
😎Kelajak bunyodkorlari ish ustida!
Bugun maktabimizda robototexnika to'garagi a'zolari chinakam ijodiy muhit yaratishdi. O'quvchilarimiz nafaqat Lego konstruktorlaridan turli xil robotlar yig'ishdi, balki ularni dasturlash orqali harakatga keltirishni ham o'rganishmoqda.
Ushbu mashg'ulotlar orqali bolalar:
✅Mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradilar.
✅Jamoada ishlash va muammolarni birgalikda hal qilish ko'nikmalarini egallaydilar.
Muhandislik va dasturlash asoslari bilan tanishadilar.
O'quvchilarimizning ko'zlaridagi g'ayrat va qiziqish bizni quvontiradi! Ularning kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo'shadigan yetuk mutaxassislar bo'lib yetishishlariga ishonamiz.
@YangiNamanganTIM
+5
🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — MUSTAQILLIK SABOQLARI
🎓 Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari davom etmoqda.
📚 Navbatdagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning Vatanga daxldorlik tuyg‘usi, milliy qadriyatlarga hurmati va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
👨👩👧👦 5–8-sinf o‘quvchilari “Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusida oila a’zolari bilan suhbatlashib, oilaviy muloqotdan olgan taassurot va xulosalarini sinfdoshlari bilan o‘rtoqlashdilar.
🏡 9–11-sinf o‘quvchilari esa “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida oila davrasida fikr almashib, o‘z xulosalarini sinf mashg‘ulotlarida tahlil qildilar.
🇺🇿 Mustaqillik — bizga berilgan buyuk imkoniyat, uni qadrlash va kelajak avlodga munosib meros qoldirish esa barchamizning mas’uliyatimizdir!
@YangiNamanganTIM
🌱 ECO-SCHOOL — YASHIL KELAJAK SARI BIRGA! 🌐🇺🇿
📢📢📢Hurmatli o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar!
Maktabimizda “Eco-School” (“Yashil maktab”) loyihasi doirasida tabiatni sevuvchi, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi barcha ekosevarlar, faollar va ko‘ngillilar uchun maxsus guruh tashkil etildi! 💚
🌿 Guruhda sizni nimalar kutmoqda?
🔹 Ekologik loyihalar, aksiyalar va tadbirlar;
🔹 Tabiat va ekologiyaga oid qiziqarli faktlar va foydali ma’lumotlar;
🔹 Tozalik va obodonlashtirish aksiyalari;
🔹 Yangi ekologik tashabbuslar va ijodiy chellenjlar;
🔹 Tabiatni asrashga qaratilgan jamoaviy loyihalar.
🌳 Bugun qilgan kichik harakatimiz — ertangi yashil kelajagimiz!
Maktabimizni yanada toza, obod va yashil maskanga aylantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
🔗 Guruhga qo‘shiling:
https://t.me/ecoschool_team
💚 Tabiatni sevamiz!
🌱 Uni asraymiz!
🌍 Kelajakni birgalikda yaratamiz!
Barchangizni “Eco-School” jamoasida kutib qolamiz! 🌿✨
+7
Bizda ta’lim — zamonaviy va amaliy! 💻✨
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarimiz uchun har bir dars interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etilmoqda.
Bugungi Informatika va axborot texnologiyalari darsida o‘quvchilar:
🔹 Matn bilan ishlash va uni tahrirlash asoslarini o‘rgandilar;
🔹 Zamon talablariga mos zamonaviy kompyuter va aqlli doska (smart board) imkoniyatlaridan amalda foydalandilar;
🔹 Axborot texnologiyalari va raqamli dunyo bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini boyitdilar.
🚀 Zamonaviy sharoit va amaliy bilimlar — kelajak muvaffaqiyatining mustahkam poydevoridir!
Bizni kuzatib boring!!!
👇👇👇
@YangiNamanganTIM
+5
🏢 Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
ASSALOM MAKTAB , SALOM YANGI IMKONIYATLAR 🥳
💥 Ta'lim muassasamizda yangi o'quv yilini ko'tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida, maktabimizga yangi qabul qilingan
5-sinf o'quvchilari uchun tonggi kutib olish jarayoni tashkil qilindi.
👩🏫 Psixolog M. Topilova maktabning 6-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda ta’tildan qaytgan o‘quvchilarga “Motivatsion soat“ treningi tashkil etdi . Treningdan asosiy maqsad o’quvchilarni yangi maktabga, ustozlarga va yangi do'stlariga moslashishga yordam berish hamda boshlangan o'quv yilini a‘lo kayfiyatda davom ettirishga ko‘maklashisgdir.
Maktab psixologi :
M.Topilova
@YangiNamanganTIM
+4
📚 YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN MUHIM UCHRASHUV
Yangi o‘quv yili oldidan Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i O. Usmonov maktabga yangi qabul qilingan 5-sinf hamda 2026–2027-o‘quv yilida maktabni tamomlovchi 11-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.
🎯 Uchrashuv davomida yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ta’limdagi yuqori natijalarni mustahkamlash, bilimlarni muntazam baholab borish hamda o‘quvchilarning kelgusidagi maqsadlari haqida fikr almashildi.
📈 Ayniqsa, 11-sinf o‘quvchilariga bitiruv yili oldidan bilimlarni tizimli ravishda mustahkamlash, o‘z ustida muntazam ishlash va yuqori natijalarga intilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
+6
Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida, shuningdek, “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” g‘oyasini hayotga keng tatbiq etish maqsadida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilining boshlanishi, ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarni egallash, Vatanga munosib farzand bo‘lib voyaga yetishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Ayniqsa, yosh avlodning zamonaviy bilimlarni puxta egallashi, mustaqil fikrlashi, yuksak ma’naviyatli va vatanparvar shaxs sifatida shakllanishi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” g‘oyasini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, ularda kelajakka bo‘lgan ishonch va mas’uliyat hissini kuchaytirish, Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni barpo etishga munosib hissa qo‘shadigan yoshlarni tarbiyalash maqsadida belgilangan reja asosida “Kelajak soati” darsi ham tashkil etildi.
“Kelajak soati” darsida o‘quvchilarning Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati, yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar, kelajakdagi maqsadlari hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shishlari mumkin bo‘lgan hissalari haqida fikr almashdilar.
Mazkur tadbirlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, fuqarolik burchi va kelajakka daxldorlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
+2
Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida, shuningdek, “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” g‘oyasini hayotga keng tatbiq etish maqsadida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilining boshlanishi, ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarni egallash, Vatanga munosib farzand bo‘lib voyaga yetishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Ayniqsa, yosh avlodning zamonaviy bilimlarni puxta egallashi, mustaqil fikrlashi, yuksak ma’naviyatli va vatanparvar shaxs sifatida shakllanishi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” g‘oyasini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, ularda kelajakka bo‘lgan ishonch va mas’uliyat hissini kuchaytirish, Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni barpo etishga munosib hissa qo‘shadigan yoshlarni tarbiyalash maqsadida belgilangan reja asosida “Kelajak soati” darsi ham tashkil etildi.
“Kelajak soati” darsida o‘quvchilarning Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati, yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar, kelajakdagi maqsadlari hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shishlari mumkin bo‘lgan hissalari haqida fikr almashdilar.
Mazkur tadbirlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, fuqarolik burchi va kelajakka daxldorlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.
@YangiNamanganTIM
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigiAziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim! Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from E’zoza Karimova
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.
Hurmatli ustozlar!
Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!
Aziz yurtdoshlar!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
+8
“Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi — ta’lim va tarbiya garovi!
“Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini yana-da mustahkamlash orqali Prezidentimiz ta‘kidlaganidek ota-onada masʼuliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, taʼlim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazoratga erishish maqsadida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan 5-sinf o'quvchilarining ota-onalar ishtirokida yig’ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida:
2026–2027-o‘quv yilida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar;
mezonlarga asoslangan baholash tizimining mazmun-mohiyati, afzalliklari hamda o‘quvchilarni baholash tartibi;
ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish;
maktab o‘quvchilarining odob-axloq va ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Maktab va ota-onaning o‘zaro hamkorligi, birgalikdagi mas’uliyati va hamjihatligi — farzandning sifatli ta’lim olishi, to‘g‘ri tarbiya topishi va kelajakda barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishining muhim poydevoridir!
@YangiNamanganTIM
RESPUBLIKADAGI 🅰️🅰️🅰️ 🔢🔢 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB
VA MAKTAB-INTERNATLARI
Yangi Namangan tuman ixtisosladhtirilgan maktabi - Respublika reytingida TOP-10 likda!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2026-yil 23-iyuldagi 126-AF-son buyrug‘iga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati natijadorligi bo‘yicha e’lon qilingan Respublika reytingida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 183 ta ixtisoslashtirilgan maktab orasida faxrli 9-o‘rinni egalladi! 🎉
Mazkur yuksak natijaga, avvalo, pedagog kadrlarning yuqori kasbiy salohiyati, ta’lim sifatini oshirish borasidagi izchil mehnati hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga yuqori ko‘rsatkichlarda qabul qilingani orqali erishildi.
🥇 Respublika miqyosida 9-o‘rin — bu butun maktab jamoasining fidokorona mehnati va hamjihatligining yorqin natijasidir!
Ushbu muvaffaqiyat munosabati bilan maktabimizning fidoyi pedagoglariga, aziz o‘quvchilarimizga, ota-onalarimizga hamda ushbu yutuqqa o‘z hissasini qo‘shgan barcha jamoa a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
✨ Bu — natija. Bu — ishonch. Bu — yanada katta marralar sari mustahkam qadam!
+4
🇺🇿🇺🇿🧠🤚
🧠🧠🧠🧠
Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual olimpiadasining yakuniy natijalariga ko‘ra, Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi bir 🧠necha yo‘nalishlarda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib, yuksak natijalarga erishdi.
Xususan:
⚡️ O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual olimpiadaning “Zakovat” o‘yinida
🔥2-o‘rin 🥈 — Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual olimpiadaning “Breyn-ring” o‘yinida
🔥1-o‘rin 🥇 — Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
⚡️Olimpiadaning shaxsiy o'yin bahslarida
🔥1-o‘rin 🥇 — Saidaxror Qayumjonov
(Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)
🔥3-o‘rin 🥉 — Ozodbek Shakirov
(Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi)
⚡️ Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobida esa
🔥1-o‘rin 🥇 — mutlaq g‘olib
Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Mazkur yutuqlar o'quvchilarning bilim saviyasi, izchil tayyorgarligi hamda intellektual salohiyati yuksak namunasidir.
✈️@YangiNamanganTIM
#diqqat_eʼlon
🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi.
🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi:
✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami;
✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi;
✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami;
✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot;
✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi.
🔴 ESLATIB O‘TAMIZ!
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi.
🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi.
🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#tanlov #ishga_taklif_etamiz
📢 O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘z jamoasiga fidoyi, ijodkor, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan pedagoglarni ishga taklif etadi!
📚 BO‘SH ISH O‘RINLARI:
🔹 Matematika
🔹 Fizika
🔹 Rus tili
🔹 Ona tili va adabiyoti
📎 TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR:
➖ Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖ Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
➖ Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
➖ IELTS / CEFR sertifikati — xorijiy til o‘qituvchilari uchun majburiy, boshqa fan o‘qituvchilari uchun esa ustunlik beradi.
🌱 BIZ SIZGA NIMA BERAMIZ?
✨ Zamonaviy ta’lim muhitida ishlash;
📈 Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyatlari;
💡 Ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etish;
🤝 Professional jamoada faoliyat yuritish.
🎯 NOMZODLARDAN KUTILADI:
Halollik va mas’uliyat;
Ishchanlik va tashabbuskorlik;
✅ Jamoada samarali ishlash qobiliyati;
✅ Liderlik fazilatlari;
✅ Yuksak axloqiy va pedagogik madaniyat;
🌐Xorijiy tillarni bilish — qo‘shimcha ustunlik.
✈️O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: vacancy.piima.uz
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 99 433 32 53
✅@YangiNamanganTIM
+6
Bugun Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan «Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi» tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilarining milliy qadriyatlar, ma’naviyat va tarbiya borasidagi bilimlari, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot ishlari bo'yicha tayyorlangan taqdimotlari namoyishi o'tkazildi.
Jarayonda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov ham ishtirok etib, qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi.
@YangiNamanganTIM
+5
✅✅✅✅
🏠Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida saralash suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyatida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar va pedagog xodimlari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning navbatdagi saralash suhbatlari tashkil etildi.
✅Tanlovning mazkur bosqichi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkazildi.
✅ Birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar navbatdagi suhbat jarayonida ishtirok etdiladi.
Suhbat savollari Agentlik Tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan va muhrlangan konvertlarda hududlarga yetkazilgan bo'lib, konvertlar bevosita nomzodlar ishtirokida ochilib, suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etildi.
👥 Tanlov jarayonida nomzodlarning kasbiy salohiyati, boshqaruv ko‘nikmalari, zamonaviy ta’limga oid bilimlari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda samarali faoliyat yuritish imkoniyatlari baholandi.
@YangiNamanganTIM
+6
🎓 Bitiruvchilarimizdan ajoyib natijalar!
Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinib, yana bir bor maktabimizning yuksak ta’lim salohiyatini namoyon etdilar.
👏 Bitiruvchilarimiz:
🔹 Abdullajanov Javoxir — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishiga;
🔹 Abdusalamov Bahodir va Sobirov Mahmudjon — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishiga;
🔹 Xamroyev Ixlosiddin — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishiga;
🔹 Botirsherov Abdulatif — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Dasturiy injiniring” yo‘nalishiga;
🔹 Shamshiddinov Umidjon - TDTI (Toshkent Davlat Transport Instituti) Dasturiy injinering yo'nalishiga grant asosida;
🔹 Olimjanov Kamronbek — NamDU Logistika yo'nalishiga konrakt asosida o‘qishga qabul qilindi.
#YagonaVatan35
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi.
Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari;
✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik;
✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi;
✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i;
✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish;
✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik;
✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video;
✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik;
✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar.
Qatnashish uchun:
⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang.
⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang.
⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying.
Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang!🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
