cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rasmiy kanali

Show more
Advertising posts
4 439
Subscribers
+424 hours
+197 days
+3 11230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

03:54
Video unavailableShow in Telegram
#Biz_sogingan_navolar Sevara Nazarxon- Ko'rgim kelar🎶 ("Osmondagi bolalar" filmiga saundtrack) 🚀 Rasmiy kanalimiz: 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Show all...
👍 3
Bugun 2-iyun 2024-yil, yakshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🌏 Butunjahon ovqat hazm qilishning buzilishiga qarshi kurash kuni. 🌏 Qog‘ozdan varrak va samolyotlar uchirish kuni. ♦️ MILLIY BAYRAMLAR:♦️ 🇦🇷 Argentina - Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar kuni. 🇧🇸 Bagam Orollari - Mehnat kuni. 🇧🇬 Bolgariya - Xristo Botev kuni (Usmonlilar qulchiligiga qarshi mamlakat ozodligi uchun kurashda qurbon bo‘lgan kurashchilarni xotirlash kuni). 🇧🇹 Butan - O'rmon xo'jaligi kuni. 🇮🇹 Italiya - Respublika kuni. 🇨🇦 Kanada - Faxriylar kuni. 🇲🇭 Marshall Orollari - Yoshlar kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon - Fuqaro aviatsiyasi kuni. 🇷🇺 Rossiya - To‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha ovqat iste’molidan saqlanish kuni. 🇸🇮 Sloveniya - Temir yo'lchilar kuni. 🇸🇧 Solomon Orollari - Isabel provinsiyasi kuni. 🇹🇭 Tailand - Ananaslar festivali. 🌀VOQEALAR:🌀 🔰1183 - Gempey urushi paytida Kurikara jangi sodir bo'lgan 🔰1474 - Kremlda tugallanmagan Uspenskiy cherkovi qulab tushdi. 🔰1625 - Ispaniyada Spinola qoʻmondonligidagi qo‘shin 9 oylik qamaldan so‘ng Breda shahrini ishg‘ol qildi. 🔰1652 - Xmelnitskiy qo'zg'oloni: Batog jangi bo'lib o'tdi. 🔰1800 - Napoleonning Ikkinchi Italiya kampaniyasi: fransuzlar Milanni qo‘lga kiritishdi. 🔰1842 - Gogolning „Oʻlik jonlar“ romani nashr etildi. 🔰1848 - Pragada Slavyan kongressi ish boshladi. 🔰1851 - Meyn (AQSh) birinchi bo'lib o‘z hududida “quruq qonun“ (suxoy zakon) ni joriy qildi. 🔰1857 - Virjiniya shtatidan Jeyms Gibbs bitta ipli tikuv tikuv mashinasini patentladi. 🔰1868 - Zirabuloq jangi boshlandi. 🔰1896 - Rossiya va Xitoy o'rtasida Xankoudagi rus konsessiyasi to'g'risida kelishuv. 🔰1896 - Italiyalik Guglelmo Markoni AQShda radioni patentladi. 🔰1910 - Gollandiyaning Yangi Gvineyasida Pigmey qabilasi topildi. 🔰1924 - AQSh ning hamma hindulari fuqarolik olishdi. 🔰1946 - Italiya Qirolligidagi referndumda mamlakatning Respublika boʻlishiga koʻpchilik ovoz berdi. 🔰1953 - Yelizaveta II Buyuk Britaniya Qirolichasi boʻldi. 🔰1955 - Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromiga asos solindi. 🔰1962 - Novocherkasskdagi qonli voqealar. 🔰1973 - Amsterdamda Vinsent van Gog muzeyi ochildi. 🔰2003 - Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromidan „Mars-ekspress“ kemasi uchirildi. 🔰2010 - Kumbriya qirg'ini (Buyuk Britaniya). Derrik Berd 12 kishini otib tashlagan, 25 kishini jarohatlagan va keyin o'z joniga qasd qilgan. 🎁TAVALLUDLAR:🎁 🎉1740 - Donasyen Alfons de Sad (1814) - fransuz yozuvchisi va faylasufi, zodagon, sadizm asoschisi. 🎉1743 - Alessandro Kaliostro (Juzeppe Balzamo, 1795) - italyan grafi, astrolog, mistik va avantyrist. 🎉1843 - Mixail Pevsov (1902) - rus sayohatchisi, Markaziy va O‘rta Osiyoda tadqiqot olib borgan. 🎉1857 - Karl Gjellerup (1919) - Daniyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1917). 🎉1904 - Jonni Vaysmyuller (1984) - amerikalik suzish ustasi, besh karra olimpiada chempioni, 67 ta jahon rekordini o‘rnatgan. 🎉1909 – Abdurauf Boltayev - aktyor, O‘zbekiston xalq artisti. 🎉1930 - Charlz Konrad (1999) - amerikalik astronavt, Oy sathiga qadam qo‘ygan uchinchi kishi. 🎉1930 - Andrey Saxarov - sovet va rossiyalik tarixchi. 🎉1940 - Konstantin II - Gretsiyaning so‘nggi qiroli (1964-1974). 🎉1942 - Eduard Malofeyev - sovet futbolchisi, sovet va Rossiya futbol murabbiyi. 🎉1952 - Uillyam Jon „Liam“ Neeson - irland millatiga mansub britaniyalik aktyor.  🎉1961 - Liam Cunningham - irlandiyalik aktyor. 🎉1972 - Uentuort Miller - amerikalik aktyor,  🎉1973 - Kevin Faygi - amerikalik produser va Marvel Studiosning asoschilaridan biri. 🎉1974 - Gata Kamskiy - amerikalik shaxmatchi, grossmeyster, SSSRda tug‘ilib o‘sgan. 🎉1981 - Nikolay Davidenko - rossiyalik tennischi. 🎉1988 - Serxio Aguero - argentinalik futbolchi, olimpiada chempioni. 🎉1998 - Durdona Qurbonova - oʻzbek kinoaktrisasi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati ​​​​Bir kun keladi. Erta tongda uyg'onasiz. Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz. "Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi. • Bugun boshlang ! • Bugun urinib ko'ring! • Bugun qadam tashlang! Ertaga kech bo'lishi mumkin. © Paulo Koelo 👉🏻Kanalimizga obuna bo‘ling! 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Show all...
👍 2🔥 1🥰 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
XAYRLI TONG! Assalomu alaykum aziz O'zbekiston tumaniliklar! YAKSHANBA tongi muborak bo‘lsin! Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin! 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Show all...
👍 3🔥 1🥰 1
Bayramda bemor bolalarga shodlik ulashildi Bugun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida beg‘ubor qalblarga quvonch, xush kayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida O‘zbekiston tumani sektor rahbarlari tuman markaziy shifoxonasining bolalar bo‘limida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi. Tibbiyot muassasasida tashkillangan o‘ziga xos bayram tadbirida kelajagimiz ertalarini bayram bilan qutlagan tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev bolalarni tez orada shifo topishlariga tilak bildirdi. Bolalar bilan suhbatlashilib, ularning ota-onalariga dalda berildi. Tashrif davomida 60 nafardan ziyod bemor bolajonlarga bayram sovg‘alari va iliq mehr ulashildi. Ertak va multfilm qahramonlari ishtirokidagi bayram dasturi namoyishi, kuy-qo‘shiqlar, rang-barang chiqishlar hamda samimiy e’tibor jajji kichkintoylar va ularning ota-onalari qalbiga shodlik olib keldi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Show all...
👍 2🔥 1🥰 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
00:13
Video unavailableShow in Telegram
#1_iyun #Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni 🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi aziz bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!
O'zbekistonimizning har bir o'g'il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag'rida, jismu joni sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, kelgusida o‘z amaliy ishlari, g‘ayrat-shijoati bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lishini tilab qoladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
👍 2🔥 1👏 1
Onaga ehtirom ulug‘ fazilat: O‘zbekiston tumanida moʻtabar zotlar yanada e’zoz topmoqda O‘zbekiston tumanida “Onalarga ehtirom” festivali doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng quloch yoyib, moʻtabar zotlarga yuksak hurmat ko‘rsatilmoqda. Xayrli tashabbusning davomi sifatida bugun tumandagi barcha mahalladagi xotin-qizlar faollarining onalari sharaflandi. “Fayz” tantanalar majmuasida tashkillangan bayram tadbirida tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, munis onaxonlarga samimiy dil so‘zlari va ezgu tilaklarni bildirdilar. Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish yuzasidan belgilangan islohotlarga kamarbasta bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xodimalarning volidalariga tashakkurlar izhor etildi. Ularga iliq mehr ila tashakkurnoma, guldasta va esdalik sovg‘alari tortiq etildi. O‘z navbatida, moʻtabar onalar bunday e’tibor xamda tashabbusdan mamnunliklarini bildirib, yurtga tinchlik, xonadonlarga qut-baraka va to‘kinlik tilab, duoga qo‘l ochdilar. Bayramning badiiy dasturi ham moʻtabar onaxonlar, dilbar opa-singillarga bag‘ishlanib, yangragan kuy-qo‘shiq va go‘zal raqslar dillarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. 🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti
Show all...
👍 2 1🔥 1🥰 1