cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

WikiTarjima

Wikipediaga boshqa tillardan oʻzbek tiliga tarjima qilingan maqolaga havolalar joylanadi.

Show more
Advertising posts
476
Subscribers
+324 hours
+97 days
+5630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Van Gog sindromi Van Gog sindromi – bemor o'zini-o'zi operatsiya qilishi yoki muayyan operatsiyani bajarishni talab qilishi bilan namoyon bo'ladi. Sindromning asosiy klinik belgisi - bu o'z-o'zini jarohatlash (tananing ayrim qismlarini kesib tashlash) va/yoki jarrohlik operatsiyalarini bajarishda shifokorlarga doimiy talablar. Ushbu sindromning mashxur rassom sharafiga nomlanishi ham bejiz emas. Versiyalardan biriga ko'ra, Van Gog psixologik muammolarni boshdan kechirayotgan kunlarning birida o'z qulog'ining bir qismini kesib tashlagan. (Boshqa bir versiyada uning qulog'i rassomning yaqin do'sti Pol Gogen tomonidan foxisha Rashel tufayli kelib chiqqan janjal payti kesib yuborilgan deyiladi.) Ushbu sindrom ilk bor 1934-yilda "The Psychoanalytic Quarterly" jurnalida amerikalik psixiatr Karl Menninger tomonidan bayon qilingan. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Birinchi o'zbek agronomi Abduvahhob Murodiy Abduvahhob Murodiy 1901-yil 29-may kuni Toshkentning Egarchi mahallasida dunyoga kelgan. 1926-yil Abduvahhob Murodiy 4 oy davomida Misrda paxtachilik sohasida amaliyot o'tab, Yevropa ta'lim muassasasida oliy ma'lumot olgan birinchi o'zbek agronomiga aylanadi. "Yer yuzi" jurnalining 1926-yil 11-sonida "Birinchi diplomli agronom" maqolasida muallif o'quvchilarga Murodiy haqida xabar beradi va keyingi yillarda " yuzlarcha muhandis, kimyogar, do'xtir , sotsiolog mutaxassislarga ega bo'lurmiz " deb umid qiladi. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
To’qqizinchi to’lqin(— 1850-yilda rus-arman dengiz rassomi Ivan Ayvazovskiy tomonidan chizilgan kartina. Kartina rassomning eng mashhur sanʼat asarlaridan biri sanaladi. Asar sarlavhasi ketma-ket keladigan kichik toʻlqinlar ketidan keladigan aql bovar qilmaydigan toʻlqin kelishini anglatuvchi dengizchilarni eski iborasiga ishora qiladi. Kartinada tungi boʻrondan soʻng dengiz va halokatga uchragan kema qoldiqlariga yopishib tirik qolish uchun kurashayotgan odamlarning oʻlimga duchor boʻlayotganligi tasvirlangan. Xoch shaklidagi qoldiqlar yerdagi gunohlar uchun najot faqat nasroniy degan metafora kabi koʻrinadi. Rasmda iliqlik mavjud boʻlib, ushbu iliqlik dengizdagi qoʻrqinchli toʻlqinlarni kamaytirib, insonlar tirik qolishi uchun imkoniyat mavjuddek koʻrsatadi. Ushbu kartina tabiatning ham xavfli ham chiroyli ekanligini tasvirlab keladi. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Otamdan qolgan dalalar“ — O’zbekiston xalq yozuvchisi Tog’ay Murod qalamiga mansub 1986—1991-yillarda yozilgan ramziy roman. Ilk marotaba “Yoshlik” jurnalining 1993-yildagi sonida qisman elon qilingan. Otamdan qolgan dalalar romani uchun Tog’ay Murod 1993-yilda Qodiriy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Asar asosida 1998-yilda rejissor Shuhrat Abbosov tomonidan shu nomli toʻliq metrajli film suratga olingan. Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“! WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Kapadokiya taqvimi Kapadokiya taqvimi — fors zardushtiylik taqvimidan olingan quyosh taqvimidir. U oʻz nomini hozirgi Turkiyaning tarixiy hududi Kapadokiyadan oldi. 12 oy va har biri 30 kundan iborat besh epagomenal kun boʻlgan taqvim miloddan avvalgi 550-330 yillarda, Kapadokiya Fors Ahamoniylar imperiyasining bir qismi boʻlganida paydo boʻlgan. Kapadokiya taqvimi - zardushtiylar taqvimi bilan bir xil boʻlib, avestocha nomlar va oylar tartibiga ega. Mintaqadagi Eron madaniy taʼsirini aks ettiruvchi taqvimning mavjud dalillari yunon astronomlarining hisoblari orqali soʻnggi antik davrga borib taqaladi va oʻsha paytda allaqachon Yulian kalendariga moslashtirilgan edi. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolni o’qish uchun bosing
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Tavallo (taxallusi; asl ism-sharifi Toʻlagan Xo’jamyorov) turkistonlik maʼrifatparvar shoir, publitsist. Jadidchilik harakati namoyandasi. Tavallo 1883-yil Toshkentning Koʻkcha dahasida, Obi Nazir mahallasida Xoʻjamyor Jiyanboyev oilasida tugʻilgan. Tavallo Zuhra ismli ayolga uylangan, ular Rahbar, Sanobar ismli ikki qiz va Maqsud, Mahmud ismli ikki oʻgʻil farzand koʻrishadi Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta boʻlgan. Unga sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qilgan. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan. Tavallo 1937-yil 14-avgustda “Turon” , “Sho’royi islom” , “Ittihodi taraqqiy” , “Milliy ittihod” , “Milliy istiqlol”tashkilotlarining aʼzosi, „Millionerning o’g’li“ sheʼrlarida millatchilik gʻoyalarini ilgari surgan“likda ayblanib, qamoqqa olinadi. 1937-yil 10-noyabrda NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan otib tashlangan. 1968-yil 18-oktabrda oqlangan. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Benilyuks — Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburshing iqtisodiy ittifoqi. Ittifoq haqidagi bitim 1958-yil imzolanib, 1960-yildan kuchga kirgan. Rahbar organlari qarorgohi — Bryussel shahrida joylashgan. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 6
‘’Timsoh ko’z yoshlari ‘’ iborasi "Timsoh ko'z yoshlari" iborasi - koʻp tillarda mavjud boʻlgan frazeologik birlik boʻlib, his-tuygʻularning soxta, samimiy boʻlmagan ifodasini, soxta yigʻlashni anglatadi. Bu ibora timsohlar oʻljasini tanovul qilayotganda yigʻlaydi, degan qadimgi ishonchdan kelib chiqqan. Plutarx asarlaridan birida timsohning xatti-harakati kimnidir oʻldirishga qasd qilib, keyin qurboniga motam tutadigan odamlarning qilmishiga qiyoslanadi. "Timsoh ko'z yoshlari" haqidagi ilk xabar Patriarx Fotiyning „Miriyobiblione“ asarida aniqlangan. Rotterdamlik Erasmus „Hikmatlar“ kitobida ushbu iboraning zamonaviy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlashga hissa qoʻshgan. XVII asrdagi lugʻatlarda shunday deyiladi: „Timsoh suvda yashovchi hayvondir. Qachonki insonni yesa, yigʻlaydi va qattiq boʻzlaydi, lekin yeyishdan toʻxtamaydi. Tanasini boshidan uzar ekan, boʻzlab yigʻlaydi“. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 12
Photo unavailableShow in Telegram
„Dankoning alangali yuragi”- rus yozuvchisi Maksim Gorkiy qalamiga mansub afsona. Muallif asarni qadimiy bessarab afsonasiga tayanib yozgan.„Dankoning alangali yuragi“ „Larra haqida afsona“ rivoyati hamda Izergil ismli qariyaning hayoti haqidagi hikoya bilan birgalikda„Izergil kampir“nomli hikoyaga kiritilgan. Bir qabila vakillari asrlar davomida bir dashtda yashab keladi. Boshqa qabila kelib, mahalliy aholini oʻrmonga quvib yuboradi. Birdan Danko ismli odam kelib, qabilani oʻrmon orqali boshqa dashtga olib oʻtishni taklif qiladi. Yoʻlda qabila aʼzolarining Dankodan jahli chiqib, uni oʻldirmoqchi boʻladilar. Danko esa koʻkragidan alangali yuragini chiqarib, odamlarni dashtga olib boradi, manzilga yetib borganidan keyin halok boʻladi. Halok boʻlganini bir odam payqaydi xolos. Oʻsha odam nimadandir hayiqib, Dankoning haliyam yonib turgan yuragini oyoqlari bilan bosadi. Yurak oʻchib qoladi, ammo uning uchqunlari qoladi. Bu uchqunlar dashtda haliyam miltirab turadi. WikiTarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Maamme" - Finlandiya davlat madhiyasi "Maamme" - Finlandiyaning amaldagi milliy madhiyasi bo'lib, fin tilida "bizning o'lka" degan ma'noni bildiradi. Madhiya Fredrik Pacius tomonidan bastalangan, madhiya so'zlari esa Johan Ludvig Runeberg tomonidan yozilgan va bu musiqa birinchi marta 1848-yil 13-mayda ijro etilgan. Madihiya 1846-yil yozilgan, lekin 1848-yilgacha nashr etilmagan. Asl she'r 11 banddan iborat bo'lgan. "Maamme" ning birinchi bandida "Ensign Stål ertaklari" ("Fänrik Ståhls sägner")ni ko'rishimiz mumkin. Madhiya rasmiy marosimlarda fin va shved tillarida kuylanadi. 1880-yillarda va 1920-yillarda uni fin tilidagi versiya bilan almashtirishga ko'proq urinishlar boʻlgan, biroq ular 1930-yillardagi versiyaga to'xtagan. Aytishlaricha, Fredrik Pacius she'rni 4 kunda bastalagan. Kuy XIX asr davomida mashhur bo'lgan, lekin Paciusning oʻlimidan keyingina milliy madhiya sifatida qabul qilingan @wikitarjima 👉🏻To’liq maqolani o’qish uchun bosing
Show all...
👍 7
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.