595
Subscribers
No data24 hours
-227 days
-7230 days
Posts Archive
595
• Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charag'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.
Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana men ketyapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o'layman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasman.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
595
• Yuragimning dard tolasi,
Qalbimning mungli nolasi,
Ko'zlarim sog'inch jolasi – onam.
Yuragimning dard tolasi,
Qalbimning mungli nolasi,
Ko'zlarim sog'inch jolasi – onam.
Hasratlarin ichga yutgan,
Dardin aytolmay berkitgan,
Mening kelishim zor kutgan – onam.
Hasratlarin ichga yutgan,
Dardin aytolmay berkitgan,
Mening kelishim zor kutgan – onam.
Onam, onam.
Yuzlari yorug' oyligim,
Mening yo'qotgan boyligim,
Yuzlari yorug' oyligim,
Mening yo'qotgan boyligim,
G'animatim, chiroyligim – onam.
G'animatim, chiroyligim – onam.
Yayrab, quvnab yurmaganim,
Davru davron surmaganim,
Yayrab, quvnab yurmaganim,
Davru davron surmaganim,
E, so'nggi dam ulgurmaganim – onam,
E, so'nggi damda ulgurmagan – onam.
Dardu sitam birlan qarib,
Ko'zlari meni axtarib,
Dardu sitam birlan qarib,
Ko'zlari meni axtarib,
Vidolashmay ketgan g'arib – onam.
Vidolashmay ketgan g'arib – onam.
Omonatgina mehmonim,
Yolg'izim, tanho insonim,
So'nggi so'zlari armonim – onam.
Onam…
Boshida tuhmat toshlari,
Baloyu kulfat toshlari,
Toshdan qattiq bardoshlari – onam.
Boshida tuhmat toshlari,
Baloyu kulfat toshlari,
Toshdan qattiq bardoshlari – onam.
Umri sokin g'amginginam,
Endi manguga jimginam,
Yuvoshginam, mo'minginam – onam.
Yuzlari yorug' oyligim,
Mening yo'qotgan boyligim,
G'animatim, chiroyligim – onam.
Onam…
onam…
onam…
onam…
595
• Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yetti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa, boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, onajon.
Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O'zing uchun o'l yetim!
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir -yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
595
• Jindakkina alam ham, tog'dek botib ketarkan... Ko'ksim to'la ming armon to'lg'onaman, onajon...
595
• Ey ko'zlari qora, ko'ngli oq onam
Borar yo'llarimga zor, mushtoq onam
Ichikdim, chidayin men qandoq onam
Sensiz ezilmoqda dillarim mening
Ko'zdan uyqu, dildan halovat qochdi
Menga she'r degan dard qaydan ilashdi
595
• Agar odamlar kelajaklari va hayotlari haqida tafakkur qilganlarida edi, hammalari iymon keltirishgan bo‘lardi. Agar dunyolari va uning foniy xursandchiliklari, cheklangan lazzatlari, o‘lim, xastaliklar, halokat va og‘riqlarini o‘ylaganlarida edi, unga g‘arq bo‘lmasdilar, matohlari oldida taslim bo‘lmasdilar.
Agar o‘lim haqida mulohaza qilganlarida edi, hayotlari uchun bunchalik tashlanishmasdi. Agar oxiratni yodga olishganda edi, janobi Robbilari tomon qochishgan bo‘lardi.
Lekin.. biror kishi to‘xtab, bular haqida tafakkur qilmaydi. Balki biror narsalik bo‘lib qolish uchun, hayot g‘ildiragi ortidan chopadi. Ammo bilmaydiki, bu ortidan chopaëtgani sarob va hech narsa ekanligini. Daqiqa, soat va kunlar o‘tyapti, umr o‘tyapti. Oxir borar joy esa tuproq..
Tuproq ostiga ketganlardan birortasi, hikoya aytgani bizga qaytmaydi. Qabr darchalari ko‘rlik tomon ochilgan. Biror kishi biror narsa ko‘rmaydi, biror narsa bilmaydi. Ko‘rlik pardasi hammaning yuziga tashlangan. Faqat o‘sha joyga o‘zi borgan lahzadagina ko‘radi. Har birimizning fursatimiz hayotimiz.. bundan o‘zga fursat yo‘q!
Doktor Mustafo Mahmud — “O‘lim ortida ne gaplar?” kitobidan.
