Uchtepa taraqqiyot yo’lida...
Open in Telegram
Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Uchtepa tuman bo’linmasi Yurtimiz va Uchtepa tumani hayotiga oid xabarlar; Amalga oshirilayotgan ishlar va foydali ma'lumotlar.
Show more441
Subscribers
-124 hours
-107 days
-2630 days
Posts Archive
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#yangiruhiyat
#mustaqillik35
#birdamjamiyat
Mustaqillik — bu shunchaki sana emas, balki xalqimizning o‘zligini, g‘ururini va kelajagini o‘zi belgilash huquqidir. 🇺🇿
35 yil — tariximizning bir sahifasi emas, balki bunyodkorlik, taraqqiyot va yangi orzular sari bosib o‘tilgan buyuk yo‘ldir.
Mustaqil O‘zbekistonning eng katta boyligi — tinchligi, xalqining birdamligi va kelajakka ishonchidir.
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plamini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. https://t.me/shahar_manaviyat
❗️Endi Yagona portalda ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari va davomati haqida ma’lumot olishi mumkin
Buning uchun: my.gov.uz portalida shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻtish va yon tomonidagi “Maktab maʼlumotlari” tugmasini tanlash talab etiladi.
Tez orada my.gov.uz da farzandlarning maktabdagi davomati toʻgʻrisida real vaqt rejimida maʼlumot berish ham ishga tushiriladi.
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
+4
#Toshkent_shahar🇺🇿
#Uchtepa_tumani
"Siyosiy-ma’rifat soati" 🇺🇿
🇺🇿 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.
🗓 Joriy yilning 18-sentabr kuni Uchtepa tumanida joylashgan tashkilot-idora xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati" ni tomosha qilishdi.
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#iqtibos
#Mustaqillik35
“Mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘ladi.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#36_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#yangiruhiyat
#tavsiya
#tabiatniasrash
🌱 TABIATNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
🌿 “Bir tup daraxt eksangiz, kelajak uchun minglab naf qoldirasiz.”
💚 “Tabiat bizga meros emas, kelajak avlodlardan olingan omonatdir.”
🌳 “Daraxt ekish — hayot ekishdir.”
🍃 “Tabiatga mehr bilan qarasak, u ham bizga go‘zallik va farovonlik bilan javob beradi.”
Bugun bir nihol ekaylik, uni mehr bilan parvarish qilaylik. Zero, yashil tabiat — sog‘lom hayot va yorqin kelajak garovidir! 🌍
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#xalqchildavlat
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliardlik kelishuvlar bilan to‘ldirdi, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muloqotni yangi strategik tashabbuslar bilan boyitdi.
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
EʼLON
📍
Siz ish izlayapsizmi? Oʻzingizga mos ish topolmayapsizmi?
❗️❗️❗️❗️SHOSHILING
♦️Bizda siz uchun takliflar bor!
✔️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chilonzor tuman boʻlinmasi Targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis; ✔️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yashnobod tuman boʻlinmasi Targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis; ✔️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shayxontohur tuman boʻlinmasi Targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis lavozimlari uchun bo'sh ish o'rinlari mavjud. ▪️ Bosh mutaxassis lavozimi yoʻriqnomasi 🌀 Maʼlumotnomangizni 16-sentabrdan 26-sentabrgacha rmmtoshkentshaharbolimi@gmail.com elektron pochtasi orqali joʻnating. 📞 Murojaat uchun: +998900340559
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
#Uchtepa_tumani
#shukronalik
#marifat_karvoni
Bugun Uchtepa tuman ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamda tuman “Nuroniylar” jamg’armasi bo’limi bilan hamkorlikda
tumanimizda joylashgan bir qator maktablarda inson qalbida ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Shukronalik” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi, ota-ona mehri, ustozlar e’tibori va hayotimizdagi har bir ne’mat uchun shukr qilishning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.Tadbirlar davomida she’rlar, hikmatli so‘zlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga samimiy va iliq kayfiyat ulashildi. 🤲 Shukr — bor ne’matni qadrlash, boriga qanoat qilish va yaxshilikni ko‘paytirishdir. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#yangiruhiyat
#mustaqillik35
#birdamjamiyat
Mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘ladi. Shu bois, biz islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik. «Inson qadri uchun!» degan g‘oyani davlat siyosatining markaziga olib chiqdik».
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#toshkentnoma
#Toshkent_shahar
#yangiruhiyat
#24_soni
ABUL-QOSIM SHAYX MADRASASI
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda "TOSHKENT" telekanali bilan hamkorlikda "Toshkentnoma" ko‘rsatuvining navbatdagi soni tasvirga olindi.
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
“Menga vaqt yetmaydi” — Prezident o‘zini qiynayotgan narsa haqida
Shavkat Mirziyoyev 3 kunlik davlat tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi. Jurnalist Aziza Qurbonova tashrif doirasidagi ish jadvali juda tig‘iz ekanligini, Seul Toshkentdan to‘rt soat oldinda bo‘lgani uchun davlat rahbarining ish kuni tonggi soat 04:00 da boshlanayotganini ma’lum qildi.
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar… Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”BATAFSIL
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Otabek Hasanov
#mustaqillik #Prezident_nutqi
"Mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘ladi. Shu bois, biz islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik. "Inson qadri uchun!" degan g‘oyani davlat siyosatining markaziga olib chiqdik."
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan
Qo‘shiq ijrochilari: Davlatshoh Xamroqulov, Adolat Ismoilova.
She’r muallifi: Akromjon Azizov.
@otabek_khasanov
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
#yangiruhiyat
#tavsiya
#odobaxloq
ODOB — INSONNING BEZAGI!
Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat,
muomalada samimiyat, so‘zda halollik —
insonni ulug‘laydigan go‘zal fazilatlardir.
📌 Har bir yaxshi so‘z — mehr,
har bir yaxshi amal — ibrat,
har bir chiroyli muomala — tarbiya.
Bugun o‘zimizdan boshlaylik!
✨ Odobli bo‘laylik, odobni qadrlaylik va boshqalarga ham namuna bo‘laylik!
👉Rasmiy sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
Repost from Toshkentdan gapiramiz...
+7
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🎓Kitobxon Toshkent loyihasining 3-bosqichi oʻtkazildi!
🇺🇿Toshkent shahar hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo’limi bilan hamkorlikda “Kitobxon Toshkent” loyihasining 3-bosqichi doirasida ajratilgan 20 ming dona yangi kitob poytaxtdagi 20 ta umumta’lim maktabiga yetkazib berildi.
📥Shu tariqa, loyiha doirasida belgilangan navbatdagi muhim vazifa amalda bajarilib, yangi kitoblar 38 692 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan maktablarga yetib bordi.
Loyihaning avvalgi ikki bosqichida 30 ta maktabga 30 ming dona kitob yetkazilgan bo‘lsa, 3-bosqich bilan birga “Kitobxon Toshkent” doirasida jami 50 ta maktab kutubxonasi 50 ming dona yangi kitob bilan boyitildi.
Kitoblar endi o‘z manzilida — maktab kutubxonalarida, o‘quvchilar qo‘lida.
Shayxontohur tumani
Chilonzor tumani
Mirobod tumani
Mirzo Ulugʻbek tumani
Olmazor tumani
Yashnobod tumani
Yunusobod tumani
Sergeli tumani
Yangihayot tumani
Yakkasaroy tumani
Uchtepa tumani
Bektemir tumani
➡️➡️Rasmiy sahifalarimiz:⬅️⬅️
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOU TUBE
