cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TIBBIYOT | 1-6 | kurslar

https://t.me/+CSPwWzM1FwtiMTIy @tibbiyot_kanallar1 Bismillahir Rohmanir Rohim. Alhamdulillahi Robbil A'lamin Assalatu vassalamu a'la Muhammadin, va a'la alihi va asxabihi ajmain Amma ba'ad Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Show more
Advertising posts
1 160
Subscribers
-624 hours
-57 days
-2330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:19
Video unavailableShow in Telegram
Bizga yakuniyda kiradigan nazoratchi domlalar Eng vaxshiylari faqat bizda,bizdan uzoqlashib ketmang yoqolib qolishiz mumkin.
Show all...
😁 17
02:28
Video unavailableShow in Telegram
Shakarning organizmga taʼsiri. @Anatomiya_5160
Show all...
😁 9🏆 1👀 1
👍 3
Sirenalar oldida qo'lni bog'lash 2900 yil oldin yozilgan Gomerning Odisseyidan sahna: Kema sirenalar vodiyidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Sirenalar mayin ovozi bilan kemachilarni rom qilardi. Ovozlarga aldanib yuzlab kemalar halok bo‘lgandi.  Odissey ekipajiga quloqlarini paxta bilan yopishni buyuradi. O‘zini esa bog‘lab qo‘yishlarini so‘raydi.  Yechishlarini so‘rab baqirganda ham, jamoasi arqonlarni qattiqroq ushlab turadi. Kema vodiydan tirik chiqib ketadi.  Bugun sirenalarni izlab borish shart emas, har birimizni telefonimizda - bizni halok qilish uchun tayyor bo‘lib turibdi.  Aqli yetgan odisseylar jamoasini saqlab qolishga harakat qilishyapti.  Xitoy hukumati 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1 soatdan ko'p o‘yin o‘ynashga ruxsat bermaydi Florida hokimi Desantes 16 yoshga yetmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi. Jazo - 5000$.  Bugun sirenalar oldida qo‘lingizni bog‘lamas ekansiz - halok qilgan yillaringiz arqonni bo‘yiningizga bog'laydi.
Show all...
90 KUN

🕋Bismillah ⏳️Boshlanadi:01.06.2024 ⌛️Tugashi kerak:31.08.2024 💥Shunchaki kundalik desa ham bòladi. ☝️Sizga 1% bòlsa ham foydasi tegadi. 🛣Boshladingmi oxirgacha bor va tugat,yoki boshlama umuman.

👍 6💯 4
00:15
Video unavailableShow in Telegram
😁 14👍 4🔥 2🏆 2
👍 10❤‍🔥 3🔥 1
Tasavvur qiling men 19, 20 yoki 22 yoshga qaytib qoldim. O’zbekistondaman. Ingliz tili bilaman. Oz-moz IT ham bilaman. Ishim bor va 400-500$ pul topaman. Hayotim keyingi bir yilini qanday o’tkazgan bo’lar edim? Bu haqida ba’zan o’ylab qolaman. Menimcha eng to’g’ri qaror backpacking bo’lar edi. Backpacking bu kundalik yashash uchun minimal narsalarni ryukzakka solib, o’ta arzon yo’l bilan sayohat qilish. Unda hotelda emas hostelda turiladi. Hostel bu bitta xonada 4, 6, 8 ta o’rin bo’lgan uxlash uchun arzon yotoqxonalar. Sayohat arzon bo’lishi uchun restoranda emas ko’chadagi arzon yoki tekin joylarda ovqat yeyiladi. Shahar aylanishni taksida emas, balki piyoda, juda bo’lsa arzon avtobusda qilinadi. Men quyidagi yo’lni tutgan bo’lar edim: 1. Backpacking uchun manzil belgilar edim. Misol India-Nepal-Burma-Laos-Kambodja yoki shunga o’xshash 2. U davlatlarda komfort backpacking uchun tahminiy byudjet kuniga 25-40$, 60 kunga 2400$. Bilet 500$. Umumiy byudjet 3000$ deylik ana 3. Shuni topish kerak endi. Bu uchun kundalik harajatlarni maksimal kamaytirib, daromadni oshirib bir amallab 3000 to’plar edim 4. Pul to’plash jarayonida Janubiy-Sharqiy Osiyoda backpacking qiluvchilar facebookdagi guruhlar, Reddit, turli forumlarni o’rganib, taxminiy marshrut tuzgan bo’lar edim. Boshqalar tajribasini o’rganar edim 5. Faslga moslab, ishxonam bilan kelishib bir tomonga bilet olib shartta ketgan bo’lar edim. Ishxonam rozi bo’lmasa ham ishdan shunday voz kechib ketgan bo’lar edim. Sababi bugun 20 yoshda 500 topa olyapmanmi, 2 oy sayohatdan keyin ham kamida shuni topa olaman. Topa olmagan taqdirimda ham rizq borasida qo’rquvim yo’q. Tavakkal! 6. Sayohat davomida turistlar boradigan maskanlarga emas, balki mahalliy aholi to’planadigan joylarga borar edim. Maksimal darajada odamlar bilan suhbat qilgan bo’lar edim 7. Bir kundalik olib ko’rgan va his qilganlarimni, xulosalarimni yozib borar edim. Bu jarayonda ”men to’g’ri, boshqalar noto’g’ri” degan fikrdan yiroqlashgan holda yondashuv muhim bo’lar edi 8. Arzonroq kamera olib, yoki telefonga video va rasmlar olar edim 9. Olingan videolar yoki yozilgan kundalikni ijtimoiy tarmoqlarga vatanga qaytguncha qo’ymas edim 10. Sayohat davomida hostelda ko’rishgan yoki orttirgan har bir tanishim kontaktlarini olar edim. Instagram, Facebook, Whatsapp va hok, farqi yo’q. Ikki oylik sayohatdan keyin vatanga qaytganda bir narsa insonni hayron qoldiradi. Hamma narsa o’sha-o’sha. Ishxona ham, uy ham, odamlar, ko’chalar va hok. Hech narsa o’zgarmagandek. Ammo ikki oylik sayohat davomida 99,9999% odamlar 20 yilda ham olmaydigan hayotiy tajriba va hissiyotlarga to’la bo’lgan, ancha yetuk, musofirlikni ko’rgan yangi inson sifatida qaytishim kafolatlangan bo’lar edi. Qo’rqmaysizmi degan savol bo’lishi tabiiy. Dunyo xavfli emas. Biz o’zimiz ko’rmagan dunyo haqidagi fikrlarimiz odatda noto’g’ri bo’lib chiqadi. 20 yoshlardagi arzon byudjet bilan sayohat qilish orqali olinadigan hayotiy tajribani beradigan hech narsa yo’qdek fikrimcha. Buni 40 yoshga kirib tushunasan, agar tushunsang! Bek Olimjon 17.05.24 Norvegiya
Show all...
👍 4🔥 1
O'zbekistonda oftalmolog diplomiga ega, nemis tilidan B2 darajasida bilimi bo'lgan va Germaniyada oftalmolog bo'lib ishlash rejasida yurgan kim bor? Germaniyadagi bir ko'z klinikasiga oftalmolog yordamchisi qidirilmoqda. Avvaliga oftalmolog yordamchisi, keyinchalik imtihonlarni topshirib litsenziya olganidan so'ng oftalmolog bo'lib ishlash imkoniyati bo'ladi. Agar yuqoridagi talablarga javob bersangiz quyidagi formani to'ldiring. Ma'qul kelsangiz aloqaga chiqamiz. https://forms.gle/WBSjUsy5Ek2Ub4r87
Show all...
👍 1
Men uylanish haqida post yozmaslikka harakat qilaman. Yozmasligim kerak. Fikrlarim ommaniki bilan to’g’ri kelmagani uchun. Lekin kechadan beri bitta fikr kalladan ketmayapti. Kecha tog’da velosayohat qilib yursam bir ukamiz maslahat so’rab yozipti. Bir qiz bilan tanishgan, hamma tomonlama ma’qul. Qiz yaxshigina muvaffaqiyatga erishgan, g’arbda yaxshi karyera boshlagan, pul topishi ham yigitnikidan ko’proq. Yigit ham u qizga ma’qul tushunishimcha. Yigit uylanish istagida. Hammasi zo’r va to’g’ri kelyapti. Ammo qiz shu 1-2-2,5 yoshga kattaroq ekanda. Shu o’ylantiryapti ukamizni… Nima qilay deydi. Xayolim boshqa joyda bo’lgani uchun javobni qisqa qilib ”meni xotinim ham mendan katta, uylanganimda mendan ko’proq pul topar edi, gazini bos, barakali bo’ladi bundaylari” dedim. Keyin o’ylab qoldim, nega yosh bunchalik katta ahamiyatga ega? Yigitlar bir qizni ko’radi, uni zo’r umr yo’ldosh sifatida ham ko’ra oladi, ammo yoshi katta bo’lgani uchun rishta qurishni xayoliga ham keltirmaydi. Nega jamiyatimizda uylanmoqchi bo’lgan nomzod yoshi doim kichik bo’lishi kerak deyiladi? Bu qayerdan chiqqan fikr va standart? Javobini izlashga harakat qildim. Ayollar tez qariydi degan gap unchalik asosli emasdek, sababi kallik asosan erkaklarga hos. Semirish esa yosh va jins tanlamaydi. Balki avallari oilalar asosan qishloq xo’jaligi bilan band bo’lgani va unda oilalarni bolalar mehnatiga ehtiyoji ko’proq bo’lgani uchundir?! Yosh ayol fertilroq bo’ladi va ko’proq bola ko’rishi mumkin deyilgandir. Bilmasam. Hozir bu ham argument emas. Sababi 2-3 ta farzand bilan STOP deyilyapti. Men bilgan narsa shuki, ayolni va onani o’qigan bo’lishi, ilmi bo’lishi juda muhim. Bolalar kelajagi, jamiyat kelajagi uchun juda muhim. Bir soha mutaxassisi bo’lsa undanda zo’r. Turmushgacha bir sohada mutaxassis bo’lib, bir joyda ishlab muvaffaqiyatga erisha oldimi, yanada yaxshi. Demak mehnatkash, maqsadi bor, qiyinchilikka chiday oladi, o’z ustida ishlay oladi, jamiyatga foydasi ko’proq tegyapti. Ertaga oilani markaziga aylanadi bunday qizlar. Eng muhimi bolalari salomatligi va ta’limi bilan jiddiy shug’ullanadi. Bunday qizlar onalik uchun yaxshi nomzod hisoblanadi. Endi bu natijalarga 17-18 yoshda erishib bo’lmasligi aniq. Bunday natijaga erishishi uchun institutda o’qir, ishlar, til o’rganar, bir sohani egallar. Bular 2-3 oyda bo’lmaydiku axir. Bunga kamida 6-7 yil vaqt ketib qoladi va qiz yoshi 25-27 bo’ladi. ”Yigit 25 yosh, qiz 27 yosh ekan” desang, ”Eee, jinnimisan, nimalar deyapsan…” degan reaksiya bo’lishi tabiiy. ”Katta bo’lsa aqli kirib qolgan bo’ladi” degan argument ham bor jamiyatda. Bo’ydoqlar ishoning, sizga aqlli xotin kerak, zarur 😀 Shu savollarni o’ylab yarim kechasi bir do’stimizga yozdim. Nega bizning jamiyatda shunday fikr bor, sababi nima bo’lishi mumkin deb so’radim. ”Ayol katta bo’lib, er yosh bo’lganini ko’rsatib beradigan misollar kam yoki deyarli yo’q bo’lgani uchun bo’lsa kerak” deb aytdi. Ha, fikriga qo’shilaman do’stimni. Hozirgi zamonamizda kam bunday misollar. Chunki yoshi kattaroq qizga uylanmaganimizdan keyin qayerdan ham bo’lsin bunday misollar. Ammo misollar butunlay yo’q emas. Eng katta na’muna bor. Butun hayotini misol qilib oladigan shaxsimiz bor. Yosh farqi 3 yoki 4 emas edi. Rosmana 15 yil edi. Yigitlar, biz qo’shnilar, xolalar, bratanlar, atrofdagilar gapiga qarab emas, hayotga real qarab, onalar uchun yaxshi nomzodlarni tanlaymiz. Bu muhim. Onalikka nomzod ma’qul kelsa yoshiga uncha e’tibor bermaymiz. Vaqt va umr nisbiy baribir. Bek Olimjon Norvegiya 23.05.24
Show all...
❤‍🔥 7👍 2