𝚁 𝙴 𝙻 𝙰 𝚇𝚢_ 🔕
Open in Telegram
Hayot bu dramma bz bunda uz taqdrimiz yozamiz... ⛳ Kim qandey yawaw uzga havola doim trentda buling biz bn zerikmis🏒
Show more441
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-1930 days
Posts Archive
oxir-oqibat yana bir bor amin bo‘ldimki,
bu hayotda hech narsa shunchaki sodir bo‘lmaydi. har bir qismat bir saboqdir: ko‘ngil qolishi gohida tubsizlikka qadam qo‘yishdan qutqarsa, og‘riq esa irodangni toblaydi. tasodiflar ham tasodif emas -hamma narsa seni aynan bo‘lishing kerak bo‘lgan joyga yetaklaydi.
#ReLaxy | ᴏʀɪɢɪɴᴀʟ 🔥
МЕНИ ОПАМ - ЭНГ ЯХШИ ОПА!!!
Ким не деса десин майлига,
Қўйиб бергум ҳақнинг зайлига,
Гап теккизманг опажонимга,
Мени опам - энг яхши опа.
Улар борки эгилмас қаддим,
Йўқ бўлсалар бир пулдир қадрим,
Қалбда чексиз соф муҳаббатим,
Мени опам - энг яхши опа.
Табассуми гўзал ойлигим,
Қувончимсиз хуш чиройлигим,
Аллоҳ берган неъмат, бойлигим,
Мени опам - энг яхши опа.
Энг яҳши опангизга юбориб қўйинг.
#ReLaxy
🌙 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!
Aziz musulmon birodarlar va opa-singillar!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti hamda fazilatli Juma kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni, bergan sadaqa va zakotlaringizni o‘z dargohida qabul aylasin 🤲
Bu muborak kunlarda qalblaringizga xotirjamlik, xonadonlaringizga baraka, hayotingizga esa nur va saodat ato etsin.
Bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik, muhtojlarga yordam beraylik va bu ulug‘ kunlarning qadriga yetaylik.
✨ Hayitingiz muborak bo‘lsin!
✨ Juma ayyomingiz fayzli o‘tsin!
