en
Feedback
Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

Open in Telegram

Sputnik O‘zbekiston saytining rasmiy kanali Mahalliy va jahonning tezkor yangiliklari Sayt: sputniknews.uz Кириллда: @Sputnikuzbek Русская версия: @sputnikuzbekistan Foto/videolar, hamkorlik takliflari yuborish uchun👉 @SputnikUz_feedbackbot

Show more
1 245
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-2730 days
Posts Archive
🇺🇿 🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy vizasiz rejimni joriy etish bo‘yicha ishlarni yakunlayapti Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Tomonlar ichki protseduralarni yakunlash bosqichida. Shundan so‘ng 30 kun davomida vizasiz rejim amal qiladi", - dedi Burhonov.
Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🇩🇴 Dominikanda tungi klub tomi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar 184 nafarga yetdi, deb yozmoqda Diario Libre nashri. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

⛽️ Aprelning ilk haftasida 19,5 mlrd. so‘mlik elektr va gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati fosh qilindi – DXX 1-7-aprel kunlari o‘tkazilgan reydlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga oid jami 2 776 ta holat (1807 ta elektr, 969 ta gaz) aniqlandi. Shuningdek, chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi. Aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

☀️Bugun havo harorati +28° gacha ko‘tariladi Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +23...+28° bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Ajralmas do‘stlik Kabardin-Balkariyada Ayu ismli it va Barsik ismli mushuk har doim birga yurishar ekan. Mushuk ko‘pincha do‘stining ustiga minib olarkan. Mahalliy aholi aytishiga ko‘ra, doimiy egasi yo‘q bo‘lishiga qaramasdan, ular bir necha yildan beri birga ovqatlanib bir joyda uxlar ekan. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🇩🇪Germaniya o‘z harbiy sputniklar guruhini yaratmoqchi Germaniya qurolli kuchlari 2029 yilga qadar koinotda o‘z sunʼiy yo‘l
🇩🇪Germaniya o‘z harbiy sputniklar guruhini yaratmoqchi Germaniya qurolli kuchlari 2029 yilga qadar koinotda o‘z sunʼiy yo‘ldosh guruhini yaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Handelsblatt gazetasi.
Hozirgi vaqtda Bundesver koinotda atigi 8-10 sunʼiy yo‘ldoshga ega, va kerak bo‘lganda bu masalada ittifoqchilarga, birinchi navbatda AQSHga tayanadi.  To‘laqonli harbiy guruh uchun bir necha yuz sunʼiy yo‘ldosh talab qilinadi. Bunday guruh narxi 10 milliard yevrogacha bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.
“Kosmik razvedkaga ehtiyojini qondirish uchun, milliy imkoniyatlardan foydalangan holda, sunʼiy yo‘ldosh guruhini yaratish bo‘yicha turli variantlar ko‘rib chiqilmoqda”, — deb izoh berdi gazetaga Bundesver. Oldinroq Germaniya korxonalari qurol-yarog‘ va suv osti kemalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanayotgani haqida maʼlum bo‘lgan edi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🇰🇬Qirg‘izistonda navbatdagi davlat to‘ntarilishining oldi olindi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi davlat to‘ntarish
+4
🇰🇬Qirg‘izistonda navbatdagi davlat to‘ntarilishining oldi olindi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi davlat to‘ntarishi sodir etishni rejalashtirgan guruhni qo‘lga oldi. Guruh aʼzolari xorijliklar tomonidan "tahqirlangan va kaltaklangan", yarim yalang‘och qirg‘iz ayolining murojaati aks etgan soxta video suratga olib uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishni rejalashtirgan.
Ushbu video ortidan Bishkekda 2024 yilning may oyida sodir bo‘lgan voqealarga o‘xshash tartibsizliklar kelib chiqishi ko‘zlangan. Keyin esa o‘qotar qurollarga ega bo‘lgan maxsus jangovar guruhlar chet elliklar yashaydigan va ishlayotgan joylarga bostirib kirib mushtlashuv va yoppasiga talon-tarojlar uyushtirishi kerak bo‘lgan.
Bularning barchasi hokimiyatni obro‘sizlantirish va aholi o‘rtasida norozilik uyg‘otish maqsadida qilingan. Tashkilot boshqaruvi xorijdan olib borilgan. Guruh aʼzolaridan bir nechasi qo‘lga olingan, rahbarlardan biri BAAda yashiringan. Manba @Sputnik_Kyrgyzstan Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

O‘zbekiston bu yil qancha investitsiya jalb qilmoqchi? Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda 2025 yilda investit
O‘zbekiston bu yil qancha investitsiya jalb qilmoqchi? Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda 2025 yilda investitsiyalar bo‘yicha asosiy maqsadlar belgilab olindi: ▪️42 milliard dollarlik xorijiy investitsiyani taʼminlash, shu jumladan xorijiy moliya institutlari ishtirokida 5,3 milliard dollarlik ishlarni bajarish; ▪️81 ta yirik loyihani ishga tushirish, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihani amalga oshirish; ▪️donor tashkilotlar bilan faol ishlab, 2 milliard dollar grant olib kelish; ▪️banklar bilan 6 milliard dollar resurs jalb qilish. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning BAA, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga bo‘lib o‘tgan tashriflari davomida umumiy qiymati 39 milliard dollar bo‘lgan 178 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Undan tashqari, o‘tgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🇺🇦Ukraina askarlarining Kursk viloyatidagi vahshiyliklari Bugun “Rossiya Segodnya” halqari axborot agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kursk viloyatida Ukraina askarlari sodir etgan jinoyatlar haqida gapirildi. Jamoatchilik palatasi aʼzosi Maksim Grigorev mahalliy aholi guvohliklarini o‘qib berdi. Ularda aytilishiga ko‘ra, Ukraina askarlari ayollarni zo‘rlagan, mahalliy aholini shunchaki otib o‘ldirgan, aholi mulklarini talon-taroj qilgan. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🇺🇦Ukraina dronlari “Turk oqimi”ni taʼminlovchi kompressor stansiyasiga hujum qildi "8 aprel soat 23:38 dan 9 aprel 01:26 ga
🇺🇦Ukraina dronlari “Turk oqimi”ni taʼminlovchi kompressor stansiyasiga hujum qildi
"8 aprel soat 23:38 dan 9 aprel 01:26 gacha UQK Korenovskaya kompressor stansiyasiga sakkizta uchuvchisiz apparatlar yordamida hujum uyushtirdi. Bu stansiya "Turk oqimi" gaz quvurini gaz bilan taʼminlaydi. Stansiyaning quvvati yiliga 31,5 mlrd. metr kub gazni tashkil qiladi,” – deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari dushmanning barcha dronlarini urib tushirgan. Stansiyaga hech qanday zarar yetmagan. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🐢Qirg‘izistonlik erkak 100 ta toshbaqani O‘zbekistonga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘ldi Qirg‘iziston MXDQ Chegara xizmati ma’lum qilishicha, 8-aprel kuni "Do‘stlik-avto" nazorat-o‘tkazish punktida shubhali fuqaro to‘xtatilgan. Tekshiruv paytida uning sumkasidan sellofanga o‘ralgan 100 ta tirik akvarium toshbaqasi topilgan. Erkak ularni noma’lum shaxs iltimosiga binoan chegaradan olib o‘tayotganini aytgan. Fuqaro va musodara qilingan toshbaqalar tegishli idoralarga topshirilgan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🌳Amir Temur mamlakatni ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor bergan Uning davrida o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahri Kesh - Shahr
🌳Amir Temur mamlakatni ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor bergan Uning davrida o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahri Kesh - Shahrisabz, ya’ni "yashil shahar" deb atala boshlandi. Sohibqiron Samarqandning o‘zida va uning chekkasida katta-katta bog‘lar barpo etgan. Bu an’anani Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek davom ettirdi. Bog‘lar bugungi kungacha saqlanib qolmagan, biroq ularning nomlari saqlanib qolgan. ✅Sputnik kanali👉 lotin 👉 кирилл

🇪🇪Rossiya Estoniyaga demarsh eʼlon qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Estoniyaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakiliga
🇪🇪Rossiya Estoniyaga demarsh eʼlon qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Estoniyaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakiliga Tallin harbiy qabristonidagi vandalizm munosabati bilan demarsh eʼlon qildi. Tallin muzeyi u yerdagi harbiy qabristondan 35 ta sovet askarlarining qabrlarini boshqa joyga ko‘chirishga qaror qilgan. Ular go‘yoki “Estoniya memorialiga (suratda) kirishni to‘sib qo‘ygan”. 1944 yilda Tallinni fashistlardan ozod qilish operatsiyasida 6500 nafar sovet askarlari qurbon bo‘lgan. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Shavkat Mirziyoyevning chiqishi barchada katta taassurot qoldirdi RF Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Inna Svyatenko Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning yubiley Assambleyasida Shavkat Mirziyoyevning nutqini aniq takliflarga asoslangan, haqiqiy dasturiy nutq sifatida baholadi.
"Rossiya Federatsiyasi vakili sifatida men uchun nutqda Rossiyada ham muhim bo‘lgan masalalar yangragani juda ta’sirli bo‘ldi. Jumladan, farzand tarbiyasi, vatansevarlik, Vatanga muhabbat va katta avlod bilan yoshlar o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi fikrlar menga qattiq ta’sir qildi", — dedi u.
Qayd etilishicha, prezident Sovet xalqi tomonidan qozonilgan Ulug‘ Vatan urushidagi umumiy G‘alaba haqida katta hurmat bilan so‘z yuritgan. Batafsil @SputnikUzbek videosida. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🔸Samarqandda baydarka va kanoe bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kubogi bo‘lib o‘tmoqda Musobaqada turli yosh toifasidagi
+2
🔸Samarqandda baydarka va kanoe bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kubogi bo‘lib o‘tmoqda Musobaqada turli yosh toifasidagi 260 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqa bosh hakami Furqat Sobirjonovning @SputnikUzbek muxbiriga ma’lum qilishicha, musobaqalar joriy yil Tailand va Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida ishtirok etish uchun sportchilarni saralab olishga yordam beradi. Bellashuvlar esa 11–12-aprel kunlari yakunlanadi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🇷🇺 Zaxarova brifingdan asosiy bayonotlar ▪️Turkiyada 10 aprel kuni Rossiya-Amerika uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda elchixonalar faoliyatini normallashtirish muhokama qilinadi. ▪️Turkiyadagi Diplomatik forum doirasida Lavrov va Ukraina tashqi ishlar vaziri Sibiga o‘rtasida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha Ukrainadan hech qanday so‘rov bo‘lmagan. ▪️Ukrainada paydo bo‘ladigan har qanday xorijiy harbiylar — Rossiya uchun tahdid sifatida ko‘riladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini yaratishi mumkin. ▪️Parij aeroportida Rossiya TIV xodimini asossiz ushlab turish munosabati bilan Fransiya elchisi TIVga chaqirildi. ▪️Oq uyning bojlar bo‘yicha so‘nggi qarorlari - Вашингтон bundan buyon xalqaro savdo qonunchiligi majburiyatlarini tan olmasligini ko‘rsatdi. ▪️Россия AQSH va Xitoy o‘rtasidagi “bojlar urushi”dan xavotirda, voqealar rivojini kuzatib boradi va zararni minimallashtirish choralarini ko‘radi. ▪️Россия adolatli va ochiq savdo munosabatlaridan manfaatdor va bir tomonlama cheklovlarga qarshi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Har oyning bitta shanba va yakshanbasi – "oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish" kuni bo‘ladi Prezident bu haqda vid
Har oyning bitta shanba va yakshanbasi – "oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish" kuni bo‘ladi Prezident bu haqda videoselektor yig‘ilishi davomida ma’lum qildi.
"So‘nggi yillarda ichki turizmga e’tibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 mln.gа yetdi (2017-yilda 5 mln.ta edi). Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – "oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish" kuni, deb e’lon qilamiz", — dedi prezident.
Shu bilan birga, yig‘ilishda yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" yo‘llanmalari sovg‘a qilinishi ham ta’kidlandi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🍎Apple endi dunyodagi eng qimmat kompaniya emas Kechagi savdo natijalaridan keyin Microsoft bu maqomni "Apple"dan tortib old
🍎Apple endi dunyodagi eng qimmat kompaniya emas Kechagi savdo natijalaridan keyin Microsoft bu maqomni "Apple"dan tortib oldi. Apple’ning bozor qiymati bir kunda $2,73 trln.dan $2,59 trln.gа tushdi, Microsoft’niki esa $2,66 trln.dan atigi $2,64 trln.gа tushdi. Tramp kiritgan tariflar Apple’ga qattiq ta’sir qildi: oy boshidan beri kompaniya aksiyalari 22%ga, kompaniya kapitallashuvi esa deyarli $750 mlnd.gа kamaydi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

🛬📱 2026-yildan boshlab UzAirways'ning A321neo samolyotlarida internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi Kompaniya ma’lum qilishicha, yangi A321neo havo kemalari Airbus'ning HBCplus sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi bilan jihozlanadi. Bu tizim orqali yo‘lovchilar parvoz paytida internetga ulanib, film ko‘rish, muloqot qilish va onlayn ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi parlament aloqalari juda faol Bu haqda RF Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Inna Svyatenko @SputnikUzbek matbuot markazida o‘tgan brifing davomida aytib o‘tdi. Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл