en
Feedback
Tawfiqa

Tawfiqa

Open in Telegram

Ba'zan kitobdan, ba'zan xayol dunyosidan, ba'zida esa yurakdan... Manba bilan oling ! Ayol-qizlar uchun sahifa: https://t.me/+nCTrdfwRyFg1NmNi

Show more
199
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-630 days
Posts Archive
Agar 30-mart hayit boʻlib, ramazon 29 kunlik boʻlsa, bugun qadr ehtimoli eng koʻp boʻlgan toq kecha. Agar Oʻzbekistonniki toʻgʻri boʻlsa, oʻsha kecha - ertaga. Toq kecha ramazon boshlanishiga emas, tugashiga — oy koʻrinishiga qarab hisoblanadi. Harakatni qilaverish kerak.

Hech qachon qip-qizil rangli goʻsht olmang, chala oʻlgan hayvon rangi shunday boʻladi, bu infeksiya manbayi. Toza goʻsht pushti, oqish boʻladi. Imkon boʻlsa bozor rastalaridan emas, korzinkalardan oling. #eslatma

Duas for Palestine 05b.pdf0.88 KB

Oshiqlik shudir. Mahbubingni ozorlashdan qattiq qoʻrqishing, hatto vafotidan keyin ham...

Agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka undovchidir...
Agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka undovchidir...

Lolalar...✨
+1
Lolalar...✨

photo content

Ular bilmaydilar
Eng qonli urushlardan biri boʻlgan Uhud gʻazotida Nabiy alayhissalom qattiq jarohatlandilar, tishlari sindi, lablari yorildi, qattiq zarbadan muborak yuzlariga dubulgʻa cheti kirib ketti. Shunday ogʻir hollarida U zot qavmni duoibad qilmadilar, aksincha hidoyat soʻrab dedilar: Ular bilmaydilar! U zotga muhabbatini izhor qilib hamma joyda bong urayotgan — biz nima qilyapmiz? Ichidagini bilmay turib, yomon gumon qilamiz, hatto, atay qilganlikda ayblaymiz. Insonlarga uzr qidirar ekanmiz, ular bilmasliklarini eslaylik, yashash ancha osonlashadi.
Bilganida edi, bunday ish qilmasdi Bilganida edi, bu gaplarni aytmasdi
Insonlarni tushunishga urinarkanmiz, ortiq qalb ogʻrigʻini emas, ularga birodarimiz sifatida, achinishni his qilamiz, mehr koʻzi bilan boqamiz. Sizga jahl qilayotgan, zaxar sochayotgan odamni ayblash, boshqalarga yomonlash oʻrniga, boqing. Unga bir bemor sifatida qarang, u sizga dilozorlik qilarkan, oʻzi battar qiynalayotgandir, nima sabab u bu qadar alamzada, nima uni bunchalik qiynayapti? Sabablari bilan qiziqing, uni tinglang, tushunishga urining. Yarimta boʻlsada, yaxshi xislatini toping, axir bu hayotda hech bir odam yuz foiz yomon boʻlmaydi. Bolalar bilan munosabatda ham shunday, majburan aytganimizni qildirishga urinib, oʻzimizniyam uniyam qiynashdan avval kuzataylik: nimaga tajanglik qilyapti, nimaga har narsaga qizishyapti, balki qanaqadir hissiy yoki jismoniy muammosi bordir? Va yosh boladan katta odamdek ma'suliyat kutmaylik, ular hali bola. Biz qay tarafga burib qoʻysak, shu tarafga oʻsadigan sof fitratli nihol ular.
Uzr qidiraylik
@tavfiqa

photo content

Ba'zi kishilarga, xossatan, ustozlarga qarab Nabiy alayhissalomning "Din— xulqdir, kimning axloqi sendan oʻzibdi, u sendan di
Ba'zi kishilarga, xossatan, ustozlarga qarab Nabiy alayhissalomning "Din— xulqdir, kimning axloqi sendan oʻzibdi, u sendan dinda oʻzibdi" deganlari yodimga tushadi. Hech sababsiz qalbimda bir muhabbat uygʻonadi ularga nisbatan. Hadisning tirik namunalari... @tavfiqa

Nimadir o'zgarsin, #eynafs ! Ramazonning ro'zasigagina aldanma. Iftoriga, saharligiga, dasturxoniga aldanma. Ochlikni ham his qilmayapsan-ku, axir! Tilovatingga, darslaringga aldanma. Amaling ziyoda bo'lmayapti-ku, axir! Tarovehingga, tahajjudingga aldanma. Shaytonlar kishanlanganiga aldanma. O'zingning yomonliging o'zingga kifoya qilyapti-ku! Ramazondan murod Allohga qurbat hosil qilish edi. Qalbingni yumshatish, poklanish edi... Sen esa, hali ham muqaddas bir oydaligingni his qilolmayapsan. Eski odatlaring hali ham o'sha-o'sha. Lekin boshidan boshlashga kechmas. Kel. Tavba bilan kel. Gunohlaringni tan olib kel. O'zingni unutib, sinib kel... Nimangdir o'zgarsin endi! © ULUL ALBAB yozdi

photo content
+1

Xalqaro ayollar kuni (ya’ni, ularni obro‘si, izzati sha’nini hurmatlash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, e’zozlashga bo‘lgan chaqi
Xalqaro ayollar kuni (ya’ni, ularni obro‘si, izzati sha’nini hurmatlash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, e’zozlashga bo‘lgan chaqiriq) asli bundan 1400 yil oldin boshlangan. U vaqtda turli aloqa vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va turli xeshteglar bo‘lmagan. Balki, bir ulug‘ zot hajjatul vado’da, minbarda turib bir so‘z aytgan: “Bas, ayollar haqida Allohdan qo‘rqinglar! Sollallohu alayhi vasallam! ©️arabicuz @tavfiqa

8-mart bayram qilishga arziydigan kun emasligini bilsamda, ayollarimizni yilda bir martagina erishadigan quvonchlaridan mahru
+1
8-mart bayram qilishga arziydigan kun emasligini bilsamda, ayollarimizni yilda bir martagina erishadigan quvonchlaridan mahrum qilgim kelmaydi.. #kamera_ortida_men

Bemavrid uyqu kelganda, uxlab qolmaslik uchun: - shaytondan panoh tilang; - charchoq, dangasalikni ketkazishini so'rab duo qiling; - joyingizni/xonangizni alishtiring. Yorug'roq joyga chiqing; - tashqariga/tabiatga qarang yoki chiqing; - chuqur va uzun nafas olib-chiqarish mashqlarini bajaring; - yuzni sovuq suv bilan yuving; - tahorat oling va ikki rak'at namoz o'qing; - 5-10 daqiqalik sport qiling; - asal, zanjabil, limon, yalpizli suv iching; - meva yoki yong'oqlar yeng; - o'zingizga o'zingiz gapiring, "uxlamaysan, ishing ko'p", deng. ©️ululalbab * Bomdoddan, Iftordan keyin uyqu kelib qoladiganlar uchun. @tavfiqa

– Koʻrishamizmi? – Qayerda? – Bugun Juma, duolarda..) @tavfiqa

Bugun shom vaqti 18:00 dan ertaga 18:00 gacha eng koʻp salovat aytgan kishiga kutubxonachamizdan bir kitobni hadiya qilamiz, inshaalloh. *oʻqilgan kitob boʻladi ya'ni lekin holati yaxshi. Allohumma solli wa sallim 'ala nabiyyina Muhammad Hisobotlar ertaga 18:00 dan 20:00 gacha yozilishi kerak.

Birovning ustidan kuluvchi boʻlgandan, mazax qilinuvchi boʻlish Yolg'onchi boʻlishdan koʻra aldangan boʻlish Zulm qilganlar orasida boʻlishdan mazlum boʻlish — yaxshiroq. Oxiratda hisobi osonroq. Shukr qilingki, birinchi toifadan qilib qoʻymadi sizni) @tavfiqa

Qizbolaga itoat juda yarashadi. Otasiga, akasiga, juftiga... @tavfiqa
Qizbolaga itoat juda yarashadi. Otasiga, akasiga, juftiga... @tavfiqa