"CHAG‘ONIYON" ijtimoiy-siyosiy gazeta | RASMIY
Open in Telegram
"CHAG‘ONIYON" ijtimoiy-siyosiy gazeta | RASMIY https://t.me/chaganiyan Shuningdek, gazetaga e'lon berish va maqola chiqarish uchun endilikda masofadan turib murojaat qilish mumkin. Buning uchun @chaganiyanbot manziliga kirib murojaatingizni qoldiring.
Show more187
Subscribers
+124 hours
-17 days
-130 days
Posts Archive
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
+9
Surxondaryo delegatsiyasi Mogilyovda sanoat va chorvachilik sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rgandi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya Mogilyov shahridagi "Mogilyovliftmash" OAJ faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tajribasi o‘rganildi.
Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Surxondaryo viloyatida lift ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bu borada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, delegatsiya "K.P. Orlovskiy nomidagi Rassvet" OAJning yirik chorvachilik, bog‘dorchilik va issiqxonachilik xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi.
Bundan oldinroq Surxondaryo viloyati ishchi guruhi mazkur kompleksda bo‘lib, chorvachilikdagi tajribasi, bog‘dorchilikda hosildor navlarni mahalliylashtirish hamda mavjud resurslardan foydalangan holda issiqxonani rivojlantirish faoliyatini o‘rgangan edi.
Shunga asosan viloyatimiz hokimi korxona rahbariyati bilan loyihalar faoliyati tanishuvida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Ishlab chiqilgan takliflar asosida chorvachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Korxona bilan hamkorlik Surxondaryo viloyatida chorvachilikni rivojlantirish, bog‘dorchilikda yangi navlarni mahalliylashtirish va ishlab chiqarishda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Surxondaryo viloyati hokimligi
+9
Surxondaryo va Mogilyov viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlik yangi bosqichda rivojlanmoqda
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi vohamiz delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasiga yetib keldi.
Viloyatimiz rahbari dastlab, Mogilyov viloyatiga tashrif buyurib, Shon-shuhrat maydondagi Abadiy olov yodiga gul qo‘yib, ozodlik va tinchlik yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etdi.
Shundan so‘ng, Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda Surxondaryo va Mogilyov viloyatlari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani rivojlantirish, shuningdek, mavjud hamkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hududlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Jumladan, Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hamda uni 2026–2028-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" qabul qilindi. Shuningdek, boshqa ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari ham imzolandi.
Mazkur kelishuvlar Surxondaryo va Mogilyov viloyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Белград. В международном аэропорту имени Николы Теслы высоких гостей встретили Президент Республики Сербия Александр Вучич и его супруга.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
+9
Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari
Bugun, 7-sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham 2026–2027-o‘quv yili boshlandi.
Shu munosabat bilan institutning Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida 1-bosqichga talabalikka qabul qilingan yoshlarni kutib olishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Denov tumani hokimi Anvar Normamatov, institut rektori O.A. Ruziyev, O‘zbekiston xalq baxshisi H. Xolboyev, shoir Mengnor Ollamurod, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Denov tumani hokimi Anvar Normamatov va institut rektori O.A. Ruziyev so‘zga chiqib, talabalik safiga qabul qilingan yoshlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Joriy o‘quv yilida institutning 1-bosqichiga 1 851 nafar yigit-qiz talabalikka qabul qilindi. Yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlar institutning uchta manzilida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Ayni paytda institutda 4 ta fakultet va 16 ta kafedra faoliyat yuritib, 329 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga ta’lim bermoqda. Institutning 3 ta o‘quv binosidagi 114 ta o‘quv auditoriyasi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot xonalari, seminar va laboratoriyalar, sport zallari hamda stadionlar yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan.
Tadbir davomida kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni qayd etib, talabalikka qabul qilingan bir guruh yoshlar alohida e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi yoshlar uchun yangi bilimlar, ulkan maqsadlar va yangi marralar sari muhim qadam bo‘ldi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича отбыл в эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from EKSKLYUZIV | Surxondaryo
❓ Murojaatingiz tez va samarali ko‘rib chiqilishini istaysizmi?
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi quyidagi yo‘nalishlarda davlat nazoratini amalga oshiradi:
✔️mobil aloqa va mobil internet xizmatlari sifati; ✔️simli va simsiz internet xizmatlari sifati; ✔️mahalliy telefon aloqa xizmatlari sifati; ✔️teleradioeshittirishlarni tarqatish xizmatlari sifati; ✔️pochta aloqa xizmatlari sifati; ✔️elektron davlat xizmatlari, raqamli xizmatlar va servislar sifati; ✔️telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligi; ✔️ommaviy axborot vositalari va bosma axborot resurslarida noqonuniy kontent tarqatilishi; ✔️bolalarni zararli axborotdan himoya qilish hamda onlayn platformalardagi noqonuniy kontent; ✔️mualliflik va turdosh huquqlar obyektlarini himoya qilish masalalari.🌟Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish talab etilmasa — 15 kun, qo‘shimcha tekshiruv talab etilsa — 30 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga noto‘g‘ri hisob-kitoblar, ko‘rsatilmagan xizmat uchun mablag‘ yechilishi, tariflarning roziliksiz oshirilishi, mablag‘ yetishmasligi sabab xizmat to‘xtashi kabi masalalar inspeksiya vakolatiga kirmaydi. Bunday murojaatlar 5 kun ichida tegishli tashkilotga yuboriladi va bu ko‘rib chiqish muddatining uzayishiga sabab bo‘lishi mumkin.🧾Hurmatli fuqarolar, murojaatingizni bevosita vakolatli tashkilotga yuborish uning tezroq va samarali ko‘rib chiqilishiga xizmat qiladi. 🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
Repost from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
#Yangi_vakanisya
Denov tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Lavozim: Mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi.
🔣 Oylik maosh: 5 084 000 so‘m
💼 Kamida 1 yillik staj
🎓 Ta'lim darajasi: Oliy
🔗Ariza yuborish
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Бутунбаев Тимур Нурйигитович назначен на должность заместителя руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по водным реформам – начальника Департамента правовой экспертизы и в связи с этим освобожден от должности заместителя руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по реформированию системы водоснабжения.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Самадов Алишер Бахадирович назначен на должность председателя Счетной палаты Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности начальника Департамента правовой экспертизы и комплексного анализа Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
—
Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
+4
#Jarayon
Denovda sifatli ta’lim uchun yangi imkoniyatlar
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrifi davomida So‘fi Olloyor mahallasida joylashgan “Academia” o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘quv markazi rahbari Ilyos Nuraliyev markazda yaratilgan shart-sharoitlar, yo‘lga qo‘yilgan ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni hamda erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Bugungi kunda markazda 1 ming 500 nafarga yaqin o‘quvchi turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olmoqda. Ularga 64 nafar ustozlar tomonidan ta’lim berib kelinmoqda.
Tashrif davomida viloyat hokimi o‘quv xonalari va ta’lim jarayoni bilan tanishib, yoshlarning sifatli bilim olishi, zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda bilimli va raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or o‘qitish usullarini keng joriy etish, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda nodavlat ta’lim sohasidagi samarali tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
Repost from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
+4
#Jarayon
Denovda sifatli ta’lim uchun yangi imkoniyatlar
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrifi davomida So‘fi Olloyor mahallasida joylashgan “Academiya” o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘quv markazi rahbari Ilyos Nuraliyev markazda yaratilgan shart-sharoitlar, yo‘lga qo‘yilgan ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni hamda erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Bugungi kunda markazda 1 ming 500 nafarga yaqin o‘quvchi turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olmoqda. Ularga 64 nafar ustozlar tomonidan ta’lim berib kelinmoqda.
Tashrif davomida viloyat hokimi o‘quv xonalari va ta’lim jarayoni bilan tanishib, yoshlarning sifatli bilim olishi, zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda bilimli va raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or o‘qitish usullarini keng joriy etish, yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda nodavlat ta’lim sohasidagi samarali tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
Repost from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
+4
Sifatli ta’lim — raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida davom etmoqda.
Ayni damda viloyat hokimi ishtirokida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda kelgusida ularning bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqotda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Unda yoshlarni sifatli ta’lim bilan qamrab olish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda o‘qishni tamomlagach, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, ta’lim muassasalari, kasb-hunarga o‘qitish tizimi hamda ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mehnat bozori talablariga moslashtirish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari ko‘rib chiqilmoqda.
Viloyat hokimi tomonidan har bir yoshning sifatli ta’lim olishi, muayyan kasb-hunar egallashi va kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berilmoqda.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
Repost from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
+5
Viloyat hokimi “Chag‘oniyon” mahallasida: bandlik va tadbirkorlik masalalari e’tiborda
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanidagi “Chag‘oniyon” mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Tashrif davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, tashabbuskor fuqarolarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlab, ularni doimiy ish bilan band qilish, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Aholi daromadlarini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash va mahallada yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha ishlarni manzilli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Tashrif davom etmoqda.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
