cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

The Maverick

Siz bilgan va bilmagan maʼlumotlar kanali. ●Xokkular ●Faktlar ●Iboralar ●Maqollar ●Sheʼrlar ●Zakovat savollari ●Shaxsiy fikrlar ©️ Iltimos uzatganda manbani koʻrsating 📅Kanal yaratilgan sana: 20.02.2024 Murojaat uchun: @AmirbekAktamov

Show more
Uzbekistan46 291The language is not specifiedFacts7 376
Advertising posts
392
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Bloknot, nota va notarius Bloknot o‘zbekchaga rus tilidan kirgan, ruschaga fransuz tilidan. U yon daftarchani bildiradi. Nota musiqada tovushning shartli grafik belgisidir. U tovushning o‘zini ham, maxsus belgilar bilan yozilgan musiqa asari matnini ham anglatadi. Notarius esa yuridik hujjatlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. Bu uch so‘z bir-biridan uzoq ma’nolarni anglatsa-da, ularning zamirida o‘zak ma’no – yozish, qayd qilish bilan aloqa saqlanib qolgan. Uchala so‘z lotincha nota – belgi, nishon, qayd so‘zidan o‘sib chiqqan. Nota lotincha gnoscere – bilmoq, tanimoq so‘ziga, u esa qadimgi hind-yevropa tilidagi gnō – bilmoq o‘zagiga borib taqaladi. Bu o‘zakdan agnost, gnom, diagnoz, diagnostika, prognoz kabi so‘zlar ham hosil bo‘lgan. 📌The Maverick
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Hamal, hammol va homila Hamal keldi – amal keldi degan maqolni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Hamal so‘zi o‘zbekchada burj nomini yoki shamsiy yil hisobi bo‘yicha birinchi oyni anglatadi. Hamal oyi 22-martdan 21-aprelgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. O‘zbek tilining etimologik lug‘atiga ko‘ra, hamal so‘zi arabchada ko‘p ma’noli hamala – olib keldi fe’lidan hosil bo‘lgan va qo‘zi ma’nosini anglatadi. O‘zbekchada bu ma’nosini to‘la yo‘qotgan. Hammol o‘zbekchada yuk tashuvchi, yukchi ma’nosida qo‘llanadi. Homila esa ona qornidagi bolani – embrionni bildiradi. Har ikki so‘z xuddi hamal kabi hamala fe’lidan yasalgan. Bu uch so‘z farqli ma’nolarni anglatsa-da, ularni bir-biriga majozan bog‘lash mumkin. Hamal – ayni dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanish, yerga urug‘ qadash mavsumi. Vaqti kelib yer xuddi homilador ayol kabi ko‘payishadi – hosil beradi. Yuk ko‘tarish ma’nosida esa homila va hammol so‘zlarini bir ipga tizsa bo‘ladi. Homilador ona bolasini to‘qqiz oy qornida ko‘tarib yuradi. Hammol esa yelkasiga yuk ortadi. 📌The Maverick
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Vakuum va vakant Vakuum so‘zi lotincha vacuus – bo‘shliq so‘zidan. Atama sifatida idishga qamalgan, bosimi atmosfera bosimidan ancha past bo‘lgan gazning holatini anglatadi: Vakuumda eritish usulidan nozik buyumlar uchun metallar ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. (“Politexnika lug‘ati”) Vakuum so‘ziga asos bo‘lgan vacuus lotincha vacare – bo‘sh bo‘lmoq so‘ziga borib taqaladi. Bugungi tilda faol ishlatiladigan va bo‘sh ish o‘rnini anglatadigan vakant, vakansiya so‘zlari ham ana shu so‘zdan hosil bo‘lgan. Ular vakuum so‘zi bilan o‘zakdosh. 📌The Maverick
Show all...
🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Ko‘pik, ko‘prik va ko‘ppak Bu uch so‘zning qarindoshlik belgilari birinchi bo‘g‘inda saqlanib qolgan. Ko‘pik suyuqliklarda hosil bo‘ladigan mayda pufakchalardir. Ko‘prik suv, chuqurlik va shu kabilar ustiga qurilgan yo‘lni anglatadi. Ko‘ppak esa xashaki it zoti. Garchi bir-biridan umuman yiroq ma’nolarni ifodalasa-da, ularning ildizi bir. Ko‘pik va ko‘prik so‘zlari qadimgi turkiy tilda shishmoq, ko‘tarilmoq ma’nosini anglatgan ko‘pmoq fe’lidan hosil bo‘lgan. Bu fe’l ayni shu shaklda bugungi tilimizda ham ishlatiladi: xamir ko‘pdi. Ko‘pik va ko‘prikning qarindoshligiga ishonish oson. Lekin ko‘ppak so‘zi o‘ylantirib qo‘yadi. Turkiy tillar etimologik lug‘atiga ko‘ra, bu so‘z ko‘p o‘zagining yumshoq, do‘mboq, ko‘pchigan, hurpaygan, paxmoq kabi ma’nolaridan o‘sib chiqqan. Ko‘ppak so‘zi qadimda yungi o‘sgan, hurpaygan itni anglatgan. Olimlar fikricha, ko‘p so‘zi dastlab shish, bo‘rtiq, do‘ng, uyum, to‘da kabi ma’nolarni ifodalagan. Son, miqdor jihatidan ortiqlik mazmunini keyinroq olgan. 📌The Maverick
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Xarita, karta va karton Xarita so‘zi o‘zbekchaga arab tilidan o‘zlashgan. Uning rus tili orqali kirgan shakli ham bor – karta. Har ikki so‘z obyektlarning shartli tasvirini anglatadi. Karta o‘zbekchada boshqa ma’noga ham ega: o‘yin qog‘ozlari dastasi va ular vositasida bo‘ladigan o‘yin. Bu so‘zning o‘zbekchalashgan shakli – qarta. Karton so‘zi maxsus ishlangan qalin, qattiq qog‘ozni anglatadi. Bu so‘zlarning bari lotincha charta so‘zidan hosil bo‘lgan. Uning ildizi yunoncha chartiaga borib taqaladi. Chartia esa chartēs so‘zining kichraytirish-erkalash shakli bo‘lib, papirus qog‘ozi, varaq degan ma’noni anglatadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu so‘zlar bir-biridan uzoqlashib ketgan bo‘lsa-da, o‘zida dastlabki ma’no zarralarini saqlab qolgan. Ularning hammasi qog‘oz, varaq ma’nosi bilan ma’lum darajada bog‘langan. 📌The Maverick
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Namoz va namaste Namoz so‘zi o‘zbekchaga forschadan kirgan.Musulmonlar kuniga besh mahal bajaradigan ibodatni anglatadi. Uning arabchasi salot, o‘zbekchasi yukunchdir. Namoz o‘rta fors tilida hurmat ko‘rsatish, egilish, duo ma’nolarida qo‘llangan. Olimlar fikricha, u qadimgi hind-yevropa tillaridagi nemos – qurbonlik (joyi), ibodat so‘ziga borib taqaladi. Islom dini Fors yerlarida ham yoyilgach, bu qadimgi so‘z musulmoncha ibodat uchun ishlatila boshlagan. Hind kinolarida qahramonlar qo‘l kaftlarini bir-biriga jipslashtirib salom berganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Hindlar salomlashish uchun namaste so‘zini ishlatadi. Bu so‘z sanskritchadan kelib chiqqan. Sanskrit tilida namas ta’zim ma’nosini bildiradi. Namaste senga ta’zim, senga hurmat ko‘rsataman degan ma’nodadir. Forscha namoz va sanskritcha namas ayni bir o‘zakdandir. Bu ikki so‘zning yo‘llari ayro tushgach, bir-biridan juda uzoqlashib ketgan va qarindosh ekani sezilmaydigan darajaga yetgan. Fors tili ibodatga o‘ziga moslab nom bergan xolos. Namasteli salomlashish yoki qadimgi marosimlarning Islom ibodatlariga aloqadorligi yo‘q. Faqat atama sifatida shu so‘z tanlangan. 📌The Maverick
Show all...
👍 7🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xalat podshohlar kiyimimi? Xalat nimaligini juda yaxshi bilasiz: o‘zi ham, yengi ham uzun ustkiyim. U arabcha xilʼat so‘zidan. Xilʼat asliyatda tuhfa qi­lin­­­gan libosni anglatadi. Bu so‘z xuddi shu shaklda tilimizda mavjud. U tuhfa qilingan to‘n, toza kiyim maʼnolarini anglatadi. Biroq hozir xilʼat so‘zi eskirib ulgurgan, uni jonli tilda ishlatmay qo‘yganmiz. Xalat so‘zi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa turk tilidan o‘zlashgan. Turkchada hilat  podshohlar inʼom qiladigan to‘nni ifodalagan. Bizning xonliklar kabi Usmonli sultonligida ham to‘n kiydirish anʼanasi bo‘lgan. Odatda qoradan boshqa rangdagi choponlar taqdirlash uchun berilgan. Uni olganlar tez orada mansab pillapoyalaridan ham yuqorilagan. Bilasiz, to‘n kiydirish anʼanasi yurtimizda bugunga qadar saqlangan. U endi podshohlarning emas, oddiy odamlarning amaliga aylangan. Eʼzoz va hurmat izhori sifatida kishining yelkasiga chopon tashlanadi. Xalat rus tilida XVII asrda keng isteʼmolga kirgan. O‘zbekchada bu so‘z XX asrdan ishlatila boshlagan. 📌The Maverick
Show all...
👍 5🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
✔️
Show all...
💯 10🔥 3❤‍🔥 2🫡 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tarif va taʼrif qarindoshmi? Taʼrif so‘zini tarif shaklida xato yozish ko‘p uchraydi. Ammo alohida holatda tarif ham xato emas. Chunki o‘zbekchada tarif degan so‘z ham bor. Birinchi so‘z arabchadan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchisi ruschadan kirgan. Tarixan ikkisining ildizi bir. Asliyatda taʼrif(un) so‘zi aniq­­­­­lash, izohlash, tanishtirish kabi maʼnolarni anglatadi. U boj to‘lovlari haqidagi eʼlon, to‘lovlar haqida eslatma maʼnosiga ham ega. Taʼrif so‘zi o‘zbekchada asliyatga mos maʼnoni, tarif esa to‘lov stavkasi maʼnosini bildiradi. Masalan, uyali aloqa kompaniyalari turli narx-navo va shartlarga ega tariflarni taklif etadi. Taʼrif va tarif o‘zbek tilidagi arafa, urf, maʼrifat kabi so‘zlar bilan o‘zakdosh. 📌The Maverick
Show all...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
Maska, maskarad va masxara Uchala so‘z ham o‘zbek tilida ishlatiladi. Aslida uchalasining ildizi bir.Maska fransuzchada masque, italyanchada maschera, ispanchada esa máscara shakliga ega. Bu so‘z arabcha masxarat(un) – ustidan kulish, ermaklash; niqob so‘ziga borib taqaladi. U Yevropa tillariga ko‘chgach, teatr aktyorlari va komiklar kiyadigan niqobni anglatgan. Maskarad maska, niqob va maxsus kiyimlar kiyib o‘tkaziladigan sayilni anglatadi. Talaffuzi arabcha masxaratga juda yaqinligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Maskarad o‘zbekchaga italyan, fransuz, rus tillarini kezib yetib kelgan. Masxara o‘zbekchaga bevosita arab tilidan o‘tgan. O‘zlashtirish jarayonida masxarat so‘zi oxiridagi t tovushidan voz kechilgan. 📌The Maverick  
Show all...
👍 6