cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Gulshoda Gul_hikoyasi

Tasodifni taqdirga yo'yadigan va unga ishonadigan insonlar baxtlidirlar. @Gulshoda_G_H https://t.me/+hwek16ZDrEw2OGFi kanal silkasi #SADOQAT va #BEGONALAR(doimiy yangi hikoyalar) Ikkinchi kanal: https://t.me/+VKofWc6-Q-oxOWIy @Xotira_eslash_uchun

Show more
Advertising posts
1 203
Subscribers
-824 hours
+77 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:13
Video unavailable
Vasila va Magʻrurbekni qahvaxonada oʻtirganiga toʻgʻri keladi shu holat
Show all...
1.12 MB
#Koʻngil hislari 2 ---buncha yoqimtoy boʻlmasang senga hali muzqaymoq mumkin emas lekin mana bu shokolad mumkin. Men choʻntagimdan shokolad chiqarib unga uzatdim. Rostini aytganda Magʻrurbekka achindim. ---igna sanchsangiz ogʻrimaydimi? Men qoʻrqaman. Qizcha menga moʻltirab qaradi. ---Yoʻq ogʻrimaydi. Men qoʻlingdan tutib turaman. Unga ukol qilgach u bilan ancha suhbatlashdik. Uxlab qoldi. Begʻubor qizcha ajoyib moviy koʻzlari Magʻrurbekni eslatdi. Uxlashi uchun unga alla aytib berdim..meni qiynayotgan savollar ham bisyor. Uxlagach Magʻrurbekka jim ishorasini qilib ohista xonadan chiqdik..iloji boricha uni koʻzlariga qaramaslikka harakat qildim. U menga qahvaxonaga borishni taklif qildi. Rozi boʻldim. Suhbatni nimadan boshlashni bilmay jim oʻtiribman. Menimcha u ham.. ---oyisi qayerda? Qahvadan hoʻplab unga qaradim ---vafot etdi. Oynadan shaharni kuzatib gapirdi. Men ogʻir yutindim. Gʻalati boʻlib ketdim. Sababi otasiz katta boʻlish qanaqa ekanligini bilaman ammo onasiz qiz bolaga yana ham qiyin. Beixtiyor bolaligim yodimga tushdi. Hamma parklarda qizlarni dadasi yelkasida koʻtarib yurishiga havasim kelardi. Onasiz bilmadim..juda qiyin..ayniqsa Magʻrurbekka.. ---esingizdami men mototsiklingizni men minib olganim. Nimadan gapirishni bilmay shu narsa xayolimga keldi va darrov yuzimga kulgu yugurdi. ---Oʻshanda naqd qovun tushirgandimaa. Eslab u ham kuldi. Rosa kulishdik. Shunga oʻxshash voqealarni eslab oxirgilarini eslagim kelmadi. Sababi ogʻriqli edi. ---ha juda qiziq paytlar edi. Kulib unga qarasam u menga qarab turibdi. Koʻzlariga qarama Vasila. Shu payt buyurtma qilingan ovqatimiz keldi. Bu vaziyatdan qutulish uchun qulay fursat. Ofitsiantga buyurtma qilmoqchiligimda u men yaxshi koʻradigan taomlardan buyurdi. Demak esida ekanda. Biroz hayron qolgan boʻldimi oʻzimni tutib oldim. Ovqatlanib olgach biz yana shifoxonaga qaytdik...
Show all...
👍 1
#Koʻngil hislari 2 Yaqindan qaradim. Qolgan uchta yigit esa meni harakatimni kuzatib turishibdi. ---ishon bu menga ham qiziq. U biroz ortga ketib gapirdi. Men uni qrqa ini sezdim. Menimcha sherigi vajohatim haqida gapirgan. Yana indamay borib mototsiklni ishga tushirishim bilan raqibim Magʻrurbek keldi. Ajoyib unga qarab qoʻydimda kaskani kiydim. Yigʻilgan tomoshabinlar ham hayron qolgani koʻrinib turibdi. Har holda men kabi qiz Magʻrurbek bilan kurashyapti. Bayroq tushirilishi bilan poyga boshlandi. Bu safar men oldinlab ketdim keyin esa sekinlatdim u yutishi uchun hisob bir boʻlishi uchun yoq u atay qilyotgandek menga yana yutqazib berdi. Nima bu telbami? Mototsiklni marraga yetmasdan toʻxtatdim. U ham kelib toʻxtadi. Hech kim yoq marragacha ancha bor. Asabiy kaskani yechdimda uni oldiga bordim ---siz atay qilyapsizmi? ---nima qildim? ---yaxshi nega yutqazib berdingiz? U kuldi. Kulganda biram chiroyli boʻlib ketadi. Avvalgidek samimiy va hech bir nuqsonlarsiz moviy koʻzlar. Unga yana mahliyo boʻlib qolganimni bilmabman. Keyin tezda oʻzimga keldim ---oʻzgaribsan.. Negadir yana gapini eshitsam gaplashsam unga dilimdagilarni sevgimni aytadigandek tuyuldi. Shu sabab yana kaskani kiydim va unga qaradim. U ham mototsiklni ishga tushirdi. Shunda kaskani ochib gapirdim ---bu safar hech qanday iltifotlarsiz haqqoniy boʻlsin. U ham bosh silkidi. Tezda yana haydashni boshladik. Bu safar haqqoniy boʻlyotgandi bu uni harakatlaridan ma'lum. Marraga yaqin qolganda esa oʻzim atay yutqazdim. Sababi yana chaqirishlari mumkin deb oʻyladim. Uni yana olqishlashdi. Men esa hech kimga parvo qilmay tezda chiqib ketdim. Kimdan qochyapman oʻzimdanmi? Undanmi? Yoki sevgidanmi? Ortimdan Vasila deb chaqirganini eshitdim parvo qilmay taksiga oʻtirib uyimga keldim. Yuragim yana tipirchilashni boshlagan. Xuddi avvalgidek. Buni nima deb atay u meni shu yoʻl bilan chaqirib olgan. Nega ekan? Tinchlanishim kerak tinchlanishning eng yaxshi yoʻli uyqu. Men ham uyquga ketdim. Ertasiga xabar berishdi. Oʻsha bemor qizchaning ya'ni adashim Vasilaga masʼul qilishibdi. Bemor tuzalmaguncha hech qayerga ketmas emishman. Ha rostan ham kasbimga xiyonat qilyotgandek edim uni Magʻrurbekni qizi boʻlganligi uchun oʻzimni oʻyladim. Bu nohaqlik. Shu sababli shifoxonaga yoʻl oldim. Palataga olishibdi. Ammo u yotibdi. Hali kichkina qizcha emasmi? Koʻp qimirlaydi. Palataga kirmoqchi edim. Eshik qiya ochiq ekan beixtiyor ota bola suhbatini eshitdim. ---Vasila yigʻlama hali bu yerdan chiqsak seni oʻzim parkka olib boraman. ---yoʻq meni olib boring borgim kelyapti. Bolalar tilida biram shirin gapirdiki. ---Salomlar Vasila xonim nega xarxasha qilyaptilar? Men kirib bordim ---siz kimsiz? Dedi qizcha biroz yigʻlashdan toʻxtab ---bu seni davolagan shifokor qizim. Magʻrurbek gapga aralashdi ---sizga endi rahmat deyishim kerak ekan meni davolash uchun uzoqlardan uchib kelibsiz. Aytingchi oʻsha uzoqlarda oyimni koʻrdingizmi? Ayting tezroq kelsinlar boʻlmasa dadam menga muzqaymoq olib bermaydi Magʻrurbek boshini qoʻli bilan ushladi.
Show all...
👍 2
#Koʻngil hislari 2 Erta tong turdim. Ishga borishga majbur emasman.. bir amallab oyimni koʻndirsam boʻldi ketaman. Shu xayollar bilan turib nonushta qildim. Nonushta qilish mobaynida menga xabar keldi. Ochsam meni mototsiklda minayotgan suratim va unda yuzim yaqqol koʻringan. Ketidan xabar ham keldi ---xoʻsh kelasanmi? Ey yaramas...mayli nima boʻlsa boʻlsin qatnashsam bir poygada. Shunday deb qoʻydim. "Boraman" deb xabar yozib yubordim. Keyin asabiylasha boshladim. Bular mendan nima xoxlaydi? Keyin shahar aylanishga qaror qildim. Uch yil ichida oʻzgarishlar katta boʻlgan. Biroz doʻkon aylandim. Oʻzimga kerakli kiyimlarni oldim ancha sayr qildim sovgʻa salomlar olib akamnikiga bordim. Ular meni ochiq kutib olishdi. Ular bilan kechgacha qoldim. Kechga yaqin sayr qilish uchun chiqdim. Piyoda sayr ajoyib havo qishloqqa bormaganimga ham ancha boʻlibdi. Balki u yerga ham borarman. Oʻsha yerda borishni sodda insonlari bilan qolishni istayman. Lekin oyim qarshilar. Bildim oʻshanda menga uyni sotib yubordim deb aldashgan ekan sababi yana qaytib borib baloga uchramasin deyishibdi. Buni bilib qolib jahlim chiqqani uchun oʻshanda baqirolmasdam mototsikl haydab alamimni shundan olgandim. Baqirolmasdim chunki oyim ham meni oʻylagan boshqalar ham. Shu xayollar bilan poyga boʻladigan joyga ham kelib qoldim. Davron va boshqalar kulib qarshilashdi. ---bu oxirgi poygam sizlar bilan. Bundan keyin meni bezovta qilmaysizlar degan umiddaman. Shunday deb ularga yov qarash qildimda oʻsha mototsiklga oʻtirdim. Lekin ulardan bittasi boshqasiga past ovozda gapirdi. Ammo meni eshitishim uchun yetarli boʻldi ---nega oʻzi shu qizga yopishib olding ---hey men eshityapman ---yaxshi eshitgan ekansan toʻgʻrisini aytamiz bu yerga seni raqibing chaqirdi. Tan olish kerak tryuklaring yaxshi ammo nega u seni tanladi? ---xoʻsh nega meni tanladi? Dedim mototsikldan tushib uni oldiga bordim. Yaqindan qaradi
Show all...
#Koʻngil hislari 2 Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Men odatdagidek chiqib bemorning ahvoli yaxshi ekanligini aytmoqchi edim. Eshikdan chiqishim bilan uni koʻrdim. Tezda ortga oʻgirilib keta boshladim. Qiziq menimcha qizcha uni qizi shekilli...meni ismim..balki...yoʻq nimalar deyapsan Vasila oʻzingni qoʻlga ol...u seni sevmagan... qiynalgan ham azob chekkan ham sen boʻlding....men tomon qizini ahvolini soʻrayotgan Magʻrurbekni hamshira qiz toʻxtatib natijani aytdi. Balki niqobda boʻlganim uchun tanimagandir... Bemani xayollar bilan ogʻir operatsiyadan chiqib kiyimlarimni alishtirdim. Boʻldi endi uyga ketaman. Bu yerga ishlamayman shunchaki malakali shifokor sifatida meni bu yerga chaqirishdi. Endi yana oʻzimni joyimga qaytib ketaman. Lekin biroz sayr qilmoqchiman. Biroz yurtim sogʻinchini bostirmoqchiman...eng asosiysi esa oyimni koʻndirmoqchiman. Mashinada koʻp qavatli uylar oldida toʻxtadim. Bitta yigit mening mototsiklim oldida turibdi. Va yana mototsiklni joyidan qoʼzgʻalgan. Mashinadan tushdimda borib bir musht tushirmoqchi edim. Qoʼlimni ushlab qoldi. Kafti bilan. ---hey hey tinchlan men Davronman haligi kuni meni mototsiklimni olgan eding.. ---agar uni olib ketmoqchi boʻlsang anavi qizni borib oʻpasan. Dedim men ham qoʻlimni tushirib oʻzimni oʻnglab olib uni menga bemani shartni bajarganini eslab..yuzlarim burishib ketdi. U esa oʻsha qizga qaradi qiz ham emas u ayol edi shekilli. Menimcha balki bu bemanilikdir. Balki men ayol deb oʻylagandirman. U bizga qarab xunuk iljaydi. Ayniqsa Davronga qarab..kulgidan oʻzimni zoʻrgʻa tiydim..teskari qarab ovoz chiqarmay kulib ham oldim. U esa menga qarab ---men mototsiklni olib ketgani keldim. Ammo bu shartni bajarmayman ---sen vada berding..men esa bajardim.endi tuyogʻongni shiqqillat...Shu payt bir qiz kelib uni boʻyniga osilib oldi. ---Davroooon nima meni qidirib uyimga keldizmi? Biram ajoyibsiz sizni shuning uchun sevaman...dedi voyey ularni koʻrgim kelmay yuzimni teskari burib oldim. Sababi qiz kuppa kunduzi unga osilyapti. Davron ham uni belidan qoʻlini oʻtkazib oldi. Men esa indamay eshikka yaiqnlashgandim. ---agar mototsikl kerak boʻlsa yana bitta poyga...yana bitta poygada ishtirok etasan...men esa bosh chayqab indamay kirib ketdim. Bular telba shekilli men faqatgina adrenalin va zerikkanimdan mototsiklga ega chiqqan edim. Bular boʻlsa meni biker deb oʻylashyapti axmoqlar. Kirib biroz yotdim. Doʻstim esinga tushib komputerni yoqdim qarasam...undan xabar kelgan "Bugun uni koʻrdim bilasizmi avvalgidan ham chiroyli va goʻzal boʻlibdi. Ochigʻi boshida uni bilmadim.Ammo yuragim sen izlagan va kutgan inson shu degandek boʻldi. Hattoki kimligini aytmay ketdi. Men esa orqasidan bordim. Bilganimdek u ekan u yigʻlab oʻtiribdi ovutmoqchi boʻldim. Ammo u yana ketib qoldi..." Bu xabar kecha kelgan ekan Magʻrurbek bilan ovvora boʻlib kirmagandim. "Men ham koʻrdim. Menda sal boshqacha uni bittada tanidim. Axir yurak egasini koʻrsa talpinadi tez uradi. Xuddi siznikiga oʻxshab balki uyat deb bilarsiz rostini aytaman uni juda sogʻingan edim. Bugun ham yana koʻrdim. Ammo u bilan yuzlashishdan yana qochdim." Shunday deb yozib yana chiqib ketdim sababi esa eshik jiringladi. Men borib ochsam Davron ---Vasila Majidova mashhur shifokor kechalari mototsikllarda poyga uyushtirib yurishi yaxshi ish emas agar buni xoxlamasang kechga oʻsha joyda kutamiz kelmasang ertasiga yangiliklarda noming qoralanadi va ishdan ham cheklanishing mumkin. ---bor yoʻqol mana kalit qurib qolibdimi? Seni mototsiklingdan boshqasi. Shunday deb kalitni yuziga otib eshikni qattiq yopdim. Axmoqmi? Telba ham boʻladiki oʻsha kuni Magʻrurbek menga ataylab yutqazib berdi.. bular qayerdan bilishadi. Axmoqlar...
Show all...
#Koʻngil hislari 2 Uyimga kelib kravatga yotdim. Ammo bugungi ishlar uxlashimga halal beryapti. U ham mototsikl poygalarida qatnashar ekan. Ey Vasila boʻldi qil uni oilasi bor uyalmasdan oilali erkak haqida oʻylab oʻtiribsan. Juda uzoq xayollardan soʻng uyquga ketdim. Ertalab telefonning baland ovozidan zoʻrgʻa koʻzlarimni ochdimda koʻtardim. Baland ovozga qoʻyib qoʻydimda oʻranib oldim. ---Vasila qayerdasan axir operatsiya vaqtida bor yoʻgʻi 20 daqiqa qoldi. Nega koʻtarmaysan? Baqira ketdi ---rahmat Komil men ham yaxshiman charchamasdan kelib oldim...Nima??? Oʼrnimdan sakrab turdim.. 20 daqiqa qolibdi. Soat ham allaqachon 11 boʻlgan. Tezda turib yuvinish xonasiga kirib yuvinib chiqdim. Shkafni ochib kofta va keng shim olib kiydim. Bu paytgacha Komilni ovozi tinmadi. Mashinaga oʻtirgach telefonni oʻchirdim. Chunki uni vaysashkari befoyda. Barbir kechikibman axmoq oʻzim boʻlsam Shifoxonaga kirib tezda ustimga shifokorlar xalatini kiyib operatsiya xonasiga bordim.. ---kechirasiz janoblar men kech qoldim. Shunday deb qoʻlqoplarni kiydim. ---siz kechikdingiz ---agar roppa rosa 11: 20 demak ulguribman. Dedimda asablarim chatoqroq boʻlsa ham koʻzimni qisib qoʻydim. Bir yurakni boshqa bir qizchaga oʻtkazdik bu murakkab operatsiyalardan edi. Qizcha ham bor yoʻgʻi 2 yosh juda kichkina shiringina ekan bechora shu yoshda kasallik yuqtirib olibdi. Lekin mana koʻrib turganingizdek noyob qon egasi boʻlsa ham yurak topilgan. Uni ismi bilan adash ekanmiz. Vasila...
Show all...
👍 8🥰 1
#Koʻngil hislari 2 "Sizga maslahat odamlarni fikriga qarab munosabatingizni oʻzgartirmang'' u shunday deb yana yozdi "Agar shunday boʻlganda men hozir siz bilan tanishib qolmas edim'' "Bilasizmi? Sevgan qizim shifokor edi" "Baxtlimisiz?" Shu gapimdan soʻng ikki kun yozmadi. Bugun esa javob kelibdi "Oʻzim ham bilmadim baxt sevgan inson bilan birga boʻlganda toʻkis boʻladi" oʻqidimu javob yozgim kelmay chiqib ketdim chunki uch kundan keyin yana muhim operatsiya qayerda boʻlishi haqidagi xabar keldi. Oʻzbekistonda ekan nima yana ogʻriqlar bilan kurashamanmi? Olloh olloh ish qilib uni uchratmay. Shu xolos. Mana qadrdon sogʻingan yurtimga qadam ranjida qilar ekanman juda sogʻinganimni his qildim. Havosi sof va musaffo. Bu operatsiyaga kelmaslik uchun qancha harakat qildim besamar. Oyim ham "kelinimni nabiralarimni sogʻindim seni bu yerda yolgʻiz tashlab ketolmayman" deb holi jonimga qoʻymayotgan edilar bu masala oyim uchun ayni muddao boʻldi. Biz akamni hovlisiga bordik. Hammalari iliq kutib olishdi kelinoyim ham ajoyib ayol. Xullas havas qilarli ammo yolgʻiz qolishni istadim oʻsha eski va qadrdon koʻp qavatli uyda turishni sogʼindim. Oyimni koʻndirgach u yerga yoʻl oldim. Endi esa ertaga boʻlib oʻtadigan operatsiya.
Show all...
🔥 2
#Koʻngil hislari 2 Uyni tartibga keltirdim narsalarni ham yigʻib oldim. Kravatga oʻtirib kompyuterga kirdim oʻsha notanishdan yana xabar "Sizchi baxtlimisiz?" "Men baxtliman onam bilan oʻsdim tinch va osuda bir tekis hayot" "Aslidachi?" "Baxtli boʻlish uchun sevgini oʻzi yetmaydi sevilish ham kerak" "Xoʻsh unga nima boʻlgan?" "Juda uzun hikoya" "Vaqtimiz bemalol". Negadir yozishni istamay chiqib ketdim. Balki mototsikl haydarman ajoyib fikr. Kech tushibdi. Shahar koʻchalarida kechki chiroqlar yoqilgan mayin shabada qop qora kiyinib oldim kepka kiyib ustidan kapishon ham bostirib oldim. Har holda Vasila Majidova boʻlsam. Tanish koʻchalarni kezarkanman koʻzim koʻprik ustida turgan bir nechta yigitlarga tushdi. E'tiborimni tortgan tomoni esa ularni mototsikli bor edi. Ular tomonga bordim bir biri bilan kulishib qandaydir poyga haqida gaplashishardi. ---Salom yigitlar. Shunday deb kepkamni biroz koʻtarib ularga nazar soldim. ---kelinglar oʻsha poygada men ham qatnashaman agar yutsam sizlar menga mototsiklingizni berasiz yutqazsam esa..gapim tugamasdan turib ular kulib yuborishdi.. ha ular meni hech nimani bilmaydigan yosh qizcha deb oʻylashyapti. Afsuski bilishmaydida meni necha yillardan buyon mototsikl bilan qanday shugʻullanganimni. Hattoki Rossiyada ham tashlamadim doimiy nazoratda biker doʻstlar ham orttirdim. Ular menga yanada xavfli vaziyat va harakatlarni oʻrgatishdi. Faqat bularni oyimdan yashirdim. Hammasidan zeriksam adrenalin kerak boʻlganda shunday qilardim.. ---yaxshi agar yutqazsang meni oʻpasan dedi. Ulardan bittasi nima bu telbami ha mayli. Men ham ularni qiziqqonligiga miyigʻida kuldimu ularga bildirmadim. Ular esa hali hanuz ustimdan kulish bilan ovvora borib oʻsha aytgan yigitni turtdimda mototsiklga oʻtirdim. Kepkamni ha kapishonimni ham yechib kaskani kiydim. Ular jim boʻlishganiga qaraganda demak hayratda. Men ham kaskani kiyib ochib ularga yuzlandim ---yaxshi fikr...deb koʻz qisib qoʻydimda mototsiklni ishga tushirdim..ular jim turaverishgach yana gapirishga majbur boʻldim ---qani boshlamaysizlarmi? Shunday deganimdan keyin ular ham birma bir mototsikga minishib oldindan yurib ketishdi. Men ham ular bilan bordim. Kattagina yoʻl mashinalar umuman yoʻq va asosiysi hech kim halal bermaydi. Biroz turdim ular hali ham jim ammo ustimdan kulishyotgani aniq. Bir payt bitta kaska kiyib olgan yigit keldi. Negadir yuragimga gʻulgʻula soldi. Keyin yigitlarga qarab bosh irgʻidi. Yutaqazmasligim aniq bunga ishonaman. Marraga turdik bikerlar muxlislari ham yigʻilishdi. Kech boʻlishiga qaramay ancha. Ular mening raqibimga qarsak va hushtaklar chalishmoqda. Men indamadim. Poyga boshlandi...
Show all...
#Koʻngil hislari 2 Sergey bilan hazillashib shifoxonadan chiqdim. Ammo hali ham jurnalist qizning sevgi haqida mavzu ochganida oʻtmishni yodimga soldi. Yolgʻiz sayr qilish uchun xayollarim bila qolish uchun sekin sekin yura boshladim. Man hozir Rossiyaning Sankt Peterburg shahridaman shu koʻprikni yaxshi koʻraman. Oʻz yurtimni ham juda sogʻindim..juda juda sogʻindim uni...yoq uni emas oʻz yurtimni... Bu yerga kelganimga ham uch yil boʻldi ancha oʻrganib ham qoldim bu yerga hozir oyim bilan turibman deyarli har kun turmush qurish haqida gap ochmasalar koʻngillari joyiga tushmaydi. Lekin barbir yaxshi koʻraman oyimni shu sababli ham alohida uy olib chiqib ketmadim. Ikki yil oʻqib yana malaka oshirdim shu yerda qolib shifoxonada ishlay boshladim koʻplab noyob operatsiyalarda qatnashib bu yerda nomim chiqdi. Chunki hozirgacha amalga oshirgan noyob operatsiyalarda qatnashganim sabab muvaffaqli yakun bilan tugagan Tan olish kerak ba'zida odamlarni joni uzilgani ham boʻldi. Ollohni irodasi ekan. Bir necha tanishlar va doʻstlar orttirdim. Ammo qalbim hamon uni eslaganda yigʻlab emas kulib eslaydi hozir ayoli va farzandlari bilan bogʻda sayr qilib yurganini tasavvur qilaman. Xayollar bilan uyga yetib kelibman tayyor tur Vasila oyingni dakkilariga. Bir ikki uch boshlandi... Ovqatlanmasligimni aytib oʻz xonamga kirib ketdim. Qadrdon notanish doʻstim bilan suhbatlashib biroz yengillashish maqsadida. Doʻstimni ismini ham bilmayman u ham meni ismimni bilmaydi. Tanishganimizga hali endigina uch kun boʻldi. Bu saytni oʻzimga kerakli ma'lumot qidirish uchun kirib topib oldim. Na rasm bor na ism xuddi ikkimizni fikrlashlarini pxshashdek boshida qarasam hamma oʻz suratini qoʻygan men esa xoxlamadim. U ham men qoʻygan suratga qiziqib yozganini aytdi. Shifokor qizning orqa tarafdan tushgan rasmi xolos. Hozir esa yozishmalarimizni koʻzdan kechiryapman birinchi tanishuvni u boshlagan "Sizni tanib qolishlaridan qoʻrqib suratni orqa tomondan qoʻydingizmi?" Shu gapi sabab tezda suratni oʻzgartirgandim "Agar qoʻrqqanimda surat qoʻymasdim"
Show all...
👍 1
#Koʻngil hislari 2 Birinchi u oldinga ketdi. Men esa miyigʻida kuldim bir maromda harakat qildim. U esa battar oldinga ketaverdi. Va nihoyat marraga yetay deganda men unga yetib oldim va yotqizibroq haydab yoʻlimni toʻsgani uchun undan oʻtib ketdim. Marraga es hech qanaqa jarohatlar siz men yetib keldim va aylana qilib burilib mototsiklni bitta oyogʻida tikka turdim. Bundan hushtak va qarsaklar chalindi. Hamma meni olqishlar boshladi.. hamma kaskani yechishimni kutib turibdi. Mototsikldan tushdim borib raqibimga qoʻl uzatdim. U esa sekinlik bilan kaskasini yechdi. Men hayratda edim...axir bu Magʻrurbek hali hanuz kelishgan va oʻsha moviy koʻz oppoq yuz. Yuzida bitta ham asabiylik yoʻq odatda yutqazgan insonlar asabiy boʻlishadi. U ham xotirjam qoʻlimni siqib qoʻydi. ---balki oʻzingni tanishtirarsan. Men esa indamay ortimga burilib ketdim axir nima deyman u hozir meni kimligimni bilib qolsa axir shundoq ham unutayotgan edim. Ortimga burildim. Mototsiklga minib ketdim. Yigitla men tomonga kelib mendan buni kutmagan ekanliklarini yaxshi natijaga erishganimni va 3 yil ichida bu yigitni hech kim hali magʻlibiyatga uchratmaganini aytishdi. Va soʻnggi gaplarini eshitishni istamay mototsiklni haydab oʻsha birinchi u menga mototsiklda yurishni oʻrgatgan joyga bordim. Bilmadim nega undan qochyapmanmi? Oʻzimdanmi? Aslidachi? Toʻgʻri hozir kuygan yuzini ham davolatibdi. Yillar unga oʻz taʼsirini oʻtqazmabdi. Koʻrinishi hamon salobatli. Suv boʻyiga yetib kelib kaskamni yechdim. Nafasim tiqilib qolgandek koʻzimdan yosh oqyapti chuqur chuqur nafas oldim. Qiziq taqdir yana mana senga oʻsha ogʻriqlaring deb koʻrsatib qoʻygandek. Axir uni unutish uchun 3 yilim oʻzga yurtlarda oʻtmadimi? Uni unutish uchun ishga mukkasidan ketgan boʻlmadimmi? Uni unutish uchun bikerlar bilan qaltis harakatlar qilmadimmi? Hammasi sindi yana oʻsha eski xotira. Afgʻonda dadam halok boʻlganlari meni oʻgʻirlab ketishgani Magʻrurbek yana qutqargani va oʻzi tashlab ketgani...hamda qaytib kelgani yolgʻiz emas ayoli bilan...shunchaki kuldim achchiq va alamli kulgu keyin esa yigʻladim. Qadrimga yigʻladim. Biroz turdim soʻng esa kimdir kelib yelkamdan tutdi sezmabman kim ekanligini. Seskanib ketdim menimcha yigʻi ovozida bilmaganman. Sekin ortimga qaradim iltijo qildim men oʻylagan inson boʻlmasligi uchun ammo adashibman...bu u edi... Magʻrurbek sekin kelib meni avvalgidek oʻziga qaratdi yuzim boʻylab koʻz yoshlarimni artib qoʻydi. Biroz kuldim...chunki kulguli edida bir paytlar men sevgan inson shunaqa qilishini qanchalar xoxlagan edim.. unga biroz termuldim. Keyin uni qoʻlini yuzimdan tushirib oʻzim mototsiklga mindimda ketdim. U mashinada kelibdi. Nahotki buni payqamabman shunchalik qattiq yigʻladimmi? Yoki mashinalar borligi uchun sezmadimmi? Qani edi unga qanchalar ehtiyojim borligini ayta olsam. Afsus u endi boshqa bilan baxtliku. Uning oilasi bor farzandi kimga oʻxshar ekan. Shularni oʻylab yoshli koʻzlarimga biroz kulgu yugurdi. Chunki u baxtli..
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.