cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TRM Metodik yordam

TRM Metodik yordam

Show more
Advertising posts
9 204
Subscribers
-1824 hours
-1277 days
-61830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Yozgi ta’til uchun mustaqil mashg’ulotlar: Kumon metodi Kumon metodi bolalarning o’zlari mustaqil bilim olib, qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularga yangi bilimlarni erkin ravishda o‘rganish imkonini beradi.
Usulning mohiyati – kitobdagi berilgan vazifalarni har kuni shaxsiy izlanib hal qilish, bosqichma-bosqich bilimlarni oshib borish. Usulning maqsadi - bola uchun qiyin bo'lgan muammolarni hal qilganda yuzaga keladigan hissiy bosimni yuklamasdan, mavzularni asta-sekin o'zlashtirishga yordam berishdir.
Kumon muvaffaqiyatining siri nimada? Kumon ish kitoblari yoshga qarab taqsimlanadi va 2 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarning keng auditoriyasi uchun mo'ljallangan. Ushbu metodning asosiy prinsipi jarayonlarning oddiydan murakkablikka qarab yo‘naltirilishi bilan farqlanadi. ❇️ Metodning qo‘llanilishi Metodning qo‘llanilishida vazifalar eng qulay va oddiylaridan boshlanib, asta-sekin chinakam qiyin bo'lgan masalalarga olib chiqiladi. Bola daftarning oxirgi sahifalarga yetib kelganida, o'zi sezmagan holatda, eng qiyin vazifalarni yengishga imkon beradigan barcha zaruriy bilim va ko'nikmalarni allaqachon egallab olgan bo'ladi. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
4👍 2
Repost from TRM - Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Mamlakat ramzlarini e’zozlash va hurmat qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Unda xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Ta’lim va tarbiya bevosita uyg‘un jarayonlar ekanligini hisobga olib, o‘quvchi-yoshlarni davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Zero vatanparvar yoshlargina yurt ravnaqiga hissa qo‘sha oladi. Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni davlatimiz ramzi qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Show all...
O‘quvchi motivatsiyasini oshirish usullari Ko‘pincha ta’sirli gaplar, kuch beruvchi eslatmalar va sovg‘alar berish orqali o‘quvchi motivatsiyasini oshirishga harakat qilinadi.
Bu ham yaxshi usul, ammo xatti-harakatlar samaraliroq ekanini tadqiqotlar isbotlangan.
👩‍🏫 Shaxsiy e’tibor qaratish: o‘qituvchi o‘quvchining ismini bilishi, har biri bilan birma bir shug’ullanishi, suhbat qurishi, muvaffaqiyatsiz o‘quvchilarni kamsitmasligi, darsga hamma o‘quvchilarni jalb qilishga harakat qilishi. 👩‍💻Darsga tayyorgarlik: reja tuzish, nima qilmoqchi ekani o‘zida ishonch bilan ko‘rinib turishi, kontentni yaxshi bilish. 🏆Yuqori muvaffaqiyat kutish: o‘quvchiga ishonish, undan muvaffaqiyat kutish va buni uning o‘ziga ko‘rsata olish. 💪G‘ayrat: o‘qituvchi o‘z ishini sevishi, undan zavqlanishi, yaxshi o‘qitishga harakat qilishi. ⚖️Adolatli bo‘lish: sinfda hammani teng ko‘rish va adolatli bo‘lish. ❇️ Ochiq sinf muhiti: o‘quvchilarga past baho qo‘yish bilan tahdid qilmaslik, tizimli baholash, sinfda inoqlik va xotirjamlik muhitini yaratish, xushmuomala bo‘lish.
Bundan tashqari, darsda diqqatni jalb qilish uchun hazillar va hikoyalardan foydalanish, faqat natijani emas, harakatni ham maqtash, aytgan so‘zlari bajarayotgan ishlari bilan uyg’un bo‘lishi va boshqalar ham bolaning ichidagi ishtiyoqni uyg’ota oladi.
Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
👍 10 1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
"Baholash nazariyasi va amaliyoti" yo‘nalishi bo‘yicha turkum videodarslar davom etmoqda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan yangi loyiha yo‘lga qo‘yilganidan xabaringiz bor. Unda mutaxassislarimiz tomonidan ta’limda baholash va monitoring asoslariga doir videodarslar e’lon qilib boriladi. E’tiboringizga havola qilingan videodars orqali formativ-rivojlantiruvchi baholash haqida ma’lumot berilgan. 👉 Baholash va uning ta’lim tizimidagi o‘rni 👉 Baholashning maqsadi, vazifalari va ta’siri 👉 Mezonli va nisbiy baholash 👉 An’anaviy va autentik baholash 🌐Youtube (HD): https://youtu.be/Qcz7dtgUNBs Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
IMG_7320.MP47.57 MB
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
🥪 Sendvich usuli "Maqtov-tanqid-maqtov" usuli sifatida ham tanilgan sendvich usuli odatda o'quvchilarga konstruktiv fikr bildirish uchun qo'llaniladi. Bu usul fikr bildirish yoki tanqid qilish uchun kuchli aloqa vositasi hisoblanadi.
“Sendvich” usulidan foydalanib, samarali va oluvchiga yaxshiroq qabul qilishga yordam beradigan tarzda fikr-mulohaza bildirish mumkin.
Qo‘llanilishi: ❇️ Ijobiy fikr bildirish yoki maqtashdan boshlang. Bu ularning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishga yordam beradi va ularning sa'y-harakatlarini qadrlashingizni ko'rsatishi mumkin. ❎ Siz murojaat qilmoqchi bo'lgan tanqid yoki fikr-mulohazalarni bildiring. O‘quvchiga nimani yaxshilashi kerakligini tushunishga yordam berish uchun misollar keltiring. ✳️ O‘quvchiga o‘z mahoratini yoki ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan ko‘proq maqtov yoki konstruktiv fikr-mulohazalarni taklif qilish orqali ijobiy ohang bilan yakunlang. Sendvich usulini qo'llash orqali siz o'quvchilarga fikr-mulohazalaringizni muvozanatli tarzda yetkazishingiz mumkin. Bu ularning qo'llab-quvvatlanayotganini his qilishlarini ta'minlaydi. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🌳 Muammolar daraxti texnikasi Murakkab muammolarni hal qilish texnikasi bo’lib, muammoning ildiz sabablarini bartaraf etishga va samarali yechimlar yo'lini aniqlashga yordam beradi.
Turli manfaatdor tomonlar o'rtasidagi fikr va qarashlarda sezilarli farqlar bo'lishi tabiiyligini ushbu keys-stadi usulida bilib olish mumkin.
O’tkazilishi: 🔎 Asosiy muammoni aniqlang va uni eng katta muammoni daraxtning eng tepa qismiga yozing. 🔰 Muammoning asosiy sabablarini keltiring. Ularni asosiy muammodan kelib chiqadigan qirralar sifatida ro’yxatga qo‘shing. ♻️ Muammoni keltirib chiqaradigan sabab (lar) ni yozing. Har bir sababga nisbatan “Nega bu sodir bo‘lmoqda?” deb savol berib ko‘ring. Ildiz sabablarini o'rganish uchun ko'proq qirralarni oching. 🪢 Dalillarni o‘zaro bog'lang.Turli sabablar va asosiy muammo o'rtasidagi munosabatlarni ko'rsatish uchun bog’lanish nuqtalarini chizing. "Muammolar daraxti" texnikasining afzalliklari 📌 Aniqroq tushunish: Bu sizga muammoning murakkabligini tasavvur qilish va tushunishga yordam beradi. 💡 Samarali yechimlar: Asl sabablarni aniqlash orqali siz muammoni hal qiladigan asosiy yechimlarga e'tibor qaratishingiz mumkin. 🤝 Kollaboratsiya: Bu jamoada aqliy hujum va umumiy tushunishni rag'batlantiradi. Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilar uchun nutq texnikasi O’qituvchilik kasbi bevosita ovoz xususiyatlari bilan bog’liq. Yoqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o‘qituvchi ovozining shiradorligi bilan o‘quvchilarni darsga jalb eta oladi. Dars davomida ovoz va nutqdan noto‘g‘ri foydalanish, tomoqda gapirish esa ovozning bo‘g‘ilib qolishiga, o’quvchilar diqqatini uzoq davom etmasligiga olib keladi. Natijada oxirgi soatlarga borib ovozdan foydalanish imkoniyati pasayib, butkul charchab qolish mumkin. Batafsil: https://bit.ly/3XkDndS Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
👍 9
“Olti shlyapa” metodi 👉 Oq shlyapa (ma’lumotga diqqatni jalb qilish, faktlar va raqamlar); 👉 Qizil shlyapa (his-tuyg'ular va inson sezgisiga murojaat qilib muammoni o'rganish); 👉 Qora shlyapa (tanqid, salbiy oqibatlarga e’tibor qaratish); 👉 Sariq shlyapa (ijobiy fikrlash, optimizm, ishonch bilan oldinga yurish); 👉 Yashil shlyapa (ijod qilish, yangi g’oyalar yaratish); 👉 Ko‘k shlyapa (umumlashtirish, muammoni hal qilish). Batafsil: https://bit.ly/3XjM5cy Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
“Olti shlyapa” metodi

Mavjud vaziyatni har tomonlama chuqur o'rganish, munosib yechim topish imkoniyatini beruvchi metod bo’lib, har qanday aqliy ish jarayonida, istalgan fan sohasida va darsning turli bosqichlarda samara bera oladi.  Edvard De Bono tomonidan taklif qilingan bu usulda bir fikrlash turidan ikkinchisiga tahlil asosida o’tiladi hamda kelgusida adashmaslik uchun ma'lum bir ketma-ketlikka rioya qilishni va har bir "fikrlash shlyapasini" navbat bilan "kiyish" tavsiya etiladi. O‘tkazilishi: Ushbu uslub shaxsiy muammolarni…

👍 7🥰 1
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi #talimuchun loyihasi navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Loyihaning navbatdagi mehmoni Shimoliy Alabama universiteti magistranti, Nyu-Yorkdagi Ziyo Art ta’im markazining oʻquv dasturlari mutaxassisi Doston Israfilov bo‘ldi. 🖥 Taqdimot mavzusi: Ta’limda fan standartları va o‘quv dasturlarini takomillashtirish (Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasi misolida) 🌐 Loyihani Youtube (HD) da ko‘rish: https://youtu.be/PDqB7a68RoA Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
Ta’limda fan standartları va o‘quv dasturlarini takomillashtirish | Ta’lim uchun

👌 3👍 1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
"Baholash nazariyasi va amaliyoti" yo‘nalishi bo‘yicha turkum videodarslar davom etmoqda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi. Unda mutaxassislarimiz tomonidan ta’limda baholash va monitoring asoslariga doir videodarslar e’lon qilib boriladi. E’tiboringizga havola qilingan videodars orqali an’anaviy va autentik baholash haqida ma’lumot berilgan. 👉 Baholash va uning ta’lim tizimidagi o‘rni 👉 Baholashning maqsadi, vazifalari va ta’siri 👉 Mezonli va nisbiy baholash 🌐Youtube (HD): https://youtu.be/HuatwHf2nK8 Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
Show all...
11111111111111.mp45.52 MB
👍 5😁 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.