StartUpper
Open in Telegram
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar. Bog'lanish: @startupper_admin
Show more4 257
Subscribers
-1024 hours
-577 days
-24330 days
Posts Archive
4 257
Navbatdagi yangilik!
“InnoX” biznes-inkubator dasturini kutyotganlar bormi?
Bor -> 🚀
Yoʻq -> 💔
4 257
🔝 Samarqandda “Startap kuni!”
Samarqand viloyatida yoshlarning innovatsion startap g‘oyalari va loyihalarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda UZVC venchur fondi vakillari ishtirokida investorlar va soha mutaxassislariga namoyish etish maqsadida “Startaplar kuni” tashkil etilmoqda.
✅ Imkoniyatlar:
- Innovatsion startap g‘oya yoki tayyor loyihani investorlar oldida taqdim etish;
- Soha mutaxassislaridan qimmatli tavsiyalar olish;
- Hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish.
✅ Ma‘lumotlar:
Sana: 24-iyun, 2026-yil, soat 15:00 da
Manzil: Samarqand Yoshlar Texnoparki (Bulvar)
Aloqa: 933393966
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
4 257
⚽️ Bugun muhim kun!
Bugun, 23-iyun kuni soat 21:50 da O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, "IdeaFit 30" akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli ham bugun yakunlanadi. Dasturda ishtirok etish uchun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
G‘oyangizni loyihaga aylantirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning 👉 @startupperuzbot
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
🔺 Umummilliy AI Hackathon endi Sirdaryoda!
25–28-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “National AI Hackathon” hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
✅ Tanlov yo‘nalishlari: Sog‘liqni saqlash | Ta’lim | Tadbirkorlik | Internet tarmog‘ida narkotrafik savdosiga qarshi nazorat ✅ Qo‘shimcha nominatsiyalar: Eng yaxshi veb-sayt | Eng yaxshi dastur | Eng yaxshi mobil ilova ✅ Ishtirok etish shartlari: - Yosh: 16 yosh va undan katta. - Hudud: Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar. - Hujjat: Pasport yoki ID-karta mavjudligi talab qilinadi.🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat: - ai-hackathon.uz - eventflow.uz
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
✌️ 2 kun qoldi!
“IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 2 KUN qoldi!
Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!
👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
🚑 Sun’iy intellekt tibbiy javoblar aniqligini keskin oshirdi
OpenAI hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt tibbiy maslahatlarda sezilarli darajada aniqroq ishlamoqda. Bu natijaga 60 mamlakatdan 260 nafar shifokor 700 mingdan ortiq javobni tekshirib chiqishi orqali erishildi.
Ayni damda foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lgan GPT-5.5 Instant modeli haftasiga 230 million tibbiy savolni qayta ishlamoqda. Biroq, aniqlik bo‘yicha bu ma’lumotlar OpenAI’ning o‘zi tomonidan taqdim etilgan va hali mustaqil klinik sinovlardan o‘tmagan.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
+7
❗️❗️❗️❗️
G‘oyadan startapgacha! ⚡️
Techstars Startup Weekend Nukus Ideathon tadbirida startap loyihalarni amalga oshirishda yordam beradigan eng kuchli ekspertlar bilan tanishing!
Bu siz uchun o‘z g‘oyangizni startap, AI, FinTech, marketing va dasturlash sohalaridagi yetakchi mutaxassislar bilan birga sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🔗 Mentorlarning to‘liq ro‘yxati
🥇 Sovrin jamg‘armasi: 30 million so‘m.
📆 Sana: 26–28 iyun.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
“IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 3 KUN qoldi!
Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!
👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
“BlackBerry” (2023)
Bugun kechki payt vaqtingiz bo‘lsa, bitta foydali film ko‘rishni tavsiya qilaman.
Hozir hamma iPhone yoki Samsung ishlatadi, lekin yaqin o‘tmishda dunyo biznesmenlari va vazirlari faqat bitta telefondan foydalangan — u ham bo‘lsa, BlackBerry. U bozor qiroli edi, lekin bir zumda yo‘q bo‘lib ketdi.
Men sizga tavsiya qilmoqchi kino esa, startapchi va biznesmenlar uchun tayyor dars bo‘la oladi. Chunki unda zo‘r mahsulot yaratib, uni sota olmaslik, biznes o‘sish tezligiga dosh berolmaslik va eng asosiysi — yangi raqibni (iPhone) pisand qilmay, bozorni butkul boy berish muammolari mukammal ko‘rsatilgan.
📺 Ko‘ring, xulosa qiling va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
+6
“Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun, 20-iyun kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi rahbariyati ishtirok etib, joriy yilning 20-fevralidan 30-apreliga qadar davom etgan bosqichda g‘olib bo‘lgan 11 nafar yoshga mukofotlarni topshirdi.
Tanlov yoshlarning ilm-fan, texnologiya va innovatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarini rag‘batlantirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
“IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 4 KUN qoldi!
💡Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!
👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
🤔 Fondlar qaysi sohalarga investitsiya kiritadi?
Startaplar uchun investor tanlashda adashmaslik va vaqtni tejash maqsadida, mamlakatimizdagi 20 ta yirik venchur fondining investitsiya yo‘nalishlari xaritasini taqdim etamiz.
Bozordagi fondlar yo‘nalishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:
✅ Universal (Barcha yo‘nalishlar): UzVC, Yoshlar Ventures, Sarmo, Imkon, DOMINO va Big Sky Capital. ✅ Faqat IT va Fintex: Aloqa Ventures, Semurg', Uzcard Ventures, Avlod, AIS va Paynet fondlari. ✅ Ko‘p tarmoqli (IT, Fintex + boshqa sohalar): Sturgeon Capital, Togo-x Capital (Agrotech, B2B, Healthtech) va IT Park Ventures (+Meditsina). ✅ Tor ixtisoslashgan: Asaka Ventures (faqat farmatsevtika va meditsina) hamda YanGo Ventures (faqat Fintex va B2B).Ma’lumotni saqlab qo‘ying va investor qidirayotgan hamkorlaringizga ulashing.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
O‘zbekiston venchur fondlari: Kim qaysi sohaga pul tikadi?
Bugungi kunda mamlakatimizda 20 ta eng yirik venchur fondi faoliyat yuritmoqda va ular turli sohalarga (Fintex, IT, Tibbiyot, Agrotex) investitsiya kiritadi. Biz esa qaysi fond aynan qaysi yo‘nalishga investitsiya kiritishi haqida batafsil tahliliy ma’lumot tayyorladik.
To‘liq jadval bugun soat 20:00 da e’lon qilinadi.
🔝 Bildirishnomani yoqib qo‘ying.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
#Yoshlar_texnoparklari
🔵 Qarshi Yoshlar Texnoparkida “Ideaton” tanlovi bo‘lib o‘tadi
Qarshi Yoshlar Texnoparki innovatsion g‘oyaga ega yoshlar va tadbirkorlar uchun “Ideaton” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda ishtirokchilar o‘z loyihalarini mutaxassislar hamda investorlar oldida namoyish etishlari mumkin.
Tadbir 24-iyun kuni soat 10:00 da Qarshi Yoshlar Texnoparki binosida boshlanadi.
✅ Tanlov yo‘nalishlari:
- IT va raqamli texnologiyalar; - Agrotexnologiyalar va oziq-ovqat; - Startap va biznes g‘oyalar; - Yashil iqtisodiyot va ekologiya; - Hududiy muammolarga innovatsion yechimlar; - Ayollar tadbirkorligi.Ishtirokchilar mentorlar tavsiyalariga ega bo‘lishadi va investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Eng yaxshi g‘oya mualliflari esa qimmatbaho sovrinlar hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning final bosqichi bolib otmoqda.
Joriy yilning 25-mayidan 23-iyuniga qadar davom etadigan jarayonlarda respublika miqyosida 94 ta universitetning 282 ta eng sara va innovatsion loyihasi qatnashmoqda.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar oliygohlarning maxsus jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan munosib ravishda moliyaviy rag‘batlantiriladi. Shuningdek, eng istiqbolli loyihalar investorlar e’tiboriga havola etilib, inkubatsiya dasturlariga yo‘naltiriladi.
Barcha yosh innovatorlarimizga respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
“IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 6 KUN qoldi!
💡Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin mentorlarimizning vaqti cheklangani sababli joylar soni chegaralangan!
👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 257
