StartUpper
Open in Telegram
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar. Bog'lanish: @startupper_admin
Show more4 269
Subscribers
-224 hours
-597 days
-23730 days
Posts Archive
4 263
#innoyangilik
Google kompaniyasi NotebookLM xizmatining nomini Gemini Notebookga oʻzgartirdi.
Endi har bir qaydnoma ichida shaxsiy bulutli kompyuter mavjud. Bu imkoniyat yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri qaydlar ichida kod yozish va uni ishga tushirish mumkin.
Yangi versiya avvalgisiga qaraganda 65 foizga tezroq va samaraliroq ishlaydi. Murakkab veb-qidiruvlarda esa uning unumdorligi deyarli 80 foizga oshgan.
Hozircha bu yangi funksiyalardan faqat AI Ultra va Workspace obunachilari foydalana oladi. Oddiy qilib aytganda, Google AI-qaydnomani dasturchilar va tadqiqotchilar uchun qulay ishchi qurolga aylantirdi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
+5
✅ Biznes model bilan bog'liq muammoga duch kelgan bo'lsangiz, tabriklayman — to‘g‘ri ma’lumotni o‘qiyapsiz!
Aksar startaplar g‘oyasi xatoligidan emas, pul ishlash mexanizmini noto‘g‘ri qurgani uchun yopiladi.
Quyidagi biznes modellar bilan tanishing:
Freemium — asosiy xizmat bepul, qo‘shimcha imkoniyatlar pullik.
Obuna (Subscription) — kafolatlangan muntazam oylik/yillik daromad.
Tranzaksiya — har bir oldi-sotdi amaliyotidan avtomatik komissiya.
Marketplace — sotuvchi va xaridorni bog‘lovchi platforma.
👇 Sizning loyihangiz qaysi model asosida ishlaydi? Izohlarda yozib qoldiring!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
#Yoshlar_texnoparklari
🚀15 yosh… Lekin maqsadlari juda katta!
Yosh muvaffaqiyatga to’siq emas. Eng muhimi — g’oya, harakat va intilish. Bugun sizlarni Jizzax yoshlar texnoparkida o’z startap loyihasi ustida ishlayotgan iqtidorli yosh bilan tanishtiramiz.
Hozirgi texnologik imkoniyatlar va texnopark muhiti yoshlar uchun real natijalarga erishish maydoniga aylandi. Zero, katta natijalar yosh tanlamaydi. Balki keyingi loyiha muallifi siz bo’larsiz!
💬 Siz 15 yoshingizda nimalar ustida ishlagansiz yoki nimalarni maqsad qilgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
O‘zni o‘zi parkovka qiladigan avtomobil!
Chip Motors startapi $15 000 lik yangi elektromobil yaratyapti. Ammo bu pulga oddiy mashina emas, balki ko‘rinishi ham golf mashinasiga, ham jipga, ham katta samokatga o‘xshab ketadigan gibrid beriladi.
Mashina bir quvvatlanganda 160 km yuradi, lekin tezligi juda past — soatiga atigi 40 km. Shu sababli u katta yo‘lda faqat eng o‘ng chekkadan sekin yurishga majbur.
Yana bir qiziq tomoni: uning old kapoti (bagaji) o‘rniga yig‘iladigan televizor o‘rnatilgan. Natijada, ko‘chada piknik qilib, futbol tomosha qilish mumkin.
Eng hayratlanarli funksiyasi esa — o‘z-o‘zidan parkovka bo‘lishi. Lekin bunda hech qanday sun’iy intellekt ishlamaydi. Mashinani Hindistondagi tirik operator kameralar orqali masofadan boshqarib, joyiga qo‘yib beradi (bu xizmat pullik bo‘ladi).
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
4 263
🔝 “CEO qarori o‘yini!
Startapdagi qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olasizmi? O‘z mantiqingiz va strategik fikrlashingizni sinab ko‘ring!
Ishtirok etish shartlari juda oddiy:
- Biz ketma-ket 10 ta real startap muammosi (keys) va ularning yechim variantlarini (A, B, C, D) e’lon qilamiz.
- Sizning vazifangiz — eng to‘g‘ri yechim variantini tanlash va javobni kommentariyada qoldirish.
- Yakunda Lean Startup va Y Combinator metodologiyasiga asoslangan ilmiy javoblarni tahlil qilamiz.
Tayyor bo‘lsangiz, “🔥” belgisini qoldiring. Bugun soat 21:00 da @startupper_uz kanalida ko‘rishamiz!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
+5
🎯 O‘zbekiston bozori uchun 5 ta Soft-Startap g‘oyasi
Bugungi kunda mahalliy ekotizimda dasturiy ta'minot (SaaS) yechimlariga bo‘lgan talab keskin ortmoqda. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar va bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, hali amalga oshirilmagan 5 ta dolzarb yo‘nalishni taqdim etamiz:
1. “Mahalla-Tech” — Mahallalarda arizalar, ijtimoiy daftarlar va hududiy muammolarni boshqaruvchi yagona GovTech CRM tizimi. Monetizatsiya: B2G obuna. 2. “LogiRoute AI” — Korxonalarning ichki yuk avtoparklari uchun yoqilg‘i va vaqtni optimallashtiruvchi sun'iy intellektli xarita. Monetizatsiya: Mashinalar soniga qarab oylik SaaS to‘lovi. 3. “UzCyberAudit” — Fintex, logistika va riteyl kompaniyalarining server, sayt hamda botlaridagi zaifliklarni avtomat test qiluvchi bulutli platforma. Monetizatsiya: B2B obuna modeli. 4. “AgroWater SaaS” — Suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun tahliliy platforma. Tuproq namligi va ob-havoga asoslanib sug‘orish monitoringini yuritadi. Monetizatsiya: Gektar boshiga dasturiy to‘lov. 5. “SmartRent” — Ko‘chmas mulk ijarasini E-Imzo orqali masofadan rasmiylashtirish va to‘lovlarni Escrow (kafolatli to‘lov) tizimi yordamida himoyalash softi. Monetizatsiya: Tranzaksiyalardan olinadigan komissiya.Batafsil ma'lumot yuqoridagi slaydlarida.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
+5
Siz har bir mijozingizni qanchaga sotib olyapsiz?
Ko‘p startaplarning xatosi — marketingga pul tikib, mijoz yig‘ishni o‘sish deb o‘ylashidir. Aslida esa har bir sotuvdan zarar ko‘rayotgan bo‘lishingiz mumkin.
📥 Formulalarni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun postni saqlab oling.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4 263
ChatGPT endi xuddi insonday jonli muloqot qiladi!
OpenAI kompaniyasi mutlaqo tabiiy so‘zlashuvga asoslangan GPT-Live ovozli modellarini taqdim etdi. Yangi texnologiya sizning gapingizni bo‘lmagan holda, bir vaqtning o‘zida ham eshitish, ham javob qaytarish imkoniga ega. Agar suhbat davomida murakkab mavzularga o‘tilsa, tizim avtomatik ravishda super-kuchli GPT-5.5 modelini ishga tushiradi.
Foydalanuvchilar muloqot uchun 9 xil ovozdan birini tanlashi, vizual kartochkalardan foydalanishi va neyrotarmoqning fikrlash chuqurligini o‘zi belgilashi mumkin. O‘tkazilgan testlarda ishtirokchilarning qariyb 75,7 foizi aynan shu yangi modelni afzal ko‘rdi.
Ekranni real vaqtda tahlil qilish va xavfsizlik funksiyalari yaqin orada qo‘shilishi kutilmoqda. Loyiha allaqachon iOS, Android va veb-versiyada ishga tushdi, uning mini-versiyasidan esa mutlaqo bepul foydalanish mumkin.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
