en
Feedback
StartUpper

StartUpper

Open in Telegram

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar. Bog'lanish: @startupper_admin

Show more
4 269
Subscribers
-224 hours
-597 days
-23730 days
Posts Archive
Vaalaykum assalom, tabriklayman. Hozir sizga nimalar qilishingizni aytaman 1. Muammoni butunligicha emas, qismlarga boʻlib ko
Vaalaykum assalom, tabriklayman. Hozir sizga nimalar qilishingizni aytaman 1. Muammoni butunligicha emas, qismlarga boʻlib koʻring 2. Albatta, keyingi bosqich CustDev 3. Sohaga oid expertlar bilan chuqurroq tahlil qilib koʻring 4. 100% yechim uchun harakat qilmang, agar qila olsangiz zoʻr lekin, MVP yaratish uchun asosiy muammoga yechim boʻluvchi 20% li yechimni ham taklif qilishingiz mumkin

Vaalaykum assalom, ha mumkin
Vaalaykum assalom, ha mumkin

Hozirgi holatingizdagi eng yaxshi variant akseleratorlardagi DEMO DAYlar va angel investorlar bilan bogʻlanish FFF dan foydal
Hozirgi holatingizdagi eng yaxshi variant akseleratorlardagi DEMO DAYlar va angel investorlar bilan bogʻlanish FFF dan foydalanishdir 😉

Vaalaykum assalom 1. The Lean Startup 2. Zero to One 3. The Mom Test
Vaalaykum assalom 1. The Lean Startup 2. Zero to One 3. The Mom Test

investitsiyasi qarz yoki kredit emas, qaytarib olinadigan Loyiha fail boʻlgan boʻlsa, pulni qaytarib toʻlashga majbur emassiz
investitsiyasi qarz yoki kredit emas, qaytarib olinadigan Loyiha fail boʻlgan boʻlsa, pulni qaytarib toʻlashga majbur emassiz

Vaalaykum assalom, agar investitsiya olishga ikkilanyotgan boʻlsangiz, avval kichik sotuvlar qilib, agar xaridor pul toʻlamas
Vaalaykum assalom, agar investitsiya olishga ikkilanyotgan boʻlsangiz, avval kichik sotuvlar qilib, agar xaridor pul toʻlamasa daromad modelini oʻzgartiring. Agar kichik sotuv bilan model ishlayotganini isbotlasangiz, ikkilanish ham ketadi

Vaalaykum assalom Bozordagi muammo va sizning gʻoyangiz unga yechim boʻla olishiga
Vaalaykum assalom Bozordagi muammo va sizning gʻoyangiz unga yechim boʻla olishiga

1. Muammoni tekshiring 2. Gʻoya asosida MVP yarating 3. Jamoa yigʻing 4. Traction 5. Akseleratsiya dasturlarida ishtirok etin
1. Muammoni tekshiring 2. Gʻoya asosida MVP yarating 3. Jamoa yigʻing 4. Traction 5. Akseleratsiya dasturlarida ishtirok eting

20 daqiqadan kamroq vaqt qoldi! Savollaringizni yuboring

❓ Startap bo‘yicha savollaringiz bormi? G‘oyani boshlash, MVP yaratish, jamoani yig‘ish yoki investitsiya jalb qilish bo‘yich
Startap bo‘yicha savollaringiz bormi? G‘oyani boshlash, MVP yaratish, jamoani yig‘ish yoki investitsiya jalb qilish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, savollaringizni bering. 👇 Bugun soat 21:00 ga qadar o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring. Biz ularga batafsil javob beramiz. https://t.me/anonaskbot?start=rz1o4
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub

⚠️ Avvalroq AI tibbiy savollarga aniqroq javob bera boshlagani haqida yozgandik, ammo amalda vaziyat kutilgandek ketmayapti..
⚠️ Avvalroq AI tibbiy savollarga aniqroq javob bera boshlagani haqida yozgandik, ammo amalda vaziyat kutilgandek ketmayapti... AQShda ChatGPT’ga ishonib qolgan bir fuqaro OpenAI va Sem Altmanni sudga berdi. Bot uning o‘pka tomari tiqilishi (emboliya) belgilariga yetarlicha baho bermay, shifokorga borishdan qaytargan hamda yaqinlarining xavotiriga qaramay, o‘zboshimchalik bilan xato “tashxis” va davolash rejasini taklif qilgan. Da’voda bu holat noqonuniy tibbiy faoliyat deb baholanmoqda. Shuningdek, da’vogarlar “ChatGPT Health” xizmati xavfsizligi mustaqil ravishda to‘liq tekshirilmaguncha uning faoliyatini to‘xtatib turishni talab qilmoqda. Bunday keyslar kompaniyalarning ijobiy hisobotlariga qaramay, AI’ga salomatlikni ishonib topshirishga hali erta ekanini ko‘rsatmoqda.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube

⚠️ Avvalroq AI tibbiy savollarga aniqroq javob bera boshlagani haqida yozgandik, ammo amalda vaziyat kutilgandek silliq ketmayapti... AQShda ChatGPT’ga ishonib qolgan bir fuqaro OpenAI va Sem Altmanni sudga berdi. Bot uning o‘pka tomari tiqilishi (emboliya) belgilariga yetarlicha baho bermay, shifokorga borishdan qaytargan hamda yaqinlarining xavotiriga qaramay, o‘zboshimchalik bilan xato "tashxis" va davolash rejasini taklif qilgan. Da’voda bu holat noqonuniy tibbiy faoliyat deb baholanmoqda. Shuningdek, da’vogarlar "ChatGPT Health" xizmati xavfsizligi mustaqil ravishda to‘liq tekshirilmaguncha uning faoliyatini to‘xtatib turishni talab qilmoqda. Bunday keyslar kompaniyalarning ijobiy hisobotlariga qaramay, AI’ga salomatlikni ishonib topshirishga hali erta ekanini ko‘rsatmoqda.

🇺🇿🇮🇹 O‘zbekiston va Italiya innovatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texno
+7
🇺🇿🇮🇹 O‘zbekiston va Italiya innovatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Italiyaning ROAD (Rome Advanced District) tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan venchur kapital yo‘nalishi rahbari Paolo Sangalli, Innovation PMO prezidenti Edoardo della Rolle hamda Italiya temir yo‘llari milliy vakili Debora Pimpini o‘rin oldi. Uchrashuv davomida Italiya delegatsiyasi texnoparkning laboratoriyalari, infratuzilmasi hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida tomonlar universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube

🤔 Investorlar aslida kimga pul beradi? Investorlar pul yoʻqotish xavfini kamaytirish uchun tajribali tadbirkorlarga koʻproq
🤔 Investorlar aslida kimga pul beradi? Investorlar pul yoʻqotish xavfini kamaytirish uchun tajribali tadbirkorlarga koʻproq sarmoya kiritadi. PitchBook maʼlumotlariga koʻra, Yevropada 2016-yildan 2026-yilgacha boʻlgan davrda tajribali va tajribasiz asoschilar olgan investitsiya miqdori oʻrtasidagi farq kundan-kunga kattalashib borgan. Masalan, 2016-yilda tajribali asoschilar oʻrtacha 1,3 million yevro olgan boʻlsa, 2026-yilga kelib bu raqam 4 million yevrodan oshdi. Birinchi marta startap ochganlar esa 2026-yilda oʻrtacha 2,5 million yevro jalb qila olishgan, xolos. Xulosa oddiy, yangi kelganlar ham investitsiya ola biladi, lekin avval startap yuritgan tadbirkorlar har doim taxminan ikki baravar koʻp pul yutadi. Bu qoida butun dunyoda bir xil ishlaydi — investor uchun tajriba eng katta kafolatdir.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube

Menimcha, bu startapni hamma biladi! Bugun ushbu startapni birgalikda tahlil qilamiz. Siz matn bilan tanishib turing, men esa savollarni yuborishni boshlayman.

Bu Notion! Qaydlar, topshiriqlar, loyihalar va hujjatlarni bitta joyda jamlaydigan universal dastur. Ushbu startap 2013-yilda
Bu Notion! Qaydlar, topshiriqlar, loyihalar va hujjatlarni bitta joyda jamlaydigan universal dastur. Ushbu startap 2013-yilda San-Fransiskoda Ivan Zhao va Simon Last tomonidan yaratilgan. Loyiha dastlab texnik xatoliklar va mablag‘ yetishmasligi sabab 2015-yilda bankrotlik yoqasiga kelib qoladi. Asoschilar jamoani tarqatib, Yaponiyaga ko‘chib o‘tadi va dastur kodini 0 dan qayta yozadi. Bu qaror to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. 2018-yilda taqdim etilgan yangi versiya foydalanuvchilar orasida tez tarqaladi. Odamlar o‘zi yaratgan shablonlarni bir-biri bilan ulashishi evaziga mahsulot qo‘shimcha reklamasiz o‘sadi. Natijada Freemium modeli bo‘yicha ishlaydigan ushbu startap bugungi kunga kelib $10 milliarddan ortiq qiymatga baholanmoqda.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube