StartUpper
Open in Telegram
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar. Bog'lanish: @startupper_admin
Show more4 275
Subscribers
-324 hours
-647 days
-24130 days
Posts Archive
4 274
🚀 INNOLAB akseleratsiya dasturiga rasman start berildi!
Bugun, 8-sentabr kuni INNO Technoparkda 150 dan ortiq ariza orasidan saralab olingan eng istiqbolli 30 ta jamoa ishtirokida INNOLAB akseleratsiya dasturining tantanali ochilish marosimiga qadam qo‘yildi.
Biotexnologiya, farmatsevtika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat texnologiyalari va ekologiya yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalar endi tajribali mentorlar va soha ekspertlari ko‘magida yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda.
Oldinda jamoalarni g‘oyadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan intensiv master-klaslar, amaliy sessiyalar va ekspert ko‘riklari kutmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
🟣Asosiy muddatlar va bosqichlar O‘tkazilish vaqti: Har yili sentyabr – dekabr oylarida. 1-bosqich: Sentyabr – oktyabr oylarida barcha davlat OTMlarida o‘z talabalari uchun tashkil etiladi. Respublika bosqichi: Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. E’lon berish: OTMlar har yili 10-sentyabrda 1-bosqichga arizalar qabuli boshlangani haqida e’lon beradi. Ariza topshirish: Talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etish uchun ariza beradi. Baholash mezonlari (100 ballik tizim) Innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha Innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha Mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha Xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha Innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha🟣Grant va moliyalashtirish miqdorlari 1-bosqich g‘oliblari uchun: 1-o‘rin: 50 mln so‘m 2-o‘rin: 30 mln so‘m 3-o‘rin: 20 mln so‘m 🟣Respublika bosqichi g‘oliblari uchun: 1-o‘rin: 500 mln so‘m 2-o‘rin: 300 mln so‘m 3-o‘rin: 200 mln so‘m (Respublika bosqichi mukofotlari Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq ajratiladi).
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
🤔 Oʻzbekistonda startaplarni qaysi tashkilotlar qoʻllab-quvvatlaydi?
1. Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi — yoshlarning innovatsion gʻoyalarini saralab, ularni real startap va loyihalarga aylantiruvchi tashkilot;
2. Innovatsion rivojlanish agentligi — ilmiy va texnologik startaplar uchun yirik davlat grantlari va laboratoriyalar;
3. IT park — soliq imtiyozlari, ilk investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha eng katta hab;
4. Uz VC (fondlar fondi) — gʻoyangiz uchun toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy investitsiya;
5. Yoshlar ishlari agentligi — startap gʻoyalarni startap atmosferasiga olib kirishga yordam beruvchi davlat tashkiloti.
Keyingi ma’lumotimiz mahalliy venchur fondlar boʻyicha boʻladi.
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
Oʻzbekistonda startaplarni qoʻllab-quvvatlovchi qaysi tashkilotlarni bilasiz?
Izohda yozib qoldiring, siz uchun qimmatli ma’lumot tayyorlaganmiz 😉
4 274
📈 Biotech, Healthtech va Pharmatech sohalaridagi startaplari uchun SGP Life Sciences akseleratsiya dasturi!
Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: - Mentorlik va ekspertlik yordami; - Investitsiyalarni jalb qilish va loyihani kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘mak; - Xalqaro venchur fondlari va investorlar bazasiga kirish imkoniyati; - Xalqaro miqyosda rivojlanish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari.Dastur finalida O‘zbekistonda 2 kunlik oflayn Bootcamp va investorlar, korporatsiyalar hamda startap-ekotizimi vakillari ishtirokida Demo Day bo‘lib o‘tadi. 🗓 Ariza topshirish muddati: 18-sentabrgacha 🔗 Ariza topshirish havolasi: https://go.choyxona.tech/8Ruez
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
#diqqat_tanlov
✅ “Bo‘lajak olim” tanlovi boshlandi!
“InnoLab” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!
⚫️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi; Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki uni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi; 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi.Arizalar startup.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yilning 2-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
+2
🚀 INNO LAB akseleratsiya dasturi ishtirokchilari diqqatiga!
INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida ilmiy va innovatsion startaplar uchun tashkil etilgan INNO LAB akseleratsiya dasturiga qabul qilingan ishtirokchilar ro‘yxati e'lon qilindi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan jamoalar bilan yuqoridagi rasmlar orqali tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
Oilangiz uchun Fambot
Sobiq Instagram va Uber mutaxassislari tomonidan oilalar uchun Fambot startapi yaratildi. Uning asosiy vazifasi elektron pochta, taqvim va WhatsApp guruhlaridagi ma'lumotlarni yagona markazga birlashtirib, kundalik oilaviy yumushlar hamda bolalar logistikasini avtomatik boshqarishdan iborat hisoblanadi. Shunday qilib, bu tizim vazifalar ro‘yxatini tuzadi, muhim tadbirlar haqida oldindan ogohlantiradi va shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligini to‘liq kafolatlaydi.
Sizningcha, bu startap O‘zbekiston bozorida ham muvaffaqiyatga erisha oladimi?
Izohlarda yozib qoldiring
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
Aziz vatandoshlar va Startupper oilasi!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan Startupper jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va yangi loyihalaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir innovatsion g‘oyangiz Yurtimiz ravnaqiga xizmat qilsin!
Hurmat bilan,
Startupper jamoasi
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
➡️ Kuniga 100 ta sotuv bor, lekin loyiha zararda...
Muammo sotuv sonida emas, CAC va LTV balansida!
Misol uchun:
⚫️Reklamaga $1000 tikdingiz ➡️ 100 ta mijoz keldi.
⚫️CAC (1 mijozni jalb qilish narxi) = $10
⚫️Lekin mijoz qaytmay, sizga bor-yo‘g‘i $6 sof foyda keltirdi (LTV).
Natijada har bir mijozdan $4 zarar!
Muvaffaqiyatli startapda LTV ko‘rsatkichi CAC’dan kamida 3 baravar yuqori bo‘lishi shart!
👇 CAC va LTV’ni hisoblash formulasini olish uchun izohlarda "+" qoldiring!
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
🚀BIZNESINGIZ UCHUN 0% SOLIQ IMKONIYATI!
❓Innovatsion biznesingiz bormi? INNO Texnopark rezidenti bo‘ling!
✔️QQS, foyda, aylanma va mol-mulk soliqlari — 0%
✔️Yer solig‘i — 1%
✔️Zamonaviy laboratoriyalar
✔️Bepul kovorking zonalari
➡️Biznesingizni rivojlantirish uchun imkoniyatni boy bermang! Hozir murojaat qiling!
📞+998 55 515 09 55
📞+998 99 581 26 12
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
4 274
✅ Ijtimoiy va ekologik startaplar uchun $15,000 gacha grant
Global Innovation Challenge 2026 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
⚫️ $15,000 gacha grantlar;
⚫️ Xalqaro yosh tadbirkorlar tarmogʻi;
⚫️ Taʼlim, fellowship dasturlari va networking
Talablar:
⚫️ Yosh: 18–30 yosh
⚫️ Loyiha holati: Gʻoya emas, amalda ishlayotgan va aniq natija koʻrsatayotgan boʻlishi kerak
⚫️ Moslik: BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan (SDG) kamida bittasiga javob berishi lozim
Muddat: 31-avgust, 22:00
Ariza topshirish: https://www.socialshifters.co/global-innovation-challenge
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
4 274
🤖 Endi taqdimot tayyorlash yanada oson!
Claude Code-ga yangi /design funksiyasi qo‘shildi. Hozircha sinov rejimida bo‘lgan bu vosita dizaynlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri dasturlash tizimiga olib kiradi.
Endi siz CLI-ga g‘oyangizni yozasiz, Claude bir nechta tahrirlanadigan maket tayyorlab beradi. Ma’qulini tanlab, rang va bloklarini o‘zingizga moslaysiz.
Yakunda bitta buyruq bilan Claude dizaynni to‘liq ishlaydigan kodga aylantirib beradi.
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
4 274
4 274
Kecha nimalar boʻlib ketdiyeee 😎
Instagram sahifamizga obuna boʻlganlar, menimcha allaqachon bilib boʻlishdi
👇👇👇
Havola
4 274
Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting 👉 @startupperuzbot (Mafia uchun roʻyxatdan oʻtish)
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
4 274
4 274
+9
Startap loyihalari uchun “Demo Day” tashkil etildi!
Bugun “Inno” innovatsion ishlab chiqarish texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish hamda yaratilayotgan yangi mexanizmlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan harakatlar hamda startap loyihalarini yirik klasterlarga taqdim etish” mavzusida “Demo Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatib boring:Telegram | Instagram | YouTube
