cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yurist| Hamid AKMALOV

⚖Huquqqa oid⚔ 🎓Yosh yurist blogi 🛡Qonunlarni va o'z huquqlarimizni birgalikda o'rganamiz☝ 📑Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilib boramiz ✍Huquqiy konsultatsiya 📩Murojaat va savollar uchun @Hamid_Akmalovich

Show more
Advertising posts
1 266
Subscribers
-724 hours
-1807 days
-55230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

SIRTQI VA KECHKI TA'LIM TALABALARI UCHUN YOMON XABAR❗️ 🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga byudjet mablag'lari hisobidan ta'lim krediti ajratish tartibini takomillashtirish to'g'risida" Farmoni (27.05.2024-yil) imzolandi. Farmonga muvofiq, endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA QABUL 5-IYUNDAN BOSHLANADI❗️ ⚡️Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan, OTMlarga qabul 5-iyun sanasidan 25-iyun sanasiga qadar amalga oshiriladi. Imtihonlar "avval test, so‘ng tanlov" tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
01:08
Video unavailableShow in Telegram
SUBSIDIYA KIMLARGA BERILADI VA SUBSIDIYA OLISH UCHUN QANCHA OYLIK DAROMAD TALAB ETILADI⁉️ Batafsil videoda...❗️@Yurist_Akmalov👈
Show all...
OTA YOKI ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM BO‘LISHNING HUQUQIY OQIBATLARI❗️ 🔰Oila kodeksining 81-moddasiga asosan: 🔻ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa, shu bolaga nisbatan bo‘lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan ta’minot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum bo‘ladi. ⚠️Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o‘z bolasiga ta’minot, ya'ni aliment berish majburiyatidan ozod qilmaydi. 🔻Ota yoki onasi o‘ziga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bola, agar u farzandlikka olingan bo‘lmasa, turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota yoki onasi va boshqa qon-qarindoshlari bilan tug‘ishganlik faktiga asoslangan barcha mulkiy huquqlarini, jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi. 🔻Bolani ota yoki onasiga berishning imkoniyati bo‘lmagan yoki ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramog‘iga olib beriladi. Ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda bolani farzandlikka olishga ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan keyin kamida olti oy o‘tgach yo‘l qo‘yiladi. ⚠️ Demak, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki ona bunday huquqdan mahrum bo‘lganidan keyin bolaga nisbatan qarindoshlik huquqlaridan mahrum bo‘ladi biroq, o‘sha bolaga nisbatan ta’minot berish majburiyatidan ozod bo‘lmaydi hamda agar bola boshqa oilaga farzandlikka olinmagan bo‘lsa o‘z ota-onasining bir umrlik merosxo‘ri bo‘lib qolaveradi. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
O'ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLARGA KRЕDITLAR BЕRILADI❗️ 🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentiming 2024-yil 2-aprel sanasidagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-149-son qaroriga asosan: ✅ 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan, biroq asosiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga quyidagicha ajratilishi belgilangan: 🔻33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida; 🔻 ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun; 🔻yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz; 🔻 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi. ⚠️Revolver asosda — bir muddatga olingan kredit qaytarilganidan keyin avvalgi tuzilgan shartnomaga ko‘ra, qo‘shimcha muzokaralarsiz yana shuncha miqdorda kredit olish ma’nosini anglatadi. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
O'ZINI O'ZI BAND QILGAN FUQAROLAR PENSIYAGA CHIQISHLARI MUMKIN❗️ 🔰"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq: erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga to‘lganda va mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan. Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 4742-sonli Qarorda belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (340 ming so‘m)da ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi. 🔰 Demak, fuqaro 7 yil davomida har yili o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan taqdirda, kelgusida pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
#RASMAN Bugundan uy-joy subsidiyasi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi❗️ Uy joy-subsidiyasi uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi orqali yoki my.gov.uz portali orqali online ravishda amalga oshiriladi. Soat 18:00 ga qadar fuqarolardan jami 63 457 ta arizalar kelib tushgan. Shundan: ⏺my.gov.uz portali orqali 45 839 ta ariza; ⏺Davlat xizmatlari markazlari orqali 17 618 ta ariza qabul qilingan. Qo'shimcha: Prezidentning 2024-yil 30-aprel sanasidagi PF-70-son Farmoniga asosan, 2024-yil uchun Respublika miqyosida 27 mingta subsidiya ajratilishi belgilangan. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
#RASMAN Bugundan uy-joy subsidiyasi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi❗️ Uy joy-subsidiyasi uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi orqali yoki my.gov.uz portali orqali online ravishda amalga oshiriladi. Soat 18:00 ga qadar fuqarolardan jami 63 457 ta arizalar kelib tushgan. Shundan: ⏺my.gov.uz portali orqali 45 839 ta ariza; ⏺Davlat xizmatlari markazlari orqali 17 618 ta ariza qabul qilingan. Qo'shimcha: Prezidentning 2024-yil 30-aprel sanasidagi PF-70-son Farmoniga asosan, 2024-yil uchun Respublika miqyosida 27 mingta subsidiya ajratilishi belgilangan. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
AHOLI IPOTЕKA KRЕDITLARI ORQALI UY-JOY BILAN TA’MINLANADI❗️ 🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-aprel kungi PF-70-son Farmoniga asosan, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida: ✅ hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi; ✅ qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi; ✅ ko‘p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi; ✅ ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi; ✅ kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 million so‘mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...
Vazirlar Mahkamasining 263-sonli qarori bilan: Ijobiy natijalar ko'rsatayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari rahbariyati hamda o'qituvchilarga ustama berish tartibi joriy etildi. ⚖@Yurist_Akmalov👈
Show all...