en
Feedback
Sadece yolcu

Sadece yolcu

Open in Telegram

Mevla görelim neyler Neylerse güzel eyler 🌱 • student at TDPU • librarian • copywriter I'm here @zahidatunbot

Show more
208
Subscribers
-124 hours
+37 days
+1930 days
Posts Archive
#ramazon 🌙 Salmon ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qay biring
#ramazon 🌙 Salmon ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qay biringiz iftor qilmoqchi bo'lsa, xurmo bilan iftor qilsin. Chunki u barakadir. Agar xurmo topa olmasa, suv bilan iftor qilsin. Chunki u poklovchidir”. Termiziy rivoyat qilgan. #kursdosh yigitlarimiz tomonidan ommaviy iftorlik 🫖 18.03.2024 Alloh ulardan rozi bo'lsin! 🫴 @sadece_biryolcu

Robbimiz bizni och qolishimiz yoki chanqashimizga muhtoj emas. U Ramazonni bizni tozalash uchun yuboradi. O'ziga munosib bo'l
Robbimiz bizni och qolishimiz yoki chanqashimizga muhtoj emas. U Ramazonni bizni tozalash uchun yuboradi. O'ziga munosib bo'lishimiz uchun bizni poklash uchun yuboradi. Bundagi nasibamiz faqat ochlik va chanqoqlik bo'lib qolmasin! Bu oydan chiqqaningizda qalbingiz unga kirganingizdagidan o'zgacha bo'lsin! ✍️ Ustoz Abdulqodir Samarqandiy @sadece_biryolcu

#ramazon 🌙 7 Laqiyt ibn Sobira roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men: Ey Allohning Rasuli, menga tahoratdan xabar bering", dedim. "Tahoratni yaxshilab qil. Panjalaring orasini tahlil qil (suv yetkaz) va burunga suv olishda mubolag'a qil, magar ro'zador bo'lsang (bundan mustasno)", dedilar". "Sunan" egalari rivoyat qilganlar. 💡Ushbu rivoyatda ro'zador kishi mubolag'a bilan burniga suv olib, chayqamasligi kerakligi bayon qilinmoqda. Og'izga suv olib chayqash ham xuddi shunga o'xshashdir. Chunki ikki holatda ham insonning ichiga suv ketib qolib, ro'zasiga putur yetishi mumkin. Ro'zador inson doimo bunga o'xshash ishlardan saqlanishi lozim. 📝 "Hadis va hayot" 9-juz Ro'za kitobidan olindi @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024     16.03.2024 📚 "Ramazonni qanday o'tkazamiz?" ✍️ Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy 🌙 "Kimning Ramazoni durust bo'lsa, uning butun yili durust bo'ladi". Nabiy sollallohu alayhi vasallam 🔺 Ammo biz qanday qilib Ramazondagi amallarimizni durust qilishimiz mumkin? Umuman olganda biz Ramazonni qanday o'tkazishimiz kerak? Ushbu savollarga ushbu kitob orqali javob olasiz inshaallah! 🔺 Muallif Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy ushbu "qo'llanma" orqali bizga Ramazonni ham jismonan, ham ruhan salomatlikka erishish uchun qanday tarzda qarshi olishimiz kerakligi, ushbu muborak oydan ko'zlangan maqsad va biz bu oyda aynan qaysi amallarni qilishga ko'proq jidd-u jahd qilib, qaysi amallardan mutlaqo yiroq bo'lmoqligimiz kerakligi va tutgan ro'zalarimiz savobiga putur yetkazuvchi illatlar haqida so'z yuritadi. Haqiqatdan ham aksariyatimizda Ramazon deyilsa, faqat ochlik yoki taroveh namozi ko'z oldimizga keladi, ammo Ramazonda yana boshqa ko'plab fazilatlar va foydalar yashirin ekanligi haqida boxabar emasmiz. Qarabsizki, bular natijasida ushbu muborak oyni ko'pgina fazilat va imkoniyatlaridan mahrum holda o'tkazib yuboramiz. Shaytonlar kishanlangan, insonga yaxshi ishlarda sobit bo'lishda osonlik berilgani fursatida ham yana nafsimizga mag'lub bo'lishimiz katta musibatdir! 📚 Keling, ushbu Muborak oyni Alloh O'zi rozi bo'ladigan holatda o'tkazish uchun Ramazonda bizdan talab qilinadigan amallar, ehtiyot bo'lishimiz lozim bo'lgan illatlar haqida o'qib izlanaylik, bilmaganlarimizni bilib olib unga amal qilaylik! Alloh taolo ushbu Ramazonning har lahzasini O'zi rozi bo'ladigan holatda o'tkazishimizga tavfiq ato etsin! Amiyn! @sadece_biryolcu

#ramazon Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yolg‘on gapirishni va unga amal qilishni qo‘ymasa, uning taomi va sharobini t
#ramazon Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yolg‘on gapirishni va unga amal qilishni qo‘ymasa, uning taomi va sharobini tark qilishiga Allohning ehtiyoji yo‘q”, dedilar Buxoriy,  Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar. @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024    15.03.2024 💥 📖 "Aso" ✍️ Fotih Duman "Qalbing qayerda bo'lsa, sen ham o'sha yerlik bo'lasan..."🌷 @sadece_biryolcu

Repost from N/a
📝 Assalomu alekom wa rahmatullah wa barakatuh 🌙 Muborak Ramazon oyida ezgu amallar bajariladi, xayr-saxovatli kishilar mehr-muruvvat ko‘rsatib, yetim-yesir, beva-bechoralar holidan xabar oladilar, o‘z xonadonlarida iftorlik qilib, ro‘zadorlarni mehmon qiladilar. Albatta, bu ishlar maqtovga sazovordir. Sababi hadislarning birida: “Kim bir ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga o‘sha ro‘zador ega bo‘lgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi”, deyilgan 🌙 Shunday ekan siz ham Allohning rahmatiga erishmoqchi bõlsangiz bizning safimizga qõshiling! ❤️Yosh ehsinchilar nomi ostidagi jamoa kōngilli yoshlar bilan birgalikda tashkil topgan jamoadir! 💳 Bir insonga suv va xurmo bilan iftorlik qilib tarqatish õrtacha 2,500 sõmni tashkil etmoqda 🤲 Agarda biz bilan bõlsangiz xoxlasangiz moddiy (pul mablag'i bilan) yoki manaviy (Duo , Qu'ron tilovati) , bu xabarni tarqatishlik bilan! 💳 9860 2466 0166 4443 Jaxongir Xakimov 🌙 Barcha ehson ishlariga ishonchingiz komil boʻlsin, haqqingizga hiyonat qilmaymiz! Bizning ishlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifamiz orqali kuzatib borsangiz boʻladi🔽 https://t.me/yoshehsonchilar ✅ Murojat uchun : @jaxongirxakimov

#feeling ❤️ O'zi "qora" ammo butun atrofini va hatto qalblarni ham yoritib turadi... @sadece_biryolcu
#feeling ❤️ O'zi "qora" ammo butun atrofini va hatto qalblarni ham yoritib turadi... @sadece_biryolcu

Uning zikri bo'lmaganida qalblarimiz huzundan kuyib bitgan bo'lardi balki... أَلَا بِذِكْرِ ٱللَّهِ تَطْمَئِنُّ ٱلْقُلُوبُ "A
Uning zikri bo'lmaganida qalblarimiz huzundan kuyib bitgan bo'lardi balki... أَلَا بِذِكْرِ ٱللَّهِ تَطْمَئِنُّ ٱلْقُلُوبُ "Allohning zikri ila qalblar orom olur" @sadece_biryolcu

The man who doesn't read good books has no advantage over the man who can't read! 🏠 National library "Alisher Navoi" 13.03.2
The man who doesn't read good books has no advantage over the man who can't read! 🏠 National library "Alisher Navoi" 13.03.2024 @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024    12.03.2024 💥 📚 "Alloh uchun sevmoq" 📝 Imom G'azzoliy
"Alloh uchun sevmoq va Alloh dini yo'lida do'stlashmoq ibodatlarning eng fazilatlisidir".
❔Barchamizni ham do'stlarimiz bor va deyarli barchamiz ham ularni Alloh yo'lida yaxshi ko'rishimizni iddao qilamiz. Ammo ular bilan haqiqatdan ham xolis Alloh uchun do'st tutinganmizmi yoki boshqa sabablar bormi?! Aynan mana shu savolga ushbu kitob orqali javob olasiz! Shaxsan o'zim ham kishining Alloh uchun sevgan musulmon birodaridagi haqlarini bu darajada bo'lishini bilmagan edim va juda ko'p foydalar oldim Alhamdulillah. Ushbu kitob sizga quyidagi mavzulardagi ilmlarni taqdim etadi: 🟢 Alloh yo'lida do'st tutinish, uning qoidalari, majburiyatlari va savob-u mukofotlari 🟢 Do'stda bo'lishi kerak bo'lgan fazilatlar va birodarlik haqlari 🟢 Ota-ona, farzand, qarindoshlar va qo'shnilik haqlari 🟢 Uzlat odoblari, uzlatning foydalari va ma'lum bir zararlari 🟢 Nafs tarbiyasi, go'zal axloq va qalb hastaliklari davosi 🟢 Inson o'z kamchiliklarini bilish yo'llari Umuman olganda deyarli kitobdagi barcha ilmlar kishini go'zal axloqli bo'lishga targ'ib qiladi va unga yetaklaydi. 📖 Vaholanki, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: "Qiyomat kunida har qanday qulning tarozisini eng og'ir bosadigan amaltaqvo va go'zal axloqdir". Alloh subhanahu va taolo xalqimizni go'zal qilgani kabi xulqimizni ham go'zal aylasin! Amiyn ajmaiyn! 🌙 ♥️♥️♥️♥️ @sadece_biryolcu

#ramazon🕯️ Kirib kelgan muborak mohi Ramazon barchamizga xayrli va barokatli bo'lsin!🌿 Alloh subhanahu va taolo ushbu oyda
#ramazon🕯️ Kirib kelgan muborak mohi Ramazon barchamizga xayrli va barokatli bo'lsin!🌿 Alloh subhanahu va taolo ushbu oyda ato etadigan jamiiki ne'mat va xayrlariga musharraf bo'lishligimizni nasib etsin! ⌛️Vaqtni g'animat bilaylik... @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024 10.03.2024 📚 "Ayollar uchun 40 hadis" 📝 Ahmad Yunus Fulaytiy 📚 "Ishonchli bog'lanish" 📝 Adem Gunesh

#feeling Yoqimli yomg'ir 🌧️❤️"mazali" kitoblar 📚❤️bahor🌷❤️Ramazon❤️❤️Halovat🩷 Faqat sen kamsan Madinam💚 @sadece_biryolcu
+2
#feeling Yoqimli yomg'ir 🌧️❤️"mazali" kitoblar 📚❤️bahor🌷❤️Ramazon❤️❤️Halovat🩷 Faqat sen kamsan Madinam💚 @sadece_biryolcu

Ey yolcu! Sana bir daralma gelirse yararınadır, kaygılanma… Sürekli yaz mevsimi olsaydı güneşi bahçeye yakıp kavururdu. Mevlâ
Ey yolcu! Sana bir daralma gelirse yararınadır, kaygılanma… Sürekli yaz mevsimi olsaydı güneşi bahçeye yakıp kavururdu. Mevlânâ Rumi kuddise sirruhu @sadece_biryolcu

"Bandalarga oz berilgan yaxshi sifatlardan biri kamgaplikdir". @sadece_biryolcu
"Bandalarga oz berilgan yaxshi sifatlardan biri kamgaplikdir". @sadece_biryolcu

To'laqonli baxtiyor bo'lish uchun baxtga egalik qilishning o'zi kamlik qiladi, buning uchun unga munosib ham bo'lish kerak. V
To'laqonli baxtiyor bo'lish uchun baxtga egalik qilishning o'zi kamlik qiladi, buning uchun unga munosib ham bo'lish kerak. Viktor Gyugo @sadece_biryolcu

#tanlov_uchun 🤍 Mohi Ramazon keldi! Erta bahor oyining nasim shamoli esdi Insonlar saxiylikda, karamlilikda yeldi Qalblarda shu on sog'inch, shirin o'rtanish kezdi Sabab ummatga ne'mat mohi Ramazon keldi! Qani yeching g'am, huzun, oqibatsizlik to'nin Taqvo ila bezaning, qalblar ko'p qora bo'ldi Mehr-shafqatla toping barcha qalblarda qo'nim Axir rahmatlarga kon Mohi Ramazon keldi! Unda Qur'on nozil bo'ldi, ruhlarga shifo bo'ldi Shafqatsizlik, jaholat o'rniga ilm to'ldi Qalblarga xo'b sakinat, yuzlarga nurlar indi "U"nga yaqin qilguvchi Mohi Ramazon keldi! Ushbu oy, har bir oni sizga Muborak bo'lsin Jismingiz-u ruhingiz fayz, barokatga to'lsin Nafs mujodalasinda sizga g'oliblik kelsin Al-Mui'izz Robbimizdan Mohi Ramazon keldi! Haq yo'lda sobit turing, sodiqlar birla bo'ling! Qalbingizga yaxshilik, taqvo, zuhd naqshin o'ying! Himmat 700 jamosinda ilmga, nurga to'ling! Ruhiy poklanish oyi Mohi Ramazon keldi! Jism chanqog'i qoldi, lek ruhlar och va tashna Allohga yetmoqlikka ma'rifat kerak bo'ldi Shu on ular chorlashdi har keksa har bir yoshni Qalbda himmat uyg'oting Mohi Ramazon keldi. Himmatda oliy himmat, xulqi kamolga yeting! Oxirat manziliga buyuk sharafla keting Allohga shunchakimas oliy maqomla yeting Buyuk Rayyon sari yo'l Mohi Ramazon keldi! ✍️ Zohida bintu Ravshan Bifazlillah 06.03.2024 @sadece_biryolcu

Sen solan çiçeğe dahi su ver. Allah niyete bakar... @sadece_biryolcu
Sen solan çiçeğe dahi su ver. Allah niyete bakar... @sadece_biryolcu

Repost from N/a
#tanlov 🥳 Ham ilm oling, ham kitob! Muborak Ramazon oyi kirib kelayotgani munosabati bilan fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Mu
+2
#tanlov 🥳 Ham ilm oling, ham kitob! Muborak Ramazon oyi kirib kelayotgani munosabati bilan fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub "Hadis va hayot 9-juz Ro'za kitobi" bo'yicha tanlov e'lon qilamiz! Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu mo'jaz kitobini o'qib chiqib, sizga taqdim etiladigan test sinovida qatnashsangiz kifoya! Biz test sinovida ishtirok etganlardan uchta eng baland natija ko'rsatgan ishtirokchilarimizni kitoblar ila taqdirlaymiz! 🥇 - o'ringa: "Riyozus solihiyn sharhi" kitobi 🥈 - o'ringa: "Saodat asri qissalari" kitoblar to'plami 🥉 - o'ringa: "Tanbehul g'ofiliyn" kitobi 📝 Bu boshqa ishtirokchilar tanlovda yutqazganlarini anglatmaydi balki siz Ramazon oyini unga oid ilm ila yanada yashnatgan bo'lasiz! 💡 Tanlovdan maqsad: "Ro'za ahkomlarini o'rganib ushbu bizga berilgan Ramazon oyidagi fursatdan unumli foydalanish va unda Alloh ato etadigan ne'matlarga  qanday yo'llar ila yetishishdan boxabar bo'lish! ❗️Diqqat! Test ishlash jarayonida kitobdan foydalanish, kimdandir yordam olish mumkin emas! Bu bilan ham bizni, ham o'zingizni aldagan bo'lasiz!
"Kim aldasa bizdan emas" Rosululloh sollallohu alayhi vasallam
Test o'tkaziladigan vaqt: 1⃣7⃣- mart Yakshanba 1⃣1⃣:0⃣0⃣ 📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏 Tanlovga oid savollaringiz bo'lsa, izohlar bo'limiga yozib qoldirishingiz mumkin! Solih_solik