en
Feedback
Sadece yolcu

Sadece yolcu

Open in Telegram

Mevla görelim neyler Neylerse güzel eyler 🌱 • student at TDPU • librarian • copywriter I'm here @zahidatunbot

Show more
208
Subscribers
-124 hours
+37 days
+1930 days
Posts Archive
Shundaylar kanalga nima maqsadda qo'shilishadi, bilganlar bormi?
Shundaylar kanalga nima maqsadda qo'shilishadi, bilganlar bormi?

#ibodat va zikr ahliga tavsiyalar Allohning nazdida eng ustun bo'lishni istaysizmi? "Qiyomatda Alloh nazdida eng ustun bo'lga
#ibodat va zikr ahliga tavsiyalar Allohning nazdida eng ustun bo'lishni istaysizmi? "Qiyomatda Alloh nazdida eng ustun bo'lganlar Allohni ko'p zikr qilganlardir". @sadece_biryolcu

Assalomu alekum til ixlosmandlari🤗🤗🤗 Ingliz tilini boshlanģich darajadan upper-intermediate darajaga olib chiqishni xohlovchilar uchun online kurs taklif qilmoqchiman🔥 Bunda 2 hafta davomida bepul õqiysiz, keyin esa sizga ustozaning dars õtish uslubi yoqsa, hamyonbop narxlarda davom ettirish imkoniyati mavjud bõladi. Kursda 4ta skill bõyicha har biriga alohida urģu berib õqitiladi, shuningdek, comprehension ya'ni tushunish qobiliyatini oshirish uchun birgalikda inglizcha filmlar, qiziqarli videolar kõrilib tahlil qilinadi, levelga mos hikoyalar õqitilinib, turli xil speaking clublar õtkaziladi. Bonus sifatida esa siz shaxsiy rivojlanishga oid qimmatli darslardan ham bahramand bõlishingiz mumkin🔥 Bunda til õrganish jarayonida Intizom Barakali odatlar Ruhiy rivojlanish Xotirani kuchaytirish kabi darslar õtiladi. Shoshiling!!!⚡️⚡️⚡️ Kursga bor yõģi 5 kishi faqat qizlar qabul qilinadi. 📝Darslar 12 apreldan boshlanadi 👩‍💻Batafsil ma'lumot: @Ilm_yolida21 [Yaqin dugonalarimizdan birlari shunday dars boshlamoqchi ekanlar, Alloh xayrli qilsin, bizning vazifa dalolat qilish :) ]

#mart_sarhisob2024  01.04.2024 🌧️ Mart oyida o'qilgan kitoblar: 1. "Ayollar uchun 40 hadis" Ahmad Yunus Fulaytiy 2. "Alloh uchun sevmoq" Imom G'azzoliy 3. "Aso" Fotih Duman 4. "Ramazonni qanday o'tkazamiz?" Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy 5. "O'lim holatlari va oxirat ishlari borasida eslatma" Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr 6. Hadis va hayot 9-juz "Ro'za" kitobi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 7. "Tavhid kaliti" Usmon Nuriy To'pbosh 8. "Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar" Imom Sha'roniy 9. "Ishonchli bog'lanish" Adam Gunesh Alhamdulillah bifazlillah Tugatishga ulgurmaganim: "Kifoya" 1-juz ☀️ Aprel oyida o'qish reja qilingan kitoblar: 1. "Kifoya" 1-juz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2. "Ranjimang va ranjitmang" Usmon Nuriy To'pbosh 3. "Onalik san'ati" Adam Gunesh 4. "Tengsiz namuna" Usmon Nuriy To'pbosh 5. "Dunyo Jannati" Usmon Nuriy To'pbosh 6. "Erkak kishi kamolotida ayolning o'rni" Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy 7. "Solih farzand qanday tarbiya qilinadi?" Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy 📚 O'qish shunday ne'mat-ki, sen unda har kuni yangilanib borasan. Muallif tafakkur gulzorida sayohat qilasan go'yo... Alloh o'ylagan niyatlarimizga erishmog'imizga muvaffaq qilsin! Qalbimizda ilmga bo'lgan muhabbatni bardavom qilsin! (Vaqt juda tez o'tyapti Subhanalloh, Alloh vaqtimizga baraka bersin!) @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024 31.03.2024 📚"Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar" ✍️ Imom Sha'roniy
"Dunyodagi g'am-qayg'u Alloh zikrini unutish miqdoricha bo'ladi".
Hikmatlarning zarchashmasi atalmish ushbu mo'jazgina kitob muzlagan qalblarga issiqlik, g'aflatdan mast bo'lgan qalblarga esa bedorlik ato etadi! (Inshaallah) "Kim nimaniki eng ko'p sevsa, uni ko'p zikr qiladi" deydilar, shu on qalbimizga nazar solib shubhasiz Allohni sevamiz deya iddao qilamiz, ammo uning isbotiga kelganda esa holimiz o'zimizga ayon... ⚠️ "Alloh sizni eslashini xohlaysizmi?" - deyishsa "ha" deymiz, ammo "Unda zikr qiling" , deyilganda esa yana yuz buramiz. Zikr ne'matini ulug' qilgan va uni ado etishni bandalariga oson etgani ham biz uchun ne'matdir aslida. Ammo yana Undan g'aflatdamiz. Nahotki shunchalik ham qalblarimiz tosh qotgan bo'lsa, nahotki bu dunyoga shunchalik ham aldangan bo'lsak, subhanalloh! Hammamiz uyqudamiz. Ammo ushbu kitob sizni uyg'otishi aniq. Bu kitobni avval ham o'qiganman, lekin qo'limga olganim holda uni birinchi o'qiganimdanda ko'proq zavq, shavq va avvalgidanda ko'proq nafsimdan pushaymolik ila o'qidim. Har bir musulmon bilishi zarur bo'lgan eng go'zal hikmatlar aynan shu kitobda jamlangan. Kitob o'zgacha tarzda tuzilgan bo'lib, undan quyidagi mavzular o'rin olgan: ✅ Qalb g'aflatiga sabab bo'luvchi illatlarQalbni poklashga va uyg'otishga doir tavsiyalarIymonning quvvatlanishiga vasila bo'luvchi amallarIlohiy huzurga erishtiruvchi nurli yo'lZikr va uning ahamiyatiZikr qilish odobi, eng muhim duolar va go'zal munojotlar Kitob bizlarga nega bunchalik g'amga botib qolganimiz va huzur-halovatdan bebahra ekanligimizni anglatadi. Allohim barchamizni g'aflat uyqusidan uyg'otib O'zining zikridan bedor bo'lishimizni nasib etsin, jaholat mastligidan bizlarni hushyorlikka chiqarsin! Amiyn! (Hozirgi "trend"da bo'lgan va qo'lma-qo'l bo'layotgan o'nta kitobga ham alishmagan bo'lar edim bu kitobni...) Ushbu oyni go'zal hissiyotlar va hikmatlar ila yakunlashni nasib qilgan Allohga O'zining ulug'ligicha hamd va sanolar bo'lsin! 31.03.2024 @sadece_biryolcu

Bir qurtning kapalakka aylanishi uchun pillaga, bir bolaning dunyoga kelmog'i uchun onaga, bir urug'ning daraxt bo'lmog'i uch
Bir qurtning kapalakka aylanishi uchun pillaga, bir bolaning dunyoga kelmog'i uchun onaga, bir urug'ning daraxt bo'lmog'i uchun tuproqqa ehtiyoji bo'lsa, insonning ham komil bir shaxsiyat bo'la olishi uchun Qur'oni Karimga ehtiyoji bor. 📚 "Tavhid kaliti" kitobidan @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024   30.03.2024 📚 "Tavhid kaliti" ✍️ Usmon Nuriy To'pbosh
"Xushdur menga Sendan kelgan, Yo g'unchagul, yoxud tikan, Yo xil'atu, yoxud kafan, Qahring ham xush, lutfing ham xush..."
Islom va iymon ne'mati ila siylagan Robbimizga beadad hamd-u sanolar bo'lsin! Bizlar uchun eng go'zal o'rnak bo'lgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga cheksiz salotu salomlar bo'lsin! Insondan dunyo va oxiratda muvaffaqiyat uchun ma'naviy barkamollik talab qilinadi. 🟠Ammo ma'naviy barkamollikka qanday erishiladi? 🟠Sinov va qiyinchilik hayotida musulmon kishi qalbini nima mustaxkam qiladi? 🟠Islom shaxsiyatini namoyon qilishda biz kimlarga ergashamiz? 🟠Tavhid kaliti tishlari nimalardan iborat? 🟠Inson naslining ziynati kim? va yana ko'plab go'zal mavzularda ushbu kitobda so'z yuritiladi. ⭐️ Go'zal axloqlardan bo'lmish marhamat, ilohiy taqdirdan mamnunlik va ayniqsa "Seni o'ldirishga kelgan, senda tirilsin" sarlavhasi ostida kelgan solihlarimiz tomonidan ro'y bergan voqealar insonni hayratlantirmay qo'ymaydi. Mavzu so'ngida eng dolzarb mavzulardan bo'lmish "huzur va saodatli oila qanday va qay xislatlar ila barpo qilinishi" to'g'risida so'z boradi. ❕Ushbu kitobda har bir mo'min kishi bilishi zarur bo'lgan eng muhim nasihatlar jamlangan desak yanglishmagan bo'lamiz! @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024 30.03.2024 📚 Hadis va hayot 9-juz "Ro'za" kitobi ✍️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Bugungi sizni kuchli va tajribali qilgan kechagi zarbalardir! @sadece_biryolcu
Bugungi sizni kuchli va tajribali qilgan kechagi zarbalardir! @sadece_biryolcu

#not 📚 "Kitap okumuyorsa evlenme" :) Charles Darwin "Kitaplara bile dost değil, bana yoldaş olamaz". @sadece_biryolcu
#not 📚 "Kitap okumuyorsa evlenme" :) Charles Darwin "Kitaplara bile dost değil, bana yoldaş olamaz". @sadece_biryolcu

#davomi Kitob bu – "ko'zoynak"! U ila "g'aflat bosgan" ko'zlarimiz ila "tikan" deb o'ylaganlarimiz aslida "gul" ekanligini, "gul" deb o'ylaganlarimiz esa "tikan" ekanligini, "musibat" deb o'ylaganlarimiz ne'mat ekanini, ba'zi "ne'mat" deb ataganlarimizni esa musibat ekanligini anglab yetamiz! Kitob bu – "tarjimon"! U orqali qarshingizdagi, umuman olganda atrofingizdagi insonlarni anglay boshlaysiz, ularning qalbidagini so'zsiz, tushintirishlarsiz tarjima qila boshlaysiz! Kitob bu – "cho'pon"! Nafsimiz bebosh qo'ylar kabi qaytarilgan chegaradan chiqib "o'tlay boshlaganida", uni qaytaradi, haddidan oshganida esa "savalaydi" ham... Kitob bu – "ko'zgu"! Atrofingizdagilar ming sizni "hammadan yaxshisan, afzalsan" deya maqtaganlarida, sizga asl yuzingizni, balki qalbingizni-da kirliklarini ko'rsatib turadi! Kitob bu – "xarita"! U orqali "asl xazina" "qayerda ekanligini", unga qay yo'llar yordamida borish oson va xavsizligi, unga eltuvchi yo'lda sizni kutib turgan "jarliklar", xavfli hududlarni ko'rsatib beradi. Kitob bu – "Hiro"! Siz insonlardan qochib unga borganingizda sakinat topasiz! Allohning hikmatlari qalbingizga yanada tajalli eta boshlaydi... Kitob bu – nima deyishga hayronman?! Chunki kitob o'qishni boshlaganimga ikki yil bo'ldi! Kech uyg'ondim, ammo u menga ortdagi  g'aflatda o'tgan yillarimni shu ikki yil ichida ortig'i bilan xayrlarga to'ldirib qaytarib berdi... Alhamdulillah... 🏠Zohida bintu Ravshan 27.03.2024 @sadece_biryolcu

📢📢📢 ☀️ Qadrdon "Shams" qalbingizni ilm ila yoritishda davom etadi! Va balki turfa tanlovlari ila aqlingizni ham shoshirib qo'yadi! ✨ Shunday ajoyib tanlovlardan biri – "Kitob siz uchun nima?" Ko'k yozuv ustiga bosish orqali shartlar ila tanishing va qalbingizni to'kib soling 😉 Bizning qalbimizdan to'kilganlari esa shu bo'ldi. Aslida bir piyola choy ustidaaa fikr yuritiladigan mavzu edi-da... ☕️ Kitob bu – hayot! Insonni o'z olamidan boshqa olamga yetkazuvchi bir yo'l! Xotirjamlik! Sevganlarimiz bilan uchrashtiruvchi visol ko'prigi! Dunyoning zulmatidan qochganingda qalbingga nur sochuvchi bir yorug'lik! Kitob bu men uchun go'zal bo'lgan hamma narsa va balki nafas ham demakdir! Ba'zida shunday holatlar bo'ladi-ki, kitob ichida yashaysan, sakinat topasan, kitobni yopging kelmaydi, uni yopsang undan tashqaridagi muhitdan nafas olishga ham qiynalasan... Kitob menga "hayot" berdi! O'z olamimni jaholat ila kirlatganimda u menga ilm berdi. Jaholat botqog'idan xalos etdi! Demak, kitob xaloskor ham! U sizni jaholat xorligidan qutqarib, Payg'ambarlar merosi - ilm bilan ziynatlaydi! Kitob bu – muhabbat eshigi-ki, seni "ko'ngilsizlar" ko'chasidan olib, asl muhabbat - buyuk qalb egalari huzuri sari eltadi... Qanday ham go'zal bo'lmasa bu kitob deganlari... @sadece_biryolcu

#deep Qiyinchilik muqarrar, yengilish esa sizning tanlovingizdir! Rodjer Krouford @sadece_biryolcu
#deep Qiyinchilik muqarrar, yengilish esa sizning tanlovingizdir! Rodjer Krouford @sadece_biryolcu

#iqtibos Abu Atohiya aytadi: Odamlarga ajablanaman, Agar fikr qilsalar va nafslarini hisob qilsalar, Dunyoni tashlab, boshqas
#iqtibos Abu Atohiya aytadi: Odamlarga ajablanaman, Agar fikr qilsalar va nafslarini hisob qilsalar, Dunyoni tashlab, boshqasiga o'tardilar. Chunki dunyo ular uchun o'tish yo'lagidir. Ertaga mahsharga borsa bilarki, Taqvo ahlining faxridan o'zga faxr bo'lmas. Insonlar jamg'arganlari orasida eng yaxshisi Taqvo va yaxshilik ekanligini biladilar. @sadece_biryolcu

#yakun_mart2024    25.03.2024 📚 "O'lim holatlari va oxirat ishlari borasida eslatma" ✍️ Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr
«U o‘lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekaningizni sinash uchun yaratdi. U o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir» (Mulk surasi, 2-oyat).
Albatta har bir jon o'limni totguvchidir! Har bir nafs qilgan harakatiga, kechirgan hayotiga yarasha mukofotlanishi yoki jazo olishi uchun hisob Kuniga yo'liqadi. Ammo o'lim va oxirat haqida bizlarda mavjud bo'lgan ilm qanchalik? Ushbu kitobda: ✔️ O'limdan so'ng nimalar yuz beradi? ✔️ Mo'min va kofirlar, osiy mo'minlarning o'lim holatlari qanday bo'ladi? ✔️ Qiyomatdagi to'planish ✔️ Vafot etishdan oldin o'lim elchilarining qay holatda kelishi ✔️ O'lim holatida yuz beradigan hodislar ✔️ Qabr azobi va ikki farishta (ularga Allohning salovatlari bo'lsin) va ularning savollariga tegishli sifatlar ✔️ Jannat va do'zax va ungacha bo'lgan vaqtdagi hodisalar xabarlari ✔️ Undagi ne'matlar va azoblar haqidagi xabarlar to'g'risida so'z yuritiladi. 🔺 O'lim haq? Biz unga tayyormizmi? Zero, inson qaysi kun uning uchun eng so'nggisi ekanligini bilmaydi. Hatto-ki dunyo imtihonlarida muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun unga tayyorgarlik ko'ramiz-u, ammo o'limga tayyorgarlik ko'rmaymiz-mi? ⚠️Bizlar u haqida unutib qo'ydik lekin u unutmaydi, shu sababdan ham qalblarimiz qattiq, taqdir qilinganlariga qanoatsiz va ibodatlarda dangasamiz va balki hech qachon o'lmaydigandekmiz. Va hatto oxirat borasidagi xabarlarga necha bora duch kelsak ham qo'rqish ne'matidan mosuvo bo'lgandekmiz... Insonga eng yaxshi va'z nasihatchi esa o'limdir! Alloh dunyo-yu oxiratda ofiyat va salomatlik ato etsin!
وَٱدْخُلِى جَنَّتِى Va jannatimga kirgin! (Quran 89:30)
deya nido qilinuvchi bandalari safidan bo'lmaqligimizni O'zi nasib etsin! @sadece_biryolcu

Onalarning eng muhim vazifasi ummat uchun buyuk insonlarni taqdim qilishdir! @sadece_biryolcu
Onalarning eng muhim vazifasi ummat uchun buyuk insonlarni taqdim qilishdir! @sadece_biryolcu

#ramazan_11 🌙 Ne güzel günler Bahar, Ramazan ve yağmur @sadece_biryolcu
#ramazan_11 🌙 Ne güzel günler Bahar, Ramazan ve yağmur @sadece_biryolcu

"Uçmak için kuş olmak gerekmiyor? Küçük sevinçler olsun, yeter"... @sadece_biryolcu

Saharlik bizga bamdodga vaqtida uygʻona olishimizni koʻrsatadi. Taroveh bizga tungi tahajjudga tura olishimizni koʻrsatadi. R
Saharlik bizga bamdodga vaqtida uygʻona olishimizni koʻrsatadi. Taroveh bizga tungi tahajjudga tura olishimizni koʻrsatadi. Roʻza oʻzimizni nazorat qila olishimiz mumkingligini eslatadi. Ramazon bu—iymonimizning vaqtinchalik oʻzgarishi emas. Ramazon bizga, biz har kuni nimalarga qodir ekanimizni koʻrsatib qoʻyadi. - Farohun @sadece_biryolcu

Biz qachon "g'olib" bo'lamiz? 🤓 E'tibor berganmisiz, biror bir do'stimiz, yaqin insonlarimiz yoki umuman olganda tanishlarimiz qandaydir musibatga yo'liqqanida yoki ularni qandaydir muammo qiynayotgan bo'lsa ularga dalda beramiz. "Sendagi huzun gunohlaringga kafforat bo'ladi" yoki "Sabr qilsang bir zumda o'tib ketadi", kabi ko'plab maslahatlar beramiz. Biz bu masalaga tashqi tarafdan qaraganimiz uchun aynan uning foydasiga bo'layotganini, Alloh hech bir ishni behikmat qilmasligini anglab yetamiz. 😩 Ular esa har xil javob berishlari mumkin. "Sen meni o'rnimda bo'lmaganing uchun bilmaysan", "Bu juda og'ir, men bunga chiday olmayman", "Nega faqat men!", kabi isyonlarga ham guvoh bo'lamiz. Masala aynan shu yerda 🔺 Inson qachonki o'z muammolariga aynan o'z nuqtasidan emas, balki chetdan xuddiki o'sha birodarlari kabi nazar tashlay olganida edi, uning uchun bu "musibat" lar musibat emas balki hikmat bo'lib ko'ringan bo'lar edi. Shundagina biz ularni yengil sanar va go'zal sabr ila o'tkazgan bo'lardik balki. Inson o'ziga nasihat qilishni o'rganishi kerak. Sizdan chetdagi insonlar har doim ham sizga yaxshi nasihatlar beravermaydi. 😀 Ba'zilarining so'zlari qalbingizda "cho'g'" bo'lib turganni yanada alangalatadi. 💭 Shunday ekan, siz o'zingizga nasihatchi bo'ling! Nafsingizga nasihat qiling, qalbingizni Allohning va'dalari va ma'rifat ila ovuting. Unutmang! Siz qachonki o'zingizga nasihat qilishni o'rgansangiz "g'olib" bo'lasiz! Muammolaringizga aynan o'z nuqtangizdan emas, balki chetdan nazar tashlab, hukm chiqarishni o'rganing! 🔍Haqiqat har doim ham siz ko'ra olganlaringizda emas, balki ko'ra olmaganlaringizda ham bo'ladi. Ko'rganlaringiz sizni aldab qo'ymasin! 20.03.2024 @sadece_biryolcu