Milliy kinomarkaz📽
Open in Telegram
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rasmiy sahifasi Official page of the Center for the Development of National Cinematography of Uzbekistan Официальная страница Центра развития национальной кинематографии Узбекистана ☎️ +998 77 173-31-11
Show more850
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
March '25
March '25
+5
in 1 channels
February '25
+34
in 3 channels
Get PRO
January '25
+46
in 2 channels
Get PRO
December '24
+107
in 7 channels
Get PRO
November '24
+87
in 4 channels
Get PRO
October '24
+57
in 6 channels
Get PRO
September '24
+133
in 25 channels
Get PRO
August '24
+155
in 15 channels
Get PRO
July '24
+96
in 14 channels
Get PRO
June '24
+107
in 26 channels
Get PRO
May '24
+125
in 32 channels
Get PRO
April '24
+65
in 4 channels
Get PRO
March '24
+101
in 13 channels
Get PRO
February '24
+57
in 8 channels
Get PRO
January '24
+123
in 11 channels
Get PRO
December '23
+114
in 6 channels
Get PRO
November '23
+76
in 25 channels
Get PRO
October '23
+230
in 10 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 14 March | +1 | |||
| 13 March | 0 | |||
| 12 March | +1 | |||
| 11 March | 0 | |||
| 10 March | 0 | |||
| 09 March | +1 | |||
| 08 March | 0 | |||
| 07 March | 0 | |||
| 06 March | 0 | |||
| 05 March | +1 | |||
| 04 March | 0 | |||
| 03 March | 0 | |||
| 02 March | +1 | |||
| 01 March | 0 |
Channel Posts
🎞 “Matonatli Maryam”
Kinotalqin koʻrsatuvining navbatdagi sonida rejissyor Umrbek Roʻzimov boshchiligida suratga olinayotgan “Matonatli Maryam” badiiy filmi haqida lavha oʻrin olgan.
#MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube
| 2 | 🎞 Hafta premyerasi: Qutqaruvchi
Dasturning navbatdagi sonida Ilhom Atamirzayev rejissyorligida suratga olgan kartinada Mehri Bekjonova, Ubaydulla Omon va Zuhra Ashurova singari aktyorlar turli obrazlarni ijro etishgan.
Film vatanparvarlik, kasbga sadoqat va sevgi-muhabbat singari insoniy tuygʻularni tarannum etadi.
“Qutqaruvchi” badiiy filmi Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida tez kunda namoyishi boshlanadi!
#MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 524 |
| 3 | 🎞Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida rejissyor Ilhom Atamirzayev tomonidan suratga olingan «Qutqaruvchi» badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kartina tomoshabinlarni samimiy insoniy tuyg‘ular olamiga chorlab, vatanparvarlik, kasbga sadoqat va muhabbatning ulug‘vor kuchini tarannum etadi.
🔺🔺🔺
🎞 Во дворце Национального киноискусства Узбекистана состоялась премьера художественного фильма «Qutqaruvchi», снятого режиссёром Ильхомом Атамирзаевым.
Картина погружает зрителя в мир искренних человеческих чувств, воспевая патриотизм, преданность своему делу и силу любви.
#MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 2 362 |
| 4 | 🇺🇿🇭🇺Дни узбекского кино в Венгрии: узбекский фильм "Илхак" вызывал бурю эмоций у зрителей
#Kinotalqin #MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 122 |
| 5 | 🟦🟦 OAV biz haqimizda
“Kinotalqin” koʻrsatuvining navbatdagi sonida Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olinayotgan yangi filmning kadr orti jarayonlari va “Adolat” badiiy filmining premyerasiga bagʻishlangan lavhalar oʻrin olgan.
#Kinotalqin #MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 919 |
| 6 | 🟦🟦 OAV biz haqimizda
“Kinotalqin” koʻrsatuvida “Vaʼda” badiiy filmining premyerasi va mashhur operator Abdurahim Ismoilov ijodiy uchrashuviga bagʻishlangan lavhalar ketgan
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 683 |
| 7 | Budapeshtning tarixiy “Uraniya“ kinoteatrida oʻzbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan yangi filmlari “Oʻzbek kino kunlari“ doirasida namoyishi oʻtkazildi.
Tadbir barcha kino ixlosmandlari va madaniy hordiq talabgorlarini bir manzilda yigʻishga muvaffaq boʻldi. Unda Vengriya Milliy kino instituti Prezidenti Chala Kael, Oʻzbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov va Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ishtirok etishi.
Ushbu tadbir — sanʼat nafaqat xalqlarni birlashtirishi, balki u orqali oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish imkoni mavjudligini koʻrsatadi. Kino yangiliklarini kuzatib boring, zero oʻzbek kinosi jahon arenalariga qaytmoqda!
🔺🔺🔺
В историческом кинотеатре «Урания» в Будапеште состоялось незабываемое событие – показы новых узбекских фильмов в рамках Дней узбекского кино в Венгрии!
Мероприятие собрало ценителей кинематографа и культурного обмена. В числе выступающих – Президент Национального института кино Венгрии NFI, господин Чаба Каэл, Чрезвычайный и Полномочный посол Узбекистана в Венгрии Ойбек Шахавдинов и директор Агентства кинематографии Узбекистана Шухрат Ризаев, которые поделились своими впечатлениями и взглядом на развитие киноиндустрии.
Это событие – яркий пример того, как культура объединяет народы и создаёт уникальные возможности для международного диалога. Следите за новостями, ведь узбекское кино покоряет сердца зрителей по всему миру!
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 149 |
| 8 | BUDAPESHTDA “O‘ZBEK KINOSI KUNI” O‘TKAZILADI!
🏘 31-yanvar kuni Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Vengriya milliy kino instituti va O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida ilk bor “O‘zbek kino kuni” tashkil etiladi. Ushbu tadbirda kino muxlislarning mehrini qozongan “Ilhaq”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” hamda yaqinda premerasi bo‘lib o‘tgan “House” va “Pandemiya” filmlarining namoyishi rejalashtirilgan.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligidagi kinoijodkorlar delegatsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda.
“PANDEMIYA” filmi haqida
Filmda 2019-yil butun dunyo boshiga tushgan “Koronavirus” epidemiyasining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va bu tahlikali vaziyatda xalqimizning o‘zaro mehr oqibati, birdamliligi, sinovlarga bardoshi va mazkur jarayonda davlatning xalq oldidagi majburiyatlari ifoda etiladi.
Notanish dard qarshisida ojiz qolgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi Qoraboyev ushbu virusga chalingan ilk bemorni kuzatar ekan undagi holatlar dunyo afkor ommasi bong urayotgan xastalik simptomlariga mos ekanligini aniqlaydi. Zudlik bilan soha vakillarini jamlab vaziyat tizginini o‘z qo‘liga olishga urinadi.
Shifokorlar oylab uyiga bormay, turnaqator kelayotgan bemorlarni davolashga harakat qilishadi. Yo‘qotish iztirobini boshdan kechirishadi. Ammo, mana shunday vaziyatda chin insoniy fazilatlar yuzaga qalqib chiqadi. Kimdir bemorning hayotini saqlab qolish uchun jonini jabborga bersa, tag‘in kimdir shu vaziyatdan ham mo‘maygina daromad orttirish ishtiyoqida qing‘ir ishlarga qo‘l uradi.
Shuningdek, filmda sevgi-muhabbat, or-nomus, kasbga sadoqat kabi umuminsoniy tuyg‘ular baland pardalarda talqin etilgan.
“FARIDANING 2000 QO‘SHIG‘I” filmi haqida
Film voqealari 1917-yilgi rus inqilobidan so‘ng yuz bergan fuqarolar urushi davrida O‘zbekiston qishloqlaridan birida sodir bo‘ladi.
Film qishloqda yashovchi yer egasi haqida hikoya qiladi. Erkakning uch nafar xotini merosxo‘r dunyoga keltirmagan. Shu bois zamindor to‘rtinchisiga uylanishga qaror qiladi. Barcha chigalliklar shundan so‘ng boshlanadi. Xotinlariga yomon munosabat, kundoshlarning o‘zaro ixtilofi yangi munosabatlarni shakllantiradi. O‘ta nozik va tuslanuvchan tabiatga ega rishtalar alaloqibat darz ketadi. Bolsheviklarning hukumat tepasiga kelishi ayollarning jamiyatdagi rolini o‘zgartiradi.
“ILHAQ” filmi haqida
“Ilhaq” filmi real voqealarga asoslangan. Filmda Zulfiya Zokirovaning Ikkinchi jahon urushi davridagi hayoti hikoya qilinadi. Zulfiya besh o‘g‘lini urushga kuzatadi. Afsuski farzandlarining hammasi halok bo‘ladi. Ulardan to‘rttasining rafiqasi bor edi, keyinchalik kelinlar boshqa turmush qurmaydi. Zulfiya aya qora maktublar olsa ham, umrining so‘nggi kunlarigacha farzandlarining qaytishiga umid qilib yashaydi. Film Rossiyada halok bo‘lgan urush qahramonlarining qabri haqidagi ma’lumotlar va yodgorlik toshi tasviri bilan tugaydi.
“HOUSE” filmi haqida
Qishloqda fojia yuz beradi: yoshlar orasida keng tarqalgan xavfli chellenjdan beva ayolning yolg‘iz o‘g‘li vafot etadi. Hech qanday jinoiy ish ochilmaydi. Alamzada ayol o'g'lining qotilini izlab shaharga yo‘l oladi. U bu yo‘lda yengil hayot tarziga ko‘nikib qolgan TikTokerlar hayoti bilan tanishadi. Ularning o‘tkinchi shon-shuhrat ortidan quvishi, adolat yo‘lida turli to‘siqlar yaratadi. Ayol voqealar rivojida o‘z qadriyatlarini taftish qilib, o‘zini qaytadan kashf etadi.
📝 Ma’lumot uchun, budapeshtlik tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinishi kutilayotgan filmlar Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan bo‘lib, Turkiya, Xitoy, Belarus va Rossiya kabi o‘ndan ortiq mamlakatlarning kinoteatrlarida namoyish qilingan. Bundan tashqari, ushbu filmlar xalqaro kinofestivallarda ham munosib ishtirok etib kelishmoqda.
🎬 Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram❕ | 684 |
| 9 | Ayub Shahobiddinov rejissyorligida suratga olingan "Bahorni quvib" filmi haqida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Oyina.uz portalida kinoshunos Shohida Eshonboboyevaning tahliliy parchasi eʼlon qilindi.
Maqolani ushbu havola orqali batafsil o‘qishingiz mumkin!
Taʼkidlab o‘tish joizki, "Bahorni quvib" filmining katta premyerasi joriy yilning bahor faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu voqea kinoshunoslar va sanʼat ixlosmandlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda!
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 915 |
| 10 | 🟦🟦
🎥 Oʻzbek kinosi: rivojlanishmi yoki umidsizlik?
🎬 Nega ayrim filmlar moliyalashtiriladi, boshqalari esa chetda qolib ketadi?
🎞 Davlat va xususiy sektor: qaysi biri kino sanoatiga koʻproq taʼsir qilmoqda?
Tomoshabinlar va mutaxassislarni qiziqtirayotgan ushbu savollarga kino sohasining ichki jarayonlarini yaxshi biladigan soha vakillari hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov javob beradi.
Koʻrsatuv davomida bilib olasiz:
⏺milliy kino sanoati aslida qay darajada rivojlanayotgani,
⏺qaysi filmlar tomoshabin kutgan darajada, qaysilari esa eʼtiborsiz qolayotgani,
⏺nima uchun bizning kinematografiya hali jahon bozorida raqobat qila olmayapti.
📹 “Rostini ayting” dasturining toʻliq shakli bizning YouTube kanalimizda. Koʻring va bilib oling!
🗿 Yoshlar telekanali
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 735 |
| 11 | Yoshlar telekanali taqdim etadi: "Rostini ayting" ko‘rsatuvi
🎥 Milliy kino sanoati qanday rivojlanmoqda?
🎬 Davlat va xususiy filmlar o‘rtasidagi asosiy farqlar qanday?
Bu savollarga javob izlayapsizmi? Unda "Rostini ayting" ko‘rsatuvini albatta tomosha qiling!
Ko‘rsatuvda milliy kinoning bugungi holati, sohadagi yangiliklar, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, kino dunyosining qiziqarli jihatlari haqida bilib olasiz.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 2 |
| 12 | 🗞 “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 21-yanvar sonida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, professor Shuhrat Rizayev qalamiga mansub “O‘g‘lon o‘zing, darmon o‘zing!” nomli maqolasi e'lon qilindi.
❗️Ushbu maqolada rejissyor va ssenariy yozuvchi dramaturglar uchun ham eksklyuziv takliflar keltirib o'tilgan.
Maqola shunday satrlar bilan boshlanadi:
🤳 Umrning kuzagidaman. Ehtiroslar tinib, xazon hidi ufura boshlagan shu pallada bunchalar mutaassir bo‘laman deb o‘ylamagan edim. Ha, hissiyot asov daryo o‘laroq vujudni u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqa itqitgandek muvozanatni tiklab olishga yo‘l bermayapti. Nahotki, nahotki necha-necha davrlar o‘tib endi bu masalaning bori mohiyatiga yetyapmiz, deya o‘zimga hayajon aro savollar beraman. Qulog‘im ostida jaranglayotgan o‘ktam ovoz, dadil fikr, yolqinli munosabat va qat’iyat, ijro uchun paydar-pay berilayotgan amaliy topshiriqlar hushyor torttiradi. Beixtiyor ong ostidagi xotiralar, kechmishlar qiyosga keladi, ong ustidagi qabul qilayotganing ma’lumot-axborotlar o‘tmish manzaralarni jonlantiradi...
Maqolani batafsil o'qish uchun shu yerga bosing.
🎬 Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram❕ | 681 |
| 13 | 📣 🇺🇿 YANGI FILM SURATGA OLINMOQDA
⚡️ Maryam Sultonmurodova 1922-1928 yillarda Germaniyada taʼlim olib kelganidan so‘ng, uni “Turkiston” josuslik tashkilotining aʼzosi deb, jinoyat kodeksining 60- va 67- moddalari bilan ayblab, qamoqqa oladilar. Tergov jarayonida uning aybsizligi isbotlanadi va qo‘yib yuboriladi. 1949 yilda yana bir bor qamoqqa olinib, O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 57-moddasi 1-band va 67-moddalar bilan aybdor deb topilib, Kasnoyarsk o‘lkasiga surgun qilinadi.
Rejissyor Umrbek Ro‘zimov boshchiligida suratga olinayotgan yangi film ham, aynan mana shu matonatli ayolning taqdiri, hayot yo‘li va boshidan kechirganlariga bag‘ishlanadi. Bosh rolni o‘zbek kino sanʼatining mahoratli vakilasi Dilnoza Kubayeva ijro etgan.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 826 |
| 14 | 📣 🇺🇿 PREMYERA!!!
⚡️ Rejissyor Shahzod Nosirxo‘jayev boshchiligida suratga olingan "Qahramonning qaytishi" badiiy filmining premyerasi bugun soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bo‘lib o‘tadi.
Asar yoshlarni hushyorlikka undash, Vatanga muhabbat uyg‘otish, ota-onaning qadrini anglashga chorlash hamda ularni kelajakka, sportga va bilim olishga ishtiyoqni oshirishga qaratilgan.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 739 |
| 15 | 🎞 Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida «Vaʼda« badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi.
Badiiy film yoshlarning harbiy taʼlim olish jarayoni, intizom va masʼuliyat his qilishga oʻrganish kabi muhim jihatlarga bagʻishlanadi.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 729 |
| 16 | 🟦🟦 Kinotalqin
#OAV_Biz_haqimizda #MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 845 |
| 17 | 📣 🇺🇿 “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan katta premyera!!!
⚡️Joriy yilning 14-yanvar kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Va'da” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Film yoshlarning harbiy ta'lim olish jarayonini, intizom va mas’uliyat his qilishni o‘rganish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi muhim jihatlarni aks ettiradi. Shuningdek, asarda do‘stlik, sadoqat, jasorat va vatanparvarlik kabi oliyjanob qadriyatlar ulug‘lanadi.
Filmda Anvar Azimov, Mehriddin Rahmatov, Dilmurod Masaidov, Dilmurod Qambarov, Muslim Nuraliyev, Mohichexra Islomova, Rahmatilla Valiyev, Mehridilbonu Ergashova kabi aktyorlar turli obrazlarni ijro etishgan.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 802 |
| 18 | 📹 Hafta premyerasi: Adolat
Oʻz ishiga sadoqat va masʼuliyat bilan yondashuvchi huquq-tartibot xodimining hayoti, navbatdagi jinoyatni tergovi boshlangandan soʻng oʻzgarib ketadi.
“Hafta premyerasi” loyihasining yangi sonida oʻtkir syujetli badiiy film.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 169 |
| 19 | 🇺🇿 «14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni« munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bir nechta badiiy va hujjatli filmlarning premyeralari boʻlib oʻtmoqda. Xususan, shu kunlarda quyidagi filmlarning taqdimoti boʻlib oʻtdi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari faoliyatiga bagʻishlangan «Adolat« badiiy filmi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy aviatsiya instituti faoliyatiga bagʻishlangan, «Yangi Oʻzbekiston lochinlari« hujjatli filmi.
3. Qurolli kuchlar Akademiyasi faoliyatiga bagʻishlangan, «Ulugʻvor qalb bilan qutlugʻ saflarga« hujjatli filmi.
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti faoliyatiga bagʻishlangan «Zamonaviy harbiy instituti« hujjatli filmi.
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 327 |
| 20 | #Premyera
2025-yil 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida oʻz ishiga sadoqat va masʼuliyat bilan yondashuvchan huquq-tartibot xodimlarning faoliyatiga bagʻishlangan “Adolat” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
Ilhom Muhammadibragimov va Zohid Zokirov rejissyorligida suratga olingan badiiy filmda Raʼno Shodiyeva, Matyoqub Matjonov, Bobur Yoʻldoshev, Shaxsanem Abdijamilova va Umid Xoʻjayev kabi taniqli aktyorlar turli obrazlarni ijro etishgan.
#MilliyKinematografiya #OʻzbekKinosi
🗄🗄🗄
📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | 1 012 |
