en
Feedback
Mushoira klubi

Mushoira klubi

Open in Telegram

🏢 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil qilingan "Mushoira" klubi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 📝 “Mushoira” klubi loyihasi muallifi @YULDUZVOQQOSOVA

Show more
427
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1630 days
Posts Archive
✨„Ona, men ham talaba bo'ldim“👩🏻‍🎓✨ 🎙️Yulduz Voqqosova @voqqosova_blogi

EʼLON Hurmatli ijodkorlar, Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida yurt shaʼnini himoya qilgan va olimp shoxsupa
+9
EʼLON Hurmatli ijodkorlar, Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida yurt shaʼnini himoya qilgan va olimp shoxsupasiga ko‘tarilgan sportchilarga bag‘ishlangan sheʼrlaringizni @fozilfarhod1 telegram manziliga yuborishingizni so‘raymiz! Muallif va uning tug‘ilgan yiliyam qayd etish esdan chiqmasin. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati ЭЪЛОН Ҳурматли ижодкорлар, Париж-2024 ёзги Олимпия ва Паралимпия ўйинларида юрт шаънини ҳимоя қилган ва олимп шохсупасига кўтарилган спортчиларга бағишланган шеърларингизни @fozilfarhod1 телеграм манзилига юборишингизни сўраймиз! Муаллиф ва унинг туғилган йилиниям қайд этиш эсдан чиқмасин. Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 24-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir etish xususida” (Deyl Karnegi) 🔴 “Qo‘rqma” (Javlon Jovliyev)
Tanlov g‘olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Acer noutbuk; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon; 🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon; 🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Repost from N/a
#tavallud_sana 📖O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941-yilning 5-avgustida taval
#tavallud_sana 📖O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941-yilning 5-avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. 📋Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo‘limida o‘qish bilan «Temiryo‘lchi», «Toshkent haqiqati», «Qizil O‘zbekiston» kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966—1982 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri, 1982—1985 yillarda G‘. G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari, 1985 yildan boshlab esa «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlab keladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi bo‘lib ham ishlagan.

Tanlov eʼlon qilinadi “VATAN UCHUN YASHAYLIK!” O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab eng yaxshi nasriy, sheʼriy va badiiy publitsistik asarlarning anʼanaviy “Vatan uchun yashaylik!” Respublika tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovga 2023 yilning 1 avgustidan 2024 yilning 10 avgustiga qadar respublikamizdagi vaqtli matbuot va adabiy nashrlarda eʼlon qilingan yoki kitob holida chop etilgan badiiy-publitsistik maqolalar, ocherklar, nasriy va sheʼriy yo‘nalishdagi asarlar taqdim etilishi mumkin. Ularda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan, xalqimizning milliy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan ichki va tashqi siyosat borasidagi tub o‘zgarishlar, inson qadri oliy mezon bo‘lgan yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida qo‘lga kiritilgan zafarlar, mard va matonatli xalqimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va maʼnaviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jon fido etgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan ota-bobolarimizning ibratli hayoti, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati targ‘iboti kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilishi lozim. Tanlov ishtirokchilari (muallif haqida maʼlumot, pasport nusxasi, manzil va bog‘lanish telefon raqamlarini ilova qilgan holda) o‘z ijodiy ishlarini “Vatan uchun yashaylik” ko‘rik-tanloviga deb ko‘rsatgan holda Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosi manziliga yuborishlari kerak. Yuborilgan ijodiy ishlar 2024 yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi hamda tanlov hayʼati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun telefon: (71) 231-83-67. TANLOVGA MARHAMAT, AZIZ IJODKORLAR! O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

Munosabat ADABIYOTGA EHTIROM Adabiyot millat tanlamaydi. U so‘z qudrati bilan qalblarni zabt etadi, insonlarning tafakkur olamini boyitadi. Prezidentimiz adabiyotimizning ravnaqi, porloq istiqboli va ijod ahlining isteʼdodidan to‘laqonli foydlanishi borasida nihoyatda kuyinchaklik bilan eʼtibor qaratib kelmoqda. "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarorning qabul qilinishi ushbu fikrimizning yana bir yorqin isbotidir. Qaror bilan tanisharkanmiz, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodiga qanchalik hurmat va qiziqish bilan qarasak, o‘zbek va qoraqalpoq xalqining faxri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining boy adabiy merosini ham katta qiziqish va muhabbat bilan keng o‘rganishimizdan quvondik. Ayniqsa qarorda belgilanganidek, Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt,sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovini, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovining o‘tkazilishi eʼtirofga loyiqdir. Bu tanlovlarda yoshlarimiz ustoz shoir ijodini chuqur o‘rganib, yaqinroq tanishishidan tashqari, asarlaridan to‘la bahramand bo‘lishadi. Shuningdek, o‘zlarining yangi isteʼdod qirralarini namoyon etishadi va eng quvonarlisi yangidan-yangi ovozlar, nomlar kashf qilinadi. Yana bu borada qarorda ko‘rsatib o‘tilganidek, shoirning “Tanlangan asarlar” to‘plamining o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr etilishi ayni muddaodir. Yoshlarimiz Ajiniyoz Qo‘siboy asarlari bilan tanisharkan, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashi yana-da yuksaladi, ona-Vatanga, tug‘ilgan go‘shaga mehru muhabbatlari oshadi. Zotan, adabiyotning vazifasi ham insonlarni ezgu maqsadlar, porloq istiqbol sari chorlashdir. Noriniso Qosimova, Sirdaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Андижон вилоят бўлими томонидан Андижонлик ижодкорлар учун "Андижон оқшомлари" мушоира кечаси ташкил этилди. Батафсил видеода Каналга обуна бўлинг ➡️https://t.me/sharq24uz

O‘zbek tiliga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti Kuni kecha Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomli ijod maktabida "O‘z
+4
O‘zbek tiliga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti Kuni kecha Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomli ijod maktabida "O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati", "O‘zbek tilining izohli lug‘ati", "Ona tilim mangu makonim" va "Davlat tilida ish yuritish" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotshunos olimlar, tilshunoslar, adiblar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim boshlig‘i, professor Yorqinjon Odilov hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Rustam Mirvohid so‘zga chiqib, mazkur to‘plamlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Yig‘ilganlarga ushbu kitoblarning yaralishi haqidagi videorolik namoyish etildi. Tadbir so‘nggida ijod maktabiga, viloyatdagi kutubxonalar hamda oliygohlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi

Repost from Yoshlar.edu.uz
#Qisqa_hikmatlar 🔹Mumtoz adabiyotimiz namunalari orasida baʼzan shunday baytlar, misralar borki, ularni mutolaa qilgan inson
#Qisqa_hikmatlar
🔹Mumtoz adabiyotimiz namunalari orasida baʼzan shunday baytlar, misralar borki, ularni mutolaa qilgan inson qalbi va ruhiyatida ajib bir o‘zgarish, poklanish sodir bo‘lganini his etadi. Bu g’azallar oddiy ilhom lahzalarida emas, ilohiy ilhom to‘lqinlaridan tug’ilgan bo‘lsa ajabmas. Bolalarimiz mana shu bebaho va beqiyos maʼvolardan bebahra qolmasligi kerak (Erkin Vohidov).
🔹Katta adabiyotda umrboqiy mavzular aks etishi kerak (Chingiz Aytmatov).
🔹Adabiyotga vijdon ishi deb qaragandagina adib barkamol asarlar yaratishi, hayotning yangi-yangi qatlamlarini ochishi, tirik obrazlar kashf etishi mumkin (Mahmud Saʼdiy).
🔹Adabiyot – insonni odob-axloqli, iymon-eʼtiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalaydi (Saydi Umirov).
🔹Yangilanayotgan dunyo – poklanayotgan dunyodir. Yangi adabiyot – yangi so‘z, yangi til deganigina emas, balki yangi dunyo, yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir (Nazar Eshonqul).
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

🤩Zomin qaldirg'ochlarini uchirdi. Ularning ijodiga omad tilaymiz. Ishtirokchilar safida Mushoira klubi a'zolari borligi barchamizni quvontirdi. Tabriklaymiz Barchangizni💐💐💐👏👏👏

#Zomin_2024 Zomin seminari mushoira bilan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

#Zomin_2024 Zomin seminari qatnashchilari dastlab Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi.

Men g'amgin odamman... ✍Suhrob Ziyo she'ri 🎙Abdulla Maxmatqul o'qidi @mushoira_klubi

Repost from Yoshlar.edu.uz
🇺🇿 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun ☑️“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, bugun 32 yil to‘ldi. ❗️O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blankalarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi. 🔹O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Xumo qushi ko‘rinadi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Repost from Edu.uz
#yoshlar_kuni #tabrik Aziz yoshlar! Bugun jamiyatimizing eng shijoatli, maqsad sari intiluvchan, ijodkor vakillari – siz yosh
#yoshlar_kuni #tabrik Aziz yoshlar! Bugun jamiyatimizing eng shijoatli, maqsad sari intiluvchan, ijodkor vakillari – siz yoshlarni alohida e’tirof etiladigan kun. Sizlar yurtimiz kelajagi, umidimiz va ertamiz bunyodkorisiz. Sizning orzularingiz, intilishlaringiz va yutuqlaringiz Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti asosidir. Sizning har biringizda dunyoni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan noyob iste'dod va salohiyat bor. G'ayratingiz, bilimga va kashfiyotlarga intilishingiz jamiyatimizni yanada kuchli va mukammal qiladi. Yoshlar kuni dadil g'oyalar va loyihalaringizni amalga oshirishga azmu gʻayrat qilisgingiz uchun sabab bo’ladigan kun boʻlib xotirangizda qolishini istardim. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarning rivojlanishi, ilm-fan va tadqiqotlarga intilishini qo'llab-quvvatlaydi. Biz sizlarning oʻz kuchli tomonlaringizni kashf qilishingiz va maqsadlaringizga erishishingiz mumkin bo'lgan muhitni yaratish uchun bor imkoniyalarni safarbar qilishga tayyormiz. Sizga orzularingizni ro'yobga chiqarishda kuch-gʻayrat, ishonch va koʻtarinkilik tilayman. Har kuningiz yangi kashfiyotlar, ijodiy yutuqlar va quvonchli daqiqalarga boy boʻlsin. Yoshlar kuni muborak bo'lsin! Yangi marralarga erishisish saodatidan bahra boʻlish hamisha nasib etaversin! Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

Repost from Yoshlar.edu.uz
🤝 Yurtimizda "Yoshlar kuni"! 🔴Orzu, ishonch, jasorat, tuzilgan ulkan rejalar tomon intilish, istiqbolning boshlanishi hisob
🤝 Yurtimizda "Yoshlar kuni"! 🔴Orzu, ishonch, jasorat, tuzilgan ulkan rejalar tomon intilish, istiqbolning boshlanishi hisoblanmish yoshlik ayyomi barchaga muborak bo'lsin! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi siz yoshlarni chin dildan muborakbod etib, bo‘lg‘usi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qoladi! 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

TAKLIFNOMA    Shu yilning 1-iyul kuni soat 11:00da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtadi.  Anjuman doirasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yosh shoir Hasan Asrayevning “Ezgu niyat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi hamda bir qator yosh ijodkorlarga Yozuvchilar uyushmasi aʼzolik guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan. Tadbirga barcha yoshlarni va qiziquvchilarni taklif etamiz. Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati