ABDUVOSIT ABDURAHIMOV
Open in Telegram
* * * Men undan vafoni etmayman talab, Boʻlmasa ishqimni soʻylar edimmi?! U meni sevadi, qalbga oʻt qalab Sevmasa men uni oʻylar edimmi?! ©ABDUVOSIT ABDURAHIMOV @Dilgayaqin_bot bogʻlanish
Show more120
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-530 days
Posts Archive
#dildagi_gaplar
Eh arazchi goʻzal qiz, arazlaring bor boʻlsin,
Yoʻqsa siqilmoq uchun men topolmasman sabab...
His etmay yozgandan yozmagan yaxshi,
His etmay yozganga qalb turar qarshi...
Birodar, yigʻlasang yigʻladim deb yoz,
Dillarni tigʻlasang, tigʻladim deb yoz.
Bu hayot murakkab, mukammal emas,
Bilib qoʻy dunyolar hech gʻaming yemas.
Bir inson bor erur hatto berur jon,
Sen oʻsha insonni deysan: "OYIJON"🥹
✍ Abduvosit Abdurahimov
Repost from Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin seminari” yakunlandi.
Ijodkorlar o’z yo’nalishlari bo’yicha ustozlardan kerakli maslahatlarni olishdi, albatta, bu mahorat darslari yosh shoir va yozuvchilarimizga hayotda o’z o’rnilarini topishda yo’lchiroq bo’lib xizmat qiladi.
Yosh ijodkorlarimiz sertifikat, esdalik sovg’alar va homiylarimiz tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
+5
#Zomin_2025
Zomin seminari Respublika bosqichining mashgʻulotlari shoʼbalarga boʻlinib oʻtkazilmoqda. Kechki mushoiralar soat 24:00 gacha davom etmoqda.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid andijonliklar bilan suhbatda Bobur yurti Andijonga mehrini izhor qildi va birgalikda suratlarga tushdi.
Suratlarda seminar jarayonidan lavhalar.
@Yozuvchilar_Andijon
Shunday insonlar borki, ular bilan tanishganingga ming pushaymonlar yeb ketasan...
Aqlingga ishonib bagʻringni tilsang,
Sen uni aldagin, yolgʻon toʻqigin.
Ayrilib ketamiz debon siqilsang,
Muhammad Yusufning sheʼrin oʻqigin...
"Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qoʻshilib yigʻlasharmidik.
Biz baxtli boʻlamiz Xudo xohlasa
Xudo xohlamasa uchrasharmidik..."
