en
Feedback
O‘QITUVCHI

O‘QITUVCHI

Open in Telegram

Dunyoda bitta kasb bor, bu-o‘qituvchilik. Qolgan kasblar esa uning mahsulidir! Reklama uchun @reklomga

Show more
8 641
Subscribers
No data24 hours
-737 days
-32830 days
Posts Archive
🔰SERTIFIKATI BOR 11-SINF OʻQUVCHILARI YAKUNIY DAVLAT IMTIHONIDAN OZOD ETILADI, BIROQ... Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlar fandan ozod qilinadi. ❗️Unga ko‘ra: Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga 5 baho beriladi. Milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga quyidagicha baho qo’yiladi. A, A+ uchun 5 baho B, B+ uchun 4 baho C, C+ uchun 3 baho beriladi. Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi. Manba: 🔰MAKTAB kanali 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

📣📣📣🔔🔔🔔🟠🟠🟠 Habel akademiyasi tayyorlangan o‘qituvchilarining 80% i toifali bo‘lishdi. ❓Nega? Qanday darslar evaziga?
📣📣📣🔔🔔🔔🟠🟠🟠 Habel akademiyasi tayyorlangan o‘qituvchilarining 80% i toifali bo‘lishdi. ❓Nega? Qanday darslar evaziga? Bugun Habel akademiyasining qimmatli kursidan @habelonatili kanalida  namuna beriladi. Mavzu: Urg'u va bo‘g‘in Dars kech soat 2⃣1⃣: 0⃣0⃣da  oliy toifali, habel akafemiyasi asoschisi Dilafro‘z Fayzullayevna tomonidan  o‘tiladi.
Habel ustozlari qanday qilib yuqori ballarni qo‘lga kiritganini bilishni istasangiz, bugungi darsda sizni kutamiz.
http://t.me/habelonatili http://t.me/habelonatili http://t.me/habelonatili

🔰SINF RAHBARI DAFTARINI ELEKTRON HOLDA HAM YURITSA BO'LADIMI? Javob: Ha, elektron holda yuritish mumkin. MMTV ning 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i 5-ilovasi bilan sinf rahbarlari daftari tasdiqlangan. Ushbu daftarda uni elektron holda ham yuritish mumkinligi quyidagicha bayon etilgan. "Mazkur daftar sinf rahbarlari tomonidan qog‘oz yoki elektron ravishda yuritilishi mumkin. Sinf rahbari daftariga ijodiy yondashilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ushbu daftarning yuritilishi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan o‘quv yilining har bir choragi yakunida nazorat qilinadi." 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠 Matematiklar uchun ajoyib taklif biz sizga kafolatlangan kurs taklif qilamiz agar natija bo'lmasa to'lovni to'liq qaytaramiz. ⏳ Kuzda bo'ladigan attestatsiya hamda Milly sertifikat uchun qabul boshlandi. ✅ Darslarimiz 12.05.2025 dan boshlanadi. 📓 IDC algebra va IDC geometrya testlar toplami toliq ishlab chiqamiz va Attestatsiyda va Milliy sertifikatda tushgan misollar to'liq tahlil qilinadi. Shu darajadagi Moclar ham ishlanadi. 💳 To'lov bir martalik 450 000 som 💵 Ikkiga bolib tolash imkoniyati ham mavjud: 💵 1-to'lov 12.05.2025 gacha ➡️ 250 000 som 💵 2-to'lov 03.06.2025 gacha ➡️ 200.000 som Tolov uchun 9860120185103294 (Matnazarov Sarvar nomida) (scrinshotini @qabul_admin5 ga yuborasiz scrinshotsiz tolov haqiqiy hisoblanmaydi.) Kurs hamda kurs kafolati haqida to'liq maʼlumot olish uchun yuqoridagi fayl bilan yaxshilab tanishib chiqing yoki kurs taqdimotini korib chiqing. 🎯 Bizning telegram kanalimiz. https://t.me/+zbEaQXKsSQZkOThi https://t.me/+zbEaQXKsSQZkOThi https://t.me/+zbEaQXKsSQZkOThi

🔰Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga 9-may —  Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor. Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi. Hamma yo’nalishda. Joriy o’quv yilidan. Hozirgi sirtqi talabalar o’qishini davom ettiraveradi • Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni joriy yilda sirtqiga hech kim olinmaydi. Boshqacha aytganda, 1 yarim oydan keyin boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi; • mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi; • bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yo’nalishlarda tugatiladi. Ya’ni falon yo’nalishda sirtqi bor, piston yo’nalishda sirtqi yopildi, degan gap yo’q. Endi hech qaysi yo’nalishga sirtqi uchun talaba qabul qilib bo’lmaydi; • hozir o’qiyotgan yuqori bosqich talabalari o’qishini sirtqida davom ettiraveradi. Ya’ni sirtqi uchun qabul to’xtatildi, sirtqiga boshqa yangi talaba olinmaydi, ammo sirtqilarning o’zi yopilgani yo’q; • sirtqining o’rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo’yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko’proq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo’yicha o’qitishga ruxsat beriladi; • oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo’yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo’l qo’yilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan ko’p qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan o’lchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin bo’ladi; • magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o’qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o’qitsa bo’ladi. ©Xushnudbek 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰YAKUNIY IMTIHON O‘TKAZISH SANALARI QUYIDAGICHA: 🔔9-SINFLAR UCHUN 🔸Ona tili va adabiyot / Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) 27-may, 2025 🔸Matematika   30-may, 2025 🔸O‘zbekiston tarixi 3-iyun, 2025 🔸Jismoniy tarbiya 1–6-may, 2025 🔔11-SINFLAR UCHUN 🔹Ona tili va adabiyot 28-may, 2025 🔹Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) 28-may, 2025 🔹Matematika (Asosiy) 31-may, 2025 🔹Matematika (Chuqurlashtirilgan) 31-may, 2025 🔹O‘zbekiston tarixi 4-iyun, 2025 🔹Tanlov fanlari 7–10-iyun, 2025 Asos: MMTV ning 2025-yil 11-aprel kungi 03-32-1021 sonli ko‘rsatma xati 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

❓Рус тилини тушунасизу лекин гапиролмайсизми? Тилни билмаганиз сабаб баъзан ҳамкасблар орасида ҳам уялиб қоласизми? Ёки тил б
Рус тилини тушунасизу лекин гапиролмайсизми? Тилни билмаганиз сабаб баъзан ҳамкасблар орасида ҳам уялиб қоласизми? Ёки тил билмаганиз сабаб лавозимиз ошмаяптими? ⚡️Унда Сиз 9 йиллик тажрибага эга рус тили ўқитувчиси Нигина Наврузованинг 3 кунлик БЕПУЛ дарсларида қатнашишингиз керак! 6-7 ва 8-майда бўлиб ўтадиган дарсларда Рус тилида 0 дан равон гапириш даражасига олиб чиқувчи осон методларни ўрганасиз! 📚Қабул тугашига 2 соат вақт қолди, ҳозироқ ёпиқ дарс каналига қўшилинг!👇🏻

🔰Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik. 📄Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi. 💪 Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi. 🗓 Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab): ➖birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball); ➖ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball). ❗️Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi). 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

💰OYLIKLAR HAM XADEMAY TUSHADI. Sizga oylik to‘g‘ri hisoblanyaptimi? O‘zingiz mustaqil oyligingizni hisoblab ko‘ring. Hoziroq /start tugmasini bosing va qancha oylik tushishini hisoblab ko‘ring! Oylikni hisoblab ko‘rish

#Diqqattarqatingmuhim 📌FAQAT BOSHLANGʻICH TAʼLIM USTOZLARI OʻQISIN 🙋‍♀️ ATTESTATSIYA JARAYONLARI BOSHLANDI 1⃣9⃣⏏️0⃣0⃣ DA EN
#Diqqattarqatingmuhim 📌FAQAT BOSHLANGʻICH TAʼLIM USTOZLARI OʻQISIN 🙋‍♀️ ATTESTATSIYA JARAYONLARI BOSHLANDI 1⃣9⃣⏏️0⃣0⃣ DA ENG KO`P NATIJA KO`RSATGAN KANALDA ☺️ TUSHGAN TESTLAR TAHLILI 📢 📝HAR DAQIQALIK TUSHGAN TESTLAR TAHLILI 💪MAʼNAVIY KUCH VA MOTIVATSIYA KERAKMI?
UNUTMANG ‼️ BIZDA BIR KISHI HAMMA UCHUN HAMMA BIR KISHI UCHUN
BUNDAN TASHQARI ATTESTATSIYDAN SOʼNG KUZGI ATTESTATSIYAGA HAM 2️⃣OY SIZNI  BEPUL  OʼQITAMAN 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 @attestatsiya2024Nasiba @attestatsiya2024Nasiba @attestatsiya2024Nasiba

⚡️Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan. Unga ko‘ra; ➖2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish; Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish; Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish; Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰JISMONIY TARBIYA FANIDAN IMTIHON OʻTKAZISH TARTIBI. Imtihon MMTV ning 65-son buyrugʻi asosida, oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun amaliy shaklda oʻtkaziladi. 9 – sinfini tugatgan oʻquvchilar jismoniy tarbiya fanidan taʼlim dasturi boʻyicha standartlar asosida belgilangan kompetensiyalarga ega boʻladilar. Har bir imtihon biletining topshiriqlari jismoniy tarbiya fani boʻyicha 8-, 9-sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan. Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 10 ta bilet (5 ta qiz bolalar uchun, 5 ta oʻgʻil bolalar uchun) taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 3 tadan (1 ta yengil atletika, 1 ta gimnastika va 1 ta sport oʻyinlari) amaliy topshiriq beriladi. Bilet topshiriqlarini amaliy bajarib berish vaqti, biletning oʻzida koʻrsatilgan. Berilgan topshiriqlardan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan 2 ta variant tuzilib, eʻlon qilinadi. Jismoniy tarbiya fanidan imtihon biletlari va tavsiyalari bu yerda 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🤯[БЕПУЛ] Қандай қилиб Рус тилида 0 дан равон гапириш даражасига чиқиш мумкин? 11 йиллик тажрибага эга мутахассис Зарина Исмо
🤯[БЕПУЛ] Қандай қилиб Рус тилида 0 дан равон гапириш даражасига чиқиш мумкин? 11 йиллик тажрибага эга мутахассис Зарина Исмоиловна Рус тилини 0 дан натижагача ўрганишни 100% аниқ йўлларидан бирини топди. 🚀 Бу йўлни Ўзбекистонлик қизиқувчиларга мутлоқ БEПУЛга ўргатишга қорор қилди. Айнан 30-апрель ва 1-май кунлари соат 20:30’да барча сирлар очилади ва БEПУЛ ўргатилади! Ҳаволани босиб ёпиқ каналга қўшилишга улгуринг чунки 71% жойлар тўлиб бўлди. 👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш 👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш 👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш

🔰Milliy sertifikat test natijalarini hisoblash Milliy sertifikat test natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra: 🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja. A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi. B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔰KUNDALIK COMDA (emaktab) SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA 1⃣ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib, vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish; 2⃣ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish; 3⃣ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish; 4⃣sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish; 5⃣o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish; 6⃣umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan vazifalar bajarilishini ta'minlaydi. Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

🔺♦️♦️♦️♦️🔺 🔺🔺♦️♦️🔺 Gapirmasak bo'lmaydi ♦️ Attestatsiya haqidagi e'tirozlar, fikrlar; ♦️ Internet bilan muammolar; ♦️ Sa
🔺♦️♦️♦️♦️🔺 🔺🔺♦️♦️🔺 Gapirmasak bo'lmaydi ♦️ Attestatsiya haqidagi e'tirozlar, fikrlar; ♦️ Internet bilan muammolar; ♦️ Savollardagi kamchiliklar; ♦️ Aslida xato kimda va hokazo. Shu turdagi savollarga o'z munosabatimizni bildiramiz va sizning ochiq fikrlaringizni eshitamiz. 🔺 Ochiq muloqotda siz ham ishtirok eting. 🔺🔺🔺♦️♦️ ♦️♦️♦️🔺 kech soat 🔺🔺:🔺🔺da http://t.me/habelonatili da boshlanadi. Kanalga obuna bo'lish 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 http://t.me/habelonatili http://t.me/habelonatili http://t.me/habelonatili

🔰O'QUVCHILAR IJARAGA BЕRILGAN DARSLIKLARNI YO'QOTIB QO'YSA YЕTKAZILGAN ZARAR QANDAY QOPLANADI? “Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kеlib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini  to'lashi shart. O'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to'laydi: ✅1 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida; ✅2 - 4 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida; ✅5 - 11 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning to'rt baravari miqdorida. Umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasidagi darsliklar vat o'quv-mеtodik qo'llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo'yicha to'lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdеk o'quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta'lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii

❗️❗️❗️❗️😊😊😊😊 ✅Ona tili va adabiyot ; ✅Matematika,Fizika ; ✅Kimyo , biologiya ; ✅Musiqa ,Jismoniy tarbiya ; ✅Boshlang’ich
❗️❗️❗️❗️😊😊😊😊 Ona tili va adabiyot ; ✅Matematika,Fizika ; ✅Kimyo , biologiya ; ✅Musiqa ,Jismoniy tarbiya ; ✅Boshlang’ich ta’lim ustozlari Pedagogik mahorat siz uchun qanday testlar tushishini bilasizmi?
Men sizga bu sirni ochaman
Har kuni 1⃣9⃣⏏️0⃣0⃣ da NASIBA ABDULLAYEVA kanalida 🔸TUSHADIGAN TESTLAR 🔸TUSHGAN TESTLAR
DARSda qatnashish uchun eʼlonni 5 ta taʼlimga oid guruhga yuborib skrinshotni izohlarda qoldirib link oling
Toifa olmoqchimisiz hoziroq qoʻshiling ❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️ @attestatsiya2024Nasiba @attestatsiya2024Nasiba @attestatsiya2024Nasiba

🔰PEDAGOG XODIMLAR ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO‘RA QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHI KERAK 🔤oliy toifa uchun  80 ball va undan yuqori 1️⃣birinchi toifa uchun 70 ball va undan yuqori 2️⃣ikkinchi toifa uchun 60 ball va undan yuqori 🔤mutaxassis toifa uchun 55 balldan 59 ballgacha ⚠️55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno. 📚Hujjat Bot O‘qituvchilar kanalining manzili bu yerda👇👇👇 https://t.me/oqituvchii