cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

Show more
Advertising posts
4 643
Subscribers
+224 hours
+1037 days
-6 03530 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
⚡️OAVlarda "Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizchaning qo‘llari ko‘kartirib tashlandi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi❕ 📍Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida joriy yilning 20-may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002-yilda tug‘ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh.(2021-yilda tug‘ilgan, qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022-yilda tug‘ilgan) qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan. 📌 Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan A.Sh. ning onasi M.S 2024-yil 20-may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan☑️. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
49816Loading...
02
⚡️OAVlarda “Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi❕ 📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 20-may kuni Andijon viloyati IIB ga 1986-yilda tug‘ilgan O‘.X. (erkak) murojaat qilib, 18-may kuni 2019-yilda tug‘ilgan farzandi M.A. (o‘g‘il bola) Andijon shahrida joylashgan nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyachisi F. Gʻ. (ayol) farzandini yuziga bir necha bor tarsaki urganligini aytgan. 🖇 Hozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 97126Loading...
03
#matematika #yosh_bilimdonlar 🏅Kuni kecha Xalqaro Nordik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan "Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi" (TasIMO) bellashuvi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdik. 🔊 Xalqaro darajadagi olimpiada UNICEF, Jahon Banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, IDC o‘quv markazi, AQSHning Rowan va Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetlari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda 75 mingdan ortiq 3-11 sinf va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar. 🧠 3 bosqichdan iborat bo‘lgan musobaqaning ahamiyatli jihati shundaki, unda 43 ta mamlakatdan matematika bo‘yicha eng kuchli bolajonlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Natijada, 450 million so‘mni tashkil etgan sovrin jamg‘armasi o‘z egalarini topdi va mukofotlar bilimdonlarga munosib ravishda topshirildi🎁. 🧮 Aniq fanlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘lgan bunday turdagi musobaqalar yurtimizda matematika fanini yuksaltirish, iste’dodli yoshlarning qobiliyatini charxlash, va albatta kuchli yosh-matematiklarni kashf etishiga ishonchimiz komil. Telegram|Facebook|Instagram|X
8402Loading...
04
#hamkorlik #sud #bolalar_huquqlari 📍Bugun “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) Sonya Prostran bilan uchrashuv o‘tkazdik. 📌 O‘tgan davr ichida O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tahlil qilinib, endilikda reja qilinayotgan loyihalar, bunda Bolalar ombudsmanining faol va konstruktiv ishtiroki borasida suhbatlashdik. 🖇 Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024 –2027 yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida: - 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini ta’minlash; - bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish; - odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi🤝. Ma’lumot uchun: Ushbu dastur O‘zbekiston sud-huquq tizimida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida milliy sud tizimining samaradorligini kuchaytirish doirasidagi islohotlarga texnik ko‘mak berib keladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
7516Loading...
05
#fan_musobaqasi 📣 "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqaga 1 KUN QOLDI! Respublika bo'yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun o‘tkazilayotgan fizika fanidan onlayn musobaqada o‘z bilimlaringizni, albatta sinab ko‘ring. O‘tkazilish vaqtlari: 🗓 22-may, chorshanba, ertaga 8-sinflar uchun - 15:00 da; 9-sinflar uchun - 17:00 da; 10-11-sinflar uchun - 19:00 da. 📌 Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz quyidagi botlardan biridan foydalaning: @tasimo3_bot @tasimo2_bot @tasimo1_bot @tasimo_bot ⚙ TasIMO botlaridan foydalanish YO‘RIQNOMASI! 📞 Batafsil ma'lumot olish: +998555084400   @nordikedu 🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
56118Loading...
06
📌 Bugun Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdik. 🖇 Ushbu muassasa 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, deyarli 10 yil davomida turli ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarga, jumladan, nogironligi bor bolalarga kompleks ravishda tibbiy, ijtimoiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatib keladi. ❕Shu bilan birga, markaz bolalarga faqatgina ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, balki ularning ijtimoiy moslashuvi muammolarini hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqadi. 📝 O‘rganishimiz davomida mutaxassislar asosan “Montessori” usulini (usul mohiyati - bolani jazolamasdan hamma narsani bajarishni uning o‘ziga qo‘yib berishdan iborat) qo‘llashi guvohi bo‘ldik. Bu esa, o‘z navbatida bolajonlarda mustaqil fikrlash, shaxsiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi. 🏣 Shuningdek, muassasada psixologik terapiya, art-terapiya, ertak terapiyasi, gidromassaj va maxsus adoptatsiya, musiqa, sport va boshqa ixtisoslashtirilgan ko‘mak xonalari mavjud. 🧩 Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi fan va amaliyotning hamohangligi maskani bo‘lgan ushbu markaz faoliyati bilan tanishar ekanmiz, bolajonlar yaratgan ijod namunalari har biri o‘zgachaligi, kichkintoylarning ichki olamini namoyon qilishini ko‘rib quvondik. 🔹Shubhasiz, bunday o‘ziga xos bolajonlarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik va diskriminatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda zarurdir. Markaz bilan bu boradagi hamkorligimizni faol davom ettiramiz. Telegram|Facebook|Instagram|X
8872Loading...
07
#fotolavha #bolalar Bolalar ombudsmanining Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hayeti bilan tanishuvidan fotolavha📸
7811Loading...
08
⚡️OAVlarda "Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi❕ 🖇️ Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani Maktab va Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17-may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010-yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishib, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan, algebra o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan. N.M. maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan. 📌 Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 11130Loading...
09
📌 Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda. ⚡️Aniqlanishicha, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan. 🖇️ Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan 150-170 metr balandlikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan. Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan❕ Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 25629Loading...
10
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi samosud qilindi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. ❕Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. 📌Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB ga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan. 🖇Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni B.S. ni o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan. Mazkur voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan❗️ 🔗 Shuningdek, tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 21314Loading...
11
📌 Bugun Senatning 52-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. ❕Mazkur qonun bilan mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanmoqda. 🖇 Bundan tashqari, tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi, muassasada qutining o‘rnatilishi, ochilishi hamda murojaatlarni yuborish mexanizmi qonunan yo‘lga qo‘yilmoqda. 🔹Bolalar ombudsmani qutilari orqali murojaatlarni qonunan o‘rnatilishi tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan va samarali instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Muhokamalar yakunida senatorlar tomonidan mazkur qonun ma’qullandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 3244Loading...
⚡️OAVlarda "Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizchaning qo‘llari ko‘kartirib tashlandi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi❕ 📍Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida joriy yilning 20-may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002-yilda tug‘ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh.(2021-yilda tug‘ilgan, qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022-yilda tug‘ilgan) qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan. 📌 Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan A.Sh. ning onasi M.S 2024-yil 20-may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan☑️. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
Qalampir.uz I расмий канал

Самарқанддаги боғчада 2 яшар қизчанинг қўллари тишланиб, кўкартириб ташланди (видео) Батафсил 👇👇👇

https://qalampir.uz/n/101830

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

👍 1
⚡️OAVlarda “Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi❕ 📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 20-may kuni Andijon viloyati IIB ga 1986-yilda tug‘ilgan O‘.X. (erkak) murojaat qilib, 18-may kuni 2019-yilda tug‘ilgan farzandi M.A. (o‘g‘il bola) Andijon shahrida joylashgan nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyachisi F. Gʻ. (ayol) farzandini yuziga bir necha bor tarsaki urganligini aytgan. 🖇 Hozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
Kun.uz | Расмий канал

Андижондаги боғчада тарбиячи болани калтаклади Ходим аввалига болани бошқа тарбияланувчига урдирган, кейин эса ўзи уни қаттиқ силтаб, юзига тарсаки тушира хонадан олиб чиқиб кетган. 👉

https://kun.uz/kr/85070900

Kun.uz расмий канали

😢 1
#matematika #yosh_bilimdonlar 🏅Kuni kecha Xalqaro Nordik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan "Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi" (TasIMO) bellashuvi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdik. 🔊 Xalqaro darajadagi olimpiada UNICEF, Jahon Banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, IDC o‘quv markazi, AQSHning Rowan va Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetlari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda 75 mingdan ortiq 3-11 sinf va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar. 🧠 3 bosqichdan iborat bo‘lgan musobaqaning ahamiyatli jihati shundaki, unda 43 ta mamlakatdan matematika bo‘yicha eng kuchli bolajonlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Natijada, 450 million so‘mni tashkil etgan sovrin jamg‘armasi o‘z egalarini topdi va mukofotlar bilimdonlarga munosib ravishda topshirildi🎁. 🧮 Aniq fanlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘lgan bunday turdagi musobaqalar yurtimizda matematika fanini yuksaltirish, iste’dodli yoshlarning qobiliyatini charxlash, va albatta kuchli yosh-matematiklarni kashf etishiga ishonchimiz komil. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
6👍 4🙏 3
#hamkorlik #sud #bolalar_huquqlari 📍Bugun “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) Sonya Prostran bilan uchrashuv o‘tkazdik. 📌 O‘tgan davr ichida O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tahlil qilinib, endilikda reja qilinayotgan loyihalar, bunda Bolalar ombudsmanining faol va konstruktiv ishtiroki borasida suhbatlashdik. 🖇 Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024 –2027 yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida: - 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini ta’minlash; - bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish; - odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi🤝. Ma’lumot uchun: Ushbu dastur O‘zbekiston sud-huquq tizimida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida milliy sud tizimining samaradorligini kuchaytirish doirasidagi islohotlarga texnik ko‘mak berib keladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
👍 3 2🔥 1
Repost from Tashkent_IMO
Photo unavailableShow in Telegram
#fan_musobaqasi 📣 "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqaga 1 KUN QOLDI! Respublika bo'yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun o‘tkazilayotgan fizika fanidan onlayn musobaqada o‘z bilimlaringizni, albatta sinab ko‘ring.
O‘tkazilish vaqtlari:
🗓 22-may, chorshanba, ertaga 8-sinflar uchun - 15:00 da; 9-sinflar uchun - 17:00 da; 10-11-sinflar uchun - 19:00 da. 📌 Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz quyidagi botlardan biridan foydalaning: @tasimo3_bot @tasimo2_bot @tasimo1_bot @tasimo_botTasIMO botlaridan foydalanish YO‘RIQNOMASI! 📞 Batafsil ma'lumot olish: +998555084400   @nordikedu 🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
Show all...
👍 3🙊 2
📌 Bugun Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdik. 🖇 Ushbu muassasa 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, deyarli 10 yil davomida turli ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarga, jumladan, nogironligi bor bolalarga kompleks ravishda tibbiy, ijtimoiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatib keladi. ❕Shu bilan birga, markaz bolalarga faqatgina ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, balki ularning ijtimoiy moslashuvi muammolarini hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqadi. 📝 O‘rganishimiz davomida mutaxassislar asosan “Montessori” usulini (usul mohiyati - bolani jazolamasdan hamma narsani bajarishni uning o‘ziga qo‘yib berishdan iborat) qo‘llashi guvohi bo‘ldik. Bu esa, o‘z navbatida bolajonlarda mustaqil fikrlash, shaxsiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi. 🏣 Shuningdek, muassasada psixologik terapiya, art-terapiya, ertak terapiyasi, gidromassaj va maxsus adoptatsiya, musiqa, sport va boshqa ixtisoslashtirilgan ko‘mak xonalari mavjud. 🧩 Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi fan va amaliyotning hamohangligi maskani bo‘lgan ushbu markaz faoliyati bilan tanishar ekanmiz, bolajonlar yaratgan ijod namunalari har biri o‘zgachaligi, kichkintoylarning ichki olamini namoyon qilishini ko‘rib quvondik. 🔹Shubhasiz, bunday o‘ziga xos bolajonlarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik va diskriminatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda zarurdir. Markaz bilan bu boradagi hamkorligimizni faol davom ettiramiz. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
🔥 2👍 1😍 1
#fotolavha #bolalar Bolalar ombudsmanining Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hayeti bilan tanishuvidan fotolavha📸
Show all...
1🥰 1😍 1
⚡️OAVlarda "Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi❕ 🖇️ Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani Maktab va Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17-may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010-yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishib, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan, algebra o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan. N.M. maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan. 📌 Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
Kun.uz | Расмий канал

Фарғонада мактаб директори ўқувчи қизни дарс вақтида калтаклади Ҳолат Бувайда туманидаги хорижий тилларга ихтисослашган мактабда содир бўлган. Kun.uz'га келиб тушган видеога кўра, директор 7-синф ўқувчисидан бошидаги “вандамка”ни ечишни талаб қилган. Ўқувчи бунга бўйсунмагач, мактаб раҳбари уни дўппослаган. 👉

https://kun.uz/kr/06914743

Kun.uz расмий канали

🤬 8👍 2 2👏 2
📌 Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda. ⚡️Aniqlanishicha, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan. 🖇️ Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan 150-170 metr balandlikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan. Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan❕ Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Show all...
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (

https://mssg.me/3aawe)

tanishishingiz mumkin.

👍 3

👍 6