en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels πŸ‘‰ If you want to see the tag, subscribe

Rahimov School

Rahimov School

Open in Telegram

πŸ“š Bitiruvchilarimiz 3 yildan beri 100% OTM ga kirishmoqda πŸŽ’ 0β€”11-sinflar πŸ“ Filiallarimiz joylashuvi: telegra.ph/Rahimov-School-filiallar-12-29 πŸ“₯ @RahimovSchool_bot πŸ“ž 78-113-00-05 Ish bo'yicha: bit.ly/rs9hr

Show more
7 731
Subscribers
-524 hours
-597 days
-27130 days
Posts Archive

πŸ”΄ Bolangiz boshiga ishsizlik tushmasligi uchun ko'ring
β€œSun’iy intellekt misollarni ishlab bersa, matematika oβ€˜rganish nega kerak?” β€œInternetdan topish mumkin boβ€˜lgan narsani yodlash shartmi?” β€œInshoni ham sun’iy intellekt yozib bersa, bolam nimani oβ€˜rganadi?”
Bu kabi savollar farzandlarimizninng kundalik hayotida ko'payib bormoqda. Sun'iy intellekt ularning ham kelajaklariga ta'sir qilmasdan qo'ymaydi. Rahimov Suhbatlarining yangi sonida bolalarimiz kelajakda ishsiz qolmasligi uchun yo'qotmasligi kerak bo'lgan 6 ko'nikma haqida gaplashdik. Marhamat, to'liq sonni: πŸ“± YouTube sahifamizda tomosha qiling @RahimovSchool

πŸŽ™ Bill Gates rostan shunday deganmi? Ertaga Rahimov Suhbatlarining yangi soni chiqadi. Unda sun'iy intellekt sababli farzandlarimiz yo'qotib qo'yishi mumkin bo'lgan 6 ko'nikma haqida gaplashamiz. Ulardan biri β€” izlanish ko'nikmasi πŸ” Batafsil ertaga. O'tkazib yubormaslik uchun YouTube sahifamizda obuna bo'lib qo'ying πŸ‘‰ @RahimovSchool

Bugun maktabimizda β€œTanga” auksioni bo’lib o’tmoqda πŸ”₯πŸš€ OΚ»quvchilar chorak davomida oΚ»qigan kitoblari uchun olgan ballarini
+5
Bugun maktabimizda β€œTanga” auksioni bo’lib o’tmoqda πŸ”₯πŸš€ OΚ»quvchilar chorak davomida oΚ»qigan kitoblari uchun olgan ballarini qimmatbaho sovg’alarga almashtirishmoqda @RahimovSchool

πŸš€ Matematikadan tumanda 1-o'rin! 10-sinf o'quvchimiz Azizbek Ziyadinov matematika olimpiadasida Shayxontohur tumani bo'yicha
πŸš€ Matematikadan tumanda 1-o'rin! 10-sinf o'quvchimiz Azizbek Ziyadinov matematika olimpiadasida Shayxontohur tumani bo'yicha 1-o'rinni oldi πŸ”₯ Azizbek, sizni chin dildan tabriklaymiz! πŸ‘ Shahar bosqichida ham 1-o'rinni olganingizni ko'rib, sizni qo'llab-quvvatlagan ota-onangiz va bilim bergan ustozlaringiz xursand bo'lsin πŸ™Œ Maktabimiz haqida batafsil ma'lumot: 78-113-0005 @RahimovSchool

πŸŽ™ Sun'iy intellekt qilib bersa, nega men qilishim kerak? "ChatGPT tarjima qilib bersa, ingliz tilini o'rganib nima qilaman?" Bu savolni farzandingiz ham bergan bo'lishi mumkin. Yakshanba kuni Rahimov Suhbatlarining navbatdagi sonida shu haqida batafsil gaplashamiz 🌟 Sizningcha, sun'iy intellekt zamonida til o'rganish qanchalar kerak? Izohlarga yozing ✍️ @RahimovSchool

So'rovnomalarimizdan ko'rinib turibdiki, Ota-onalar sun'iy intellekt bilan hali chuqur tanish emas. Uning kuchi va farzandlarimizning kelajaklariga ta'siri haqida tasavvur kam.
Izohlarda shu haqida video qilishimizni ham so'raganlar bor ekan 😊
Demak, bu hafta yakshanba kuni chiqadigan Rahimov Suhbatlari'ning yangi sonini, albatta, ko'rishingiz kerak. Chunki, mavzu β€” bolalarimiz kelajagi va sun'iy intellekt haqida πŸ”₯ @RahimovSchool

Sun'iy intellekt rivojlanib borishi farzandlarimizning kelajagiga qanday ta'sir ko'rsatadi deb o'ylaysiz? ✍️ Javobingizni izohlarda kutamiz @RahimovSchool

Bir nechta javob tanlash mumkin

Ota-onalar uchun so'rovnoma. Bir nechta javob tanlash mumkin.

⚑ Maktabimizda hakaton bo'ldi Startaplarga bag'ishlangan ichki musobaqada o'quvchilarimiz 10 ga yaqin loyiha bilan qatnashdi πŸš€ Ustozlarimizdan iborat hakamlar hay'ati loyihalarni baholab, g'oliblarni aniqladi πŸ‘ Bunday musobaqalar o'quvchilarni yangi texnologik g'oyalar o'ylashga undaydi va startaplar dunyosiga qiziqishini oshiradi. Videoni texnologiyalarga qiziqadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying πŸ˜‰ @RahimovSchool

πŸŽ™ Maktab tanlashda nima muhimroq? Ota-onalar o'rtasida kichik so'rovnoma o'tkazdik. Savollarimiz oddiy, javoblar esa har xil πŸ˜‰
β€’ Sharoit yoki ustoz? β€’ Natija yoki hamma maqtayotgani? β€’ Joylashuv yoki ta'lim?
Ota-onalar bu savollarga nima deb javob berganini videoda ko'rib bilib oling πŸ‘‡ Maktabimiz haqida batafsil: rahimovschool.uz @RahimovSchool

Yo'lda bo'lsangiz yoki biror-bir ish payti, nima eshitishni o'ylayotgan bo'lsangiz deb, marhamat. Sizga qulay bo'lsin uchun, Rahimov Suhbatlarini audio holatda ham ulashib boramiz 😊️️️️️️ @RahimovSchool

πŸŽ™ Farzandingiz tarbiyasi uchun 500 yillik, lekin qadri baland maslahatlar O'tgan hafta chiqqan suhbatimizni yana bir bor esga olamiz 😊️️️️️️ 00:00 – Kirish: 500 yillik xavotirlar va bugungi ta'lim muammolari 01:19 – Mishel de Monten inshosi va tarbiya masalasi 04:21 – Bolalar va ularning o'zgaruvchan qobiliyatlari 07:34 – Farzandga ustoz tanlash: Faqat kitobdagi bilim yetarlimi? 10:10 – Tirikchilik va axloq: Nega bolani mehnatga o'rgatish kerak? 16:16 – Kam gapirish va behuda bahslardan qochish 19:28 – Odob va axloqni majburlamay, go'zal tarzda singdirish 21:26 – Bolani ortiqcha erkalatmaslik va qiyinchiliklarga chidamli qilish 24:49 – Amaliy o'rnak: So'z bilan emas, hayot tarzi bilan o'rgatish 27:18 – Kitob o'qishga mehr uyg'otish: Maktab dasturi va mustaqil mutolaa 29:42 – Xulosa: Bugungi kun uchun kerakli saboqlar @RahimovSchool

🌲 So'qoq eko-maskaniga sayohat Har kungi darslar o'quvchilarni ruhan charchatadi. Tabiat bag'ridagi sayr esa bu charchoqni oladi πŸ‚ Sinfdoshlar bilan maktabdan tashqarida o'tgan vaqt, o'ynalgan o'yinlar, hazil-huzullar esdan qolarli xotiraga aylanadi. 80 ga yaqin o'quvchi va xodimlarimiz bilan bo'lgan o'rmonga sayohatni yuqoridagi videoda tomosha qiling πŸŽ₯ @RahimovSchool

🧠 Maktabimizda zakovat o'yini Shanba kunlari o'quvchilarimiz bilan birga zakovat o'ynaymiz. Bunday o'yinlar ularda quyidagi ko'nikmalarni rivojlantiradi:
β€’ mantiqiy fikrlash β€’ tahlil qila olish β€’ vaziyatga turli tomondan qarash
Video orqali o'yin qanday o'tishini ko'rishingiz mumkin. Zakovatchi tanishlaringizga ham yuborib qo'ysangiz, xursand bo'lamiz 🟒 @RahimovSchool

πŸš€ 16 yoshda IELTS 7.0! 11-sinf o'quvchimiz Muhammadamin Odilbekov xalqaro IELTS imtihonida 7.0 ball oldi. πŸ’ͺ Uni qo'llab-quv
πŸš€ 16 yoshda IELTS 7.0! 11-sinf o'quvchimiz Muhammadamin Odilbekov xalqaro IELTS imtihonida 7.0 ball oldi. πŸ’ͺ Uni qo'llab-quvvatlagan ota-onasini va shu kungacha dars bergan barcha ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! πŸ‘ Maktabimiz haqida batafsil: πŸ‘‰ rahimovschool.uz @RahimovSchool

πŸ”¬ Bitta darsda 3 xil tajriba Fizika darsimizda o'quvchilarimiz 3 xil tajriba o'tkazdi.
1. Yorug'lik tarqalishi hodisasi 2. Qavariq va botiq linzalar tajribasi 3. Tovush to'lqini tarqalishini yorug'lik orqali ko'rsatish
Fizika qonunlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan o'quvchi ularni yaxshi eslab qoladi ✨ Videoni fizikaga qiziqadigan tanishlaringizga yuborib qo'ying πŸ˜‰ @RahimovSchool

πŸ”΄ 500 yil oldingi muammolar haliyam dolzarb! Fransuz yozuvchisi Mishel de Monten V asr avval farzand ta'lim-tarbiyasi haqida insho yozgan. Biz bu inshoni Rahimov Suhbatlarining navbatdagi sonida sharhlashga harakat qildik. Ushbu sonni ko'rib:
β€’ Bolalarni kasbga majburlamaslik β€’ Erkalatmaslik β€’ Yolg'iz safar qilishga o'rgatish β€’ Oliyjanob axloqlarni qaysi yo'l bilan o'rgatish kerakligi
kabi 10 ga yaqin mavzuda amaliy ko'rsatmalar olasiz. Marhamat, to'liq sonni: 🌐 YouTube sahifamizda tomosha qiling @RahimovSchool