en
Feedback
Nukta | Fikriy uyg'oqlik

Nukta | Fikriy uyg'oqlik

Open in Telegram

Nukta-o'tkir fikr, nozik ma'no Reklama olinmaydigan manzil! Bog'lanish: @Nukta_admin_bot

Show more
2 052
Subscribers
No data24 hours
-127 days
-8230 days
Posts Archive
Menga insoniylikdan so'zlang. © Robert Frost Nukta

Repost from Amirbek | Blog
O'sha kun keldi!!!
O'zini tarbiyalash uchun muhit qidirayotgan barchaga: Uyqu, ovqatlanish, sport; — Foydali bilim, doimiy mutolaa, tahliliy fikrlash;Maqsadni aniqlash, kunlik tafakkur vaqti, odamlarga yaxshilik qilish; Agar siz bularni jamoaviy bajarib va bundan zavq olishni istasangiz, Sizni kutaman: https://t.me/+ipIb-Z6iwdNmMTFi https://t.me/+ipIb-Z6iwdNmMTFi https://t.me/+ipIb-Z6iwdNmMTFi Kanali borlar tarqatsa xursand bo'lamiz) @ChoriyevAmirbek

Repost from Amirbek | Blog
Ertaga qabul uchun maxsus kanal linki 20:00da beriladi, tayyor turamiz) Osoyishta tun ❤️‍🔥 @ChoriyevAmirbek
Ertaga qabul uchun maxsus kanal linki 20:00da beriladi, tayyor turamiz) Osoyishta tun ❤️‍🔥 @ChoriyevAmirbek

🔥 MuhammadAli Eshonqulov bilan 21 kunlik chellenj! — Yomon odatlardan qutulib, yaxshi odatlarni shakllantirib, o’zingiz xohl
🔥 MuhammadAli Eshonqulov bilan 21 kunlik chellenj! — Yomon odatlardan qutulib, yaxshi odatlarni shakllantirib, o’zingiz xohlaydigan tartibli hayot tarzida yashab, oʻz ideal versiyangizga aylanishni xohlaysizmi? ••• Unda, ushbu BEPUL chellenj aynan siz uchun! 🎁 Ishtirokchilarga 200ta kitoblar, 33ta Telegram Premium, 100ta Mutolaa Premium va 5 million so’mlik vaucherlar sovg’a qilinadi! 👇 Havola ustiga bosing: https://t.me/ustozqabulbot?start=1467826038

Nima gaplar, sizlarda?

JIMLIK ILMI Kaftingni siqqanday Xoʼjai Xizr unvonlar seniki, minbar seniki, seniki, shaharning eng suluv qizi. Faqat sen jim yasha – Hammasi goʼzal! Nodonlar oʼlimin boʼyniga olib, arzimas vijdonga sotilib ketar. Huda-behudaga hayqiriq solib, oqibat itdayin otilib ketar. Faqat sen jim yasha – Hammasi goʼzal! Haqiqat tilanma oʼgʼriyu gʼardan, ming yillik pokiza qoningni bulgʼa. Yuzingni ters burib bechoralardan, qarsaklar ichida kun sayin ulgʼay. Yoqangdan ilishsin: “Аyt, nega jimsan?” Xulosa qilishsin: "Toʼydirishgandir. Tarixda boʼlganmi sendayin kimsa, boʼlsa-da, pushtini kuydirishgandir?" Eʼtibor bermagin ularga inim, kaftingni siqqanday Xoʼjai Xizr unvonlar seniki, minbar seniki, seniki, shaharning eng suluv qizi. Bariga mardona jimliging sabab! Аjabmas, holinga achinib Egam kirgizib yuborsa jannatiga ham. Faqat sen jim yasha – Hammasi goʼzal! © Jontemir Nukta

Repost from Amirbek | Blog
Toshkentda o'qiydigan Qizlar
Bir yaqin tanishimizga ijara uyi kerak, yaxshi joy bo'lsa pulini to'lab yashayveradi ekan. Universitetga kirgan 1-kurs Bog'lanish: @kitoblikuz_admin P.s: Novza metro atrofi bo'lsa yanada yaxshi @ChoriyevAmirbek

— G'aflat bosganlardan shoir chiqmagay! Tirikligida Xalq shoiri unvonini maddohlarcha olishdan hazar qilgan tirik shoir barib
— G'aflat bosganlardan shoir chiqmagay! Tirikligida Xalq shoiri unvonini maddohlarcha olishdan hazar qilgan tirik shoir baribir o'lmagay! Nosirjon Ustoz yozganlaridek: Xudoning ko'zida turibdi har ish— Mumkinmas bir on ham riyoga chalg'ish. "Onajon Vatan!" deb , Vatandan olqish Kutib o'sganlardan shoir chiqmagay. P.s: Bugun eshitgan eng yaxshi xabarim) Nukta

Rauf Parfi shaxsiyati ertaga to'liq umumiylashtiriladi, keyin yangi shaxsiyat ochiladi! Xo'sh, kim deb o'ylaysiz? Nukta

Rauf Parfi she'riyatidagi obrazlar: Naqadar uzundir, og‘irdir bu yo‘l, Dalalar yastanib yotar ko‘k kabi. Tig‘lab xotiramni osmon – cheki yo‘q, Tizginsiz bu shiddat kenglik asabi. Ushbu she'rni o'qib keyin unga qilingan sharhdan keyin qayta o'qing, o'zizda ham ancha fikrlar keladi... https://raufparfi.uz/archives/387 Nukta

Yozilganlarni hazm qilyapsizlarmi? Yoki dozani oshiramizmi?

Sochidan tirnog'igacha qullikka qarshi! Rauf Parfining deyarli har bir she'rida goh ishora, goh aniq ko'rinishda Turon, istiqlol, erk, qullikka qarshilik bor. Ona haqida she'r yozishda-ki Turon haqida gapiryotgan bo'lsa bu qanday so'z san'atkori?
Koyimangiz meni bu safar, Unutdi, deb uyni, dalamni, Ne chora bor, dil yonsa agar, Dil sog‘insa turkiy olamni...
Videoda esa Rauf Parfi haqida gapirishga haqli bo'lgan adabiyotshunos va shoirni yaqindan tanigan suhbatdoshi Ibrohim Haqqul fikrlarini bildirgan. Ibrohim Haqqul haqida yaqindan tanishish uchun yordamchi maqola [ Haqning ozod quli ] Rauf Parfining yuragidan kuylagan satrlarini bir qismi shu postda [ yurakdan chiqqan satrlar] Rauf Parfi haqida Ustoz Mirzo Kenjabek fikrlari: [ Misli bo'lmagan buyuk shoir ] Rauf Parfi bilan bog'liq xotira [ Ruhi ham tiriklarni qo'rqitgan shoir! ] Rauf Parfi bilan yaqindan tanishish [ iymon asiri hujjatli film] Rauf Parfi [xotirasi] P.s: Har bir ko'k yozuv eng muhim kontent uchun havola, bosib ko'ring. Nukta

Xalq, uxlamaymiz!

Do'stlar, eng kuchli she'rlarini sharhlarini ham post qilib joylaymizmi?
Payshanba kuni, 1-shaxsiyat tugaydi
Nukta

Rauf Parfi she'rlari ichida qaysi biri haqida "dessertatsiya" yoqlanadigan she'r deyiladi?
Anonymous voting

Ibrohim Haqqul muallim ustoz shoir Rauf Parfi haqida.mp4

Uyg'onar Turkiston Jonte'mir ijodida Rauf Parfi ijodini hidi doim ufurib turadi. Rauf Parfining ushbu gapi: "Yangi bir avlod paydo bo‘lishi kerak. Turkchilikni anglagan, his etgan avlod. Yangi she’riyat yangi ijtimoiy ruh bilan keladi. Kelayotgan yangi ijtimoiy ruh, bu – turkchilik. She’riyatimizni turkchilikni anglash ruhi yangilaydi" aynan ushbu fikrni qalbiga o'yib yozganlardan biridir Jontemir. Bugungi yosh ijodkorlarda Turon g'oyasi ular ijodidagi o'rni borasida Suhrob Ziyo o'tkir maqola e'lon qilgandi.Rauf Parfi haqida Ibrohim Haqqul ta'rifi eng aniq tashxisdek tuyuladi.Adabiyotchi olim aytadiki: "Rauf Parfi — sochidan tirnog'igacha qullikka qarshi ijod qilgan so'z san'atkoridir." Bir ijodkorni tushda ko'rish uchun uni haddan tashqari ko'p o'ylash, o'qish darkor.Jontemir Millatning butun shoirini bir qarasa kuylaydi, bir qarasa unga atab yozadi, bir qarasa she'rlarida uni eslaydi va bir qarasa tushida ko'radi... Va jo'mardligi tutib Rauf Parfining she'riy kitoblarini ulashadi. Nukta

#Parfiyona
*** Izn ber, hayqiray iymonim haqqi Ko‘klarga termulib solayin uvvos. Men faqat Turkiston atalgan yorqin Bir butun yurtimni istayman xolos. *** Ko‘ringiz tarixni, ey turkiy xalqim, Ko‘zimda ertaning sevinchi xolos. Ul Turondir, Turkistondir? U balkim Ichimni kemirgan qadimiy qasos. *** Oh, Ona Turkiston, kuylayin yonib, Dunyo jur’atini berding qo‘limga. Men endi angladim turkiy dunyoni, Mana men, tayyorman endi o‘limga... *** Uyg'on, ey malagim, tur o'rningdan, tur, Otashin muzlarda isinaylik, yur. Yong'inli daryoda quloch otaylik, Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik. Undan ham olisroq ketarmiz hali, Undan ham olisroq, mening go'zalim. Qaragil, eng yorqin bir yulduz yonar,  Yorug' bir chaman bu… ketarmiz yana. Bugun shoh erurman, tilak tilagil, Bugun men gadoman, tingla, malagim. *** Shivirlaydi oyog'imda yashab o'tgan xazonlar, Ko'zlarimga igna yanglig' sanchilmoqda mezonlar. *** Bilingiz, Bu Turon diyori, Qonlari dunyoga sochilgan. Yo‘q erki, yo‘q do‘sti, yo‘q yori, Darchasi barchaga ochilgan *** Turkiylar, aytingiz, bizdan nima yo‘q? Bizda yo‘q, ittifoq, bizda yo‘q birlik — Oyoq ostidadir insoniy huquq, Bu turkiy olamning qutlug‘ me’roji, Oyoq ostidadir muqaddas hurlik, Assalomu alaykum, doming og‘ochi. *** Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber, Loyimni qorishtir, poklab ber menga, Ojiz tomirimga pokiza qon ber. Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga, *** Nechun iymonini sotib yashaydir. Nechun qulligidan bexabar har qul, Nechun zulm yashar, zulm oshaydir?! Haqsiz olomonning tirikligi shul. *** Hech narsani tan olmas go'yo Hech narsadan yaralgan jahon. *** Til bilan kuylanmas ona Vatanim, Men seni kuylamak istayman faqat. *** Sevgilim,hech kimni sevmasman, nechun, Osmon yiroq, yulduzi yo‘q, oy kulmas Hamma narsa kulgulidir men  uchun. *** Shu tong uchun kelgan jahonga,  Shu tong deya o‘tar odamlar. *** Uyg'on,uyg'on,bolam,uyg'ongil, ey dil, Uyg'ondan iborat uyg'otlik dunyo. *** Qaltirab porlaydir bir chiroq g‘arib, Bir qushcha sayraydir ruhim ichinda, Bir qushcha yig‘laydir meni axtarib. *** Seni topgunga qadar, Qanday yashadim men? Nahotki yashadim? © Rauf Parfi Nukta

#nazm
#nazm Derazamga uriladi qor, Jaranglaydi jarangsiz kumush. Derazamga uriladi qor Qor singari oppoq bo'ldi tush. Bir ajoyib qor yog'ar bu kech Uchib tushar mening yonimga. Men-ku seni o'ylamasman hech Sen tushasan ammo yodimga!                                   © Rauf Parfi Nukta

— Siz Rauf Parfining qaysi she'rini sevib o'qiysiz? Nukta