cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Otabek Bekmirzayev

In shaa allah we never know, i could be a sheikh one day and giving a lecture 🐋 @bekhmirzayev

Show more
Advertising posts
245
Subscribers
+124 hours
-57 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

24:00 ga qadar audio sharhlar to'g'risida fikrlaringni bilmoqchiman. Kelgusi postlar uchun hissa qo'shing!!!
Show all...
Audio sharhlar haqida biror nimani belgilang.Anonymous voting
  • Yaxshi sharhlar bo'lyabdi, eshityabmiz, davom etsin.
  • Yaxshi sharhlar bo'lyabdi shekil, eshitmayabmiz, davom etaversin menga qiziqmas.
  • Postlarni o'zi yetadi, audioga vaqt yo'q.
  • Audio umuman qiziqmas, eshitmeman, tashlamasangiz ham yaxshiydi.
  • Yaxshiroq audio tayyorlang, ovoziz g'alatiykan, postlar zo'r lekin.
  • Anonimga yozib qooldiraman.
0 votes
Audio sharhlar haqida fikrlar, kamchilik, xatolar bo'lsa yozib qoldiringlar. O'zi audioni eshityabsizlarmi? http://t.me/anonaskbot?start=bekhmirzayev
Show all...
Анонимные сообщения 🔵

Бот для получения анонимных сообщений в Телеграме Тех. поддержка бота — @botomanager

Ehson haqida YouTube [1][2][3] Payme orqali vaqf.uz ga to'lov qilish - link Fikr mulohzalar uchun | Anonim #ehson #media @bekhmirzayev_blog
Show all...
9.33 MB
Ehsonning mukofoti ehsondir!!!
Ehsonning mukofoti ehsondir(rohman surasi 60-oyat)
Bizga ma'lumki barcha insonlar ehson qilib turishadi. Yoshlarning asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlarda bo'lganligi tufayli ham aynan tarmoqlarda ehson qilish ham anchagina avjiga chiqqan. Guvohi bo'lgansizki telegramda kasal bolalarning rasmlari va pastida karta raqamlari tarqaydi. Ba'zan esa biz qilgan ehsonlarimiz kasal insonga emas, aksincha bir firibgarning qo'liga tushib qoladi. Vaholanki siz buni bilmagan va kutmagan bo'lasiz. Xolis Alloh uchun qilgan ehsoningizni qabul bo'lishi ham Allohdandir va sizning niyatingiz ham ahamiyatlidir. Sizdan chiqib ketgan pullar qabul bo'lgan bo'lsa-da, u pullar qayerga borayotganidan xabardor bo'lganmisiz? Haqiqiy muhtoj insonlar turib, ba'zan ko'chada eski kiyib olganlarga yoki mediada firibgarlarga borayotganidan-chi? Ishonmasangiz tekshirib ko'ring [1][2][3][4][5], bular, qonun va "qonun"oldida javoblarini berishadi. Maqsad ehson qilishdan qaytarishlik emas, asl muhtojlarni to'g'ri topishlik va aynan o'sha insonlarga muhtoj qilishlik haqida tushuncha berishdir. Xayriya fondlari - aynan ehsoningiz to'g'ri joyga yetib borishini ta'minlaydigan markazlar(bizning tilda).Xayriya tashkilotlari odatda ochiq ishlaydilar, kasallar haqidagi aniq ma'lumotlar, Xayriya sifatida berilayotgan pul miqdorlarning oylik, kunlik ko'rish imkoniyatlari. Payme ilovasining o'zida 259 ta xayriya fondiga to'lov imkoniyati mavjud. Eng mashhur va ishonchli xayriya tashkilotlaridan esa vaqf.uz , "mehrli qo'llar" ... Xolis niyatda ehson qiling!!! Ehsoningiz egasiga yetib borishigacha ko'z quloq bo'ling. Audio sharhda to'liqroq ma'lumotlar berilgan. 👇 Fikr-mulohazalar uchun | Anonim #ehson #media @bekhmirzayev_blog
Show all...
Repost from N/a
O‘zgarmaslik xavflimi? Bir sinfdoshim bilan suhbatlashgan edik. Fotima hali ham o‘shasan, o‘zgarmapsan dedi. Ichimda bu gapdan biroz xafa bo‘ldim. Sen o‘zgarish uchun shuncha ilm olasan, harakat qilasan-ku o‘zgarmapsan deyishsa alam qilarkan. Bir kuni telefonda ish masalasida gaplashib ketayotganimda boshqa sinfdoshim yo‘limdan chiqdi. Salomlashdik, ishlarni, o‘qishlarni surushtirdik. Keyin xayrlashdik. Yaqinda sinfdagi eng yaqin do‘stim bo‘lgan yigit bilan gaplashib qolgandik. Eshitishimcha juda o‘zgarib ketibsanmi? Kuchayib ketdi deyishyapti dedi. Ha yo‘g‘e deb xazlga yo‘ydim. Lekin, jiddiy gapirgan ekan. Bugun idish yuvaturib( juda ko‘p haqiqatlarni uydagi biror ishni qilayotganimda anglayman, tovba) shu narsani o‘ylab qoldim. Men eski tanishlarim bilan o‘sha vaqtdagi Fotima bo‘lib gaplashaman, tabiiy ravishda. Ular boshqa insonlar bilan suhbatimni ko‘rib meni o‘zgarganga chiqarishadi. Keyin esa o‘zgarmaslik nega bunchalik o‘ylantirganini mulohaza qilib ko‘rdim va angladimkiy men o‘zimga nisbatan juda qattiq hurmatsizlik qilar ekanman. "Eh oldin juda go‘l bo‘lganmanda", "oldin ahmoq bo‘lganmanda", degan gaplarni juda ko‘p eshitamiz. Lekin, unutib qo‘yamizkiy, 10 yil oldingi ham, 1 yil oldingi inson ham bu O‘ZIMIZ. Hech kim biz uchun kelib yashab, shu xatolarni qilib ketmagan. Shaxsiyatga hurmatsizlikning eng kichik va muhim bosqichi ham shu. O'zgarish emas, rivojlanish kerak! #1000ta @optimistdan
Show all...
Postning audio sharhi Tadqiqotlar manbasi postda keltirilgan! t.me/abdullohozod @bekhmirzayev_blog
Show all...
7.58 MB
Uzuni esda qoladi! Telegramdagi kanallarni kuzatar ekanman, ko'zim mayda, ya'ni uzog'i 4-5 qatorli, hissiyotli postlar ulashadigan kanallarga ko'plab tushmoqda. Rostini aytganda, postni o'qir ekanman, nimadir foyda olgandek bo'laman, ammo bir necha kundan so'ng u postning hatto bir so'zini ham eslay olmayman va aynan shunday holatlardan keyin, mayda postli kanallarga e'tiborim susaygan. Anderson va Kulhavy tomonidan matnlarning xotiramizda saqlanib qolish bo'yicha tadqiqotlarini o'rgandim. Tadqiqotning umumiy natijasi sifatida: qisqa matnlar bizning qisqa muddatli xotiramizdan joy olar ekan, uzun va semantik jihatdan chuqur qayta ishlangan matnlar esa uzoq muddatli xotiradan joy olar ekan. Craic va Lockhart ham uzun matnli ma'lumotlar uzoqlab saqlanib qolishini o'z tadqiqotlarida aniqlashgan. Qisqa va uzoq muddatli xotiraning farqi: qisqa postlar(qisqa muddatli xotiradagi)ni biz bir necha kungina yodimizda saqlaymiz, uzoq muddatli xotirada esa uzoq, hattoki yillar davomida ham yodingizda qoladi. Misol Aziz Rakhimov postlari, postning nomini eslashimiz bilan, u yerda yozilgan asosiy tushunchalarni eslaymiz. Bilishimiz kerak: siz qanday narsa ulashishingizga e'tiborli bo'lishingiz zarur, qisqa yoki uzun matn bo'lishidan qat'iy nazar, noto'g'ri ma'lumotlar uzatmaslik kerak!!!
Ey iymon kеltirganlar! Agar fosiq xabar kеltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chеkuvchi bo‘lmanglar.(Hujurot surasi 6-oyat)
Audio sharhda to'liqroq ma'lumotlar berilgan. 👇 Siz qisqa va uzun matn tashlaydigan kanallarga qanday qaraysiz? | Fikrlar #kanal #xotira @bekhmirzayev_blog
Show all...
Muhammad Bobur domla Hujurot surasi 2-8 oyatlar tafsiri-sharhi #muhammad_bobur 1-kun(03-iyul 2024) @bekhmirzayev_blog
Show all...
20240703_215659.m4a82.03 MB
G'alati avlodmiz! Millatimiz kelajagi - yoshlar, yoshlarning ulkan qismi mediada va ularning kuzatayotgan narsalarini ko'rib chiqar ekansiz nogahon, "zinoni targ'ib qilishlik odat bo'ldimi?" yokida "ayol-qizlarimizga qilingan tuhmatlarga nega jimmiz" degan fikrlar keladi. Qayerga qaramang, birodarimiz Olim aka chiqib kelmoqda. Videoning to'liq qismini ko'rsangiz, anglash mumkinki umum video jihatdan zino haqida va uni tutib olganlik(guvohlik) haqidadir. Bu ishlarga bir necha yillar bo'lib ketgan bo'lsa-da, biz yoshlar qaysidir jabhada hazil tariqasida zinoni targ'ib qilishga undaydigan videolarni ulashyapmiz, likelar bosyapmiz, hattoki do'stlarimiz bilan suhbatlarimizda foydalanyapmiz. Biz aslida nima qilishimiz kerak edi?
"va zinoga yaqinlashmanglar, ...."(Isro surasi 32-oyat) Zino qilmanglar emas, zinoga yaqinlashmanglar ya'ni qilish uyoqda tursin, yaqinlashmanglar ham deyilgan, shunda qilayotgan ishlarimiz to'g'rimikan?
Amerika nufuzli insonlar va sara kinolar yurti, nomdor "Kan" festivali, "Anora(O'zbekistonlik fo*isha qiz)" nomli kino esa mukofot qo'lga kiritdi. Achinarlisi, kinoda birorta o'zbek qatnashmagan va o'zbeklar haqida beruvchi fikr esa birgina amerikalik aktrisa tomonidan ijro etilgan O'zbekisntonlik foxisha qizdir. IMDB saytida 7.4 reytingda baho olgan bu esa Marvelning Qasoskorlar: Altron davri, Temir odam 2, Spiderman 3 va yana bir qancha kinolarga nisbatan tanqidchilar tomonidan qo'yilgan baholardir. Bu degani Anoraning bosh qahramon sifatida yaxshigina qarshilab olishadi va o'zbeklarni bilmaydigan chetelliklarda, O'zbek ayol-qizlariga nisbatan shunday fikr qolishligida katta ta'sir o'tkazadi. O'zbeklar haqida to'liq bilmay turib bu yo'sinda kino olishlikning tuhmatdan farqini ko'rmayapman? Biz esa shunchaki qarshi oldik, hech narsa qila olmadik. Balkim kino chiqsa teatrlarda ko'rib hissa qo'sharmiz, yana bilmadim 🤷‍♂️. | Fikrlar ©️ Shahvatni bo'ktirib o'ldira olmaysiz, degan edilar Kozimjon Ibrokhim ustoz #mantiq #trend @bekhmirzayev_blog
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.