cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qur’on xodimasi | خادمة القران

وما توفيقي إلا بالله عليه توكلت وإليه أنيب Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog‘liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman. (11:88) 🔒 t.me/+7BwTjAORmcRmMWVi 📨 @xodimatul_quran

Show more
Advertising posts
14 002
Subscribers
+1824 hours
+1277 days
+71330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
Qabul avgust so'nggigacha ochiq☑️ Mavzular bilan tanishing, sharhlarni o'qing, istixora qiling va sotib oling❤️ 💌 @xodimatul_quran ☁️Demodarslar bu yerdan o'chirilgan, yopiq sahifamda eshitshingiz mumkin: t.me/+d8IkKYYVXrtjNTVi ☁️: kanal faqat ayollar uchun
Show all...
Repost from bintaadil
“Maroqli hifz” tarjimasini “Mashru’ul hayat”dan alohida sotuvga qoʻyildi Narxi nisbatan arzonroq (17$ – 215.000soʻm), lekin baribir MH legenda, undan choʻntagingizga koʻproq foyda boʻladi 🌝
Faqat pdf fayl beriladi, erkak mahramlaringizga ham olishingiz mumkin
☁️: Hozir zarur boʻlganlar “Maroqli hifz”ni olib tursangiz, keyin doplata (qoʻshimcha toʻlov) bilan “Mashru’ul hayat”ga qoʻshilib olishingiz ham mumkin
Show all...
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Shayx Muhammad Xalil al-Qoriy xastaligi sabab shogirdlari 3-4 oy davomida unga shifoxonada Qur’on o‘qib berdilar. Hatto vafotidan bir kun avval besh shogirdi bilan hifz xatmini tugatgach, ularga ijozalarini topshirdi. Alloh taolo marhamat qiladi: {قل بفضل الله وبرحمته فبذلك فليفرحوا} “Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo‘lsinlar”, deb ayt. Ana oʻshalar Allohni zikr qilishdan charchamaydigan va to'ymaydigan Qur'on ahllaridir. Va biz Qodir Taolodan Shayx Muhammadni o'z rahmati ila o'rab olishini so'raymiz... Dangasaligingiz uchun bahona izlab, Qur'on o'qish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Bu hikmatli Kitob oyatlarida hayotingizni goʻzal tomonga o'zgartiradigan haq ko'rsatmalar bordir.
Show all...
ssstwitter.com_1683552690435.mp42.15 MB
Repost from bintaadil
🍃 Abdulloh ibn Abbos رضي الله عنه dan rivoyat qilinadi: Rosululloh صلى الله عليه وسلم dedilar: “Insonlarning koʻpi ikki ne’matdan mahrum qilingandir: sogʻliq va boʻsh vaqt”. 🪶Imom Buxoriy rivoyati 🪶 Misrda Qur’on yodlab yurgan paytim bir Ustozani uchratdim, u ham Misrda oʻqib Qur’on yodlagan hafizalardan edi. U bizga oʻz tajribasi haqida gapira turib, oʻquvchilariga naqadar qattiqqoʻlligini, ulardan kuchli intizom va mashaqqatli harakat talab qilishini aytdi va "Qur’on yodlovchi kishi boshqalardan ajralib turishi shart. U kam uxlashi, kam yeyishi lozim va koʻp takror qilganidan charchab ketgani yuzidan ma’lum boʻlib turishi kerak”, degandi. 📖 Bu soʻzlari haligacha kechagidek xotirlashimga sabab ular meni hayratda qoldirgani edi. U paytda men oddiy toliba edim, shu sabab Ustozlarning soʻzlariga oʻylab koʻrmay ishonib ketardim. Lekin endi yillar oʻtgach, oʻzim hofiza boʻlib, hifz va sogʻliq borasida gapirishga yetarli tajriba toʻpladim 🫀 🕯️Yuqoridagi hadisda aytilganidek, koʻpincha salomatligimiz qadriga oʻz vaqtida yetmaymiz. Ilm talabi mobaynida mol-mulk, vaqt, oʻyin-kulguni istaganingizcha qurbon qilin, ammo sogʻliq bu qurbonliklar orasida boʻlishi kerak narsa emas. 📖Ilm yo'lidagi odam qoʻygan maqsadi bir umrlik jarayon ekanini, Alloh taoloning izni bilan bu yoʻlning oxiri oʻlim, undan soʻng Jannat ekanini yaxshi anglashi darkor. Qur'on yodlash bir necha yillik mashaqqatli mehnat bilan cheklanmaydi-ki, uni yakunlagach dam olaman, desangiz. Bundan tashqari olgan ilmlaringizni hayotga tatbiq etish hamda yetkazishdek ikki muhim masala ham bor. ☂️ Bularning barchasi esa, har qanday farz ibodat kabi, ularni eng yaxshi tarzda bajarish uchun kuch va energiya talab qiladi. 🌸 Hatto shunchaki yod olishning o'zi uchun tana va ruhimiz ma'lum darajada sog'lom bo'lishi shart. O'qituvchi sifatida organizmdagi defitsit va kasalliklar koʻp hollarda talabalarda apatiya, lanjlik, tushkunlikka sabab boʻlishiga bir necha bor guvoh boʻlganman va bularning barchasi yodlash jarayoniga jiddiy salbiy ta’sir oʻtkazadi, doimiy charchoqda, holsiz yurgan odam hech narsa qilishni, hatto Qur’on yodlashni ham ichdan xohlamaydi. Ularni tutib turgan narsa faqat nazorat qilib turgan Ustoz boʻladi. 🌸 Shunday ekan, shariat ilmlarini egallashni, Qur'on yod olishni istagan inson ilk navbatga sog'lig'ini qoʻyishi darkor. Mazali va to'yimli ovqat yeyish, o'z vaqtida va yetarli darajada uxlash, ozgina dam olish gunoh emas, aksincha juda zarur. 🫂 Shuning uchun din birodarlarimga eslatmam: sogʻliq omonatini saqlang, soʻnggi tomchi energiyangizga oʻqimang. Kelajagingiz haqida qaygʻuring 💗 #tarjima https://t.me/+dn8aUkbSAas4MGJi
Show all...
Repost from N/a
Rasululloh ❤️marhamat qilib, dedilar: "O'zaro hadyalashib turinglar, shunda bir-biringizga nisbatan muhabbatli bo'lasiz"
Imom Buxoriy: "Al-adab al-mufrad"
Show all...
Endi yaqinlaringizni xursand qilish yanada oson
🕯️Yoqimli hidga ega hamyonbop narxdagi shamlarimiz uyingizda o‘zgacha atmosfera bag‘ishlaydi.
💗Estetik ko‘rinishga ega; 💗Biologik-ekologik toza mahsulot; 💗Allergiya bermaydi; 💗Erigach, massaj uchun ishlatish mumkin (terini yumashatish xususiyatiga ega) ✉️Buyurtma uchun: @shamcha_admin 🕯 @sham_chago‘zallik ila qalblarni iliting!
Show all...
Eng yomon talaba bo'lish uchun tavsiyalar: 📎Muallimingiz soʻzlayotganda soʻzini boʻling 📎Savolni oxirigacha tinglashingiz shart emas, birinchi kalimani eshitishingiz bilanoq darhol javob bering 📎Ustozingizni doim mot qilishga intiling, u bilan tengdoshingizdek olishing 📎Ustozning eslatmalarini oʻng qulogʻingiz bilan eshitib, chap tarafidan chiqarib yuboravering 📎Darsga xotirjam kechikishingiz mumkin, ustoz sizni kutsin, axir bu uning vazifasi 📎Uy vazifasiga dars boshlanishidan yarim soat avval kirishing va darslarga faol tayyorlanayotganingiz haqida ogʻzingizni toʻldirib maqtaning 📎Agar vazifalaringiz sizningcha 100% toʻgʻri boʻlsa, o'qituvchi bilan bemalol bahslashishingiz mumkin, axir siz mavzuni undan yaxshiroq bilasiz 📎Ustozning so'zlari Google'dan topgan "ilm"ingizga zid kelsa, buni darhol isbotlang 📎Kayfiyatingiz yo'q bo'lsa darsga kirmay qoʻyavering, ustoz sizga qulay boʻlgan boshqa vaqtda dars oʻtib beradi, axir bu uning mas'uliyati 📎Agar bir ustozda ma'lum vaqt oʻtib ham yaxshi natijalarga erisha olmasangiz, yodda tutingki, hammasi ustoz tufaylidir. U noto'g'ri tushuntirgani, ilmni sizga noto'g'ri yetkazganidandir. Sizda umuman ayb yoʻq. Endi boshqa “yaxshiroq” o'qituvchi qidirishga jiddiy kirishishingiz kerak ‼️Ushbu maslahatlar sizga har qanday o'qituvchining eng yomon o'quvchisi bo'lishingizga va, zehningiz qanchalar oʻtkir boʻlmasin, hech qaysi ilmda bir gramm muvaffaqiyat qozona olmasligingizga koʻmakchi boʻladi
Show all...
“Mashru-ul hayat” uchun chegirmaning oxirgi 💫soati Chegirmada 320.000soʻm Chegirmasiz 379.000soʻm (qabul yoz oxirigacha 💖) Loyiha bilan tanishtiruv bu postdan (koʻk yozuv ustiga bosing) boshlangan, maksimal qisqartirilgan, pastgacha oʻqing Oʻqib chiqqach istixora qiling Qalbingiz xohlasa oling
Show all...
Chegirma tugashiga 💫💫soat qoldi https://t.me/MH_sharhlar/48
Show all...
Fuzayl ibn Iyoz aytadilar:
Kim bilgan narsasiga amal qilsa, Alloh unga bilmaydigan narsalarini ham o‘rgatib qo‘yadi, chunki amal o‘zi uchun, ilmining ortiqchasini talab qilish boshqalar uchundir, nafsining ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish muhimroqdir, chunki bu uning bo‘ynidagi vazifadir.
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.