cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IIV Samarqand akademik litseyi

Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!

Show more
Advertising posts
389
Subscribers
-124 hours
+37 days
+7230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, milliy an'ana va qadriyatlarini o‘rganish, kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 26-yanvar kunidagi, 2/2-215-son ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash hamda 18-may "XALQARO MUZEYLAR KUNI" munosabati bilan joriy yilning 18-may kuni IIV Samarqand akademik litseyi o‘quvchilari bilan "Afrosiyob"  muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o'quvchilar Samarqand shahrining qadimiy boy tarixi, dunyo davlatlarining madaniyat o‘chog‘i ekanligi, buyuk allomalarimiz ham shu shaharda yashab ijod qilganligi haqida o‘quvchi yoshlarga tushunchlar berildi. Sayohat o‘quvchilarda katta ta’ssurot qoldirdi.
Show all...
2👍 1
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi 100-sonli Farmoyishiga asosan 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Maʼnaviyat oyligi" doirasida joriy yilning 16-18- may kunlari IIV Samarqand akademik litseyida o‘quvchi yoshlar o’rtasida sportning “Shaxmat” turi bo'yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur musobaqada 100 ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni 204-guruh o'quvchisi Luqmonov Ilyosxon, 2-o‘rinni 106-guruh o'quvchisi Murodqulov Shahzod, 3-o‘rinni 106-guruh o'quvchisi Botirboyev Humoyunmirzo qo‘lga kiritdi.
Show all...
👍 11
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi 100-sonli Farmoyishiga asosan 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Maʼnaviyat oyligi" doirasida joriy yilning 13-18- may kunlari IIV Samarqand akademik litseyida sportning futbol turi bo‘yicha akademik litsey ichki chempionati o‘tkazildi. Mazkur chempionatda 1-2-kurs o‘quvchilardan tuzilgan 18 ta jamoa ishtirok etdi. Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni 203-guruh o'quvchilari, 2-o‘rinni 102-guruh o'quvchilari, 3-o‘rinni 105-guruh o'quvchilari qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga akademik litsey rahbariyati tomonida diplom va medallar hamda g‘olblik kubogi topshirildi.
Show all...
👍 4
👍 4 3🔥 2
O’zbekiston Respublikasi IIV Samarqand akademik litseyida 17-may kuni Tarbiya fani oyligi doirasida “Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish" ga bag’ishlab akademik litsey xotin- qizlari va litsey o'quvchi qizlari hamkorligida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatiga Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha boshliq o'rinbosari, Samarqand Ichki ishlar poliklinikasi Akusher-genikolog shifokor Oripova Jamila Botirovna, Samarqand viloyati IIB JXX XPB boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik N.I. Yodgorova va akademik litsey psixologlari ishtirok etishdi. Tadbirda sog'lom turmush tarzi va shaxsiy gigiyena qoidalari va xotin-qizlar haq -huquqlari borasida samarali muloqat olib borildi. Litsey o'quvchi qizlari ushbu mazmunli davra suhbati uchun tadbir mehmonlariga minadorchilik bildirdilar. Davra suhbatidan kutulgan natijaga erishildi.
Show all...
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida joriy yilning 17-may kuni yoshlar o’rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi shifokorlari bilan "Biz OITSga qarshimiz" shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. Bunda  so'zga chiqganlar OITS va OIV kasallikning kelib chiqishi sabablari, inson organizmidagi davriy bosqichlar shuningdek kasallik tarqalishining oldini olish chora tadbirlari yuzasidan o‘quvchi yoshlarga ma'lumotlar  berishdi . O‘quchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Show all...
👍 6
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi 100-sonli Farmoyishiga asosan 1-may kunidan  1-iyun kuniga qadar Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida oʼtkazilayotgan "Maʼnaviyat oyligi" doirasida IIV Samarqand akademik litseyida o‘tkazilgan Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar ko‘rik tanlovlari, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlarda g‘olblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar akademik litsey rahbariyati tomonidan diplom, faxriy yorlik va medallar bilan taqdirlandi.
Show all...
🔥 3👍 1
Go to the archive of posts