en
Feedback
Kitob nuri

Kitob nuri

Open in Telegram
2 203
Subscribers
No data24 hours
-257 days
-16030 days
Posts Archive
DUO ◾️Allohim, yostiğim joynamoz, uyqum namoz, har nafasim zikr bo‘lsin! ◾️Allohim, boshimdan oyoğimgacha, yoshligimdan bugungacha, hayotimdan mamotimgacha barcha gunohlarim uchun tavba qildim! ◾️Allohim, o‘lim haqdir, Azroil alayhissalomni menga tabassum ila yuzlantir! ◾️Ko‘zim nurini, aqlim shu’urini, qo‘l va oyoğim kuchini, butun vujudim quvvatini olib qo‘yma, Allohim! ◾️ Nazarim ibodat, sukutim tafakkur, so‘zlarim zikr bo‘lsin! ◾️ Ko‘z ochib yumgunga qadar bizni o‘z nafsimizga tashlab qo‘yma, Allohim! ◾️Har nafasda tilimni zikrdan, qalbimni shukrdan va aqlimni fikrdan ayirma, Allohim! ◾️ Oilamga yomonlik istaganlarga O‘zing kifoya qil! ◾️Pastkash nomardlardan bizni uzoq tut! ◾️ Gunohlari afv etilgan siddiqlarning qatoridan bo‘lishimizni nasib et! ◾️ Bizni ularning suhbatiga, zikr halqalariga vosil ayla! ◾️Allohim! Onadan tuğilgandek pok holatda Senga yuzlanishimiz uchun O‘zingga iltijo qilamiz. ◾️Bizlarni solih qullaringdan ayla! ◾️ Amal daftarimizda savobi to‘xtamaydigan amallardan yozilishini nasib et! ◾️ Na’im jannating vorislaridan bo‘lishimizga O‘zing ko‘mak ber! ◾️Ota-onamni O‘zing afv et! ◾️Ustozlarimni rahmatingga noil ayla! ◾️ Qabrda yuzimizni qaro qilib qo‘yma, Allohim! ◾️ Bu dunyoda ichganimiz zam-zam, u dunyoda esa kavsar bo‘lsin! ◾️Bu dunyoda yurgan yo‘limiz hidoyat, u dunyoda esa sirot bo‘lsin! ◾️ Bu dunyoda olganimiz go‘zal axloq, u dunyoda esa baroat bo‘lsin! ◾️Bu dunyoda kirgan joyimiz Makkayu Madina, u dunyoda esa Jannatul A’lo bo‘lsin! ◾️Bu dunyoda ziyoratlarimiz Baytulloh, Ravzai Mutohhara, Quddusu Sharif, Arofat, Mino va Muzdalifa, u dunyoda esa Payğambarlar majlisi bo‘lsin! ◾️Bu dunyoda nazarimiz Kaloming, u dunyoda esa Jamoling bo‘lsin! ◾️ Ikki dunyoda taqvo, solih amal va go‘zal axloq hamrohamiz bo‘lsin! ◾️ Zurrriyotlarimizdan dunyoda ko‘z-quvonch, oxiratda esa izzat toji olaylik, Allohim! ◾️ Dasturxonimiz ilm, suhbatdoshimiz olimlar bo‘lsin! ◾️ Bu dunyoda do‘stlarimiz haq ahli va g‘arib-miskinlar, u dunyoda esa Payğambarlar jamoasi bo‘lsin! ◾️ Dunyoda izzat bilan yashashni, vafotda shahodat bilan ketishni, qayta tirilishda hisobsiz Jannatga kirishimizni nasib ayla, Allohim! 🤲 Allohim, bu kechada, bizlarni, ota-onalarimizni, biz yaxshi ko‘rgan kishilarni gunohlarini afv etilganlaringdan, ulardan rozi bo‘lganlaringdan, gunohlarini kechirganlaringdan, do‘zaxga harom qilganlaringdan, Jannatiy deb yozganlaringdan qilgin! ◾️O‘zing Qodiru Mutloqsan, Allohim! Amiyn! Amiyn! Amiyn! 🤲

Muhim sanalar. 27-yanvar Isro va Meʼroj kechasi
Muhim sanalar.
27-yanvar Isro va Meʼroj kechasi

Meroj kechasi haqida 27-yanvar 2025

Vanihoyaaaat🥳 Opa, kattakon rahmat, anchadan beri shu kitobni xohlab yurgandim, siz sababchi bo'ldiz🫠 Ishlarizni rivojini b
Vanihoyaaaat🥳 Opa, kattakon rahmat, anchadan beri shu kitobni xohlab yurgandim, siz sababchi bo'ldiz🫠 Ishlarizni rivojini bersin❤️‍🔥

Har kuni baytingga toʻyib termulgan Makkaning qushlari mendan baxtliroq...

Voz kechma! Balki bir duolik masofa qolgandir. Alloh nasib qilmaydigan narsalarni xayol qildirmas.

Har bir musulmon bilishi zarur boʻlgan paygʻambarlar qissalarini oʻrganing❗️ Kelajakda farzandlaringiz sizlar vaqtingizni isrof qilib kuzatayotgan va hech qanday foydasiz instagramdagi bloggerlaringizning hayoti haqida soʻrashligini istamasangiz✅ ESLATING! ZERO ESLATMA MOʻMINLARGA MANFAAT YETKAZUR. (Zoriyot surasi 55-oyat)

Repost from N/a
Har bir musulmon bilishi zarur boʻlgan paygʻambarlar qissalarini oʻrganing❗️ Kelajakda farzandlaringiz sizlar vaqtingizni isrof qilib kuzatayotgan va hech qanday foydasiz instagramdagi bloggerlaringizning hayoti haqida soʻrashligini istamasangiz✅
ESLATING! ZERO ESLATMA MOʻMINLARGA MANFAAT YETKAZUR. (Zoriyot surasi 55-oyat)

Ibn Sunniyning rivoyatlarida Abu Hurayra roziyallohu anhu bunday deganlar: «Agar birortangiz o'zi yoqtirmagan tush ko'rsa, uch marta tuflab: إِنِّي أعُوذُ بِكَ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ وَسَيِّئَاتِ الأَحْلاَمِ «Inniy a'uzu bika min 'amalish shaytoni va sayyiatil ahlami», desa, unga hech narsa bo'lmaydi». (Ma'nosi: Men shaytonning amalidan va bulg'angan tushdan Sening isming ila panoh tilayman.) islom.uz

Tasodif va qadar Tasodif degan narsa yo'q. Tavofiq bor. Bo'lishi kerak bo'lgan hamma narsa bo’lishi kerak bolgan vaqtda, Alloh iroda qilganidek sodir bo'ladi. Biz qilishimiz kerak bo'lgan narsa o'sha daqiqada qo'limizdan kelganini (eng yaxshi ishni, eng chiroyli javobni, eng go’zal so’zni ishlatish) qilishdir. Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz, qolgani qadar ... Har bir musibat ham, har bir xursandchilik ham, kimdir bizga aytadigan gapi ham qadarda yozilib bolgan
Ochilgan hech bir eshik, yopilgan hech bir eshikni o’tkazib yubormadi Ilohiy sistemada sen uchun hayrli bolgan hech bir narsa sendan olib qo’yilmaydi. Bir narsa sendan olinsa, u yerda mutlaqo muvozanat (albatta seni foydang uchun ishlaydigan bir Allohning qarori yoki adolat yoki ne’mat deymizmi) bordir. Muvozanatsiz qolganingni his qilganingda ayni muvozanat ustida bolasan. Sening taqdiringdagi hech narsa shunchaki tasodif emas. Go'zaliklar sabr va vaqt pardasi ortida kutishadi. Pardalar ochilgunicha sabr qilganlar orom topadilar. - altun fermayil
O‘zingizni uch soniya oldin okean tubida tug‘ilgan baliq nima yeyishi, qanday harakat qilishi, qayerga borishi, qanday nafas olishi, uyasini qanday qurishini belgilab bergan Robbingizga topshiring. Bunchalik tashvishlanishga hojat yo'q. Ziynatul ma’va | Jannat ziynati 🏠

Boʻlmadi! Yozishga qaror qildim. Koʻp marta yozib yana oʻchirdim. Mina dini uchun kurashdi, dini uchun zolimlarga taslim boʻlmadi, dini va iffati uchun Musoni yaxshi koʻrishini ayta olmadi. Ahir u dinsiz edi! Oilasi musulmon emasligi uchun musulmon qizini azobladi. Nazoratchi janob ham uni madrasada boshingdagi roʻmolingni yech deya tinch qoʻymadi. U taslim boʻlmadi. Musoning taklfini ham shu sababdan qabul qilmadi. Lekin ikkisi ham oshiq edi. Uni oʻldirishdi, Minani oʻldirishdi.... Muso Minaning qabrida Qur'on oʻqidi, Muso musulmon boʻldi
Bir olima qiz bor edi

👥-Sen hali ham boshingdagi lattani yechmadingmi? 🧕-Faqat oʻlsamgina boshinni ochising mumkin, tirikligimda hech qachon boshimni ocha olmaysan!
Bir olima qiz bor edi

+1
Bir_olima_qiz_bor_edi_1_9_qismlar_Omina_Shenliko'g'li.mp3358.13 MB

photo content

Qiziq-a? Insonni yaxshi koʻrgan doʻstlari, yaqinlari, yoki uzoqdan yaxshi koʻradigan insonlari boʻladi-ku, ularni qancha uzoqdan koʻrsak, shuncha yaxshi koʻramiz, ularga yetishishni xohlaymiz. Ularni orzularimizdagi ideal insonlar deb xayol qilib, yetishishni xohlimiz, doʻst boʻlishni, qadrdon boʻlishni, yanada yaqin boʻlishni orzu qilamiz. Lekin... Ularni yaqindan bilishni boshlaganimizda ularning nuqsonlari, xato va kamchiliklari koʻrina boshlaydi. Keyin esa koʻnglimiz soviydi. Aslida esa insonmizki xato qilamiz. Alloh Al-Gʻofur, Al-Gʻoffardir. Insonlar nuqsonli, hech kim beayb emas, pok emas. Shuni yaxshi bilishimiz kerakki, siz sevgan inson sizni kamchiliklaringizni yaxshi qabul qilishi, hurmat qilishi lozim. Siz ham insonlarni aybini qidiraversangiz, ularni buzib qoʻyasiz. Bir maʼruzada eshitgan edim Hasanxon qori aytgandilar: "Ilm ahlilarini qadrlamaydiganlari yoki hurmat qilmaydiganlari yaqinlari boʻladi" Siz oʻylagan hamma yaxshi inson ham,xoh buyuk mutafakkirlar, xoh domla, imom, qori(ya)lar boʻlsin, xato qiladi.

Payg'ambarlar shajarasi (katta plakat) Tuzuvchi: Ummu Umar
Chiqartirib foydalaning, yaqinlaringizga ulashing.
@nuur_uz