2 203
Subscribers
No data24 hours
-257 days
-16030 days
Posts Archive
2 203
Hazrati Ali roziyallohu anhu Nabiy solallohu alayhi vasallamdan tarovehning fazilatlari haqida soʻradilar. U zot shunday dedilar:1) Banda birinchi kechada oʻqigan tarovehi uchun gunohlari toʻkilib, onadan yangi tugʻilgandek boʻladi 2) Ikkinchi kechada oʻqisa, moʻmin ota-onasining gunohlari kechiriladi. 3) Uchinchi kechada oʻqisa, Arshning tagida turgan farishta: ”Amalingni ixlos bilan qil, Alloh seni magʻfirat qiladi“, deydi. 4) ”Toʻrtinchi kechada oʻqisa, Alloh taolo Zabur, Tavrot, Injil va Qurʼonni oʻqiganning savobini beradi. 5) Beshinchi kechada oʻqisa, uch buyuk masjidda namoz oʻqiganning savobi beriladi. 6) Oltinchi kechada oʻqisa, Baytul Maʼmurni ziyorat qilganning savobi beriladi. 7) Yettinchi kechada oʻqisa, Muso alayhissalomga najot berilganidek, natoj beriladi. 8) Sakkilinchi kechada oʻqisa, Ibrohim alayhissalomga berilgan neʼmatlar beriladi. 9) Toʻqqizinchi kechada oʻqisa, Muhammad alayhissalomning sunnatlarini ado qilgan boʻladi. 10) Oʻninchi kechada oʻqisa, dunyo va oxirat rizqlari ato etiladi. 11) Oʻn birinchi kechada oʻqisa, onadan yangi tugʻilgandek pok boʻladi. 12) Oʻn ikkinchi kechada oʻqisa, Qiyomat kuni oʻn toʻrt kunlik oydek kirib keladi 13) Oʻn uchinchi kechada oʻqisa, Qiyomat kuni yomonliklardan omonlikda keladi. 14) Oʻn toʻrtinchi kechada oʻqisa, Qiyomat kuni farishtalar guvohlik beradilar. 15) Oʻn beshinchi kechada oʻqisa, farishtalar unga salovat aytib turadilar. 16) Oʻn oltinchi kechada oʻqisa, farishtalar “Doʻzaxdan ozod boʻldi, jannatga kirishi vojib boʻldi”, deb guvohlik beradilar. 17) Oʻn yettinchi kechada oʻqisa, anbiyolarga ato etilgan yaxshiliklar ato etiladi. 18) Oʻn zakkizinchi kechada oʻqisa, bir farishta: “Ey Allohning bandasi, Alloh sendan va ota-onangdan rozi boʻldi” deb nido qiladi. 19) Oʻn toʻqqizinchi kechada oʻqisa, bandaning darajoti yuksaladi. 20) Yigirmanchi kechada oʻqisa, shahidlar va solihlarga beriladigan ajrlar beriladi. 21) Yigirma birinchi kechada oʻqisa, jannatda nurdan bir uy bino qilgnadi. 22) Yigirma ikkinchi kechada oʻqisa, oxirat gʻamlaridan ozod boʻladi. 23) Yigirma uchinchi kechada oʻqisa, Alloh taolo uning uchun bir shahar quradi. 24) Yigirma toʻrtinchi kechada oʻqisa, Alloh uning duosini ijobat qiladi. 25) Yigirma beshinchi kechada oʻqisa, qabr azobidan ozod boʻladi. 26) Yigirma oltinchi kechada oʻqisa, qirq yillik nafl ibodatning savobiga erishadi. 27) Yigirma yettinchi kechada oʻqisa, Sirotdan chaqmoqdek oʻtib ketadi. 28) Yigirma sakkizinchi kechada oʻqisa, darojoti ming pogʻona koʻtariladi. 29) Yigirma toʻqqizinchi kechada oʻqisa, maqbul haj qilgan hojining ajri beriladi. 30) Oʻttizinchi kechada oʻqisa, “Ey bandan, jannat mevalaridan yegin, salsabil buloqlarida choʻmilgin, Kavsardan ichgin. Men sening Robbingman, sen mening bandamsan!” deyiladi“ ”Mohi Ramazon muborak!" kitobidan Fotimaxon Sulaymon qori qizi
2 203
وَمَنِ اسْتَمَعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ صُبَّ فِي أُذُنِهِ الْآنُكُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ📗Nabiy ▪️ dedilar: “Kim odamlarning gapiga ular istamagan holda quloq tutsa, qiyomat kuni qulog’iga qalay quyiladi“. (Buxoriy rivoyati) 🌼Boshqalarning sms xabarlariga termulish ham shunga kiradi. 🕊Qur’an academy
2 203
#Tafakkur
Bir nasroniy kelib, Ahmad Diydot rohimahullohdan so‘radi: «Nima uchun sizlarning shariatingiz bizning qizlarga nikohlanishga ruxsat beradi-yu, lekin qizlaringizga uylanishga ruxsat bermaydi?»
Ahmad Diydot shunday dedilar: «Biz sizning payg‘ambaringizga iymon keltirganimiz uchun qizlaringizga uylanishga ruxsat bo‘ldi. Sizlar esa bizning Payg‘ambarni inkor qilasiz, shuning uchun qizlarimizga uylanishdan mahrum bo‘lgansiz».
Anvar Ahmad tarjimasi
📚 @qalbdagiilm
2 203
📎📖Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening" nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo'lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir.
📖Kitobni o'qigan har bir o'quvchi qalbida Oybekdek ulug' adib va ulug' insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg'ulari paydo bo'ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu, butun hayotini Oybekka bag'ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo'lgan Zarifa opaning o'zidir.
✏️Hukmingizga havola qilinayotgan Oybekning shaxsiy hayotinigina emas, balki bir-biriga munosib
🪶ikki ulug' siymoning sevgi va vafo dostoni "Oybegim mening" mutolaasidek zavqli onlar muborak bo'lsin!
🎧Audio shaklida tinglash
2 203
📕Mich Elbomning "Morrining seshanba darslari" kitobi insonni umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, o'zgalarga mehr ulashishga, har bir o'zgarish va xatti-harakatdan hikmat qidirishga, bir so'z bilan aytganda, shunchaki yashamaslikka o'rgatadi.
🪶Yozuvchi yoziqlari orqali ruh tetikligi har narsaga qodirligini, ruhiyat kuchli taʼsir bo'lsa, inson tabiatini ham go'zallashtirib borishini ko'rsatib o'tadi.
📖Mazkur asar orqali kitobxon yaqinlarining qadrini, sog'liqning naqadar zarurligini, umrning qanchalik bebaholigini anglaydi va hayotiga o'zgacha ko'z bilan qaray boshlaydi.
🎧 Audio shaklda tinglash
2 203
Shunday insonlar boʻladiki, "Qani edi uzoqdan tanib faqat yaxshi xislatlarini koʻrganimda edi", deymiz.🌷
2 203
Agar biror ishni bajarishga ishonchingiz komil bo‘lmasa, va’da bermang. Chunki va’da bu – ishonchning asosiy ustuni. Uni berib, keyin bajarolmaslik birovning umidlarini puchga chiqaradi. Inson o‘z so‘zining ortida tura olishi bilan qadrlanadi, va’dalariga sodiq bo‘lishi bilan hurmat qozonadi. Agar biror narsani amalga oshira olmasligingizni oldindan bilsangiz, odamlarni umidvor qilib, keyin ularning ishonchini yo‘qotishga haqqingiz yo‘q. Chunki va’daga beparvo bo‘lish – faqatgina so‘zga emas, insoniylikka ham xiyonatdir.
Ha, hayotda hamma narsani oldindan bilish yoki rejalashtirish har doim ham inson qo‘lida emas. Biz niyat qilamiz, harakat qilamiz, lekin yakuniy natija har doim Allohning taqdiri bilan belgilanadi. Shu sababli, va’da berayotganda "InshaAlloh" (Agar Alloh xohlasa) deng. Chunki inson reja tuzsa ham, faqat Allohning irodasi eng to‘g‘ri va eng xayrlidir. Shunday ekan, biz o‘z so‘zimizga mas’ul bo‘lish bilan birga, barcha ishlarimizni Allohga tavakkal qilib bajarishimiz ham kerak.
2 203
🌹Sizga jonim fido boʻlsin, yo Habibim.
Qiyomatda gunohkor holda to'plansak, "ummatim", dermisiz yo Rosulim.
Siz bahorim, koʻrar koʻzim
Siz kecham, siz kunduzim🌙💥
@qalbdagiilm
2 203
🥰Масжидда жамоат билан намоз ўқидим.
Намоз тугаши билан ёнимдаги кекса ёшли отахон қулоғимга пичирлади:
-Биринчи сафдаги одамларга яхшилаб қара.
Мен диққат билан уларга қарадим ва отахондан сўрадим:
-Узр, бу билан нима демоқчисиз?
Ораларида бирор бой ёки амалдорни кўряпсанми?
-Ҳа, лекин озчилик.
-Йўқ, уларнинг ҳаммаси оддий ишчилар.
-Бири фаррош, бири сувчи яна бири оддий хизматчи.
-Χα...
-Аллоҳнинг ҳузуридаги манзилларимиз ҳам худди шундай, деди отахон ва гапида давом этди. Менинг ҳозирги ўрнимга ва ўзингникига қара, тўртинчи ё бешинчи сафдамиз. Қиёмат кунида ҳам шундай бўлади! Масжидлар бор бўлсин, Бизларни фош қилди, Аллоҳнинг ҳузуридаги манзилларимизни кўрсатиб қўйди!
Бу гапдан мен даҳшат ва ҳайрат орасида қолдим. Худди биров чакагимга қаттиқ ургандек бўлди. Аллоҳ таолонинг оятини эсладим: "Ва пешқадамлар, пешқадамлар. Ана ўшалар, (Аллоҳга) яқин
бўлганлар" (Воқеа 10, 11).
Яна Ҳабибимизнинг хадислари ёдимга келди: "(Одамлар) Азон айтишда ва биринчи сафда намоз ўқишда нималар (қандай фазилатлар) борлигини билсалар эди, уларга эмаклаб бўлса ҳам келар эдилар".
"Эҳ отахон, дедим хаёлан, намозга кечикиб келганлар ҳақида шундай десангиз, умуман намоз ўқимайдиган ёки фақат жума намозини ўқийдиганлар ҳақида нима дер экансиз!?"
@qalbdagiilm
2 203
Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Киши уйидан чиқаётганда «Бисмиллаҳи, таваккалту алаллоҳи, ва лаа ҳавла ва лаа қуввата илла биллаҳи» деса, ўша пайтда унга «ҳидоят қилиндинг, кифоя қилиндинг ва сақландинг», дейилади. Шайтон ундан четланади. Бошқа бир шайтон ҳидоят қилинган, кифоя қилинган ва сақланган одамга: «Ҳолинг қандай?» дейди».
Иккисини «Сунан» эгалари ривоят қилишган.
Шарҳ: Ушбу дуони ёдлаб олиб, уйдан чиқаётганда ўқиб юришга одатланиш лозим.
@qalbdagiilm
2 203
#duo
Ummu Salama onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydan chiqayotib:
بِاسْمِ اللهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللهِ، اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَضِلَّ أَوْ أُضَلَّ أَوْ أَزِلَّ أَوْ أُزَلَّ أَوْ أَظْلِمَ أَوْ أُظْلَمَ أَوْ أَجْهَلَ أَوْ يُجْهَلَ عَلَيَّ «Bismillahi, tavakkaltu 'alallohi. Allohumma inniy a'uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala 'alayya»,degan duoni o'qir edilar». (Ma'nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va toyiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko'rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so'rayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari.
2 203
🫴Kim tong otganda
"Roziyna billahi Robban va bil islami diynan va bi Muhammadin rosulan",desa Alloh taologa oʻsha bandani rozi qilish vojib boʻladi. Duoning kuchini haqida so'rashganda, mana shu duo bilan bogʻliq hayotiy voqealarimni misol keltirgan boʻlardim. Bir kuni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining videoaida shu duoni koʻrdim. Ertasi kuni erta tongda turishim bilan duoni aytdim. Shu kundan boshlab hayotimda sodir boʻladi deb oʻylamagan hodisalar sodir boʻldi. 🌹1-kuni eng katta Ramazonda erishishni xohlagan orzuimni hech boʻlmaganda Alloh taolo tushimda koʻrishimni nasib qildi. 🌹 Allohimga shukurlar boʻlsin 💥 ♥️♥️♥️ Bularning chegarasi yo'q. 🌹 Yana bir misol esa kecha boʻlgan. Uyga borib 2 xil taomni yeyishni xohladim. Oyim pishirmagan ekanlar. Qo'shnimiz huddi o'sha taomlarni chiqarib yuboribdi. Vaholanki oyimga bu haqida aytmagan ham edim...🌹
2 203
Hamma izlagan kitob📖
“Yashamoq”ni o‘qimay o‘lmang!
Shunday kitoblar borki, ular haqida ko‘p gapirib o‘tirishga ham hojat yo‘q, aslida. Shunchaki olib, o‘qish kerak! Chunki ich-ichingda kuchli zilzila sodir bo‘layotganini his etish baribir boshqacha...
🪶Avval boshdayoq aytib qo‘yay: ushbu asarni o‘qib bo‘lgach, “Men bir kitob o‘qidim!”, demaysiz. “Men bir hayot yashadim!”, deysiz! Bu shunday hayotki, unda baxt va huzn, boylik va qashshoqlik, hayot va o‘lim, do‘stlik va dushmanlik yonma-yon...
📖O‘qishdan to‘xtaganda ham bemalol yig‘lab olish uchun, bazo‘r tutib turilgan ko‘z yoshlaringizni o‘z holiga qo‘yib berish uchun, hayajon tiqilib qolgan yuragingizga biroz nafas berish uchun to‘xtaysiz!
@qalbdagiilm
2 203
💥Kim tong otganda
"Roziyna billahi Robban va bil islami diynan va bi Muhammadin rosulan",desa Alloh taologa oʻsha bandani rozi qilish vojib boʻladi.
