cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BEZORI ARVOH

26•03•2024

Show more
Advertising posts
214
Subscribers
+224 hours
No data7 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Animeda ancha yaxshiroq edi
Show all...
😁 2
Ingliz tilida soʻz boyligini oshirish uchun oʻzini qiziqtirgan kitobni oʻqish foydali deb eshitgandim. Men "The promised Neverland"ning mangasini ingliz tilida oʻqiyapman va shuni tushundimki manga ancha xunuk chizilgan ekan🤦🏻‍♀
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Boʻyashni yomon koʻraman...
Show all...
❤‍🔥 8 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hozircha unchalik oʻxshamayapti-yu.... tugatganimdan keyin balki oʻxshab qolar
Show all...
7❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shu rasmni chizishni istaydi bu koʻngil
Show all...
❤‍🔥 7
Photo unavailableShow in Telegram
Mem #Yarimta_hayot Men Denisni koʻpincha jilmayib turgan yoqimtoy vampircha holida tasavvur qilaman. Parvina esa "bir tonnalik zuluk" holida😁
Show all...
😁 9❤‍🔥 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yarimta_hayot Achinarli mem🥲
Show all...
5😢 3 3❤‍🔥 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mem #Yarimta_hayot
Show all...
😁 14❤‍🔥 1🔥 1🤔 1
•Yigirma uchinchi qism• BIR KUNLIK REJA Parvina kech uxlagan boʻlsa ham doimgidek 5:30 da uygʻonib doimgi kun tartibini boshladi. Kiyim javonidan moviy rangli ish formasini olar ekan unga qadalgan toʻgʻnogʻichni koʻrib oʻylanib qoldi. Bu oʻsha oq vampirning sevimli oʻljasiga beriladigan la'natlangan toʻgʻnogʻich emas, undan ancha farq qiluvchi, yurak ritmi shaklida yasalgan mittigina kumush bezakka oʻxshardi. Afsonalarga koʻra vampirlarni kumush oʻldira oladi va bu toʻgʻnogʻichni Denis qoʻygan boʻlsa gʻalati. Yoki chindan oʻzini vampir deb oʻylashdan tuzalyapti, yoki battar aqldan ozyapti. Lekin hammasidan ham muhimi bu narsa tunda u yana qaytib kelganini anglatadi. Kartalning muolajasi 6:00 da boʻlgani uchun koʻp oʻylab oʻtirishga Parvinaning vaqti yoʻq edi. Shoshilib formasini kiydi-da 2-palataga yoʻl oldi. ••• — Akam hali uygʻonmadimi? — palataga kirgach hech narsa qilmay karovatida qoʻllarini chalishtirib oʻtirgan Kartaldan soʻradi qiz. — U hech qachon aniq bir vaqtda uygʻonmagan. Yoki juda erta yoki juda kech turadi. Jadvalga umuman amal qilmaydi, senga oʻxshab. Gapining oxirida Parvina kecha umuman Kartalning yoniga kelmay uning buzilmas qonunlarini buzganiga shama qilib oʻtdi. — Toʻgʻri, bu jadvalingizga amal qila olmayapman, istasangiz qarovchingizni almashtirishingiz mumkin. Lekin sizning usulingiz hissiyotlaringizga yordam bera olmaydi. Menda yaxshiroq taklif bor. Muolajadan qaytganingizda aytib beraman. Doimgidek oq xalatdagi ikki kishi kelib Kartalni olib ketgach bir yarim soat erkin boʻlishini his qilgan qiz Madid uygʻongunicha Pokerfacening kechagi jadvalida nimalarni oʻtkazib yuborganini koʻrib chiqmoqchi boʻldi. Kunning 6:00 dan 7:30 gacha boʻlgan qismi Parvina uchun haqiqiy jannatdek edi. Chunki bu paytda Kartal ham Denis ham muolajada boʻladi. Lekin, huddi shu vaqt oraligʻida ularning tanalari kalamushdek ishlatilishini oʻylab qizning yuragi gʻash boʻlib ketdi. — Tez orada hammasi tugaydi, — oʻziga taskin berdi Parvina, — Qani kechagi oʻzgartirilgan jadvalda nimalar boʻlgan ekan. U devorga yaqinroq kelib roʻyxatni oʻqiy boshladi: — Hoʻsh, kecha ertalabdan Chin-Xening oldiga reanimatsiyaga ketgan edim. Oʻsha tundagi voqeadan soʻng 13-boʻlim bemorlariga biroz muddat boʻlimdan chiqish ta'qiqlangan edi. Demak, Kartal avvalgi rejalarni oʻzgartirgan. 03.04.2060 sana uchun maxsus kun tartibi: 5:00 uygʻonish 5-01—5:15 yuvinish 5:16—5:40 fikr yuritish — Qiziq bu vaqtda u nimalar haqida fikr yuritar ekan, — kulib qoʻydi qiz. Keyin oʻqishni davom etdi: 5:41—5:49 Parvinani kutish. Tagidan qizil ruchkada "kelmadi" deb yozib qoʻyilgan. — Hech boʻlmasa Pokerface mening ismimni bilar ekan. Har holda Denisga oʻxshab uloqcha deb atamaydi. U ismimni eslab qolishga hatto harakat ham qilmagan. 5:50—5:59 muolaja uchun borish. 6:00—7:30 muolaja vaqti. Muolaja vaqti tagidan esa "muolaja bekor qilindi" deb izoh qoldirilgan edi. — Shunaqa boʻlishi ham mumkinmi? Unda bu vaqtda u nima qilgan? Axir kecha hamma oʻzgargan edi, balki Kartal ham... 6:00—7:30 dan keyingi hamma reja oʻchirib qaytadan tuzilgan edi. 6:15—7:30 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 7:31—8:00 Nonushta. 8:01—9:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 9:01—9:45 Kitob oʻqish vaqti. 9:46—10:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 10:01—10:30 Madid bilan suhbat. 10:31—11:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 11:01—11:30 Parvinani izlash. Izoh: topildi. 5-palatada. 11:31—11:59 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 12:00—12:30 tushlik. 12:31—13:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 13:01—15:00 "Sevish vaqti" mashgʻuloti. Izoh: bajarilmadi. 15:01—16:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 16:01—17:00 "Hafa boʻlish" mashgʻuloti. Izoh: muvaffaqqiyatli bajarildi. — Jadvalning davomi nega yoʻq? Odatda Kartal hech qachon jadvalini chala qoldirmagan. Balki bu safar "Parvinani kutish. Izoh: kelmadi" deb yozishdan charchagani uchundir. Balki bu ham tuzalish oqibati. "Hafa boʻlish" vaqti muvaffaqqiyatli bajarilgan boʻlsa demak u hafa boʻlgan. Bu yaxshi. Yoʻq, hafa boʻlgani yaxshi emas, lekin his qilgani yaxshi...
Show all...
13🔥 2🕊 2🌚 2 2 1❤‍🔥 1👍 1🥰 1😁 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Boʻlarkan-ku, demak hamma gap dangasalikda. Tez orada 30 taga yetadigan koʻrinadi, davomini yozishni boshlash kerakmi deyman. Keyingi safar kattaroq son aytaman😁
Show all...
😁 9👏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.