cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

Show more
Advertising posts
6 275
Subscribers
+9724 hours
+2277 days
+47530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Huquqni muhofaza qilish akademyasiga super-kontrakt bilan o'qishga kirsa bo'ladimi? Huquqni muhofaza qilish akademyasi harbiylashtirilgan tuzilmalar yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar super-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinmaydi. Harbiylashtirilmagan tuzilmalar yo'nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga asosan. Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)da to‘plagan natijalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
👍 4 1
⚡️ Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim "Yurisprudensiya" yo'nalishiga 40 kunlik onlayn tayyorlov kurslariga qabul boshlandi 🔹 40 kunlik o'quv kurs "huquqshunoslik" fanlaridan bo'lib o'tadi; 🔹 Kursda oliy ma'lumotga ega bo'lgan abituriyentlar yoki OTM bitiruvchilari o'qishi mumkin; 🔹 Kurs 10-iyuldan boshlanib 20-avgustgacha davom etadi, darslar haftadasiga besh kun, soat 20:00 dan 22:00 gacha bo'lib o'tadi; 🔹 Birinchi ro'yxatdan o'tgan 30 nafar abituriyent qabul qilinadi; 🔹 Kursning narxi 500 ming so'mni tashkil etadi, to'lovlar oldindan amalga oshiriladi; 🔹 2023/2024- o'quv yilida "Huquqshunoslik" kurslarimizda tayyorlangan 11 nafar abituriyentdan 8 nafari "Yurisprudensiya" yo'nalishining talabasi bo'lishgan. Kursga yozilish uchun 👉 @Yurisprudensiya1_bot Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

👍 10🔥 2👏 1🤔 1
Malakali kadrlar bilan oʻynashmang! Avvalambor “malakali kadr” soʻziga taʼrif beraman. Malakali kadr bu - ham nazariy bilimga, ham amaliy tajribaga ega, ham koʻngli toza boʻlgan kadrdir. Koʻpgina malakali kadrlar oʻz hayotiy prinsiplariga ega boʻlishgani sababli ular adolatni talab qilishsa, adolatni taʼminlashning oʻrniga ularning oʻziga qarshi kurashishadi. Bu toʻfonli protsess davomida malakali kadr yo elastik hususiyatga ega boʻlib boshqalar bilan murosaga boradi, yo uni oʻtirgan joyidan “quritadilar”. Qarabsizki, kattagina mansabda oʻtirgan kadr “uchib borib” chekka xududlardagi nisbatan pastroq lavozimga tayinlanadi yoki tuxmat bilan qamalib ketadi. Shu tarzda uni “koʻkartirishmaydi”. Lekin malakali kadr ertami-kechmi yana tiklanadi. Biroq uning koʻnglida qaysidir shaxs yoki tashkilotga nisbatan bir umrlik “olovli choʻgʻ” qoladi. Bu choʻgʻ davri kelib katta olovga aylanib ketadi va misli koʻrilmagan yongʻin hosil qiladi. Amaliy misol: Muhtaram Prezidentimizga nisbatan kimlardir qachonlardir xuddi shunday adolatsizliklar qilishdi, biroq 2016-yildan soʻng ushbu tashkilotlar tag-tomiri bilan tozalanib tashlandi. Yuristlarga oʻqish davridan “ertaga birovni taqdirini xal qilasizlar” degan tushuncha miyasiga singdiriladi. Shaxsan oʻzim bu gapga umuman qoʻshilmayman. Eng katta mansab egasi ham birovni bir sekundlik umrini hal qila olmaydi. Taqdir kitobi insoniyat yaratilishidan bir necha ming yil oldin yozib boʻlingan..... Xulosa qilib aytmoqchimanki, malakali kadrlar bilan oʻynashmang, ular haqiqatni gapirsa taʼqib qilmang, unday qilib yuboraman, bunday qilib yuboraman, kelajagingni oʻylab qadam bos deb qoʻrqitmoqchi ham boʻlmang. Hamma narsa Alloxning qoʻlida! Ertaga tergov harakatlari bayonnomalarida kimning familiyasi ayblanuvchi qatorida, kimning familiyasi tergovchi qatorida, kimning familiyasi ximoyachi qatorida yozilishini bandasi bilmaydi. Kanalga aʻzo boʻlish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
👍 18👏 4
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Nodavlat OTMdan davlat OTMga imtihonsiz ko'chirish mumkinligi to'g'risidagi video xabarlarga huquqiy tushuntirish Siz o‘qishingizni O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasi yoki respublikamizdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasining filialidan davlat oliy ta’lim muassasasiga mos yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tsangiz ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshirasiz va maxsus sinov natijasiga ko‘ra o‘qishingizni ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Agar Siz o‘qishingizni davlat oliy ta’lim muassasasining turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tsangiz, ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoridagi bir martalik to‘lovni amalga oshirishingiz lozim bo‘ladi. Masalan: "Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo'yicha) - 60111800" yo'nalishidan noturdosh yo'nalish bo'lgan "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) - 60420100 " yo'nalishiga o'qishni ko'chirish uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorini ya'ni 220,7 mln so'm to'lash kerak bo'ladi. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
😱 8👏 7👍 5👎 1
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Hayot derkan otini, yerkan odam zotini. Kesib qo'yishar ekan, lochinni qanotini. Kimga aytsin dodini? Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
An9C7bNxqz4a_LjmXML0HHh99mws0XDUZwhIJR3XpKPV3M_ERNrI8fWd1tS_AEQ.mp41.92 MB
👍 13👏 1😢 1👌 1
Endi "mahalla yettiligi" emas "mahalla sakkizligi" desak ham bo'ladi, chunki PF-80 bilan adliya xodimlari mahallaga chambarchas bog'langan uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish; aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash; yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish; davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
👍 11😁 8 1
Photo unavailableShow in Telegram
#arxiv_2021 O'qituvchilarning oylik maoshi 2025-yilga borib ming dollarga ( 12,6 mln so'm) yetkaziladi Kutamiz, kuzatamiz, vaqt oliy hakamdir.. @yurisprudensiya
Show all...
😁 13👍 8
"Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish kiritildi Unga ko'ra, direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari , yoshlar yetakchisi, hamshira va laborant lavozimlari tugatildi Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
6992730.pdf1.13 MB
👎 14👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Yilning ikkinchi yarmi boshlandi 2024 yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar kamida 25% ga oshirilishi kerak edi, lekin 1% ga ham oshirilgani yo'q (hozircha) Ma'lumot uchun, 2024-yil uchun mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining davlat budjetidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari boʻyicha tariflarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 9,5 trillion soʻmdan ziyodroq mablagʻ ajratilgan Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
Show all...
🤬 27👍 7😁 3🔥 2
"Mahalla yettiligi"ning telefon raqamlarini @Smartmahallabot orqali topish mumkin @yuriprudensiya
Show all...
👍 12👏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.