cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Arab tilini o‘rganamiz

Arab tilini 0 dan o‘rganing. Darslar mundarijasi: t.me/arabtili_arabcha/6 Reklama joylashtirish uchun:️ @reklama_servis

Show more
Advertising posts
21 966
Subscribers
-1524 hours
+177 days
+29330 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
O‘rganish kerak bo‘lgan xorijiy tillar Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. O‘rganish foydali bo‘lgan chet tillar: Arab tili; Ingliz tili; Turk tili; Fors tili; Rus tili; Bu tillar nafaqat foydali, balki juda go‘zal tillar. Arab tilini mukammal bilish diniy adabiyotlarni asliyatdan o‘rganishga zamin yaratadi. Tafsir, Hadis va uning sharhlari, fiqh va uning asoslari, Qur’on bilimlarini o‘rganish, shuningdek, olimlarning ijtimoiy masalalarga bag‘ishlab yozgan ommabop asarlarini mutolaa qilishda asqotadi. Shar’iy bilimlar ma’lum marhalaga qadar ustoz bilan o‘rganilishi shart. Ammo, buning uchun ham avval arab tilini yaxshi bilish lozim. Ijtimoiy ahamiyatga molik asarlarni esa ustozsiz mutolaa qilsa ham bo‘ladi. Zero, bunday asarlar zotan tushunarli va ommabop ruhda yoziladi.  Bu sanaganlarimiz arab tilining uxroviy va tarbiyaviy foydalari. Dunyoviy ma’noda esa arab tilini bilish arablar bilan muloqot qilish, ushbu tilning balog‘atu fasohatidan bahramand bo‘lish uchun kerak. Shuningdek, arab tilidan biror qiymatli asar tarjima qilib yoxud arab tili o‘rgatib tirikchilik qilish ham mumkin. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish uxroviy manfaatlarga vasila bo‘lmasa-da, bu tilning dunyoviy sohalarda muhimligi barchaga ma’lum. Inglizchangiz bo‘lsa, dunyoning ko‘p joylarida odamlar bilan anglashib ketaverasiz. Agar chuqurroq bilsangiz dunyoga mashhur asarlarni asliyatdan o‘qib tushunish imkoniga ega bo‘lasiz. Bordiyu ilg‘or texnologiyalar sohasida ishlasangiz ingliz tilisiz qiyin. Zero, barcha texnik atamalar inglizcha yoki inglizlashgan lotincha so‘zlardan iborat. Nafaqat IT sohasi balki, ko‘plab dunyoviy sohalarda ingliz tilini bilish olqishlanadi. Yuqorida aytganimizdek, zikr qilingan tillar uxroviy yoki dunyoviy ahamiyatidan tashqari, davrlar o‘tishi bilan rivojlanib, go‘zallashib qolgan tillardir. Masalan, sof adabiy arab tilida biror parchani o‘qish yoxud eshitish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ba’zi olimlar bor, mavzu fiqhiy yoki ilmiy bo‘lsa-da, ishlatgan jumlalari g‘oyat pishiq, fasohatu balog‘atga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shunday kitoblarni o‘qisangiz ham ilm, ham adabiy zavq olasiz.  Turk tili endi o‘zbeklar uchun begona til emas. Lekin, masofalar uzoqligi va uzoq muddat bordi-keldi bo‘lmagani tufayli Turkiya turkchasi o‘zicha rivojlanib, ko‘p so‘zlarni fransuzchadan olib, yon-atrofidagi davlatlardan ta’sirlanib, bizning tilimiz bilan oradagi tafovut jari kattalashib qoldi. O‘z navbatida dunyoda so‘zlashuvchilar soni jihatidan ikkinchi buyuk turkiy til bo‘lgan o‘zbek tili ham mustabid tuzum davrida o‘zicha, mustaqil ravishda rivojlana olmadi. Go‘yoki qafasga tushib qoldi. Dunyo sohasida nimaiki, yangilik chiqsa, uning nomi va atamasini ruslardan olishga majbur bo‘ldi. Va shu tufayli qaysidir ma’noda tilimiz rivojlanishdan to‘xtab qoldi. Turk tili arab, fors va yevropa tillaridan ta’sirlanganligi uchun ham bag‘oyat go‘zallashib, mukammallik kasb etgan. Turkcha asarlarni o‘qisangiz o‘zgacha zavq olasiz. Fors tilining jozibadorligi, go‘zalligi ham bejiz emas. U ham qadim imperiyalar va sivilizatsiyalardan meros bo‘lib qolgan tildir. Shuningdek, juda ko‘p ilmiy-adabiy asarlar ham ushbu tilda bitilgan. «Forsiy shakar ast» (Fors tili shakardek shirin) degan mashhur ibora ham bejiz paydo bo‘lmagan. Forslarning so‘zlashuviga quloq solsangiz xuddi ashula aytayotgandek, tasavvur paydo bo‘ladi. Chunki, so‘zlari chiroyli va oddiy so‘zlashuv ham ma’lum ohang va ritmlarga tushib qoladi, istar-istamas. Rus tili doimiy ravishda yangilanib, rivojlanib boruvchi til bo‘lganligi uchun hamda Rossiya imperiyasi ham qaysidir ma’noda Britaniya imperiyasi bilan raqobatlashib, ko‘p joylarni mustamlaka qilganligi ortidan rus tili juda boyib ketdi. Boz ustiga, Rossiyada ilm-fanga e’tibor juda kuchli. Qayerda ilm-fanga e’tibor bo‘lsa, o‘sha yerning tili albatta kuchayadi. Ushbu omillar ta’sirida rus tilining fasohatu balog‘ati ham rivojlanib, yoqimli tilga aylandi. Alisher Sultonxodjayev 📖 @arabtili_tv
2 0960Loading...
02
📎 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 💡 Arab tili darslariga qabul ochildi ! 🧕 Ustoza : – O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi; – CEFR (C1) sertifikatiga ega. 📚O'qiladigan kitoblar : ➡️ Miftahul-arobiyya A1 ; A2 ; B1 kitoblarining 2tadan : eshitish-gapirish va o'qish-yozish qismlari ; ✅ Umumiy hisobda 6ta kitob o'qiladi. 📌Miftahul-arobiyya B2 qismi ham o'quvchilar xohishiga ko'ra o'qilishi mumkin. ➕ "Fahmul-maqru'" kitobidan o'qish mahoratini rivojlantirish uchun ba'zi matnlar; ➕" Dalil ash-shiroka al-lug'oviyya" kitobidan ham gapirish mahoratini oshirish uchun foydalaniladi. ⏳Kurs muddati : – 8 oy(±) 🔴 O'quvchilar soni (eng ko'pi) : — 7 ta 🗓 Dars kunlari haftada 3 kun: ➡ Dushanba; ➡ Chorshanba; ➡ Juma. ⏰Dars vaqti( 1.5± soat) :         06:00 - 7.30 💰Kurs narxi : 330 ming ⏰Boshlanish sanasi: 03.06.2024 📌Kurs kimlar uchun: – Arab tilida qiynalmasdan o'qib, yoza oladigan; – Arab tilini o'rganishni endi boshlagan; – CEFR sertifikatiga tayyorlanmoqchi bo'lgan; – Yengil grammatika (nahv) o'rganishni xohlagan ayol-qizlar qatnashishi mumkin. 📩Murojaat uchun: @Madina_Umid
2 4130Loading...
03
Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar Qur’on yodlash fazilatlari kitobida Qur’oni Karimni yodlashda foyda beradigan 40 qoida va ko‘rsatmalar bayon qilingan. Bu o‘z navbatida Qur’on yod olmoqchi bo‘lgan kishiga ajoyib yo‘llanma bo‘ladi, albatta. Ular ikki qismdan iborat: Birinchi qism: Qur’oni Karimni va barcha ilmlarni yodlash uchun mutlaq, umumiy, asosiy qoida va shartlar. U oltita qoidani o‘z ichiga oladi: 1. Iltijo. 2. Ixlos. 3. Taqvo. 4. Allohdan qo‘rqish. 5. Allohning Kitobiga amal qilish. 6. Besh vaqt namozga rioya qilish. Ikkinchi qism: Qur’oni Karimni yodlashga xos bo‘lgan qoida va usullar. Bu qism qolgan o‘ttiz to‘rt qoidani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ttiz to‘rtta qoidaning ichida qilinishi lozim bo‘lgan rukn va vojibotlar ham, qo‘shimcha qilinsa, yaxshi bo‘lgan yordamchi vazifalar ham bor. Qirqta qoida va ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat: • Tahajjud paytida Alloh azza va jallaga iltijo qilib yolvorish. • Hifz amaliyotiga xos daftar tutish. Himmat va g‘ayratni qo‘zg‘atish. • Mohir ustozni tanlab, Qur’onni undan og‘izma-og‘iz o‘rganish va Mushafning o‘zi bilangina cheklanmaslik. • Yodlash uchun munosib joy tanlash. • Amalni Alloh taolo uchun xolis qilish. • Ustozga ham, Mushafga ham birdek odob va ehtiromda bo‘lish. • Qur’oni Karimni unutganga va’da qilingan qattiq va’idlarni his qilish. • Qur’onni yodlagandan keyin unutish gunohi kabiralardandir, deb e’tiqod qilish. • Xato qilgan o‘rinlarni belgilab qo‘yish. • Yodlash uchun eng afzal yosh 5 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davr. • Bitta nusxadagi Mushaf bilan cheklanish. • Har yili tarovih namozida xatm qilishni va (kundalik) namozlarda o‘qishni lozim tutish. • Kundalik vazifani tayyorlash. • Kundalik takrorni yo‘lga qo‘yish. • Bir-biriga o‘xshash oyatlarni jamlash. • Xatoni yuz marta takrorlash bilan tuzatish. • Yodlash amaliyotidagi atamalar bilan tanishish. • Yodlash uchun munosib vaqtni tanlab, o‘zgarmas, sobit vaqtni qayd qilib olish. • Taqvo qilish va ma’siyatlardan chetlanish. • Takror yodlashning asosidir. Qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘proq mustahkamlanadi. • Nafl namozlarda yoddan o‘qish. • Nafl namoz va tarovih namozlarida Mushafga qarab o‘qish joiz emasligiga e’tiqod qilish. • Vaqtni tartibga solish. • O‘tirish holati. • Qur’onni yodlayotgan vaqtda ovozni ko‘tarib, jahriy qiroat qilish. • Tartibli silsila va garchi oz bo‘lsa-da, uzmasdan, davomiy tayyorlab borish. • Kundalik yangi darsni belgilangan uslub bilan Fotiha surasi kabi mustahkam yodlash. • Maxfiy va oshkor holda ham Alloh taolodan qo‘rqish. • Qur’on yodlash duosini esdan chiqarmay, takrorlab turish. • Aniqlab olingan xato o‘rinlarda umr davomida yana xato qilish eshigini yopish. • Kunning kamida sakkiz soatini yod olishga sarflash. • Hayz ko‘rgan ayol muroja’ani eshitish, ko‘rish va qalbdan o‘tkazish vositasi ila bajarishi. • Yod olish jarayonida ustozni almashtirmaslik. • Alloh taoloning Kitobiga amal qilish. • Qur’on juda oson, ayni paytda tez qochib ketuvchidir. • Har kecha Baqara surasining o‘nta oyatini qiroat qilish. • Kunduzgi virdlarni tunda tahajjudda o‘qish. • Besh vaqt farz namozlarni birinchi takbirga yetishish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishni tark qilmaslik. • Kunlik shaxsiy tilovat virdida bardavom bo‘lish. • Yodlash amaliyotida va ovozni go‘zallashtirishda yordam beradigan ne’matlarni iste’mol qilish. © Jaloliddin hoji domla HAMROQULOV 📖 @arabtili_tv
3 5630Loading...
04
Ham zamonaviy ham klassik arab tilini bosqichma bosqich sifatli oʻrganish mumkinmi? Albatta mumkin. Buning uchun CEFR C1 sertifikatiga ega, Islom Akademiyasi bitiruvchilarining Arabic Zone kanalida berib boriladigan 💭محادثة soʻzlashuv 📝كتابة yozish 📚قراءة oʻqish 🎧استماع tinglash koʻnikmalari sizga yordam beradi. Ilmni olishda قليل دائم خير من كثير منقطع yaʼni Uzluksiz olingan oz narsa uzuq-yuluq olingan koʻp narsadan afzaldir, shunga koʻra ushbu sahifa sizga manfaatli boʻladi degan umiddamiz. Obuna boʻlish: @arabic_zoneuz
3 6120Loading...
05
Asliyatimizni anglaymiz!
9710Loading...
06
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 8-dars. Til va undagi maxrajlar Dars mundarijasi: - Til va undagi maxrajlar; - Tilning harflar talaffuzidagi qismlari; - Tish va unga bog'liq ma'lumotlar; - Harflarning bir-biridan ajratib turuvchi sifatlari. 📖 @arabtili_tv
4 0720Loading...
07
Qur’onni tez yodlash usuli va odobi Qur’oni Karimga bo‘lgan odob, Alloh subhanahu va taologa nisbatan odob hisoblanadi. Ana shunday odoblardan deb quyidagilarni eslash mumkin: – Qur’on o‘qishda Alloh taoloning roziligini qasd qilishimiz, undan boshqa narsani istamasligimiz. Mana shu Alloh taolo qabul qiladigan qiroat hisoblanadi; – har tomonlama pok, tahoratli bo‘lishimiz; – Qur’on tilovat qilgan vaqtimizda pok, toza joyda o‘tirishimiz; – o‘qishni boshlashda «a’uzu» aytishimiz. Bunda suraning boshi bo‘ladimi, o‘rtasi bo‘ladimi, baribir. Bunga dalil Alloh taoloning quyidagi oyatidir: «Qur’on o‘qigan chog‘ingda Allohdan quvilgan shayton(sharri)dan panoh so‘ragin»;  – Tavba surasidan boshqa suralarning boshida «basmala» aytish; – Qur’oni Karimga hurmatan xushu’ va diqqat-e’tibor bilan tilovat qilishimiz; – o‘qiganlarimizning ma’nolarini o‘rganishga harakat qilishimiz va uning mag‘zini chaqib, tafakkur qilishimiz; – tajvid ahkomlariga rioya qilishimiz, tilovat asnosida ovozimizni chiroyli qilishimiz va mashaqqatsiz dona-dona qilib, tartil bilan o‘qishimiz;  – shuningdek, eshitayotgan kishi ham bevosita qoridan yoki biror jihoz orqali tinglaganida Qur’oni Karim oyatlariga jim quloq tutishi va tafakkur qilishi lozim; – esnoq kelganida to u batamom ketgunicha tilovatni to‘xtatib turishimiz; – qiroatni tamomlashda «Sodaqollohul ’aziym», deyishimiz va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning omonatni yetkazganliklariga guvohlik berishimiz; – tilovatni gap bilan bo‘lmaslik. Faqat zarurat yuzasidan bo‘lsa, joiz. Masalan, salomga alik olish kabi; – rahmat oyatlarida Allohdan fazlu marhamatini so‘rab, qo‘rqituv oyatlarida U zotdan panoh tilashimiz; – Qur’onni yod olishda bardavom bo‘lishimiz va yod olganlarimizni unutib yubormasligimiz uchun doimo takror qilib turishimiz; – Qur’oni Karimning amrlari va qaytariqlariga qat’iy rioya qilishimiz; – Qur’oni Karim bilan xulqlanishmiz va unga doimo amal qilishimiz. Men sizlarga Qur’on yodlash sirlari haqida ustozimdan eshitgan va o‘z tajribamda sinagan ayrim narsalarni ham aytib beraymi? Undoq bo‘lsa, marhamat: – yuqorida aytilgan tilovat odoblariga rioya qilish; – Alloh taolodan yordam so‘rab duo qilish; – ota-ona va ustozning duosini olish; – odobsizliklardan, yomon ishlardan uzoq bo‘lish; – astoydil qasd qilish va yod olishga qodirligiga ishonish; – havosi toza, hayolni chalg‘itadigan, rang-barang bo‘lmagan, tinch, xoli joyda yod olish; – munosib vaqt tanlash. Yodlash uchun eng afzal vaqt tong sahar va namozdan keyingi ertalabki soatlardir. Buning uchun yotishdan oldin darsni ma’lum adad o‘qib, chala yodlab olsangiz, ertalab turganingizda 3-4ta o‘qishingiz bilan dars yodlanib qoladi. Shundan so‘ng yoddan 100-150ta sanoq qilsangiz, qarabsizki, dars tayyor; – yodlashga kirishishdan oldin to‘g‘ri o‘qishni o‘zlashtirib olish; – dona-dona qilib, shoshilmay, ohang bilan o‘qish – doimo bir mus'hafda o‘qish; – yod olgan suralarni takror qilib turish; – tartibli ravishda har kuni ma’lum hajmda yodlash. Darsni ko‘paytirganda ham asta-sekin, bir qator-ikki qatordan ko‘paytirish; – oyatlarning ma’nolarini o‘rganib amal qilish; – agar dars ko‘p bo‘lsa, bo‘lib yodlash va bir qismi tayyor bo‘lgandan so‘ng 20-30 daqiqa dam olish. Manba: Quran.uz 📖 @arabtili_tv
5 1960Loading...
08
Oyiga 3 mln topaman, 5 mln ishlataman... Odamlarga doim aytaman: ko‘p pul topishning o‘zi sizni boy qilib qo‘ymaydi. Uni saqlay bilish, to‘g‘ri boshqarish va ko‘paytirish muhimroq. Bu ilm esa moliyaviy savodxonlik deyiladi. Ayni shu masala sodda tilda tushuntirib boriladigan kanalni tavsiya qilaman. Obuna boʻling, foydali va sifatli kanal. Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/+ToFWA46bG68zN2Ji https://t.me/+ToFWA46bG68zN2Ji
4 5240Loading...
09
📹 Arab alifbosining to’g’ri talaffuz qilinishi 🎙 Shayx Alijon qori 📖 @arabtili_tv
5 0670Loading...
10
Quroni tilovatining 20 odobini o‘rganamiz! Bandalarini O‘zining muqaddas, mo‘jiz Kalomini o‘qishni o‘rganish baxtiga musharraf etgan Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin. O‘z ummatlariga: "Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir" deya, ularni ushbu Kalomi Rabboniyning ta’limiga targ‘ib qilgan va bunda o‘zi eng go‘zal namuna bo‘lgan Nabiyimiz Muhammad mustafoga Allohnig salotu salomlari bo‘lsin. Ulamolarimiz Qur’oni Karim qiroati odobi haqidagi barcha dalillarni va mulohazalarni o‘rganib chiqqanlaridan keyin xulosa qilib, bu odoblarni quyidagicha tartibga soladilar: 1. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi tahoratli bo‘lishi lozim. 2. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi odobli bo‘lishi kerak. 3. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi cho‘kka tushib, tavozu’ bilan o‘tirishi kerak. 4. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi chordana qurib, yonboshlab yoki mutakabbir sifatda o‘tirmasligi kerak. 5. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi uchun eng afzal holat tik turgan holida namozda va masjidda o‘qimoqlikdir. 6. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi o‘zining muhim ishlarini tashlamasligi kerak. Ishdan bo‘shaganda qiroat qiladi. 7. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi uchun qiroat ko‘payib badaniga zarar yetkazadigan bo‘lmasligi kerak. 8. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi o‘ta shoshilib tartil va tajvidni buzmasligi kerak. Tilovatdan vaqtni qizg‘anib yoki boshqa sabablar bilan shoshilib o‘qimaslik. 9. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi oddiy kishi bo‘lsa, har kuni bir poradan o‘qib, bir oyda bir marta xatm qilib turishi kerak. 10. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi qiroatni ko‘p qilmoqchi bo‘lsa, uch kundan kam bo‘lmasligi kerak. 11. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi xatm qilganidan keyin Alloh taologa duo qilishi marg‘ubdir. 12. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi imkoni boricha tilovatni chiroyli qilishga harakat qilmog‘i mustahabdir. 13. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi qiroatni ichida qilmog‘i mustahabdir. Bu o‘ziga eshitiladigan qiroatdir. 14. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi ba’zi maqsadlar uchun ovozini baland qilib qiroat qilsa ham joiz. 15. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchining mushafi bo‘lsa, o‘sha mushaf qarovsiz qolmasligi uchun har kuni ma’lum oyatlarni bo‘lsa ham unga qarab o‘qib turmog‘i lozim. 16. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi doimo o‘zi o‘qiyotgan kalom basharning emas, Alloh taoloning kalomi ekanini va U zotning ulug‘ligini his qilib turmog‘i lozim. 17. Tilovatga kirishishdan oldin aqlni mashg‘ul qiladigan turli omillardan zehnni xoli qilish. 18. Har gal tilovatga kirishish oldidan Alloh taolodan uni oson etishini chin dildan so‘rash va U Zotdan doimo g‘ayrat, kuch-quvvat va imkoniyatlar so‘rab duoyu iltijoda bo‘lish. Zotan Allohdan o‘zga hech kimdan quvvat va yordam yo‘qdir. 19. Bu o‘rinda oddiy matnni emas, balki, buyuk ilohiy kitob, lafzi ham, ma’nosi ham Alloh tomonidan bo‘lgan, U Zotning qadiym kalomi bo‘lmish Qur’oni karimni, ilohiy vahiyni o‘qiyotganini unutmaslik, bu haqiqatni doimo his qilib turish. 20. Bu yo‘lda to‘g‘ri niyat bilan qilingan har bir harakat va mashg‘ulot ibodat hisoblanishini doimo yodda tutish. 📖 @arabtili_tv
5 4260Loading...
11
📚«Arab tili va Adabiyot» kursi (Diniy emas, faqat lugʻaviy) 📶Darajalar: Boshlangʻich, Oʻrta va Yuqori 💻Shakl: Online Telegram orqali (zapislar bilan) 📆Jadval: Haftasiga 3 marta 2soatdan 💵Narx: 1)Jamoaviy: 200ming soʻm 2)Yakka tartibda: 400ming soʻm. (Hofizlar yoki ayollarga 25% chegirma bor) +Qoʻshimcha: Arab tilidagi eng eski va qiyin matnlarni tushuna oladigan boʻlasiz بإذن الله 🌐Dars kanaliga obuna boʻling: https://t.me/islamic_renaissance_Uz ☎️Tel: +998907774301 ❗️Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi Botga oʻzingiz haqingizda yozib qoldiring: 🤖 @Islamic_Renassiance_Bot - Undan tashqari yordam kerak boʻlsa bemalol kanal guruhida berishingiz mumkin, xolis xizmat koʻrsatiladi.
5 0680Loading...
12
Raqamli kitoblar mundarijasi • 001-020: Islomiy kitoblar • 021-030: Mumtoz kitoblar • 031-040: Tarixga oid kitoblar • 041-060: Bolalar adabiyoti • 061-080: O‘zbek adabiyoti • 081-100: Jahon adabiyoti • 101-120: Biznesga oid kitoblar • 121-140: Detektiv kitoblar • 141-160: Sarguzasht kitoblar • 161-180: Psixologik kitoblar • 181-200: O‘zbek xalq og‘zaki ijodi • 201-220: Jahon adabiyoti klassikalari • 221-240: Zamonaviy o‘zbek adabiyoti • 241-260: Shaxsiy rivojlanish • 261-280: Jahon dramaturgiyasi • 281-300: Islomiy kitoblar • 301-320: Ilmiy-ommabop kitoblar • 321-340: Oila va farzand tarbiyasi • 341-360: Biografik kitoblar • 361-370: Ramazonga oid kitoblar • 371-385: Siyratga oid kitoblar • 386-390: Aqidaga oid kitoblar • 391-400: Ayollarga oid kitoblar • 401-420: O‘zbekiston tarixi 🏛 @meta_kutubxona
1 6110Loading...
13
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 7-dars. Harflarning maxrajlari Dars mundarijasi: - Maxraj so'zining ma'nosi; - Nutq a'zolari; - O‘pka va uning vazifasi - Javf (og'iz va bo'g'iz bo'shlig'i); - Halqum harflari: - Til va uning qismlari. 📖 @arabtili_tv
6 3050Loading...
14
Kitob o'qishga vaqtingiz yo'qmi? Unday bo'lsa kitoblarni audio shaklda tinglang:
3 7290Loading...
15
Tajvid o‘rganuvchilar uchun foydali maslahatlar    Tajvid ilmini o‘zlashtirishda eng birinchi bosqich kishi nutqini arabiy harflar talaffuziga o‘rgatishdir. Harflar talaffuzini to‘liq o‘zlashtirgach, keyin sekin-asta qiroat qoidalari o‘rganila boshlanadi.    Shuni eslatib o‘tish lozimki, kishi agar harflarni to‘g‘ri talaffuz qilmasa, u holda uning namozi ham, namozdan tashqaridagi qiroati ham durust bo‘lmaydi. Kishi to‘g‘ri o‘qishga qodir bo‘la turib, harflarni noto‘g‘ri talaffuz qilsa yoki ohangga solib, xato qiroat qilsa, buning uchun u gunohga munosib bo‘ladi.    Tajvid ilmini o‘rganish lozimligi namozni ado etish va moʻmin banda Qur’onni doimo tilovat qilib yurishi lozimligidan kelib chiqqandir. Zero, tajvidsiz namozni risoladagidek o‘qish mumkin emas. Shu sabab har bir moʻmin banda o‘z imkoniyati darajasida ushbu ilmni o‘zlashtirishga harakat va juddu jahd qilishi kerak.     Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tajvid ilmidagi eng birinchi bosqich – harflarning maxrajlari va talaffuzini mukammal o‘zlashtirish, tilni unga o‘rgatishdir. Shu yo‘l bilan ba’zi o‘xshash harflar orasidagi farqlar ham ko‘zga tashlanadi, ularni bir-biridan ajratish osonlashadi.    Ikkinchi bosqich – nutqning fasohati bilan bog‘liq. Bu, avvalo harflarni sof arabiy usulda talaffuz qilish hamda idg‘om, ixfo, mad, tarqiq, tafxim va shu kabi qoidalarni amalda qo‘llash bilan bo‘ladi.    So‘nggi bosqich – tajvid ilmini mukammal egallagan, mohir qorilar bosqichi. Bu narsa vaqf alomatlarini bilish va oyatlar ma’nosiga qarab tilovat qilishda namoyon bo‘ladi. Qur’onni mukammal o‘qishga yordam beradigan narsalardan biri, avvalambor, qiroat ilmidan dars qilishdir. Agar kishi qiroat ilmini yaxshi egallagan bo‘lsa, u uchun tajvid ilmini o‘zlashtirish nisbatan oson kechadi. Jumladan, biz sizlarga taqdim qilayotgan ushbu kitobni yaxshi o‘zlashtirish uchun ham arab tilidan bir oz xabardor bo‘lish talab etiladi. Hozirgi paytda bizda “Muallimus-soniy”, “Mabdaul-qiroat” va “Shifohiyya” kabi o‘qish kitoblari mavjud. Agar mazkur kitoblar avval o‘qib tugatilgandan so‘ng tajvid ilmiga kirishilsa, bu narsa kishiga faqatgina yengillik tug‘diradi. Ayniqsa, ”Shifohiyya” kitobi juda ham foydali.    Tajvid ilmini o‘rganishda insondan talab qilinadigan asosiy narsa doimo, muttasil ravishda nutqi va talaffuzini yaxshilashga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarib yurishidir. Shu yo‘l bilan u mukammal qiroat qilish darajasiga erishadi. Batafsil o‘qish 📖 @arabtili_tv
7 4990Loading...
16
💎 YIQQAN NOTCOINLARINGIZNI SOTISH VAQTI KELDI! 🔥 NOTCOIN'ni endi haqiqiy pulga aylantirish mumkin. 💸Har 1000 tasi — 50.000so’m! 💸10 000 tasi — 500.000so’m! 👉 MUROJAAT UCHUN: @sadullaev_04 💳 To'lov siz istalgan usulda amalga oshiriladi va eng muhimi to'lov tez, ishonchli va halol.
3 6220Loading...
17
Arab tilini ana boshlayman, mana boshlayman deganlar uchun o‘sha kun keldi!
3 9130Loading...
18
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 6-dars. Tanvinlar va ularni qoʻllanishi haqida Dars mundarijasi: - Tanvin haqida; - Tanvinlarning talaffuzi; - Tanving fathada vaqt qilish (toʻxtash); - Tanvinlarning arab tili grammatikasidagi ma’nolari. 📖 @arabtili_tv
8 1460Loading...
19
Mana o‘sha audio kitoblar:
3 5950Loading...
20
“Parvardigorim, O‘zing qalbimni keng qilgin. Ishimni oson qilgin. Tilimdan tugunni-duduqlikni yechib yuborgin. (Toki qavmim) so‘zimni anglasinlar” (Toha, 25-28). Lekin, tilim hech qiroatga kelishmayapti, deb har xil bahonalar qilish, tajvid ilmiga bee’tibor bo‘lish yaxshi emas. Chunki, Alloh taolo aytadi: “Darhaqiqat, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat oluvchi bormi?” (Qamar, 17, 22, 40). Banda niyatini poklab, ixlos bilan tajvid ilmini egallashga kirishsa va Allohga duo qilib, unga oson qilishini so‘rasa, albatta Alloh bu bandaning yo‘lini yengil qiladi, uni Qur’onni to‘g‘ri o‘qishlikka muvaffaq etadi, qulfi dilini ochadi. Alloh taolo barchalarimizni O‘zining Kalomini to‘g‘ri va tajvid qoidalariga mos holda tilovat qilib, unga chiroyli amal qiladigan bandalardan qilsin! Ziyovuddin Rahim va Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Tajvid qoidalari” kitobidan. • ¹Tajvid ilmi bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kishilar tilovat qoidalarini nazariy jihatdan, nomma-nom bilishlari shart emas. Asosiysi, amaliy jihatdan qoidalarni puxta o‘zlashtirib, Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qiy olish malakasiga erishsalar, ular uchun shuning o‘zi kifoya qiladi. • ²Masalan, “Al-Qori ” (Sound Vision) elektron darsligi foydalanish uchun juda qulay. Unda harflarning talaffuzi yaxshi tushuntirilgan hamda o‘xshash harflar orasida farqlar rasmlar orqali izohlangan. Shuningdek, unda 30 pora Qur’on tilovati ham mavjud. “Al-Qori ” dasturidan kompyuter orqali foydalanish mumkin. 📖 @arabtili_tv
10Loading...
21
Tajvid o‘rganuvchilar uchun foydali maslahatlar Tajvid ilmini o‘zlashtirishda eng birinchi bosqich kishi nutqini arabiy harflar talaffuziga o‘rgatishdir. Harflar talaffuzini to‘liq o‘zlashtirgach, keyin sekin-asta qiroat qoidalari o‘rganila boshlanadi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, kishi agar harflarni to‘g‘ri talaffuz qilmasa, u holda uning namozi ham, namozdan tashqaridagi qiroati ham durust bo‘lmaydi. Kishi to‘g‘ri o‘qishga qodir bo‘la turib, harflarni noto‘g‘ri talaffuz qilsa yoki ohangga solib, xato qiroat qilsa, buning uchun u gunohga munosib bo‘ladi. Tajvid ilmini o‘rganish lozimligi namozni ado etish va moʻmin banda Qur’onni doimo tilovat qilib yurishi lozimligidan kelib chiqqandir. Zero, tajvidsiz namozni risoladagidek o‘qish mumkin emas. Shu sabab har bir moʻmin banda o‘z imkoniyati darajasida ushbu ilmni o‘zlashtirishga harakat va juddu jahd qilishi kerak.¹ Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tajvid ilmidagi eng birinchi bosqich – harflarning maxrajlari va talaffuzini mukammal o‘zlashtirish, tilni unga o‘rgatishdir. Shu yo‘l bilan ba’zi o‘xshash harflar orasidagi farqlar ham ko‘zga tashlanadi, ularni bir-biridan ajratish osonlashadi. Ikkinchi bosqich – nutqning fasohati bilan bog‘liq. Bu, avvalo harflarni sof arabiy usulda talaffuz qilish hamda idg‘om, ixfo, mad, tarqiq, tafxim va shu kabi qoidalarni amalda qo‘llash bilan bo‘ladi. So‘nggi bosqich – tajvid ilmini mukammal egallagan, mohir qorilar bosqichi. Bu narsa vaqf alomatlarini bilish va oyatlar ma’nosiga qarab tilovat qilishda namoyon bo‘ladi. Qur’onni mukammal o‘qishga yordam beradigan narsalardan biri, avvalambor, qiroat ilmidan dars qilishdir. Agar kishi qiroat ilmini yaxshi egallagan bo‘lsa, u uchun tajvid ilmini o‘zlashtirish nisbatan oson kechadi. Jumladan, biz sizlarga taqdim qilayotgan ushbu kitobni yaxshi o‘zlashtirish uchun ham arab tilidan bir oz xabardor bo‘lish talab etiladi. Hozirgi paytda bizda “Muallimus-soniy”, “Mabdaul-qiroat” va “Shifohiyya” kabi o‘qish kitoblari mavjud. Agar mazkur kitoblar avval o‘qib tugatilgandan so‘ng tajvid ilmiga kirishilsa, bu narsa kishiga faqatgina yengillik tug‘diradi. Ayniqsa, ”Shifohiyya” kitobi juda ham foydali. Tajvid ilmini o‘rganishda insondan talab qilinadigan asosiy narsa doimo, muttasil ravishda nutqi va talaffuzini yaxshilashga qaratilgan maxsus mashqlarni bajarib yurishidir. Shu yo‘l bilan u mukammal qiroat qilish darajasiga erishadi. Qur’on o‘qishni o‘rganishga moslangan mashqlar ikki xil usulda olib borilishi mumkin: 1) To‘g‘ri o‘qilgan qiroatni eshitish. Bunda u mohir qorilarning biriga quloq tutadi hamda Mushafga qarab, uning ketidan so‘zma-so‘z kuzatib boradi va unga taqlid qilib, harflarni risoladagidek talaffuz qilishga harakat qiladi. Misol tariqasida mashhur mujavvid qorilardan hisoblanmish Xalil Husoriy, Minshaviy, Abdulbosit va Ali ibn Abdurrohman al-Huzayfiylarning qiroatini olish mumkin. Chunki mazkur qorilar (ayniqsa al-Huzayfiy) boshqalarga qaraganda tajvid ilmiga alohida e’tibor bergan holda tilovat qiladilar. Allohga hamdlar bo‘lsinki, bizda ushbu qorilarning tilovati yozilgan disk va kassetalar mavjud. Bundan tashqari Qur’oni karim tilovatini o‘rgatuvchi maxsus elektron darsliklar yoki ustoz-shogird mashg‘ulotlari ham disk va kassetalar shaklida chiqarilgan. Ana o‘shalarni olib, foydalanish mumkin.² 2) Harflarni qanday talaffuz qilinishini o‘zlashtirgach, uni yanada mukammalroq bajarishga harakat qilib, muntazam shu narsa ustida shug‘ullanish. Bunda tilga qiyin bo‘lgan harflar, biron jumla yoki oyatni alohida qog‘ozga yozib olib, ularni ko‘proq talaffuz qilish va takrorlash ham yaxshi natija beradi. Mashqlar davomida kishining tili tilovatga kelishmasligi, qiyinchilikka uchrashi tabiiy, albatta. Ana shunday hollarda moʻmin kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning “Tili qiynalib o‘quvchiga ikki barobar ko‘p ajr beriladi” degan hadislarini esga olsa, qalbida taskinlik topib, shijoati yana oshadi. Shuningdek, agar til qiroatga kelishmasa, Muso alayhissalomning quyidagi duosini o‘qish ham yaxshi natija beradi:
10Loading...
22
Farzand tarbiyasi ilmi
3 2120Loading...
23
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 5-dars. Qalqala harflari, Lozim va oriz sukun, tashdid haqida Dars mundarijasi: - Qalqala harflari; - Qalqala va uning darajalari; - Sukun va uning ikki qismga boʻlinishi: lozim va oriz sukun; - Pauzali forma; - Tashdid belgisi. 📖 @arabtili_tv
10 4110Loading...
24
Kichkina bola o‘rtog‘ining uyiga birga o‘ynash uchun bordi. O‘rtog‘i bilan o‘ynayotgan paytda: - Do‘stim, iltimos, shovqin solma, dadam uyg‘onib ketadilar, - dedi. Shunda o‘rtog‘inikiga kelgan bola dedi:
2 9720Loading...
25
#Mundarija 📢 Arab tili darslari 📚 Nomi: Muallimi soniy 👤 Ustoz: Shayx Alijon qori 📹 Darslar soni: 72 ta Ma’lumki, Qur’oni Karim Alloh taoloning Kalomidir! Uni o‘rganish va o‘rgatishning fazilati haqida hadislar vorid bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir” (Imom Buxoriy rivoyati). Xalqimizning Qur’onni o‘rganishida va boshqalarga o‘rgatishida uzoq yillardan beri har birimizga tanish bo‘lgan "Muallimi soniy" kitobi boshlang‘ich qo‘llanma bo‘lib kelgan va kelmoqda. Yurtimiz farzandi, Misrdagi Al-Azhar universitetida tahsil olgan, o‘n qiroat bo‘yicha ijoza sohibi Shayx Alijon qori hafizahulloh tomonidan mazkur "Muallimi soniy" kitobi asosida yaratilgan 27 yillik mehnat va izlanishlar mahsuli bo‘lgan ushbu qo‘llanma orqali biz Qur’oni Karim harflarini talaffuz qilish, so‘zlarni bir-biriga ulash, Qur’oni Karimdan qisqa suralarning tilovati kabi ko‘plab ilmlarni, inshaa Alloh, o‘rganib olamiz. 📹 Muallimi soniy. 1-dars: Alifbo 📹 Muallimi soniy. 2-dars: Mahrajlar 📹 Muallimi soniy. 3-dars: Harakatlar 📹 Muallimi soniy. 4-dars: ز harfi 📹 Muallimi soniy. 5-dars: م harfi 📹 Muallimi soniy. 6-dars: ت harfi 📹 Muallimi soniy. 7-dars: ن harfi 📹 Muallimi soniy. 8-dars: ي harfi 📹 Muallimi soniy. 9-dars: ب harfi 📹 Muallimi soniy. 10-dars: ك harfi 📹 Muallimi soniy. 11-dars: ل harfi 📹 Muallimi soniy. 12-dars: و  harfi 📹 Muallimi soniy. 13-dars: ه harfi 📹 Muallimi soniy. 14-dars: ف harfi 📹 Muallimi soniy. 15-dars: ق harfi 📹 Muallimi soniy. 16-dars: ش harfi 📹 Muallimi soniy. 17-dars: س harfi 📹 Muallimi soniy. 18-dars: ث harfi 📹 Muallimi soniy. 19-dars: ص harfi 📹 Muallimi soniy. 20-dars: ط harfi 📹 Muallimi soniy. 21-dars | ج harfi 📹 Muallimi soniy. 22-dars: خ harfi 📹 Muallimi soniy. 23-dars: ح harfi 📹 Muallimi soniy. 24-dars: غ harfi 📹 Muallimi soniy. 25-dars: ع harfi 📹 Muallimi soniy. 26-dars: د harfi 📹 Muallimi soniy. 27-dars: ض harfi 📹 Muallimi soniy. 28-dars: ذ harfi 📹 Muallimi soniy. 29-dars: ظ harfi 📹 Muallimi soniy. 30-dars: Madd tabiiy 📹 Muallimi soniy. 31-dars: Tashdidli harflar 📹 Muallimi soniy. 32-dars: Tanvinli tashdid 📹 Muallimi soniy. 33-dars: Hamza 📹 Muallimi soniy. 34-dars: Ta marbuta (ة) 📹 Muallimi soniy. 35-dars: Muqaddar alif 📹 Muallimi soniy. 36-dars: Muqaddar ي va و 📹 Muallimi soniy. 37-dars: ي li aliflar 📹 Muallimi soniy. 38-dars: Yozuvda bo'lib o'qilmaydigan harflar 📹 Muallimi soniy. 39-dars: Qamariya harflari va vasliya hamzasi 📹 Muallimi soniy. 40-dars: Shamsiya harflari 📹 Muallimi soniy. 41-dars: Qamariya, shamsiya harflari va vasliya hamzalari 📹 Muallimi soniy. 42-dars: Kalimalar so‘ngida to‘xtash qoidalari 📹 Muallimi soniy. 43-dars: So‘z so‘ngida madlik kalimalarga to‘xtash 📹 Muallimi soniy. 44-dars: Idg'om qoidasi 📹 Muallimi soniy. 45-dars: Iqlob qoidasi 📹 Muallimi soniy. 46-dars: Alloh lafzi o'qilish qoidasi 📹 Muallimi soniy. 47-dars: Iymon kalimalari 📹 Muallimi soniy. 48-dars: Fotiha surasi 📹 Muallimi soniy. 49-dars: Baqara surasi 📹 Muallimi soniy. 50-dars: Shams surasi 📹 Muallimi soniy. 51-dars: Layl surasi 📹 Muallimi soniy. 52-dars: Sharh surasi 📹 Muallimi soniy. 53-dars: Tiyn surasi 📹 Muallimi soniy. 54-dars: Alaq surasi 📹 Muallimi soniy. 55-dars: Qadr surasi 📹 Muallimi soniy. 56-dars: Bayyina surasi 📹 Muallimi soniy. 57-dars: Zalzala surasi 📹 Muallimi soniy. 58-dars: Adiyat surasi 📹 Muallimi soniy. 59-dars: Qoria surasi 📹 Muallimi soniy. 60-dars: Takasur surasi 📹 Muallimi soniy. 61-dars: Asr surasi 📹 Muallimi soniy. 62-dars: Humaza surasi 📹 Muallimi soniy. 63-dars: Fil surasi 📹 Muallimi soniy. 64-dars: Quraysh surasi 📹 Muallimi soniy. 65-dars: Maaʼuun surasi 📹 Muallimi soniy. 66-dars: Kavsar surasi 📹 Muallimi soniy. 67-dars: Kafirun surasi 📹 Muallimi soniy. 68-dars: Nasr surasi 📹 Muallimi soniy. 69-dars: Masad surasi 📹 Muallimi soniy. 70-dars: Ixlos surasi 📹 Muallimi soniy. 71-dars: Falaq surasi 📹 Muallimi soniy. 72-dars: Nas surasi O‘zlashtirishni oson, ilmni manfaatli qilsin.
7 7420Loading...
26
🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤 Kursiga Qabul ochildi 🔤 Bizda yoʻnalishlar bilan tanishing va adminga nomini yozing dars guruhi ssilkasini beradi Arab tili 0dan Kurs nomi ➖ Boshlangʻich 0️⃣Muallimi soniy 1️⃣Harf 2️⃣ Maxraj 3️⃣ Tajvid 4️⃣Qurʼon Arab tili 0dan kurs nomi ➖Cefrga tayyorlov 1️⃣Mabdaul qiroat 2️⃣ Oʻqish kitobi 3️⃣ Sarf 4️⃣Bayna yadak 5️⃣Dalil 🌟Oʻquvchilar soni chegarangan 💰 KURS NARXI 💕💜💜 oʻzbek puli  😀Dars kunlari ➖   Dushanba, chorshanba ,juma  ⏰ Dars Vaqti ➖ 💕💕 ➖💜💜dan Kursimizda Yaxshi oʻqigan va doim darsga kirib oʻz vaqtida vazifalarni bajargan oʻquvchilarga sovgʻalarimiz bor    1️⃣O'rin  50% puli qaytariladi   2️⃣O'rin Qurʼon kitob   3️⃣O'rin esa Arab tilidagi o'qish  kitobi Murojaat uchun @admn_2006 ga yozing Kanalimizga obuna boʻlsangiz hursand boʻlarmiz 🩵🩵🩵🩵🩵 https://t.me/+oKY8E_z3GxhiNjMy https://t.me/+oKY8E_z3GxhiNjMy
3 3610Loading...
27
Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: 💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi) 💿 Payg‘ambarlar tarixi 💿 Tarixi Muhammadiy 💿 Ilm olish sirlari 💿 Amir Temur saltanati 💿 Qiyomat va oxirat 💿 Mahzun bo‘lma 💿 Riyozus solihiyn 💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri 💿 Hazrat Umar 💿 Alkimyogar 💿 Million dollarlik xatolar 💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar 💿 O‘tkan kunlar 💿 Mehrobdan chayon 💿 Chunki sen Allohsan... 💿 Munabbihot 💿 Halqa 💿 Jangchi 💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q 💿 O‘kinma 💿 Jannat vasfi 💿 Turkiston qayg‘usi 💿 Oq nilufarlar yurtida 💿 Jarayon 💿 Men: Bas qil, ey nafs! 💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas 💿 Ey qizim 💿 To'siqlarga qaramay sevdik 💿 Yashash fursati 💿 Partiyaning oltinlari 💿 Mungli ko‘zlar 💿 O‘nta negr bolasi 💿 Ajal ta'qibi 💿 Izlash 💿 Hazrat imom al-Buxoriy 💿 Otamdan qolgan dalalar 💿 Tanishishni unutibmiz 💿 Imomning maneken qizi 💿 Iblis va Prim xonim 💿 O‘gay ona 💿 Halol luqma 💿 Gonkongdan kelgan tobut 💿 Ikki karra ikki — besh 💿 Kaktuslar ham gullaydi 💿 Oybegim mening 💿 Buyuk boburiylar tarixi 💿 Devona 💿 Alpomish 💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing 💿 Boburnoma 💿 Jumali 💿 Portobello jodugari 💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar 💿 O‘lsang kim yig‘laydi 💿 Sarafan Marketing 💿 Jimjitlik 💿 Morrining seshanba darslari 💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval 💿 Mafiya a'zosining iqrori 💿 Oshxonadagi qotillik 💿 Ravshan 💿 Bir vijdon uyg‘onur 💿 So‘nggi to‘fon 💿 Hazrati Uvays Qaraniy 💿 Odamiylik mulki 💿 Peshonamdagi nur 💿 Dor ostidagi odam 💿 Voy, onajonim! 💿 Dunyoning ishlari 💿 Vido cho‘qqisi 💿 Temur tuzuklari
1 9940Loading...
28
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 4-dars. Isti’ola va istifola harflar, tafxim va tarqiq qoidasi Dars mundarijasi: - Isti’ola harflar va ularning xususiyati; - Istifola harflar va ularning xususiyati; - Arab tilidagi ر undoshining yoʻgʻon va ingichka oʻqilishi; - Lafzul Jalola (الله) soʻzidagi ل undoshining yoʻgʻon va ingichka oʻqilish holatlari; - Tafxim va tarqiq qoidasi. 📖 @arabtili_tv
12 0270Loading...
29
#Mundarija 📢 "Boshlang‘ich arab tili" darslari mundarijasi 📖 Dars nomi: Boshlang‘ich arab tili 👤 Ustoz: Ali Zairov 📹 Darslar soni: 35 ta (1-bo‘lim 29 ta, 2-bo‘lim 6 ta) 📚 Boshlang‘ich arab tili (1-bo‘lim) 📹 1-dars. Arab tili: Alifbo harflariga kirish va unlilar 📹 2-dars. Arab tili: Alif harfi 📹 3-dars. Arab tili: Ro harfi 📹 4-dars. Arab tili: Zay harfi 📹 5-dars. Arab tili: Miym harfi 📹 6-dars. Arab tili: Ta harfi 📹 7-dars. Arab tili: Nun harfi 📹 8-dars. Arab tili: Ya harfi 📹 9-dars. Arab tili: Ba harfi 📹 10-dars. Arab tili: Kaf harfi 📹 11-dars. Arab tili: Lam harfi 📹 12-dars. Arab tili: Vav harfi 📹 13-dars. Arab tili: Ha harfi 📹 14-dars. Arab tili: Fa harfi 📹 15-dars. Arab tili: Qof harfi 📹 16-dars. Arab tili: Shiyn harfi 📹 17-dars. Arab tili: Siyn harfi 📹 18-dars. Arab tili: Sa harfi 📹 19-dars. Arab tili: Sod harfi 📹 20-dars. Arab tili: To harfi 📹 21-dars. Arab tili: Jiym harfi 📹 22-dars. Arab tili: Xo harfi 📹 23-dars. Arab tili: Ha harfi 📹 24-dars. Arab tili: G‘oyn harfi 📹 25-dars. Arab tili: Ayn harfi 📹 26-dars. Arab tili: Dal harfi 📹 27-dars. Arab tili: Dzod harfi 📹 28-dars. Arab tili: Zal harfi 📹 29-dars. Arab tili: Zzo harfi 📚 Boshlang‘ich arab tili (2-bo‘lim) 📹 1-dars. Arab tili: Mad harflari 📹 2-dars. Arab tili: Tashdid 📹 3-dars. Arab tili: Tanvin. Tanvinli tashdid 📹 4-dars. Arab tili: Hamza. Ta-u marbuta harfi 📹 5-dars. Arab tili: Taqdiriy 3 harf. Alifning boshqa ko'rinishlari 📹 6-dars. Arab tili: Alif-lom qoidasi — ulab o'qish. Vasliy hamza O‘zlashtirishni oson, ilmni manfaatli qilsin.
6 9430Loading...
30
Arab tilini mukammal oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun ajoyib yangilik🤩 📌 OʻRTA BOSQICH 🖇 Haftada 3 kun⏳ 📆 Dush, Chor, Juma ⏰ Vaqt kelishiladi: 1:30✓(±30daq) 📌Xadichai Kubro 4/4 📌5 yillik tajribaga ega 📎Siz bu kursni bitirgandan keyin erishadigan natijalar: 🔠Fonetik bilimlar 📖Oʻqish 📝Yozish 📘SARF 📕NAHV 👥Soʻzlashuv 📌Har bir oʻquvchi va har bir darsga alohida yondashuv 💻Darslik formati: online "Zoom" yoki "Telegram" Yuqori darajalarga biz bilan erishing! Murojaat uchun: @nisaacademy_admin
3 3710Loading...
31
Arab tilining jozibasi nimada yoki arab tiliga oid 11 ma’lumot (davomi) ✅ 7. Bir vaqtning o‘zida boshqa tillar arab tilidan o‘zlashtirgan ko‘plab so‘zlar ham borki, bugungi kunda, u so‘zlar o‘sha tillarni lug‘at boyligidan mustahkam joy olgandir.  P.S. Misol uchun ingliz tilidagi zero (nol), alcohol (spirt), shakar (Sugar), kofe (Coffee) Apelsin (Orange), cirop (Syrup), limon (Lemon), jurnal (Magazine), coda (Soda), matras -ko‘rpa (Mattress), divan (Sofa) kabi so‘zlarning barchasi arab tilidan o‘tgan so‘zlardir. ✅ 8. Arab tili zamonaviy ispan tiliga juda katta ta’sir o‘tkazgan. Ajablanarli joyi yo‘q, Pireney yarimoroli uzoq muddat davomida arablar qo‘l ostida bo‘lgan. Eng kamida ispan tilidagi 10% so‘zlar arab tilidan o‘tgan. Shuningdek, bu holat ispan tili grammatikasi va fonetikasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. ✅ 9. Endi arab yozuviga kelsak. Bu alohida, katta mavzu. Arab tilining alifbosi 28 harfdan iborat bo‘lib, bu yozuvda faqatgina so‘zlar tuzish, yozishgina emas, balki ajoyib yozuvli suratlar va naqshlar chizish mumkin. Arab xattotligi, kalligrafiyasi- dekorativ san’atning butun boshli bir soha, yo‘nalishi bo‘lib, kelib chiqishi uzoq tarixga qarab ketadi. ✅ 10. Arab tilida bosh harflar yo‘q, tinish belgilari ham chapdan o‘ngga qarab yoziladi. Arab yozuvi eramizning 3-4 asrlarida Arabiston yarimorolida vujudga kelgan. Bir qiziq joyi, chet tillarni o‘rganayotgan arab millati vakillari yozuvni bosh harf bilan boshlashni ko‘pincha unutib qo‘yadilar. ✅ 11. Arab tili o‘rganish biroz murakkab til hisoblanadi. Buning sabablaridan, o‘ziga xos yozuv turi, murakkab va mukammal grammatikasi kabi jihatlardir. Arab tilini o‘rganish uchun faqat o‘qish. so‘z va qoida yodlashni o‘zi kifoya emas, balki jiddiy kirishgan tarzda talaffuz ustida ham ancha mehnat qilish talab etiladi. internet ma’lumotlari asosida tayyorlangan 📖 @arabtili_tv
10 4170Loading...
32
#hushxabar 😍 Bizda ajoyib yangilik‼️‼️ 4 xil darslarni boshlaymiz. 1⃣- harf taniganlar uchun boshlang‘ich kurs(madina kurs). Bu kurs kanalda suhbat tarzida bo‘ladi. Bu kursning narxi: bepul❌ 2⃣ - 0 dan , harflardan boshlab o‘rganamiz. Kurs narxi: murojaat qiling. 3⃣ - harf taniganlar uchun intensive shug‘ullanamiz. Kurs narxi: murojaat qiling. 4⃣- nahv kursi. Boshlang‘ich ( ajurrumiya va boshqa manbalar) Kurs narxi: murojaat qiling 5- agar qiziquvchilar bo‘lsa nahvni yuqori darajada o‘rganamiz( qotrun nado va boshqa kitoblar) Murojaat uchun @mustarshidun Darslar iyun oyidan boshlanadi. 🔹 TANVIN | تنوين
6 2100Loading...
33
Media files
9 8600Loading...
34
Arab tilining jozibasi nimada? Arab tilining jozibasi nimada yoki arab tiliga oid eng jozibali ma’lumotlar ✅ 1. Arab tili bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan va eng talabgir tillardan hisoblanadi. Bu talab borgan sari o‘sib bormoqda. Dunyoda 250-350 millionga yaqin  kishi arab tilida so‘zlashadi. U Osiyo va Afrikadagi 26 davlatning rasmiy tili hisoblanadi. 58 mamlakatda ushbu tilda so‘zlashiladi. Arab tilida ko‘p so‘zlashuvchi aholi Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, Suriya, Misr, Iordaniya va Livan davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, arab tili jahondagi Islom diniga e’tiqod qiluvchi 1 milliarddan ortiq insonlar uchun ham e’tiborli va hurmatli tildir.  ✅ 2. Arab tili lahjalarining 5 guruhi bor. Turli guruhlarga oid alohida lahjalar sohiblari ichida bir-birini qiyin tushunadigan yoki umuman tushunmaydiganlari ham topiladi. Ularning ichida eng keng tarqalgani – misr lahjasi bo‘lib, aynan Misrda arab tilida so‘zlashuvchi 70 million aholi istiqomat qiladi. Shu bilan birga yagona adabiy arab tili, yoki boshqacha aytganda standart arab tili ham bor. ✅ 3. Adabiy arab tili –BMTning 6 ta rasmiy tili safida turadi. Ushbu tilda ulkan hajmda nashriyot mahsulotlari chop etiladi, kitob, gazeta va jurnallar nashr qilinadi. Bu til adabiyot va ishbilarmonlik, biznes sohasida ham  muloqot tili hisoblanadi. Shuningdek, internetning ommalashgani sababidan ham ayrim alohida dialekt –lahjalar va adabiy arab tili o‘rtasidagi tafovutlar asta-sekin kamayib bormoqda. ✅ 4. Mumtoz, klassik-arab tilining eng qo‘hna manbalaridan bu- Qur’oni karimdir. Shunisi ma’lum va mashhurki, Qur’oni karimning asl holida o‘rganish maqsadida  boshqa millatga mansub. Islomga e’tiqod qiluvchi millionlab kishilar arab tilini samarali o‘zlashtirishgan. Arab tilini o‘rganishga jalb etuvchi, qiziqtiruvchi ko‘plab klassik adabiyot, she’riyat durdonalari va betakror asarlar ham mavjud. Misol tariqasida Umar Xayyom ruboiylari, “Ming bir kecha” kabi arab klassik adabiyoti namunalarini ham keltirish mumkin. ✅ 5. Zamonaviy arab adabiy tili to‘xtovsiz rivojlanishi natijasida mumtoz arab tili va zamonaviy arab tili o‘rtasida farq ham o‘zgarib bormoqda. Buni sababidan faqatgina leksika (tilning so‘z boyligi, lug‘at sostavi) emas, grammatika ham o‘zgarib bormoqda.      ✅ 6. Arab tili — eng boy tillardan bo‘lib, yirik so‘z boyligiga, ta’rif va izohlashda boy so‘z zahirasiga egadir. Shuni ta’kidlash joizki, arablar qadimdan o‘zga tillardan unchalik o‘zlashtirishni istamasdan, o‘zlarining ifoda va iboralarini tuzib kelishgan. Shu jihatdan, arab tilida so‘z paydo qilish imkoniyatlari juda yuqori. Bir tomondan lahjaga ham bog‘liq joylari bor. Misol uchun Misr shevasida fransuz tilidan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar ham uchraydi. 📖 @arabtili_tv
12 0210Loading...
35
#xushxabar #online_kurs 1 kurs: 📌 Arab tilida yozish o'qish hamda tajvid darslariga qabul boshlandi O'qiladigan kitoblar: 🟠 Boshlang'ich arab tili Bu kursda siz: - yozish - o'qish - mahrajlar - va o'qish qoidalarini o'rganasiz 2-kurs (tajvidni bilganlar uchun): - 30 pora toʻliq yodlash - xatolarni toʻgʻirlash Talablar: - oʻz vaqtida darsga qatnashish - uyga vazifalarni toʻliq bajarish 📆Haftada 3 kun: sesh pay shan Kurs davomiyligi: 2-3 oy Kurs narxi: 250 ming (12 dars uchun) 👀Dars formati:Online Ustoz: Suxrob Toshboltaev Milliy sertifikat, oliy maʼlumot, Saudiya va Misrda malaka oshirgan. O'quvchilarni qabul soni cheklangan. Murojaat uchun: @SuxrobToshboltaev Sahifa: https://t.me/SuxrobToshboltayev Arab tili grammatikasi hamda mutolaa
3 8810Loading...
36
Qaysi tilni o‘rganmoqchi edingiz? Marhamat, puxta darslar siz uchun. Tanlang:
1 4490Loading...
37
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 3-dars. Fatha, kasra va domma belgisi, mad harflari Dars mundarijasi: - Qisqa unlilar: fatha, kasra, domma; - Mad harflari va ularning qoʻllanishi; - Unlilarni talaffuzidagi xatolar. 📖 @arabtili_tv
10 2160Loading...
38
Arab tilini tartib bilan, noldan va mutaxassislardan o‘rganishni istasangiz bu yer aynan siz izlagan joy:
3 5920Loading...
39
Har bir ayol (erkak) oʻqishi kerak boʻlgan kitoblar:
3 5010Loading...
40
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 2-dars. Arab harflari, ularning oʻqilishi va yozilishi Dars mundarijasi: - - Arab harflarining koʻrinishi; - Arab harflarining nomlanishi; - Arab harflarining talaffuz qilinishi; - Harflarning hosil boʻlish oʻrinlari (maxrajlari). 📖 @arabtili_tv
12 4260Loading...
O‘rganish kerak bo‘lgan xorijiy tillar Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. O‘rganish foydali bo‘lgan chet tillar: Arab tili; Ingliz tili; Turk tili; Fors tili; Rus tili; Bu tillar nafaqat foydali, balki juda go‘zal tillar. Arab tilini mukammal bilish diniy adabiyotlarni asliyatdan o‘rganishga zamin yaratadi. Tafsir, Hadis va uning sharhlari, fiqh va uning asoslari, Qur’on bilimlarini o‘rganish, shuningdek, olimlarning ijtimoiy masalalarga bag‘ishlab yozgan ommabop asarlarini mutolaa qilishda asqotadi. Shar’iy bilimlar ma’lum marhalaga qadar ustoz bilan o‘rganilishi shart. Ammo, buning uchun ham avval arab tilini yaxshi bilish lozim. Ijtimoiy ahamiyatga molik asarlarni esa ustozsiz mutolaa qilsa ham bo‘ladi. Zero, bunday asarlar zotan tushunarli va ommabop ruhda yoziladi.  Bu sanaganlarimiz arab tilining uxroviy va tarbiyaviy foydalari. Dunyoviy ma’noda esa arab tilini bilish arablar bilan muloqot qilish, ushbu tilning balog‘atu fasohatidan bahramand bo‘lish uchun kerak. Shuningdek, arab tilidan biror qiymatli asar tarjima qilib yoxud arab tili o‘rgatib tirikchilik qilish ham mumkin. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish uxroviy manfaatlarga vasila bo‘lmasa-da, bu tilning dunyoviy sohalarda muhimligi barchaga ma’lum. Inglizchangiz bo‘lsa, dunyoning ko‘p joylarida odamlar bilan anglashib ketaverasiz. Agar chuqurroq bilsangiz dunyoga mashhur asarlarni asliyatdan o‘qib tushunish imkoniga ega bo‘lasiz. Bordiyu ilg‘or texnologiyalar sohasida ishlasangiz ingliz tilisiz qiyin. Zero, barcha texnik atamalar inglizcha yoki inglizlashgan lotincha so‘zlardan iborat. Nafaqat IT sohasi balki, ko‘plab dunyoviy sohalarda ingliz tilini bilish olqishlanadi. Yuqorida aytganimizdek, zikr qilingan tillar uxroviy yoki dunyoviy ahamiyatidan tashqari, davrlar o‘tishi bilan rivojlanib, go‘zallashib qolgan tillardir. Masalan, sof adabiy arab tilida biror parchani o‘qish yoxud eshitish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ba’zi olimlar bor, mavzu fiqhiy yoki ilmiy bo‘lsa-da, ishlatgan jumlalari g‘oyat pishiq, fasohatu balog‘atga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shunday kitoblarni o‘qisangiz ham ilm, ham adabiy zavq olasiz.  Turk tili endi o‘zbeklar uchun begona til emas. Lekin, masofalar uzoqligi va uzoq muddat bordi-keldi bo‘lmagani tufayli Turkiya turkchasi o‘zicha rivojlanib, ko‘p so‘zlarni fransuzchadan olib, yon-atrofidagi davlatlardan ta’sirlanib, bizning tilimiz bilan oradagi tafovut jari kattalashib qoldi. O‘z navbatida dunyoda so‘zlashuvchilar soni jihatidan ikkinchi buyuk turkiy til bo‘lgan o‘zbek tili ham mustabid tuzum davrida o‘zicha, mustaqil ravishda rivojlana olmadi. Go‘yoki qafasga tushib qoldi. Dunyo sohasida nimaiki, yangilik chiqsa, uning nomi va atamasini ruslardan olishga majbur bo‘ldi. Va shu tufayli qaysidir ma’noda tilimiz rivojlanishdan to‘xtab qoldi. Turk tili arab, fors va yevropa tillaridan ta’sirlanganligi uchun ham bag‘oyat go‘zallashib, mukammallik kasb etgan. Turkcha asarlarni o‘qisangiz o‘zgacha zavq olasiz. Fors tilining jozibadorligi, go‘zalligi ham bejiz emas. U ham qadim imperiyalar va sivilizatsiyalardan meros bo‘lib qolgan tildir. Shuningdek, juda ko‘p ilmiy-adabiy asarlar ham ushbu tilda bitilgan. «Forsiy shakar ast» (Fors tili shakardek shirin) degan mashhur ibora ham bejiz paydo bo‘lmagan. Forslarning so‘zlashuviga quloq solsangiz xuddi ashula aytayotgandek, tasavvur paydo bo‘ladi. Chunki, so‘zlari chiroyli va oddiy so‘zlashuv ham ma’lum ohang va ritmlarga tushib qoladi, istar-istamas. Rus tili doimiy ravishda yangilanib, rivojlanib boruvchi til bo‘lganligi uchun hamda Rossiya imperiyasi ham qaysidir ma’noda Britaniya imperiyasi bilan raqobatlashib, ko‘p joylarni mustamlaka qilganligi ortidan rus tili juda boyib ketdi. Boz ustiga, Rossiyada ilm-fanga e’tibor juda kuchli. Qayerda ilm-fanga e’tibor bo‘lsa, o‘sha yerning tili albatta kuchayadi. Ushbu omillar ta’sirida rus tilining fasohatu balog‘ati ham rivojlanib, yoqimli tilga aylandi. Alisher Sultonxodjayev 📖 @arabtili_tv
Show all...
👍 17 3👏 1
📎 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 💡 Arab tili darslariga qabul ochildi ! 🧕 Ustoza : – O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi; – CEFR (C1) sertifikatiga ega. 📚O'qiladigan kitoblar : ➡️ Miftahul-arobiyya A1 ; A2 ; B1 kitoblarining 2tadan : eshitish-gapirish va o'qish-yozish qismlari ; ✅ Umumiy hisobda 6ta kitob o'qiladi. 📌Miftahul-arobiyya B2 qismi ham o'quvchilar xohishiga ko'ra o'qilishi mumkin. ➕ "Fahmul-maqru'" kitobidan o'qish mahoratini rivojlantirish uchun ba'zi matnlar; ➕" Dalil ash-shiroka al-lug'oviyya" kitobidan ham gapirish mahoratini oshirish uchun foydalaniladi. ⏳Kurs muddati : – 8 oy(±) 🔴 O'quvchilar soni (eng ko'pi) : — 7 ta 🗓 Dars kunlari haftada 3 kun: ➡ Dushanba; ➡ Chorshanba; ➡ Juma. ⏰Dars vaqti( 1.5± soat) :         06:00 - 7.30 💰Kurs narxi : 330 ming ⏰Boshlanish sanasi: 03.06.2024 📌Kurs kimlar uchun: – Arab tilida qiynalmasdan o'qib, yoza oladigan; Arab tilini o'rganishni endi boshlagan; – CEFR sertifikatiga tayyorlanmoqchi bo'lgan; – Yengil grammatika (nahv) o'rganishni xohlagan ayol-qizlar qatnashishi mumkin. 📩Murojaat uchun: @Madina_Umid
Show all...
👍 5 3
Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar Qur’on yodlash fazilatlari kitobida Qur’oni Karimni yodlashda foyda beradigan 40 qoida va ko‘rsatmalar bayon qilingan. Bu o‘z navbatida Qur’on yod olmoqchi bo‘lgan kishiga ajoyib yo‘llanma bo‘ladi, albatta. Ular ikki qismdan iborat: Birinchi qism: Qur’oni Karimni va barcha ilmlarni yodlash uchun mutlaq, umumiy, asosiy qoida va shartlar. U oltita qoidani o‘z ichiga oladi: 1. Iltijo. 2. Ixlos. 3. Taqvo. 4. Allohdan qo‘rqish. 5. Allohning Kitobiga amal qilish. 6. Besh vaqt namozga rioya qilish. Ikkinchi qism: Qur’oni Karimni yodlashga xos bo‘lgan qoida va usullar. Bu qism qolgan o‘ttiz to‘rt qoidani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ttiz to‘rtta qoidaning ichida qilinishi lozim bo‘lgan rukn va vojibotlar ham, qo‘shimcha qilinsa, yaxshi bo‘lgan yordamchi vazifalar ham bor. Qirqta qoida va ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat: • Tahajjud paytida Alloh azza va jallaga iltijo qilib yolvorish. • Hifz amaliyotiga xos daftar tutish. Himmat va g‘ayratni qo‘zg‘atish. • Mohir ustozni tanlab, Qur’onni undan og‘izma-og‘iz o‘rganish va Mushafning o‘zi bilangina cheklanmaslik. • Yodlash uchun munosib joy tanlash. • Amalni Alloh taolo uchun xolis qilish. • Ustozga ham, Mushafga ham birdek odob va ehtiromda bo‘lish. • Qur’oni Karimni unutganga va’da qilingan qattiq va’idlarni his qilish. • Qur’onni yodlagandan keyin unutish gunohi kabiralardandir, deb e’tiqod qilish. • Xato qilgan o‘rinlarni belgilab qo‘yish. • Yodlash uchun eng afzal yosh 5 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davr. • Bitta nusxadagi Mushaf bilan cheklanish. • Har yili tarovih namozida xatm qilishni va (kundalik) namozlarda o‘qishni lozim tutish. • Kundalik vazifani tayyorlash. • Kundalik takrorni yo‘lga qo‘yish. • Bir-biriga o‘xshash oyatlarni jamlash. • Xatoni yuz marta takrorlash bilan tuzatish. • Yodlash amaliyotidagi atamalar bilan tanishish. • Yodlash uchun munosib vaqtni tanlab, o‘zgarmas, sobit vaqtni qayd qilib olish. • Taqvo qilish va ma’siyatlardan chetlanish. • Takror yodlashning asosidir. Qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘proq mustahkamlanadi. • Nafl namozlarda yoddan o‘qish. • Nafl namoz va tarovih namozlarida Mushafga qarab o‘qish joiz emasligiga e’tiqod qilish. • Vaqtni tartibga solish. • O‘tirish holati. • Qur’onni yodlayotgan vaqtda ovozni ko‘tarib, jahriy qiroat qilish. • Tartibli silsila va garchi oz bo‘lsa-da, uzmasdan, davomiy tayyorlab borish. • Kundalik yangi darsni belgilangan uslub bilan Fotiha surasi kabi mustahkam yodlash. • Maxfiy va oshkor holda ham Alloh taolodan qo‘rqish. • Qur’on yodlash duosini esdan chiqarmay, takrorlab turish. • Aniqlab olingan xato o‘rinlarda umr davomida yana xato qilish eshigini yopish. • Kunning kamida sakkiz soatini yod olishga sarflash. • Hayz ko‘rgan ayol muroja’ani eshitish, ko‘rish va qalbdan o‘tkazish vositasi ila bajarishi. • Yod olish jarayonida ustozni almashtirmaslik. • Alloh taoloning Kitobiga amal qilish. • Qur’on juda oson, ayni paytda tez qochib ketuvchidir. • Har kecha Baqara surasining o‘nta oyatini qiroat qilish. • Kunduzgi virdlarni tunda tahajjudda o‘qish. • Besh vaqt farz namozlarni birinchi takbirga yetishish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishni tark qilmaslik. • Kunlik shaxsiy tilovat virdida bardavom bo‘lish. • Yodlash amaliyotida va ovozni go‘zallashtirishda yordam beradigan ne’matlarni iste’mol qilish. © Jaloliddin hoji domla HAMROQULOV 📖 @arabtili_tv
Show all...
👍 28 7🤩 3🔥 2
Ham zamonaviy ham klassik arab tilini bosqichma bosqich sifatli oʻrganish mumkinmi? Albatta mumkin. Buning uchun CEFR C1 sertifikatiga ega, Islom Akademiyasi bitiruvchilarining Arabic Zone kanalida berib boriladigan 💭محادثة soʻzlashuv 📝كتابة yozish 📚قراءة oʻqish 🎧استماع tinglash koʻnikmalari sizga yordam beradi. Ilmni olishda قليل دائم خير من كثير منقطع yaʼni Uzluksiz olingan oz narsa uzuq-yuluq olingan koʻp narsadan afzaldir, shunga koʻra ushbu sahifa sizga manfaatli boʻladi degan umiddamiz. Obuna boʻlish: @arabic_zoneuz
Show all...
👍 14🥰 9 4
Asliyatimizni anglaymiz!
Show all...
🤯 1
Asliyat
1:06:08
Video unavailableShow in Telegram
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 8-dars. Til va undagi maxrajlar Dars mundarijasi: - Til va undagi maxrajlar; - Tilning harflar talaffuzidagi qismlari; - Tish va unga bog'liq ma'lumotlar; - Harflarning bir-biridan ajratib turuvchi sifatlari. 📖 @arabtili_tv
Show all...
👍 16
Qur’onni tez yodlash usuli va odobi Qur’oni Karimga bo‘lgan odob, Alloh subhanahu va taologa nisbatan odob hisoblanadi. Ana shunday odoblardan deb quyidagilarni eslash mumkin: – Qur’on o‘qishda Alloh taoloning roziligini qasd qilishimiz, undan boshqa narsani istamasligimiz. Mana shu Alloh taolo qabul qiladigan qiroat hisoblanadi; – har tomonlama pok, tahoratli bo‘lishimiz; – Qur’on tilovat qilgan vaqtimizda pok, toza joyda o‘tirishimiz; – o‘qishni boshlashda «a’uzu» aytishimiz. Bunda suraning boshi bo‘ladimi, o‘rtasi bo‘ladimi, baribir. Bunga dalil Alloh taoloning quyidagi oyatidir: «Qur’on o‘qigan chog‘ingda Allohdan quvilgan shayton(sharri)dan panoh so‘ragin»;  – Tavba surasidan boshqa suralarning boshida «basmala» aytish; – Qur’oni Karimga hurmatan xushu’ va diqqat-e’tibor bilan tilovat qilishimiz; – o‘qiganlarimizning ma’nolarini o‘rganishga harakat qilishimiz va uning mag‘zini chaqib, tafakkur qilishimiz; – tajvid ahkomlariga rioya qilishimiz, tilovat asnosida ovozimizni chiroyli qilishimiz va mashaqqatsiz dona-dona qilib, tartil bilan o‘qishimiz;  – shuningdek, eshitayotgan kishi ham bevosita qoridan yoki biror jihoz orqali tinglaganida Qur’oni Karim oyatlariga jim quloq tutishi va tafakkur qilishi lozim; – esnoq kelganida to u batamom ketgunicha tilovatni to‘xtatib turishimiz; – qiroatni tamomlashda «Sodaqollohul ’aziym», deyishimiz va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning omonatni yetkazganliklariga guvohlik berishimiz; – tilovatni gap bilan bo‘lmaslik. Faqat zarurat yuzasidan bo‘lsa, joiz. Masalan, salomga alik olish kabi; – rahmat oyatlarida Allohdan fazlu marhamatini so‘rab, qo‘rqituv oyatlarida U zotdan panoh tilashimiz; – Qur’onni yod olishda bardavom bo‘lishimiz va yod olganlarimizni unutib yubormasligimiz uchun doimo takror qilib turishimiz; – Qur’oni Karimning amrlari va qaytariqlariga qat’iy rioya qilishimiz; – Qur’oni Karim bilan xulqlanishmiz va unga doimo amal qilishimiz. Men sizlarga Qur’on yodlash sirlari haqida ustozimdan eshitgan va o‘z tajribamda sinagan ayrim narsalarni ham aytib beraymi? Undoq bo‘lsa, marhamat: – yuqorida aytilgan tilovat odoblariga rioya qilish; – Alloh taolodan yordam so‘rab duo qilish; – ota-ona va ustozning duosini olish; – odobsizliklardan, yomon ishlardan uzoq bo‘lish; – astoydil qasd qilish va yod olishga qodirligiga ishonish; – havosi toza, hayolni chalg‘itadigan, rang-barang bo‘lmagan, tinch, xoli joyda yod olish; – munosib vaqt tanlash. Yodlash uchun eng afzal vaqt tong sahar va namozdan keyingi ertalabki soatlardir. Buning uchun yotishdan oldin darsni ma’lum adad o‘qib, chala yodlab olsangiz, ertalab turganingizda 3-4ta o‘qishingiz bilan dars yodlanib qoladi. Shundan so‘ng yoddan 100-150ta sanoq qilsangiz, qarabsizki, dars tayyor; – yodlashga kirishishdan oldin to‘g‘ri o‘qishni o‘zlashtirib olish; – dona-dona qilib, shoshilmay, ohang bilan o‘qish – doimo bir mus'hafda o‘qish; – yod olgan suralarni takror qilib turish; – tartibli ravishda har kuni ma’lum hajmda yodlash. Darsni ko‘paytirganda ham asta-sekin, bir qator-ikki qatordan ko‘paytirish; – oyatlarning ma’nolarini o‘rganib amal qilish; – agar dars ko‘p bo‘lsa, bo‘lib yodlash va bir qismi tayyor bo‘lgandan so‘ng 20-30 daqiqa dam olish. Manba: Quran.uz 📖 @arabtili_tv
Show all...
👍 51🥰 8 5🔥 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oyiga 3 mln topaman, 5 mln ishlataman... Odamlarga doim aytaman: ko‘p pul topishning o‘zi sizni boy qilib qo‘ymaydi. Uni saqlay bilish, to‘g‘ri boshqarish va ko‘paytirish muhimroq. Bu ilm esa moliyaviy savodxonlik deyiladi. Ayni shu masala sodda tilda tushuntirib boriladigan kanalni tavsiya qilaman. Obuna boʻling, foydali va sifatli kanal. Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/+ToFWA46bG68zN2Ji https://t.me/+ToFWA46bG68zN2Ji
Show all...
4🔥 4👍 3
10:26
Video unavailableShow in Telegram
📹 Arab alifbosining to’g’ri talaffuz qilinishi 🎙 Shayx Alijon qori 📖 @arabtili_tv
Show all...
12👍 3🤔 1

👍 23 19🔥 4