cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BOSIMOV || Shaxsiy Blog ㋛︎

- Ushbu kanal kaminaning telegram sahifasi. Hozirda : • Summer School TDIU ; • Immerse Education(×2) • Registon IELTS Granti 2024 • Golden30_to_Global (G30) • Renessans Ishtirokchisi (finalisti) IELTS : 7.0 SAT : ... @BosimovBlog_Bot

Show more
Advertising posts
155
Subscribers
+124 hours
+67 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Masala sharti quyidagicha :
MUAMMO: DARYODAN QANDAY O'TISH KERAK? Tulki, g'oz va bir qop makkajo'xorisi bo'lgan dehqon daryodan o'tishi kerak. Fermerning qayig'i bor, lekin u faqat fermer va uning uchta buyumidan biri uchun joyni tashkil qiladi,xolos. Afsuski, tulki ham, g'oz ham och. Tulkini g'oz bilan yolg'iz qoldirib bo'lmaydi, aks holda tulki g'ozni yeydi. Xuddi shunday, g'oz makkajo'xori qopi bilan yolg'iz qolib bo'lmaydi, aks holda g'oz makkajo'xorini yeydi. Fermer qanday qilib 3 la buyumni ham daryoning narig qirg'og'iga olib o'tishi mumkin ? Javobingizni ,albatta,izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin ... @Bosimov_BLOG
Show all...
🤔 4👍 1
'' Think like a programmer '' (by Antaul Sproul) kitobidagi muammoni hal qilish bo'yicha sizning yoki yosh bolangiz qobiliyatini tekshirish uchun ajoyib masala :👇🏻
Show all...
👍 3
Show all...
👍 9 1🔥 1👏 1
🫡 2- bosqich , intervyuga ham tayyorgarlikni boshlasak bo'ladi
Show all...
🎉 12👍 3👏 1🤩 1💯 1
⏺🟥🟥🟥 #saralash_jarayoni 🟦 Yangi formatdagi "Universe" volontyorlar maktabining 1-mavsumi birinchi bosqich saralash jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi. ⏰ Ro'yxatdan o'tgan jami 1287 nafar yoshdan 584 nafari ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Quyidagi havola orqali ikkinchi bosqichga o'tgan ishtirokchilar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ Havola: https://shorturl.at/gFMOR 🖐 Bizni kuzatishda davom eting. Eng yaxshilari hali oldinda! #yoshlaragentligi #universe #uva #saralash 🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Show all...
👍 8
#9may_XotiravaQadrlashKuni #Yodimizdasiz Aziz yaxshilar! Bugun barchamiz uchun qadrli kun! Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz. Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab qolamiz! Osmonimiz musaffo, O’zbekistonimiz va har bir oila tinchlik-xotirjamlikda bo’lsin! @Bosimov_Blog
Show all...
👍 5👏 2 1
SAMARADORLIKNI OSHIRISHGA YORDAM BERADIGAN ILOVALAR Barchamizga maʼlumki, hozirgi kunda hayotimizning asosiy qismi turli xildagi gadjetlar va asosan, telefonimiz bilan oʻtadi. Telefon nafaqat bizni chalgʻituvchi buyum, shu bilan birga, dars qilish/vaqtni boshqarish kabilarni samaraliroq tashkil qilish uchun yaxshi yordamchi hamdir. Hozirgi kunda smartfonimizda bizning faoliyatimizni yengillashtirishga yordam beradigan foydali ilovalar yetarlicha. Quyida sizni baʼzilari bilan tanishtiramiz: 1.Detox. Demak, sizga birinchi taklif qiladigan ilovamiz Ushbu ilova android qurilmalarni bloklash uchun ishlab chiqilgan boʻlib, sizni telefonsiz vaqt oʻtkazishingizga xizmat qiladi. Dars qilayotgan vaqtingiz kerakli muddatni tanlaysiz va telefoningizni bloklab, chalgʻimasdan vazifalaringizni bajarasiz. 2.Alarmy. Ushbu ilova tongda uygʻonishga qiynaladiganlar uchun ayni muddao. Ilovada uygʻonishingiz kerak boʻlgan vaqtni va miyangizni faollashtiruvchi mashq turini belgilaysiz. "Alarmy"ni odatiy uygʻotgich kabi shunchaki bosish orqali oʻchirib qoʻyolmaysiz, tovushni oʻchirish uchun berilgan topshiriqlarni bajarishingiz kerak boʻladi. Bu vaqt ichida esa, sizni miyangiz faol holatga keladi va uyqudan qiynalmay uygʻonasiz. 3.Pomodoro. Dars qilish yoki boshqa diqqat talab etadigan ishlarda nihoyatda foydali ilova. 25 daqiqa vazifa, 5 daqiqa tanaffus rejimi. Ilovaga kirib 25 daqiqani belgilaysiz va hech narsaga chalgʻimay vazifangizni bajarishga harakat qilasiz, pomodoro esa vaqtingizni nazorat qiladi. Pomodoro texnikasi hozirda eng koʻp foydalaniladigan samarador usul hisoblanadi. Telefoningizdan yordamchi sifatida foydalanishni oʻrganib, dars qilish jarayoningizni qiziqarli va samarali oʻtkazing ! @Bosimov_Blog
Show all...

👍 5🎉 3👏 2🤩 1
Davomi
2. KITOBLARNI TANLAB O‘QING. Kitoblarning sifatiga e'tibor bering. Faqat tashqi sifatiga emas, balki ichki mazmun - mohiyat va muallifga e'tibor berish birinchi darajali ish bo‘lishi kerak. Kitob o‘qiyotganda bu kitob menga emas deb yopib qo'yishni ham bilish kerak. Kitob mutolaa qiling, aqlingizni oshiring, ammo chegara qadriyatlaringiz bo‘lsin. Sifatga e'tibor qaratishning usullari: 1. Muallif bilan tanishing. Bunda siz ushbu savollarga javob topishingiz mumkin: Kim u? Nechta kitob yozgan? Qaysi kitoblarni yozgan? U yozgan boshqa asarlar qanday mavzuda? 2. Kitob sarlavhasini va kirish qismidan ozgina qismini mutolaa qilib ko'ring. Asosan ko'p kitoblarda kitob maqsadi va mazmuni haqida sarlavhada ozgina tushuncha berib o'tiladi. 3. Kitob mundarijasini o'qib ko'ring. Kitoblar mundarijasidan ham ushbu kitobda qanday mavzular yoritilishi haqida bilib olsangiz bo'ladi. 4.Kitob ortida keltirilgan manbaalarga ham e'tibor bering. Bunda asosan ilmiy kitoblarni o'qiganingizda o'sha mavzuni kengroq tushunishingiz uchun foydalangan adabiyotlardan mutolaa qilsangiz, shu mavzu bo'yicha sizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin bo'ladi. 3. KITOB MUTOLAASINI DOIMIY QILING. Amallarning eng yaxshisi - oz bo'lsa-da davomiy bo'lgani. Bir kun 50 bet yoki 100 bet o'qib 3 kun mutolaasiz yurmang. Har kunlik vazifangiz bo'lsin. Kuchingiz yetgunicha va sizni malollantirmaydigan darajada vazifa tanlang. Masalan , uyqudan turganingizdan so'ng 10 bet, uyquga yotishdan oldin 10 bet. Shunda har kuni 20 bet mutolaa qilgan bo'lasiz va natijada bir oyda o'rtacha 2-3 ta kitobni tugatasiz. Davomiylikka e'tiborli bo'ling. Kitoblarni mutolaa qilish jarayonida quyidagi savollarga imkon boricha javob berib koʻring: a) qoʻlimdagi kitob oʻzi nima haqida? b) voqealar rivoji nimaga ishora qilmoqda? s) asar haqiqatga yaqinmi: butunichami yoki qisman? d) bu aslida nima, ahamiyati qanday? Menga nima beradi? Kitob oʻqish payti turfa qaydlar yozish, muddat va belgilar qoʻyib oʻqish, foydali jumlalar ostiga chizib o'qish, taqrizcha yozib, bir chetga olib qoʻyish ziyon qilmaydi. Bari sizning foydangizga ishlaydi... Hamisha dunyoqarashingizni oʻstiradigan, ruhingizni tozalaydigan, fikringizni charxlaydigan kitoblarni oʻqing! Har doim! @Bosimov_Blog
Manbaa: O'zgaramiz marafoni 9-mavsum amaliy kitobchasi
Show all...
👍 5💯 3🔥 2 1👏 1
5.5 IELTSni nimasi yomon?! Bitta o’quvchim fizik va 5.5 olib qolishdan juda ham qo’rqadi. Rosa urshdim, miyasi ochildi. Tushunmayman, agar maqsadiz yo'lida 5.5 yetarli bo'lsa, sizga Nima kerak o'zizni qiynab 8.0-9.0 olaman deb yurish? To'g'ri, ustozlar doim 7.0 yoki undan yuqori olgan o'quvchilarini maqtaydi, lekin ishoning agar sohangiz ingliz tili bo'lmasa, va siz istagan o'qish yoki ish uchun 5.5 yetarli bo'lsa, siz uchun bu Juda zo'r ball. Tasavvur qiling, ikkita fizik Bor. Biri ingliz tilini 30% kuchi bilan o'qidi va qolgan 70%ini o'zini sohasiga bag'ishladi. Ikkinchisi esa IELTS deb hamma narsani chopdi. Oxirida 1-talaba 5.5 IELTS va o'zini sohasidagi kuchli bilim bilan ko'tarilib ketdi, 2-talaba esa IELTS 8.5 bilan hozir dars o'tib yuribdi. Avvalo o'zizga nechchi kerak ekanligini aniqlab oling keyin harakatni boshlang. Agar shunchaki boshqalar 7+ olayotgani uchun siz ham 7+ olmoqchi bo'lsangiz, bu xuddi qo'shinisida Malibu bo'lganligi uchun Bor budini sotib Malibu olgan odamdek gap. Yoshlikdagi multifilm esimga tushib ketdi. Qo'shnisi bilan kimni tomi baland o'ynashadiku:) Xullas shunaqa. Shustriy bo'ling. @RS_IELTS
Show all...
KITOBGA MUNOSABAT
''O'zgaramiz'' marafoni 9-mavsum amaliy kitobchasidan
Inson kitob mutolaa qilar ekan uning asabi tinchlanadi, uyqusizlikdan qutulishiga yordam beradi, qalbini yumshatadi, miya faoliyatini yaxshilaydi, tushkunlikka qarshi kurashga yordam beradi,hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va hokazo mutolaaning foydalari juda ko‘p. Endi esa sizda savol paydo bo‘ladi. Hamma kitoblarni har qanday holatlarda o‘qisak, biz shunday foydalarga erisha olamizmi? Javob : Yo‘q, har bir narsaning o‘z odobi , madaniyati bo‘lgani singari kitob o'qishning ham o‘z madaniyati bor. Siz bilan ularning bir nechtalari bilan tanishib chiqamiz. 1. O‘ZINGIZNING VAZIYATINGIZ, HOLATINGIZGA MOS KITOBLARNI MUTOLAA QILING. Siz hozir qanday vaziyatdasiz? Maktab o‘quvchisimisiz? Unda darsliklaringizni va ruhiy holatingizni qondira oladigan badiiy va ilmiy kitoblarni o‘qing. Talaba va o‘qituvchilar ham o‘z sohasiga doir kitoblarni va ruhiy holati uchun foydali va qiziqishlariga doir ilmiy va badiiy kitoblarni o‘qishlari mumkin. Qaysi sohada bo‘lsangiz ham, kunlik mutolaangizning 50% o‘z sohangizdagi kitoblar bo‘lsin. Qiziqish va ruhiy holatingizni qondiruvchi kitoblarning mutolaasi 50% dan oshib ketmasin. Masalan, siz o‘zbek tili o‘qituvchisi bo‘lsangiz va har kuni 40 bet kitob o‘qisangiz, uning 20 beti tilshunoslikka doir kitob bo‘lsin. Qolgan 20 beti esa qiziqishingiz va ruhiy holatingizni qondiruvchi kitoblar bo‘lsin. #1_qoida #Kitobga_Munosabat @Bosimov_Blog
Show all...

👍 5🤩 2🥰 1