en
Feedback
AFG'ONISTON | ERON | TAHLILI

AFG'ONISTON | ERON | TAHLILI

Open in Telegram

AFG'ONISTON va ERON tarixi, siyosati, madaniyati hamda hozirgi kundagi ijtimoiy-siyosiy hayoti bo'yicha tahliliy ma'lumotlar berilib boruvchi kanal. AFG'ONSHUNOSLIK nuqtai nazaridan tahlil qilamiz. 📩 Murojaat va takliflar uchun: @Afghan_analysis_bot

Show more
949
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-3330 days
Posts Archive
😎​​PASHTU TILI KOSMOSDA SO'ZLASHILGAN TO'RTINCHI RASMIY TIL HISOBLANADI 🇺🇳Bu haqda BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) Xalqaro kosmonavtika kuni (12-aprel) munosabati bilan berilgan bayonotda yana bir bor ma'lum qildi. 🇦🇫Gap shundaki, 1988-yilda afg'on kosmonavti Abdul Ahad Momand Sovet Ittifoqining "Mir" orbital stantsiyasida koinotda bo'lib, onasi bilan telefonda gaplashgan (pashtu tilida) natijada pashtu tili kosmosda rasman gapirilgan to'rtinchi til bo'lib qoldi. ➡️Eslatib o'taman, kapitan Abdul Ahad Momand kosmosga chiqqan birinchi va hozircha yagona Afg'oniston fuqarosi hisoblanadi.
Siz Afg'onistonning asosiy tillaridan biri pashtu tili haqidagi ushbu ma'lumotni bilarmidingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring...
🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

​​🇮🇷 Eronning uchinchi Oliy rahbari — jangchi va ilohiyotchi timsoli Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiy marhum oyatulloh al-uzmo Sayyid Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, 1969-yilda Mashhadda tug‘ilgan. 1986-yili 17 yoshida Eron-Iroq urushida ko‘ngilli sifatida frontning oldingi saflarida xizmat qilgan. Bir nechta yirik harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan, jumladan: - “Bayt ul-Muqaddas” 2, 3 va 4 - “Val-fajr 10” - “Mirsod” (1988-yildagi urushning so‘nggi yirik jangi). Urush tugaganidan so‘ng, ilohiyot ilmini davom ettirish uchun Qum shahriga borgan. U yerda ilohiyotning oliy darajalarini Qumning eng zabardast ustozlaridan o‘rgangan. Fiqh va usul fanlarini esa marhum otasidan saboq olgan. 17 yildan ortiq vaqt mobaynida turli oliy ilohiyot kurslarida faol qatnashib kelgan.

📣🎉📹Oyatulloh Seyyid Mojtabo XOMANAIYni Eron Islom Respublikasining OLIY RAHBARI lavozimiga saylanganligini rasmiy e'lon qilish jarayoni va bunga eronliklarning reaksiyasi... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

🇮🇷​​ 🎉Qumdagi Eron Ekspertlar Kengashi marhum sobiq Oliy rahbar Ali Xomanaiyning o‘g‘li Oyatulloh Seyyid Mojtabo XOMANAIYni Eron Islom Respublikasining navbatdagi (uchinchi) OLIY RAHBARI etib sayladi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

🚨🇺🇸🇮🇱➡️🇮🇷AQSH-ISROIL–ERON "URUSHI"NING UCHINCHI KUN YAKUNLARI BO'YICHA XULOSALAR 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 🔥​​Mojaroning uchinchi kunida Eron tomonidan harbiy-siyosiy eskalatsiya davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana yetti nafar yuqori martabali harbiy amaldorning halok bo‘lgani tasdiqlangan. Eron vaziyatni keskinlashtirmoqda, AQSh armiyasining talafotlari ortib boryapti. ⚡️Kurdiston viloyatida xavfsizlik, harbiy va razvedka infratuzilmasiga keng ko‘lamli hujumlar amalga oshirilmoqda. Mazkur zarbalar mintaqadagi boshqaruv va aloqa tizimlarini izdan chiqarishga qaratilgani kuzatiladi. Ayrim tahlillarga ko‘ra, bu harakatlar hududda Vashington va Tel-Aviv tomonidan ichki beqarorlikni kuchaytirish strategiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 🔄Internet to‘liq o‘chirilganiga qaramay, joylardan hamon juda yuqori sifatli tasvirlar kelib tushmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Starlink tizimi bu vazifani a’lo darajada uddalayapti. ➡️🔄⬅️Eron zarbalar geografiyasini kengaytirib, mintaqaviy va transmilliy obyektlarga hujum qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Kiprdagi harbiy bazasiga zarba berildi – bu Yevropa Ittifoqi hududiga qilingan ilk hujumdir. Shuningdek, Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlari va Fors ko‘rfazidagi tankerlar ham hujumga uchramoqda. Bu holat mojaroni kengroq geosiyosiy maydonga olib chiqmoqda va qaror qabul qilish jarayonida keskin pozitsiya ustun kelayotganini ko‘rsatadi. 🔥Eronning bosim o‘tkazish omili sifatida Fors ko‘rfazi mamlakatlariga zarba berish strategiyasi o‘zini qisman oqlamoqda. Bloomberg nashrining yozishicha, Qatar va BAA Eronga qarshi urushni tezroq to‘xtatishni talab qilmoqda, chunki ularning raketaga qarshi mudofaa tizimlari zaxiralari qisqarib bormoqda. 🇺🇸🔫🎖Ayni paytda AQShning talafotlari ham ortib bormoqda. Eronga qarshi urush kampaniyasi boshlanganidan beri olti nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi, yana 18 nafari og‘ir yaralangan. AQSh uchta F-15 samolyotini yo‘qotdi (o‘zaro o‘t ochish oqibatida). Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, talafotlar AQSh ichki siyosiy muhitida norozilik omiliga aylanishi mumkin. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

🫥Upd: 🇮🇱Netanyahu tirik "xavotir"ga o'rin yo'q. "Ilonning boshi" o'zida ekan... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

🇮🇷🇮🇷🚀​​Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning so‘nggi raketa hujumi Isroil Bosh vaziri Netanyahuning ofisiga va Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonining qarorgohiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zarbadan keyin Netanyahuning taqdiri “noma’lum”ligicha qolmoqda.
Agar rostan ham bu tasdiqlansa urushdagi "hisob" tenglashadi: "1:1".
🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

​​Eron bilan ikki kunlik urush yakunlariga doir 5 xulosa 1. Eron tizimi hali ham ishlamoqda Yangi tayinlovlar va mitinglarga olib chiqilayotgan sodiq tarafdorlar olomoni tizim boshqaruv hamda o‘z himoyachilarini safarbar qilish qobiliyatini hali yo‘qotmaganidan dalolat beradi. Ya’ni, hozircha biror o‘zgarish kuzatilmayapti: ayrim odamlar boshqalarining o‘rnini egallab, hammasini “yo‘riqnoma bo‘yicha” bajaryapti. Islom Respublikasi, albatta, ancha zaiflashgan. Biroq tizimning qulashi ham hozircha ko‘zga tashlanmayapti. 2. Eron zarar yetkaza oladi (garchi cheklangan bo‘lsa-da) Kutilganidek, Tehron o‘zini himoya qilishga qodir emas. Ammo ayni paytda u baribir o‘z dushmanlariga ma’lum darajada zarar yetkazishga qodir. Isroilda 8 kishi halok bo‘ldi. Uch nafar amerikalik harbiy xizmatchi vafot etdi, yana besh nafari yaralandi. Himoyasi ancha kuchsiz bo‘lgan arab mamlakatlaridagi qurbonlar va talafotlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Bu esa kutilmagan “muvaffaqiyatli” zarbalar ham bo‘lishi mumkinligini anglatadi va Eron buni ramziy g‘alaba sifatida taqdim etishi ehtimoli bor. 3. Kutilmagan joylardagi oqibatlar Kutilmaganda Pokiston aholisi Eronning asosiy ittifoqdoshi bo‘lib chiqdi. Ular AQShning Karachidagi konsulligiga hujum qildi. Amerikaliklarga qarshi norozilik diplomatik obyektni shturm qilishga urinish, javoban o‘t ochilishi va kamida 9 kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu holat IIRK agentlarining ishi emas, balki Amerika imperializmidan g‘azablangan haqiqiy jamoatchilikning harakatiga o‘xshaydi. Bu shundan dalolatki, urush – oqibatlari jihatidan ayniqsa kutilmagan hodisa. U umuman kutilmagan joyda “portlashi” mumkin. 4. Bu safar norozilik namoyishlari bo‘lyapti Kecha norozilik chiqishlari qayd etildi va mamlakat miqyosida ular unchalik kichik ham emas. Namoyishlar geografiyasi ham salmoqli: Karaj, Sheroz shahri bilan Fors viloyati, Qazvin, Isfahon, shahar atrofi bilan Tehron, Rasht, Sari va boshqalar. Bu holat umuman noroziliklar kuzatilmagan 12 kunlik urushdan keskin farq qiladi. Hozircha chiqishlar yanvar oyidagi darajada emas, lekin hukumat ham o‘sha paytdagidek kuchli holatda emas. Shu bois, natijalar boshqacha bo‘lishi ham mumkin. 5. Keskinlik pasayishi mumkin (lekin bu aniq emas) Trampning yozishicha, Eron rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan. Bundan avvalroq esa mamlakat hukumati Hormuz bo‘g‘ozi endi to‘sib qo‘yilmaganini e’lon qila boshlagan edi. Xomanaiy, Shamxoniy va yana bir qancha “qirg‘iylar” halok bo‘lgach, boshqaruvdagi odamlar inqilob g‘oyalariga biroz o‘zgacha qarayotgan va oxirigacha kurashishni istamayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu shunchaki taxmin — hammasi butunlay boshqacha bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas.

​​🇮🇷Ayni paytda Eronda hokimiyatni favqulodda boshqarish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Oliy rahbar Ali Xomanaiyning vafoti tasdiqlangach, mamlakatni vaqtincha prezident Mas’ud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari G‘ulomhusayn Mohseni-Ejeiy va Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi vakili Ahmad Jannatiy boshqarib turadi. 🔥🔥🔥Shu bilan birga, AQSH-Isroil hujumi natijasida yuqori martabali harbiylar – admiral Ali Shamxoniy va Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusi qo‘mondoni general Muhammad Pokpurning halok bo‘lganini tasdiqladi. 🇮🇷Eslatib o'taman. “Fars” nashri manbalariga ko‘ra, zarba Ali Xomanaiyning oilasiga ham berilgan – uning qizi, kuyovi va nabirasi halok bo'lgan. 🇮🇷📡Ayni soatlarda Eron keng ko‘lamli urushga tayyorlanmoqda: IIKQ oyatulloh Xomanaiyning o‘limiga javoban “o‘z tarixidagi eng qudratli hujum”ga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi. Vashington va Tel-Avivga ultimatum 1-mart kuni ertalab davlat ommaviy axborot vositalari efirida e’lon qilindi. Ayni paytda qo'shni davlatlar shia guruhlari hamda Eron proksilari AQSH-ISROIL ikkiligiga qarshi namoyishlar o'tkazishmoqda... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

​​🇮🇷 ISLOM INQILOBI POSBONLARI KORPUSI: 🇮🇷📡Yaqin daqiqalarda Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlari tarixidagi eng shiddatli hujum amaliyotini boshlaydi va bosib olingan hududlar hamda amerikalik terrorchilarning bazalariga qarshi eng jangovar hujumlar boshlanadi... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

🚨​​RASMAN TASDIQLANDI ❌🇮🇷Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xameneiy AQSH-ISROIL hujumlari natijasida O'LDIRILGAN. 🗣Ayni paytda Eronda 40 kunlik motam e'lon qilindi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

🇺🇸AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari SAYID ALI XOMANAIY hujumlar chog'ida O'LDIRILGANligini xabar bermoqda 🇺🇸D.Tramp: ...​​U bizning razvedkamiz va yuqori texnologiyali kuzatuv tizimlarimizdan qochib qutula olmadi... Bu Eron xalqi uchun o‘z mamlakatini qaytarib olish uchun eng katta imkoniyatdir.... Eslatib o'taman bu hali rasman tasdiqlanmadi... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

​​​​🚨🇮🇱🇺🇸🇮🇷"URUSH" BO'YICHA OXIRGI TAVSILOTLAR ​​🇮🇷🚀Eron tomonidan Isroil hujumlariga javoban, Bahrayn va Qatardagi Amerika harbiy bazalariga zarba bergani haqida xabarlar tarqalmoqda... 🚀Eron ballistik raketalarining BAAning Al-Dafra aviabazasiga kelib tushgani haqida xabarlar tarqalmoqda... 🚀Quvaytdagi portlashlar haqida xabarlar mavjud.... ✈️BAA o‘z havo hududini yopdi... 🌎Eron hududida xalqaro internet deyarli ishlamayapti... 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

​​🇮🇷Eronning Bahrayn va Qatardagi Amerika harbiy bazalariga zarba bergani haqida xabarlar tarqalmoqda 🇮🇷Eron ballistik raketalarining BAAning Al-Dafra aviabazasiga kelib tushgani haqida xabarlar tarqalmoqda 🇮🇷Quvaytdagi portlashlar haqida xabarlar ✈️BAA o‘z havo hududini yopdi 🌐Eron hududida xalqaro internet deyarli ishlamayapti.

​​🚨🇺🇸🇮🇷AQSH ERON BILAN URUSHGA KIRDI

​​AFG'ONLARDA HAM "JANNA D’ARK" BORLIGINI BILASIZMI?... 🤩 Mayvandlik Malalay - 1880-yil 27-iyuldagi Buyuk Britaniyaga qarshi "Mayvand jangida" hal qiluvchi rol o‘ynagan Afg‘onistonning milliy qahramon hisoblanadi. U afg‘onlarni britaniyaliklarni yengishga ruhlantirgan. Malalay jasorat va xalq qarshiligining timsoli sanalib, ko‘pincha "Afg‘on Janna d’Ark"i deya e'tirof etiladi. 📌Malalay, 1861-yilda Xige qishlog‘ida - Mayvanddan taxminan uch mil janubi-g‘arbda, hozirgi Qandahor viloyatining janubida tug‘ilgan bo'lib, pushtunlarning Nurzoy qabilasidan edi. 🇬🇧XIX asr oxirida Afg‘oniston Ikkinchi ingliz-afg‘on urushiga (1878-1880) tortildi va Britaniya imperiyasi keng ko‘lamli harbiy bosqinni boshladi. Britaniyaning asosiy garnizonlaridan biri mamlakatning janubidagi muhim strategik nuqta - Qandahorda joylashgandi. Afg‘on qo‘shinlariga amir Sher Alixonning o‘g‘li Ayubxon qo‘mondonlik qilardi. 📌Malalayning otasi, asli cho‘pon bo‘lib, uning kuyovi 1880-yil iyul jangida Ayubxon qo‘shiniga qo‘shilishdi. Ko‘plab afg‘on ayollari kabi, Malalay ham armiya bilan bo‘lib, yaradorlarga yordam berdi, suv va o‘q-dorilar yetkazib turdi. 🤩Britaniya armiyasi afg‘onlarni siqib keldi va natijada afg'on qo'shinida sarosima boshlanib ketdi. Mana shunday paytda, Malalay oldinga chiqadi, afg'on bayrog‘ini ko‘tarib, landay (afg‘on ayollarining xalq qo‘shig‘i) kuylab, inglizlarga qarshi jang qiladi. O‘sha kuni Britaniya og‘ir mag‘lubiyatga uchradi, Malalay nomi esa Afg‘oniston tarixiga abadiy muhrlandi.

​​➤ Tolibon SSSR ustidan qozonilgan g‘alaba kunini nishonlashga hozirlik ko‘rmoqda Ertaga, 15 fevral kuni, Tolibon Afg‘onistonida davlat bayrami - "Afg‘on xalqining sovet bosqinchiligiga qarshi g‘alaba kuni" munosabati bilan dam olish kuni e’lon qilingan. Ushbu bayram Afg‘onistonda 2022-yildan beri - toliblar hokimiyatga qaytganidan keyin darhol rasman nishonlana boshlangan. E’tiborli jihati shundaki, tarixan Tolibonning Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlari bilan urushga hech qanday aloqasi yo‘q: Sovet armiyasi harbiy xizmatchilari 1989-yil fevralda Afg‘oniston zaminini tark etgan, Tolibon esa besh yildan so‘ng, 1994-yilda siyosat maydoniga chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, Tolibon rejimi bu voqeani keng nishonlamoqda va hatto Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketish kunini o‘z amirligida rasmiy bayram deb e’lon qilgan. Ular Tolibon "islomiy tizimi"ning Afg‘oniston urushida Sovet Armiyasining mag‘lubiyatiga aloqadorligini har tomonlama ko‘rsatishga urinmoqda. Qiziq, ertaga Rossiya vakillaridan kim Povarskayadagi Tolibon elchixonasiga borib, u yerdagi "to‘g‘ri yigitlar"ni davlat bayrami bilan tabriklaydi ekan? Yoki boshqa yo‘l bilan vaziyatdan chiqib ketamizmi?

🇮🇷📡ERONNING RAKETA SALOHIYATI 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 💬Izoh: 🚀"Xorramshahr" va "Sejil" raketalarining haqiqiy uzoqqa otish maso
🇮🇷📡ERONNING RAKETA SALOHIYATI 🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍 💬Izoh: 🚀"Xorramshahr" va "Sejil" raketalarining haqiqiy uzoqqa otish masofasi 3000-4000 kilometrgacha yetishi mumkin. Ushbu infografikada ko‘plab raketalar, jumladan, Eronda minglab mavjud bo‘lgan "Foteh" va "Zulfiqor" kabi qisqa masofali yer-havo sinfidagi raketalar ko'rsatilmagan. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis

⭐️😈ERONDA SATANIZM RAMZI YOQIB YUBORILDI 🇮🇷Tehrondagi Inqilob maydonida eronliklar tomonidan Islom Inqilobining 47-yilligi
+1
⭐️😈ERONDA SATANIZM RAMZI YOQIB YUBORILDI 🇮🇷Tehrondagi Inqilob maydonida eronliklar tomonidan Islom Inqilobining 47-yilligini nishonlab, Epshteyn orolida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va boshqa shaytoniy xatti-harakatlarga qarshi norozilik belgisi sifatida Tehrondagi BAAL HAYKALIni (but) YOQIB YUBORILDI. 🦬 Baal (Vaal) haykali AQShdagi satanizmga(shaytoniylik) qarshi norozilik belgisi sifatida yoqib yuborildi. Bu esa JEFFRI EPSHTEYNNING OSHKOR ETILGAN HUJJATLARI FONIDA YUZ BERMOQDA. ⛔️Jeffri Epshteyn o‘zining bank hisobini "BAAL" deb nomlagan. Bu uning orolidagi nufuzli mehmonlar nafaqat pedofiliya bilan shug‘ullangani, balki shaytoniy marosimlarga juda o‘xshash marosimlar o‘tkazgani haqidagi mish-mishlarga mos keladi. ❕Izoh: O'z navbatida 🤩Baalg‘arbiy semit xalqlarining but xudosi bo‘lib, Ossuriya-Bobil mifologiyasidagi qadimgi butparast ilohdir. Bibliyaga ko‘ra, unga sig‘inish marosimlarida odamlarni qurbonlik qilish va bolalarni marosim gulxanida yoqish kabi vahshiyliklar amalga oshirilgan. Qadimgi Isroil podshohligi hukmdori Axab Haq Xudodan voz kechib, mamlakatda Baalga sig‘inishni joriy etgan va hukmdorning xalqqa zararli faoliyatini fosh qilishdan to‘xtamagan payg‘ambarlarni ta’qib qilgan. Xristian diniga ko'ra, Baal jin(shayton) deb hisoblanadi va ko‘proq Velzevul (Baal-Zevuv) nomi bilan tanilgan. Hozirda zamonaviy satanistlar aynan unga sig‘inishadi. 🇮🇷Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis