Kahfaxonim
Closed channel
Yo'ldan kelib, yo‘lga ketyapmiz 🪐 #Kurslar #Maqolalar #Offline_treninglar #Kitoblar Ilmga sadoqatni ilhom qilolsak, yetarli📚 Reklama xizmati: @kahfa_ads Kanal linki: https://t.me/+bvIi5ZRbsYgyMzMy
Show more3 580
Subscribers
-424 hours
-457 days
-19030 days
Posts Archive
3 578
Biz kutgan kunlarga oozzgina qoldi. Yaqinda prikorm boshlaymiz bolajonimga🥹
(Mendan ko'ra bolamga ovqat yedirmoqchi bo‘lganlar ko'proq ketishdi, shekilli🤣)
Prikorm uchun idish, qozon va hokazo materiallar olishimiz kerak. Online magazin bilsangiz, dalolat qiling 😉
3 578
Juda kamnamo bo‘lib ketdim-aa🥲
Kunlarim o‘ta band o‘tyapti, hamd.
Uyda, albatta😆
Bobo-buvilarimiz ketgan Jizzaxga. Ovsin olyappiz shu desanglar🥳🙂↔️ hali o‘zini ko'rmadim lekin. Keyin sizlargayam ko'rsataman.
Blogimga yozishga qo‘lim bormayapti. Ya‘ni yozganga yarasha foydali post yoz, deyapti ichimdagi odam. Lekin shu kunlarda energiyam tarqoqligi sabab bunga yetmay qolyapti.
Jaa foydali bo‘lmasa ham samimiy postlar yozib tursam bo‘lar-a🫠 yo‘q bo‘lib ketgandan ko‘ra.
Men yozgan hamma narsaga qiziqaverasizlar-ku, to‘g‘rimi😁
Xyo‘sh, sizda nima gaplar?)
3 578
Ahhh biz qancha kutgan kunlarim keldi😭❤️🔥
Endi uyga borvolsak bor dunyo ishlar kutyapti bizni🥹
To‘lqinlanib ketyapman.
O‘zim eplagan kam sonli muvaffaqiyatlarimdan biri bo'ladi inshaa Alloh
3 578
Andijondaligimizga 1 hafta bo‘ldi 🥹
Bolam ham katta bo'lib qoldi, mashaa Alloh. Kunlarimiz yangiliklar bilan o‘tyapti, hamd. Hali yana 2-3 kun turamiz.
Sizlarda nima gaplar?
Gaplashaylikchi🙃
https://t.me/QuestionUz_Robot?start=09f976ceef244f
3 578
+2
Qalbim kindle olgisi kelyapti 🥹🥲
Kartamda Abu Xolidni pullari bor. Bildirmay buyurtma bervorsammikin😆
3 578
+1
Trenddan qomaylik😁
Chatgptga "roast me in Uzbek" deb yozib javobini kommentga yuboringchi😆
3 578
Ko‘p tug‘sang, yosharasan deyishadi.
Ammo bu gapdan soch va tishlarimizning xabari yo‘q, shekilli 🥹
3 578
Chatgpt opa meni juda yaxshi bilvobdi🤣
Rostanam chivinlarga rahmim kelsa nima qilay🥲😂
3 578
Professional logo yasaydiganlar bormi orangizda?
@kahfaga_bot yozing
Mualliflik nashriyotimni ishga tushirish onlari keldi, hamd🥹😄
3 578
Maktabni bitirar chog‘larimda ancha ishtiyoqli bo‘lgan ekanman. Deylik, hozirgi holatim bilan solishtirganda.
Maktab davrida olimpiyadalarda qatnashardim, boshqa darslarga kirmay tayyorlanardim. Bitirishga yaqin universitetga harakat boshlandi.
Oxirgi yoz oylari esimda.
Ertalab saxar chiqib ketib, shomda qaytib kelardim uyga. Kursdan-kursga qatnardik. Bitta ingliz tili kursini nechtadir ustozlarda o‘qib chiqqanmiz dugonam bilan.
Issiq demasdik, qorin ochdi demasdik. Obetda ham yo‘lda, keyingi kursga ketyotgan bo‘lganimiz uchun non yoki pechenye yeb ketardik.
Issiqda qorayib ketishni aytmasa ham bo‘ladi.
Shuncha qiyinchilik va yosh bo'lishimizga qaramay ishtiyoq bilan o‘qirdik. O‘qishga kiraman, o‘qishim kerak degan ilinj bilan.
Testda 4 ta xato qilib qo‘ysak, o‘sha kun biz uchun a‘zadek edi.
O‘qishga hujjat topshiradigan kunim ham esimda. Ota-onam bilan ustozimnikiga kelganmiz. Onam bilan kirganimizda ular: " Dadamiz Toshkentda o'qitmaydi, Andijonga topshiraversin" degandilar.
O‘sha payt yig‘laganman. Alam va umid aralash ko‘zyoshlar bo‘lgan. Ustozim ham, onam ham, dadam ham ko‘nganlar. Shunchalik niyatimda qat‘iy turganmanki, 5 ta yo‘nalishdan birortasini Andijonga belgilamaganman. Hammasi Toshkent bo‘lgan. Kirsam-kirmasam faqat Toshkentda o‘qiyman derdim. Ishtiyoq chindan kuchli bo‘lgan, shekilli.
Hozir ham shunday etapda turibman desa ham bo‘ladi.
Lekin oldingidek ishtiyoq, birga o‘qiydigan dugonalarim, ovqatimni qilib turadigan onam, o‘qishimni juda xohlaydigan ustozim yo‘q)
Hamma qarorlarimni qo‘llaydigan turmush o‘rtog‘im va birga "dars qiladigan" bolacham bor, hamd.
Nima bo‘lgan taqdirda ham har bir qarorlarimiz ustida Alloh taoloning qarori turadi. O‘z-o‘zimizdan shu qarorga kelmaymiz. Nasibamiz borki, intilaveramiz, intilaveramiz.
Shu umid bilan, eski davrlardagi kabi bo‘lmasa ham biroz ishtiyoq bilan qilgan harakatimizni Alloh nasibador qilsin.
Marhamati bilan nasibador qilsin, aslida harakatimiz ham hech nimaga arzimaydi.
Men uchun, biz uchun duoda bo‘lishingizni so‘rardim💗🥹
3 578
https://t.me/QuestionUz_Robot?start=09f976ceef244f
Hozir bolamni dadasiyam yo‘q hamsuhbatlikka🥹
Asqotasiz, guzellarim
Suhbat qureeleek🤫🫠
