Boshqaruv samaradorligi agentligi | Buxoro viloyati
Open in Telegram
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Buxoro viloyati filialining rasmiy Telegram kanali. Мurojaatlar uchun: @vacancy_argos_bot Telefon: (65) 221 03 17
Show more499
Subscribers
+224 hours
+27 days
+730 days
Posts Archive
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Mustaqilligi kuni!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi — xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik yillarida yurtimiz o‘z taraqqiyot yo‘li, milliy qadriyatlari va ezgu maqsadlariga tayangan holda ulkan o‘zgarishlar davrini bosib o‘tdi. Bugun Yangi O‘zbekistonda inson qadri, qonun ustuvorligi, adolat va samarali boshqaruv tamoyillariga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.
Ayniqsa, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, zamonaviy va professional davlat xizmatini shakllantirish, yoshlar uchun munosib imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini belgilab bermoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz.
Yangi O‘zbekistonning yorug‘ istiqboli, xalqimizning tinch va farovon hayoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarimiz amalga oshsin!
#YagonaVatan #YagonaXalq
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+7
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning avgust oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Buxoro viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Buxoro shahar oila va xotin-qizlar bo'limi
Lavozim: Oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassis #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Shofirkon tuman hokimligi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Shofirkon tumani #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Xotin-qizlarlar faollari
Lavozim: “Pattaxon va Qayrag‘och” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Shofirkon tuman hokimligi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Shofirkon tumani #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Xotin-qizlarlar faollari
Lavozim: “Tezguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
+3
Suv resurslari va iqlim diplomatiyasi: Shved instituti bilan hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Stokgolmda o‘tayotgan World Water Week 2026 doirasida ishlab chiqilgan.
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — mamlakatimizda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, sohada institutsional samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan iborat. Hamkorlikda suv va iqlim diplomatiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
👍 Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari:
▪️davlat xizmatchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchi va talabalar uchun suv diplomatiyasi, iqlimga moslashish, xalqaro muzokaralar, nizolarning oldini olish, havza boshqaruvi hamda ilm-fan va siyosat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘quv va amaliy dasturlarni tashkil etish;
▪️milliy qonunchilik va institutsional siyosatni inobatga olgan holda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy nashrlar, yangi uslubiyat va innovatsion ishlanmalar bilan bo‘lishish.
Ushbu hamkorlik suv resurslarini barqaror boshqarish va sohaga zamonaviy, xalqaro yondashuvlarni joriy etish orqali mamlakatimiz va butun mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma‘lumot uchun, Stokgolmda o‘tayotgan World Water Week 2026 doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T. Butunbayev O‘zbekistonning suv tanqisligiga qarshi kurashish bo‘yicha tajribasini taqdim etdi. Unda 2017 yilda suv tejovchi texnologiyalar sug‘oriladigan yerlarning 1 foizdan ham kam qismini qamrab olgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshgan — 2,6 million gektarga yetgani va yiliga 11 milliard kub metr suv tejalayotgani, 2030 yilga borib bu raqamni 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgani ta‘kidlandi.Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#Mustaqillik35
🇺🇿Islohotlar yo‘li: samarali boshqaruv va professional davlat xizmati sari
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmati xalq manfaatlari, ochiqlik, samaradorlik va professionallik tamoyillari asosida tubdan yangilanmoqda. Bu — xalq uchun qulay, davlat uchun samarali, kelajak uchun barqaror boshqaruv modelini yaratish yo‘li.
▫️Infografika.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Davlat idoralari HR bo'linmalari uchun vacancy.gov.uz platformasida ishlash yanada osonlashdi
Davlat fuqarolik xizmatida vakant lavozimlarni boshqarish va tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor hamda samarali tashkil etish maqsadida vacancy.gov.uz platformasida inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari (HR) uchun yangi funksional imkoniyatlar joriy etildi.
Endilikda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar xizmati hamda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga mas’ul xodimlari uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar yagona, zamonaviy va foydalanishga qulay interfeysda jamlandi.
Yangi tizim qanday imkoniyatlarni yaratadi?
⚫️Markazlashgan monitoring – davlat organlari va tashkilotlari tasarrufdagi tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari holatini yagona elektron tizim orqali kuzatish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi. ⚫️Real vaqt rejimida nazorat – vakansiyalarni e’lon qilish jarayoni, tanlov bosqichlari va belgilangan muddatlarga rioya etilishi onlayn tarzda nazorat qilinadi. ⚫️Tezkor ogohlantirish tizimi – muddati yakunlangan, yakunlanishiga 3 kundan kam vaqt qolgan yoki hali e’lon qilinmagan vakansiyalar haqida avtomatik axborot olish imkoniyati mavjud. ⚫️Jarayonni bosqichma-bosqich kuzatish – ariza qabul qilishdan tortib, malakasini baholash, test sinovlari va suhbat bosqichlarigacha bo‘lgan jarayonlarni tahlil qilish mumkin. ⚫️Qog‘ozbozlikni qisqartirish – qo‘shimcha hisobotlar tayyorlash zarurati kamayib, barcha zarur ma’lumotlarni yagona elektron platforma orqali tez va oson olish imkoniyati yaratildi.Yangi imkoniyatlar qanday natija beradi? Yangi funksional imkoniyatlar vakansiyalarni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, kadrlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va inson resurslarini strategik boshqarishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur yangiliklar aniq tahlillarga tayangan holda tezkor va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
❗️VAKANT LAVOZIMLAR UCHUN OCHIQ TANLOVLARDA ISHTIROK ETING!
Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida vazirlik va idoralar tizimidagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar e'lon qilinmoqda:🔹VAZIRLIKLAR: ▪️ Qishloq xo‘jaligi vazirligi ▪️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ▪️ Sog‘liqni saqlash vazirligi ▪️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi ▪️ Adliya vazirligi ▪️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ▪️ Raqamli texnologiyalar vazirligi ▪️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ▪️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ▪️ Suv xo‘jaligi vazirligi ▪️ Transport vazirligi ▪️ Energetika vazirligi ▪️ Madaniyat vazirligi ▪️ Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi ▪️ Sport vazirligi 🔹QO'MITALAR: ▪️ Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ▪️ Soliq qo'mitasi ▪️ Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi ▪️ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ▪️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 🔹AGENTLIKLAR: ▪️ Yoshlar ishlari agentligi ▪️ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ▪️ Madaniy meros agentligi ▪️ Milliy antidoping agentligi ▪️ Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi ▪️ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ▪️ Atom energiyasi agentligi ▪️ Migratsiya agentligi 🔹INSPEKSIYALAR: ▪️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ▪️ Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ▪️ Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 🔹HOKIMLIKLAR: ▪️Hokimliklardagi vakansiyalar 🔰 Tanlovda ishtirok etish uchun vacancy.gov.uz portalida ro'yxatdan o'tish lozim.
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi
Lavozim: Bosh buxgalter #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qorovulbozor tumani boʻlimi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Lavozim: "Imom buxoriy" mahallasidagi yoshlar yetakchisi
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Buxoro viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Rahbariyat
Lavozim: Boshqarma boshlig‘ining yordamchisi #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi, Buxoro shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Buxoro shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Lavozim: Ijtimoiy to‘lovlar sho‘basi mudiri #Shoba_mudiri
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi G'ijduvon tumani boʻlimi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Lavozim: "Biyosin" mahallasidagi yoshlar yetakchisi
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Kogon tuman hokimligi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Kogon tumani #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
Lavozim: Mustaqillik MFY Hokim yordamchisi #Mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
Davlat xizmatidagi imkoniyatlardan foydalaning!
Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.gov.uz orqali o‘zingizga mos ish o‘rnini topish, ochiq tanlovlarda ishtirok etish va davlat xizmatida faoliyat boshlash imkoniyati mavjud.
Portal imkoniyatlari:
✅ 4 863 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari;
✅ 780 151 ta rezyume;
✅ 5,9 milliondan ortiq foydalanuvchilar;
✅ 19 640 ta tashkilot;
✅ 117 171 nafar ishga qabul qilingan nomzod.
Portal orqali:
➡️ vakant lavozimlarni qidirish;
➡️ rezyume yaratish va yuborish;
➡️ ochiq tanlovlarda ishtirok etish;
➡️ tanlov jarayonlarini onlayn kuzatish mumkin.
Portalda vazirliklar, agentliklar, qo‘mitalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, inspeksiyalar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlar muntazam e’lon qilib boriladi.
Davlat xizmatidagi faoliyatingizni bugundan boshlang!
vacancy.gov.uz
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Buxoro shahar hokimligi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi
Lavozim: Buxoro shahar hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha "Gulshan" mahalla fuqarolari yigʼinidagi yordamchisi
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo'limi
Lavozim: Bosh mutaxassis #Bosh_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
#Yangi_vakansiya
Tashkilot: Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Hudud (daraja): Buxoro viloyati, Buxoro shahri #Buxoro_viloyati
Bo'linma: Sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko'rsatishni muvofiqlashtirish sho'basi
Lavozim: Yetakchi mutaxassis #Yetakchi_mutaxassis
👉 Batafsil (ariza yuborish)
