Bilol Margʻiloniy
Open in Telegram
2 206
Subscribers
No data24 hours
-267 days
-6330 days
Posts Archive
2 206
Bundan sakkiz yil oldin Imom Zahabiyning "Muqizo" nomli hadis ilmi haqida yozilgan kitobini sharhi bilan o'qigan edik. 15.08.2026 kuni Istanbulda boshlangan kitob ko'rgazmasida aylanib yurganimda ko'zim o'sha biz sakkiz yil oldin o'qigan kitobga ko'zim tushdi va uni harid qildim.
Imom Zahabiyning ushbu kitobi haqiqatda juda foydali qilib yozilgan bo'lib, hadis ilmini asosli o'rganish xohlagan tolibi ilmlarga juda foydalidir, inshaAlloh.
2 206
"إنا لله وإنا إليه راجعون "
Ba’zan odam uzoq vaqt sinovlarda qoladi, yo‘li mashaqqatli kechadi, ko‘p narsani yo‘qotadi. Ammo sabr qiladi, Allohga suyanadi va oxir-oqibat uning hayoti go‘zal bir manzilga yetib boradi. Chunki chiroyli oqibat — eng buyuk ne’matlardan biridir.
Diniga moli bilan xizmat qilib, shu yo‘lda vafot etish — inson uchun naqadar go‘zal oqibat!
Baxt — boylik orttirib ketishda emas, boylikni oxirat uchun sarflab ketishdadir.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu deganlar:
“Sizlardan har biringiz mehmonsiz, molingiz esa omonatdir. Mehmon ketadi, omonat esa qaytariladi.”
2 206
«Ularga mehr-shafqat bilan xorlik qanotini past tutgin va: “Ey Robbim! Ular meni go‘dakligimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin”, deb ayt».
Isro surasi 24-oyat
2 206
"Mutolaa va ilm talab qilishga rag‘batlantiruvchi".
Tolibi ilmlarning ilmga rag'batini oshiradigan juda foydali kitob.
Ilm yo'li juda uzoq va mashaqqatli yo'l bo'lganligi uchun, tolibi ilmlar shunga o'xshash kitoblarni vaqti vaqti bilan o'qib turishlari kerak bo'ladi.
Ushbu kitobni ikki marotaba o'qib chiqdim lekin kitobga to'ymadim shuning uchun yana o'qishni maqsad qilib turibman.
2 206
Ushbu "Yolg'iz Ona" nomli kitob otasiz farzand tarbiya qilayotgan: Beva, ajrashgan, eri doimo band bo‘lgan va mas’uliyatsiz yoki loqayd erning xotini bo'lgan onalar uchun juda foydali kitob hisoblanadi.
Man bir marta o'qib chiqib toʻymasdan yana bir marotaba o'qidim.
Ko'p koʻp mutolaa qilib maza qiladigan kitob ekan.
2 206
Ushbu Qur'on haqidagi kitob muallifi ayol kishi bo'lsada, kitob juda ta'sirli va foydali qilib yozilgan ekan.
Qur'on haqidagi qarashlarni to'g'rilaydigan, balki, hayotingizni tamoman o'zgartiradin kitob ekan.
2 206
Ajurriy rahimahulloh aytdilar:
“Qur’onni oz miqdorda bo‘lsa ham, uni fikr yuritib va tadabbur qilib o‘rganish men uchun Qur’onni tadabbur qilmasdan va u haqida fikr yuritmasdan ko'p o‘qishdan ko‘ra sevimliroqdir.
Qur’onning zohiri, sunnat va musulmon imomlarining so‘zlari ham bunga dalildir.”
Kecha 15.08.2026 kuni: Istanbul shahrida boshlangan xalqaro arabcha kitoblar ko‘rgazmasida olingan kitoblarimizdan biri.
Qur'on ilmiga qiziqadiganlar uchun Shayx Xolid Sabtning yozgan kitoblari juda foydalidir.
2 206
Namozni o‘z vaqtida ado etishga qat’iy rioya qilish insondagi ruhiy bezovtaliklarni tartibga soladi, qalbni g‘am-tashvish va qayg‘ulardan xalos etishga, hayotda yanada xotirjam va muvozanatli bo‘lishga sabab bo‘ladi.
Alloh taolo marhamat qiladi:
﴿إِنَّ الْإِنسَانَ خُلِقَ هَلُوعًا * إِذَا مَسَّهُ الشَّرُّ جَزُوعًا * وَإِذَا مَسَّهُ الْخَيْرُ مَنُوعًا * إِلَّا الْمُصَلِّينَ﴾
“Albatta, inson o‘ta betoqat qilib yaratilgandir. Unga yomonlik yetsa, vahimaga tushadi. Unga yaxshilik yetsa, baxillik qiladi. Faqat namoz o‘quvchilar bundan mustasnodir.”
(Ma’orij, 19–22-oyatlar)
“Faqat namoz o‘quvchilar” istisno qilindi
2 206
Er-xotinning orasidagi haqlaridan biri — oilaviy sirlarni saqlashdir.
Er-xotindan birining oilasidagi sirlarni yoki o‘rtalaridagi kelishmovchiliklarni boshqalarga oshkor qilmasligi omonatdandir. Faqat shar’iy zarurat yuzaga kelgan taqdirdagina bundan mustasno.
Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:
«Qiyomat kuni Alloh huzurida martabasi eng yomon insonlardan biri — xotini bilan yaqinlik qilgan, xotini ham u bilan yaqinlik qilganidan so‘ng uning sirini oshkor qiladigan kishidir».
Muslim rivoyati.
Oilalaringiz sirlarini asrang. Kelishmovchilik eshiklarini boshqalarga yetib borishidan oldin yoping. Zero, oilaning sirlarini yashirish mehr-muhabbatning davomiyligi va oilaviy osoyishtalikning sabablaridandir.
2 206
Ibn Muflih rahimahulloh shunday deydilar:
“Aqlli kishi ko‘zini harom nazardan saqlasin. Chunki ko‘z inson qo‘l yetkaza olmaydigan narsani asl holatidan boshqacha, go‘zalroq qilib ko‘rsatadi. Ba’zan buning oqibatida ishq-muhabbatga mubtalo bo‘linib, natijada badan ham, din ham halokatga yuz tutishi mumkin.
Kim bunga mubtalo bo‘lsa, ayollarning kamchiliklari haqida tafakkur qilsin.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar:
“Sizlardan biringiz bir ayolni yoqtirib qolsa, uning hojat chiqaradigan joyini eslasin.”
Dunyo ayollarining kamchiliklarini Allohning ushbu so'zidan ko‘ra ta’sirchanroq ifodalovchi nima bor?!
Alloh taolo jannat ahli haqida:
﴿وَلَهُمْ فِيهَا أَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ﴾
“Ular uchun u yerda pokiza juftlar bordir”, deb marhamat qilgan.
Ayollarni haddan tashqari ko‘paytirishdan ehtiyot bo‘l! Chunki bu oilaning jamligini parokanda qiladi va tashvishlarni ko‘paytiradi.
Keksaning yosh qizga uylanishi ham nodonlikdan sanaladi.
Erkak uchun eng to‘g‘ri yo‘llardan biri — xotinini ayollar bilan ortiqcha aralashib yurishdan saqlashidir. Chunki ayrim ayollar uni eriga qarshi buzib qo‘yishlari mumkin.
Shuningdek, uyiga balog‘atga yaqin yosh yigitlarni kiritmasin va xotinining zaruratsiz tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymasin.”
Ibn Muflihning "Furu" kitobidan
2 206
Ko‘p xotinlilik… xayol va haqiqat orasida
Ikkinchi bor uylanishdan oldin erkak ko‘pincha o‘zini xotirjamlik, mehr-muhabbat va yangiliklarga boy hayot kutayotganini tasavvur qiladi. Ammo hayot xayollar bilan emas, mas’uliyat bilan quriladi.
Xayol deydi:
“Men yangi hayot boshlayman.”
Haqiqat esa deydi:
“Sen yangi mas’uliyatlarni boshlaysan.”
Xayol deydi:
“Men yanada baxtli bo‘laman.”
Haqiqat esa so‘raydi:
“Sen adolat qila olasanmi? Ikki qalbni ham e’zozlay olasanmi? Ikki oilani tarbiyalashga, ikki hissa mas’uliyat va bosimni ko‘tarib, hech kimning haqqini zoye qilmaslikka qodirmisan?”
Ikkinchi xotin mukofot ham emas, jazo ham emas.
Bu — og‘ir mas’uliyat talab qiladigan qaror. Agar u adolat va hikmat asosida qurilsa, yaxshilikka eltuvchi eshik bo‘lishi mumkin. Ammo nafs-havoga ergashish yoki mavjud muammolardan qochish asosida qurilsa, pushaymonlik eshigiga aylanishi mumkin.
Shuning uchun har bir oilaga ikkinchi xotin kerak emas…
Va har bir erkak ham ikki ayolga er bo‘lishga munosib emas.
Ko‘p xotinlilikdagi muvaffaqiyat xotinlar soni bilan o‘lchanmaydi. Balki adolatni qaror toptirish, insoniy qadr-qimmatni asrash va qalblarni avaylash qobiliyati bilan o‘lchanadi.
Va har qanday qarordan oldin inson o‘ziga mana shu savolni berishi kerak:
“Men ikkinchi xotinni izlayapmanmi… yoki o‘zim hal qilishga yuzlanmagan bir muammoga yechim izlayapmanmi?”
2 206
Repost from Bolajon RTV | Расмий канал
Amerika, Yevropa va Kanadadagi musulmonlar farzandlariga Islom shariatiga zid bo‘lgan ayrim fanlarning majburiy tarzda o‘qitilishi sababli og‘ir sharoitlarga duch kelmoqdalar. Hatto bunday ta’lim ularning musulmonlik shaxsiyatini yemirishi va o‘z diniy-milliy o‘zligini buzib yuborishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Odatda, g‘arblashuvning ta’siri deyarli to‘liq namoyon bo‘ladigan avlod — uchinchi avloddir.
Men musulmon bo‘lmagan biror mamlakatda doimiy istiqomat qilishni ma’qullamayman va buni tavsiya ham qilmayman. Chunki farzandlar va nabiralarning dini, axloqi hamda e’tiqodida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning o‘rnini boshqa hech qanday moddiy yoki dunyoviy manfaat bosa olmaydi.
Doktor Abdulkarim Bakkor
2 206
Yahyo ibn Muoz rahimahulloh aytadilar:
«Men uch narsa sababli g‘amga botdim:
Birinchisi — ilgari qilib qo‘ygan gunohlarim sababli.
Ikkinchisi — zoye ketkazgan kunlarim sababli.
Uchinchisi — eng katta xavf bo‘lgan narsa: Alloh azza va jalla huzurida turishim va U Zot oldida mening holim qanday bo‘lishini bilmasligim sababli.
Chunki u — nihoyatda og‘ir maqom. Inson o‘zining oxiri qanday bo‘lishi bilan bog‘liq hisob-kitobni kutib turadi.
“Zoye ketkazgan kunlarim” deganim — g‘aflatda o‘tgan va oxiratga tayyorgarlik ko‘rmay o‘tkazilgan kunlardir».
